Kenjayeff’s note
144 subscribers
699 photos
264 videos
1 file
70 links
Xayrlisi uchun harakatdamiz😉
Download Telegram
Tun bedorlarga omonat degim kelyaptiyu sizda ammo hozir kunduz😅😅
❤6😁3👍1
#taqriz

Shukrullo. “Kafansiz ko’milganlar”. Asar nomi etni titratadi. Shunaqasiyam bo’ladimi deb. Boshida bu nom ramziy ma’no bor deb o’ylagandim ammo bilsam asar urush yillaridan so’ng Sovet Ittifoqi tomonidan qamoqxonalarga, lagerlarga jo’natilgan “vatan xoinlari” hayoti haqida hikoya qilarkan.

Adib Shukrullo tilidan hikoya qilinadigan ushbu romonda haqiqiy qiyinchiliklarga duch kelgan insonlar qismati, shoir-u, ijodkorlarni boshiga solingan kunni yaqqol ko’rsatib bergan. Usmon Nosir, Abdulla Qodiriy, Mirzakalon Ismoiliylarni asarlarini o’qigani g’oyibdan tanigani uchun ham qamalgan insonlar qismati aks etgan asar.

Asarda dialoglar deyarli yo’q va bo’lganda ham faqat Shukrullo tilidan aytilgan.

Asar nomi nega ramziy nom emas chunki hikoya qilinishicha lagerlarda vafot etgan insonlarni hatta kiyimsiz, ikki metr kafansiz dafn etilgani va u qabr emas shunchaki yer tagiga ko’milgani kabi sahnalar istalgan insonni qalbini larzaga soladi.

Xohlasangiz o’qing, yoyinki Mutolaada tinglang.

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
❤5🔥1😢111
#taqriz

Fyodor Dostoyevskiy. "Oydin tunlar".
Bilasizmi? Dostoyevskiyni asarlariga taqriz yozishni yoqtirmayman sababini bilmayman.

Hamma asarlari kabi bunisi ham qandaydir bir qora fonda yozilgandek goʻyo.

Asarda Nastenkada ayb bormidi? Ham bor ham yoʻq. Nega? U nega bir insonga umid berib boshqasini tanladi bu aybini, u nega yaxshi koʻrgan insoni boʻla turib kecha tanishgan insoni bilan birga boʻlishi kerak. Uzundan uzun jumboqli savollar tugʻiladi.


O Nastenka, Nastenka...)

Koʻrdingizmi taqrizini ham bir muncha gʼaliz😅😄

Lekin baribir Dostoyevskiy daho yozuvchilardan biri. Har kimning yozish stili boʻlgani kabi unda ham bor.

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
8❤2🔥1
Odam qimmatbaho narsasini yo'qotsa, achinadi.Tuhmatga qolsa, boshini tog'-toshga uradi. Qadri yerga urilsa, isyon ko'taradi. Yaqin kishilaridan ayrilsa, dod soladi ...
Lekin umidingdan ayrilsang, g'alati bo'larkan. Hech nimaga, hech kimga, hatto oʻz qadringga ham achinmaysan. Dod solmaysan. Isyon ko'tarmaysan ... Go'yo sen o'lgansan. Oʻzing oʻlib, quruq surating qolgan ...

©️O’tkir Hoshimov

@kenjayeffnote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍2🔥2
Sizga o'zingiz kabilar oshiq bo'lsin!

@kenjayeffnote
❤‍🔥6💯2❤1🥰1😇1
Sayohat qilish bu eng yaxshi investitsiya.
To’g’ri pul qaytmasa ham, dunyoqarash kengayadi..)
❤7❤‍🔥2💯2🔥1
Allohning har bir kuni - tuhfa, tuhfalarni esa shukronalik bilan qabul qilish, qadrlamoq kerak.

Hech qanday muhim voqea yuz bermagandek tuyulsa ham, bu aqlning yetishmasligi yoki yurakning zaifligidan. Hayotda behuda kunlar bo‘lmaydi. Aslo. Faqat qarab turib ko‘rmaydigan, eshitib turib eshitmaydigan odamlardagina shunday. O‘ziga va dunyoga e’tiborli bo‘lgan kishining hayotida muhim voqealar har kuni, hech bo‘lmaganda qalbida sodir bo‘ladi.

@kenjayeffnote
❤8🔥2💯1
Yoningizda baxtga ko’milib o’tirar ekanman, yana nimani orzu qilardim..)

©️”Oydin tunlar”. Dostoyevskiy

@kenjayeffnote
❤73🔥1
Vaqtning g‘alati injiqligini kim bilmaydi: shoshilganingda, har bir qadam qadrli bo‘lganida, soatlar daqiqalarday uchib o‘tadi. Ammo kutayotganingda yoki sog‘inchda qolganingda, daqiqalar soatlarga cho‘zilib ketadi.

✍️Aleksandr Kuprin

@kenjayeffnote🪓
❤8👍1🔥1
Xolid Husayniy. “Shamol ortidan yugurib”.

Bir qancha insonlar tavsiyasiga binonan boshlaymiz)

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
❤8🔥21
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥8❤3🔥3😍1
«Qiziq, urush davrida qanchadan-qancha o‘limlarni ko‘rdik. Ikki million odam hech narsadan hech narsa o‘lib ketganini hamma biladi. Lekin nega endi birgina o‘lim bizni bunchalik hayajonga solyapti-yu, narigi ikki million marhum haqida unutyapmiz?
Ammo har doim shunday bo‘ladi: bir odamning o‘limi – o‘lim, ikki million odamniki esa shunchaki statistika!».


✍Erix Mariya Remark
📚"Qora haykal"

@kenjayeffnote
❤4💯4👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Vatan bayrog’i🇺🇿

Kecha xonamga O’zbekiston bayrog’ini ilgandim va hech esda yo’q 18-noyabr O’zbekiston davlat bayrog’i qabul qilingan kun ekanligi. Tasodif.

Vatan bayrog’i hamisha har yerda yuqori marralarda hilpirab tursin. Vatan bayrog’i ko’rganda ko’ngilda beixtiyor boshqacha tuyg’u mavjlanadi.

Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin😎

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🕊5❤2❤‍🔥1🎉1😍11
Dunyoda har kimning bor o'z matlabi,
Tuya so'rab bo'lmas echkiboqardan.
Pismiqdan faylasuf chiqmagan kabi,
Haqgo'y ham chiqmaydi betga chopardan...

© Abdulla Oripov

@kenjayeffnote
❤10👍3🔥3
Xayrli kech yo’ldagilar!

Ishlar bilan bo’lib ko’p narsaga ulgurish qiyin bo’lmoqda va yana bir ikkita muammolar…

Bilasizmi okean bo’yida yashashni ko’plab konfliktli tomonlari bor. Masalan toza havo, har kuni uni kuzatish, sohilda yurish, cho’milish. Ha bu zo’r lekin kun ozro qizishi bilan nafas olish qiyinlashadi. Chunki namlik juda yuqori, ko’chalar yomg’ir yog’gandek ho’l, nam bo’lib ketadi. Mashinada oyna tozalagich(dvornik)larsiz yurish qiyin va yana bir qancha minuslari bor.

Ha, mayli boriga, bariga shukur…)

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
❤8🔥6💯3
Sabr - bu har narsaga chidaydigan hayvonning holati emas. Bu insonni kamsitish ham emas - aslo. Bu yovuzlik bilan kelishuv ham emas - mutlaqo yo‘q.

Sabr - bu xotirjamlikka xalaqit beradigan vaziyatlarda ham ruhiy osoyishtalikni saqlay olish qobiliyatidir.

Sabr - bu yo‘lda turli to‘siqlar uchrasa ham maqsad sari intilish qobiliyatidir.

Sabr - bu qayg‘u haddan ziyod ko‘p bo‘lganida ham quvnoq kayfiyatni saqlab qolish qobiliyatidir.

Sabr - bu g‘alaba va yengib o‘tishdir, sabr - bu jasoratning bir ko‘rinishidir - mana shu haqiqiy sabrdir.



@kenjayeffnote
❤8💯2🔥1
Dunyoda mukammal narsa yo'q. Hatto muhabbat deb atalmish oliy tuyg'uda ham adolatsizlik bor. Kim kuchli sevsa, o'sha ko'proq iztirob chekadi.

©️O'tkir Hoshimov

@kenjayeffnote
❤10⚡3👍3💯1
Qachonlardir meni ovqatlanib, so'ng uxlaganim uchun maqtashardi...
❤6💯5😢2⚡1
Hech qaysi dori "o'pib qo'yay, tuzalib qolasan!" - degan jumlangizchalik ta'sirli emas, Ona.

@kenjayeffnote🪓
❤6💔5😢3
- Hayvonlarning hayotini bilasan, qizim. Yeydi, ichadi, shu taqlid kun o'tkazadi. Bir bo'lak suyak yoki boshqa ovqat qoldig'i uchun bir birlari bilan urishadi. Bizda shunga o'xshash hayot kechirayotganlar ozmi? Bir parcha matox yoki yer uchun suyak talashgan ko'ppakni eslatadiganlar... Manfaati uchun eng yaxshi do'stini sotib yuboradiganlar...

@kenjayeffnote
❤9👍3💯2111