Kenjayeff’s note
143 subscribers
699 photos
264 videos
1 file
70 links
Xayrlisi uchun harakatdamiz😉
Download Telegram
Sevgimiz o‘ldimi? — libosingiz ko‘k,
Ko‘nglingiz — begulxan, ko‘zingiz becho‘g‘.
Bizdan borish yo‘qdir,
sizdan — kelish yo‘q
Kelishsiz dunyoda beg‘am, azizim,
Nega ko‘zlaringiz benam, azizim.
O‘t yetdi — qaqshatdi band-bandlarimni,
Tuproqda sochdingiz balandlarimni,
Aqlimni, dilimni — bebaxtlarimni —
Borishsiz dunyoga otgan, azizim,
Olisda oy kabi botgan, azizim — Chunki tunga aytar rost "oh"ingiz yo‘q,
Falakda kezgani sha'n rohingiz yo‘q,
Nechun kelmaysiz, gar gunohingiz yo‘q —
Boqaman: nigohim — gumon, azizim,
Yo‘llaring tumandir, tuman, azizim.
Qarang, ming bir bargda kuzak uchadir,
Qizil-sarigida — yurak uchadir, So‘ngaklar uchadir, suyak uchadir —
Bu to‘fon — xazonlig‘ menman, azizim,
Sizsiz ming kuzakka tengman, azizim.
Ammo siz sarg‘aymang — gulli bog‘ bo‘ling,
Yam-yashil ko‘karing, mudom sog‘ bo‘ling,
Bahorning bag‘rida beadog‘ bo‘ling —
Axir, qarg‘aganim sizmas, azizim,
Ikki kuz dunyoga sig‘mas, azizim.

©️Usmon Azim


Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9😍2🔥1
O’tkir Hoshimov. “Nur borki, soya bor”. Ijodkorning qaysi bir asarini o’qimang yohud tinglamang o’zgacha qiziqish va zavq bo’ladi kishida. Asar bir qalamkash Sherzodning shifoxonadagi voqeliklardan boshlanadiyu hayot tarzining asosiy insonlari shu kasalxonadagi qahramonlar bilan o’tadi.

Asarga to’liq to’xtalish niyatim yo’q azbaroyi o’zingiz o’qiganingiz maqul. Undan oladigan xulosalarga kelsak, dunyo dunyo bo’libdiki hanuzgacha tanish bilishi bor odamlar doim “bir pog’ona oldinda”dir. Yo xatomi menimcha bu fikr to’g’ri. Ha ha aynan biznesman Sayfi Soqiyevichni aytyapman.

Otasining puliga yallo ochib yuradigan “boyvachcha”larchi. Sirojiddinni aytaman. Ular yo’qmi hozir oramizda. Menga mumkin deb istagan ishini qiladigan, insonlarni pulga sotib oladiganlarchi. Ular topilmaydimi?

Lekin tan olishimiz kerak qalami o’tkir jurnalist-u yozuvchilarimiz ham kam emas, hozir ham.

Asardagi asosiy muhabbat qissalari shunchaki o’ylashimcha shaxvoniy hislar edi. Ammo Sherzod bilan Zuhra orasidagi tuyg’ular hamin qadar haqiqatga yaqin.

O’tkir Hoshimov asarlarining jozibaliligi shundaki asar sodda, ravon va tushunuvchanligidadir.

Hozirda ko’p kitob o’qishga vaqtim bo’lmayotgani sababli audiokitoblardan foydalanyapman. Ancha samara beryapti.

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
❤5🔥1😍11
7798th nights without a wife🥲😅
😁10👍2🔥1
Shuhrat. “Oltin zanglamas”

Oldin o’qigandim 5-6 yilcha avval ammo esdan chiqqan. Taqrizni esa yakundan so’ng bo’lishaman.

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
🔥6❤2😍1
Temirni zang,
Odamni g’am chiritadi…)
❤5😍3🔥1
Ajal degani kelsa bu yosh, bu qari deb o’tirmas ekan..)

@kenjayeffnote
😢5💔2❤1💯1
Kenjayeff’s note
Shuhrat. “Oltin zanglamas” Oldin o’qigandim 5-6 yilcha avval ammo esdan chiqqan. Taqrizni esa yakundan so’ng bo’lishaman. Xayrlisi uchun harakatdamiz😉 @kenjayeffnote
Bizning kishilar oltin kabi,
Oltin zanglamaydi..)

Shuhrat. “Oltin zanglamas”. Asar o’z yakuniga yetdi. Urush davrida yozilgan eng zo’r asarlardan biri…

Kechga yaqin taqrizni ham yozaman va asar haqida fikrlar bisyorligini aytib o’tishim lozim.

@kenjayeffnote
❤6🔥2👍1
Eng ogʻriqli his bu - chorasizlik
💔7😢3💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Meni o’z yo’lim bor☺️

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8❤‍🔥2🤩1😍1
#taqriz

Shuhrat. “Oltin zanglamas”. Asar hayotning bir muncha qiyin pallasida yozilgan va insoniyat uchun eng mushkul davrlardan biri urush haqida hikoya qiladi.

Asar voqealariga to’xtalib o’tirmasdan bevosita ma’zmun hamda mohiyat masalasiga to’xtalsak.

Asardagi qahramonlarni hozirgi davrda ham uchratamiz ammo bu urush davrida Shuhrat tomonidan yaqqol ochib berilgan.

Ikkiyuzlamachilik, takabburlik, mansab ortidan quvish har zamon va makonda bor narsa. Ha albatta Mirsalim haqida gapiryapman. Uning suvga tushsa quruq chiqadigan odati bor. Burungi zamonda yo’q deb o’ylaysizmi bunday insonlarni…)

Albatta haqiqat va adolat tomonida bo’ladiganlar ham yo’q emas, topdingiz Sodiqni aytaman. Eng qiyin pallada ham irodasini yo’qotmagan inson. Urushda qahramonlarcha halok bo’lgan inson.
Asar yakunida Adolat xola baxtli ya’ni Qodirni baxtliligi, Jannat yonidaligi va xuddi shu vaqtda hayotida bir kemtik narsa ham bor edi bu bir o’g’li Maratning otasi Sodiqning yo’qligi edi.

Rostan ham “oltin zanglamaydi”

Audiokitobga boshqacha mehr qo’ydim oxirgi paytlarda, bilmadim nedan bu xislat oxiri baxayir bo’lsin.

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
❤7🔥1😍1
Dostoyevskiy. “Oydin tunlar”. Bu asarning audiovariantini nihoyasiga yetkizdik va taqrizni esa bir muncha orqaroq suramiz chunki hozir ish juda ko’p va tushungaysiz degan umiddaman. (1-rasm)

Lekin audiokitoblarni davom ettiramiz. Shukrullo. “Kafansiz ko’milganlar”. O’qib xuloasalarni bo’lishamiz. Uzr o’qib emas tinglab😉😁. (2-rasm)

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
❤7👍1🔥1
Vaqt oliy toifali hakam…)
❤9💯2👍1
7801th nights without a wife🥲😅
🤣8❤1😁1💔1
Inson tabassum ila tarbiyasini,
Nimaga kulgani bilan saviyasini namoyon qilur..)
❤8💯2🔥1
Tun bedorlarga omonat degim kelyaptiyu sizda ammo hozir kunduz😅😅
❤6😁3👍1
#taqriz

Shukrullo. “Kafansiz ko’milganlar”. Asar nomi etni titratadi. Shunaqasiyam bo’ladimi deb. Boshida bu nom ramziy ma’no bor deb o’ylagandim ammo bilsam asar urush yillaridan so’ng Sovet Ittifoqi tomonidan qamoqxonalarga, lagerlarga jo’natilgan “vatan xoinlari” hayoti haqida hikoya qilarkan.

Adib Shukrullo tilidan hikoya qilinadigan ushbu romonda haqiqiy qiyinchiliklarga duch kelgan insonlar qismati, shoir-u, ijodkorlarni boshiga solingan kunni yaqqol ko’rsatib bergan. Usmon Nosir, Abdulla Qodiriy, Mirzakalon Ismoiliylarni asarlarini o’qigani g’oyibdan tanigani uchun ham qamalgan insonlar qismati aks etgan asar.

Asarda dialoglar deyarli yo’q va bo’lganda ham faqat Shukrullo tilidan aytilgan.

Asar nomi nega ramziy nom emas chunki hikoya qilinishicha lagerlarda vafot etgan insonlarni hatta kiyimsiz, ikki metr kafansiz dafn etilgani va u qabr emas shunchaki yer tagiga ko’milgani kabi sahnalar istalgan insonni qalbini larzaga soladi.

Xohlasangiz o’qing, yoyinki Mutolaada tinglang.

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
❤5🔥1😢111
#taqriz

Fyodor Dostoyevskiy. "Oydin tunlar".
Bilasizmi? Dostoyevskiyni asarlariga taqriz yozishni yoqtirmayman sababini bilmayman.

Hamma asarlari kabi bunisi ham qandaydir bir qora fonda yozilgandek goʻyo.

Asarda Nastenkada ayb bormidi? Ham bor ham yoʻq. Nega? U nega bir insonga umid berib boshqasini tanladi bu aybini, u nega yaxshi koʻrgan insoni boʻla turib kecha tanishgan insoni bilan birga boʻlishi kerak. Uzundan uzun jumboqli savollar tugʻiladi.


O Nastenka, Nastenka...)

Koʻrdingizmi taqrizini ham bir muncha gʼaliz😅😄

Lekin baribir Dostoyevskiy daho yozuvchilardan biri. Har kimning yozish stili boʻlgani kabi unda ham bor.

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
8❤2🔥1
Odam qimmatbaho narsasini yo'qotsa, achinadi.Tuhmatga qolsa, boshini tog'-toshga uradi. Qadri yerga urilsa, isyon ko'taradi. Yaqin kishilaridan ayrilsa, dod soladi ...
Lekin umidingdan ayrilsang, g'alati bo'larkan. Hech nimaga, hech kimga, hatto oʻz qadringga ham achinmaysan. Dod solmaysan. Isyon ko'tarmaysan ... Go'yo sen o'lgansan. Oʻzing oʻlib, quruq surating qolgan ...

©️O’tkir Hoshimov

@kenjayeffnote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍2🔥2
Sizga o'zingiz kabilar oshiq bo'lsin!

@kenjayeffnote
❤‍🔥6💯2❤1🥰1😇1