Kenjayeff’s note
143 subscribers
699 photos
264 videos
1 file
70 links
Xayrlisi uchun harakatdamiz😉
Download Telegram
Forwarded from ReadingMindss 🪬
Tushunish uchun odamning qalbi bo'lishi kerak
🔥4❤2😍2👍1
Har bir qalbning o’z egasi bor..)
❤7🔥2😍2
Robiya! Menga atab kashta tikayotganingni o’qib rosa suyundim. Endi ikkita bo’ldimi? Yarim yilda ikkitadan tikib tursang, narisi bilan kashtang to’rtta bo’lguncha boraman. Ko’pi ketib ozi qoldi.

Sog’inchi salom bilan seni jondan yaxshi ko’radigan Kimsan akang…)

@kenjayeffnote
❤11👍1🔥1
"O‘tmishga nazar tashlaganimda, qancha vaqt behuda sarflangani, qancha vaqt adashishlar, xatolar, bekorchilik va yashashni bilmaslikda zoye ketganini o‘ylasam; bu vaqtni qanchalik qadrlamaganimni, qalbim va ruhimga qarshi necha bor gunoh qilganimni eslasam, yuragim qonga to‘ladi. Hayot - bir in’om, hayot - baxt, har bir daqiqa baxt asriga aylanishi mumkin edi."

@kenjayeffnote
❤7👍3🔥1
"Ertaga baxtli bo‘laman! Baxtning ertasi yo‘q; kechagi kuni ham yo‘q; u o‘tmishni eslamaydi, kelajak haqida o‘ylamaydi; uning faqat buguni bor - u ham kun emas, balki bir lahzadir."

©️Ivan Sergeevich Turgenev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍1🔥1
Odamlar ikki holatda atrofni eshitmaydilar;
Biri ibodatda..)
Ikkinchisi muhabbatda..)

@kenjayeffnote
❤8😍2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍6😁3🤣2
Sirli kutubxonaga kirdim va ichidagi manzara ajoyib.

Rasmga olish ta’qiqlanarkan shu boisdan zo’r rasmlar kutmang!!!

@kenjayeffnote
❤4😍3🔥2😁1
Ba’zi so’zlardan ko’p narsalarni angalata oladigan suratlar bor..)

@kenjayeffnote
❤5👍1💯1
Endi tushunib yetdimki, odamlar na siz haqingizda, na men haqimda o‘ylashar ekan. Siz bilan biz to‘g‘rimizda nimalar aytilayotgani ularni mutlaqo qiziqtirmaydi. Ular faqat o‘zlari bilan band: nonushtadan oldin ham, nonushtadan keyin ham, tun yarmidan o‘n daqiqa o‘tguncha ham faqat o‘zlari haqida o‘ylashadi. Ularni sizning yoki mening vafotim haqidagi xabardan ko‘ra, o‘zlarining arzimas bosh og‘rig‘i ming chandon ko‘proq tashvishga soladi.

@kenjayeffnote
❤7👍21
🌫 Tuman bilan o‘ralgan tun

Tunda ko‘chalar jimjit. Sovuq havo yuzni tishlab o‘tadi, nafas olishda esa tumanning nam isi seziladi. Chiroqlar xira va uzoq, go‘yo ular ham tumanning quchog‘iga singib ketgandek.

Bu sokinlikda hayollar tezroq uchadi. Hayotning shovqinidan bir lahzaga qochib, shu tund sovuqda o‘zingiz bilan yolg‘iz qolasiz. Ko‘cha boʻylab yurarkan, har bir qadamingiz ichki sukutni eslatadi.

Shunday lahzalarda hayot haqida o‘ylab, nima uchun shoshayotganimizni tushunasizmi? Ehtimol, hayotning shirin tomoni shu oddiy daqiqalarda yashiringandir. 🌌


Siz bunday tunda nima haqida o‘ylaysiz? 🤔
❤6❤‍🔥1🔥1
Forwarded from Kenjayeff’s note (Faxriddin)
E’tibor bu - hamma narsa😉
❤7👍1💯1
Ko’pchilikning ayni kunlarda menga berayotgan savoli:“Qachon qaytasiz(san)”.

Kelganimga mana bugun 35 kun bo’ldi. To’g’ri bu muddat sayohat uchun ko’p aslida lekin undan tashqari ba’zi yumushlar, hayot tashvishlari, bor. Shu boisdan yana bir muddat bu yerda bo’laman. Aniq sanasi esa nomalum.

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
❤9❤‍🔥2🔥1😁1
Kapalak umriga o’xshaydi muhabbat.
Tushunmaganga bir kunlik,
Tushunganga bir umrlik!

@kenjayeffnote
❤8🔥2👍1
Baxt nima?

Umr nima ey odam
Umr uchib ketgan qush
Armon nima ey odam
Armon esdan chiqqan tush
Omad nima ey odam
Ikkala sog' qo'lingdir
Orzu nima ey odam
Orzu yurgan yo'lingdir
Yolg'on nima ey odam
Yolg'on uzun ertakdir
Haq nimadir ey odam
Haqiqat qon yurakdir
Qayg'u nima ey odam
Qayg'u ham shirin armon
Baxt nimadir ey odam
Baxt bir burda qora non
Qora non nima ey odam
Qora non imon jo'ra
Imon nima ey odam
"Xalq dushmani"dan so'ra

©️Muhammad Yusuf

@kenjayeffnote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8❤‍🔥1🔥1