Kenjayeff’s note
143 subscribers
699 photos
264 videos
1 file
70 links
Xayrlisi uchun harakatdamiz😉
Download Telegram
Umid – qalbdagi eng qudratli qurol.

Umidning kuchi shunchalik beqiyoski, u odamni zulmat ichida yo‘l topishga ilhomlantiradi, eng qiyin kunlarda qo‘llab-quvvatlaydi. Ba'zida dunyo jim turgandek tuyuladi, barcha eshiklar yopilganini his qilasiz. Ammo ichingizdagi bir kichik uchqun — umid — sizga shuni aytadi: "Bu ham o‘tib ketadi."

Yodda tuting, umidni yo‘qotmagan inson har qanday sinovda yengilmaydi. Har tong yangi imkoniyatlar bilan keladi. Hayotning eng chiroyli lahzalari kutilmaganda, umid qilganingizdan ham yaxshiroq paydo bo‘ladi.

Shunday ekan, umidni asrang. U sizning yuragingizdagi eng yorqin chiroqdir. 🌟

Siz umidni qanday tasvirlaysiz? 😊

@kenjayeffnote
❤3👍1🥰1
Kuzning sokin tongida qo'lingizda issiq choy bilan birga kitob ochish baxtini hech narsa bilan taqqoslab bo'lmaydi. Tabiatning oltin ranglarga bo'yalgan bu davrida kitob sahifalari bilan to'lib-toshgan jimgina soatlar qalbingizga sokinlik, ko'nglingizga iliqlik bag'ishlaydi. Har bir so'z, har bir hikoya sizni yangi dunyolarga olib borar, ichki tinchlik va baxtning chin ma'nosini his etishga chorlar. Kuz—o'qish va xayol surish fasli. Baxt esa tongda, bir chetda sizni kutayotgan kitobda yashirin.

Xayrli tong deyolmayman, negaki xo’roz allaqachon qichqirgandir..)

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
❤4❤‍🔥1🔥1
Yoshligimda eng yoqtirgan satrlarim orasinda qora yumor bor deb o’ylamagan edim:

Tuxumdan chiqdi-yu, keltirib uni
Shu loyqa hovuzga tomon otdilar.
Tashlandi ushoq yeb o'tadi kuni,
Xor-u xas, xazonlar ustin yopdilar.

Dunyoda ko'rgani shu tor hovuzcha
Va mudroq tollarning achchiq xazoni.
Menga alam qilar, tilla baliqcha
Bir ko'lmak hovuz deb bilar dunyoni...

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
❤4👍2😢1
Hech qachon sayohatga chiqmagan odam uchun o‘z yurtidan sal-pal farq qiladigan har qanday yangi joy juda jozibali tuyuladi. Agar muhabbat haqida gapirmasak, sayohat bizga hammadan ko‘ra ko‘proq quvonch va tasalli beradi.

Har bir yangi narsa bizga negadir juda muhim bo‘lib tuyuladi va mohiyat e’tibori bilan bizning his-tuyg‘ularimizni aks ettiruvchi aql taassurotlar oqimiga bo‘sh keladi. Yo‘lda seviklisini unutib, qayg‘uni tarqatib, o‘lim sharpasini o‘zidan quvib yuborish mumkin. Oddiy "men ketyapman" iborasida butun boshli najotsiz tuyg‘ular olami yashiringan.
#sayohat

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
❤4👍1😍1💯1
Pune📍
.
.➡️
.📍Mumbai

Yo’ldan kelib, yo’lga ketyapmiz..)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤41
😉😎
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4😎3🔥1🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥6😍4❤1
Book store📖 - Kitob do’koni📖
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩4😍2❤1🔥1🕊1
Saviyali va dunyo qarashi to’q insonni seving.

Sababi ko’z ochni qornini osh bilan, nafsi och insonni qalbini muhabbat bilan to’ydira olmaysiz..)

@kenjayeffnote
❤6❤‍🔥1👌1
Hammamiz "yaxshimisiz?" samimiyatsizligi bilan "yaxshiman!" ikkiyuzlamachiligi orasidamiz.

@kenjayeffnote
❤5👍1💯11
Siz uchun hurmat nima degan savolni o’rtaga tashlaganim bilan baribr hech kim javob bermaydi, shu boisdan ham yaxshi post tayyorladim. Balki foydasi tegib qolar…)
❤5👍1🔥1😁1
Hurmat haqida yana bir bor o‘ylab ko‘rdim...

Hurmat – eng muhim, eng nozik, eng tez yo‘qoladigan va eng qadrli narsalardan biri.

Ko‘pchilik uchun bu odatiy tushuncha bo‘lib tuyuladi:
— Kattalarni hurmat qilish kerak
— Ota-onaga hurmat
— Ustozga hurmat
— Yoshga, maqomga, tajribaga hurmat

Ammo hurmat faqat yoshga yoki lavozimga bog‘liq emas.

Aslida biz kimlarni hurmat qilamiz?
— Gapida turgan odamni
— Ko‘p bilgan emas, qilgan ishiga mas'ul bo‘lgan insonni
— Yomon holatda ham izzatni saqlagan, jim qolgan, indamaganlarni
— "Men shunchaki aytdim", deb qochmaydigan, aytgan so‘zining ortida turganlarni

Hurmat bizni nima qiladi?
Hurmat – bu halollik mezoni.
U isbotga muhtoj bo‘lmagan haqiqat.
Siz kimligingizni uzun bio yozuvida emas, va’dangizga sodiq qolgan kuningizda ko‘rsatishingiz mumkin.

Hurmat — sinovdan o‘tgan qadriyat.

U vaqtni qadrlashdan boshlanadi:
— Vaqtida javob berish
— Vaqtida kelish
— Vaqtida kechirim so‘rash
— Vaqtida ketishni bilish

Va yana muhimroq savol: biz o‘zimizni hurmat qilamizmi?
Odamlar oldida emas, yolg‘iz qolganimizda o‘zimizni qanday tutamiz?
Soat 5 da uyg‘onaman degan odam uyg‘onadimi?
O‘qishga kiraman degan inson tayyorlanadimi?
Kitob o‘qiman, deb yozgan odam uni oxirigacha o‘qiydimi?

O‘zimizga bo‘lgan hurmat — o‘zimizga bergan va'dalarga bo‘lgan munosabatimizdan boshlanadi.

Hurmat faqat tashqaridan berilmaydi. U ichkaridan boshlanadi.
O‘zini qadrlamagan, so‘zini og‘ir tutmagan odam — boshqalardan hurmat kutmasligi kerak.

Qachon hurmat boshlanadi?
— Yolg‘izligimizda ham o‘zimizni tarbiyalay olganimizda
— "Ko‘rmayapti" degan paytda ham halol qolganimizda
— Hech kim yodda saqlamaydi deb o‘ylasak ham, aytilgan so‘zda turganimizda

Hurmat — yashirin sodiqlik.
U biz haqimizda boshqalar nima deb o‘ylaydi emas, biz o‘zimizni kim deb bilamiz, shundan boshlanadi.

O‘zingizdan so‘rang:
— Bugun o‘zimni hurmat qildimmi?
— Bugun bergan so‘zimda turdimmi?
— Bugun vaqtimni hurmat qildimmi?

Agar yo‘q bo‘lsa, hurmatni boshqalardan kutishga shoshilmang.

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
❤5👍1👌1🕊1
Ba'zan sabring qattiqligidan odamlar seni hissiyotsiz deb o'ylashadi.

©️Bookxanadan 🪓
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍21
00:25

Ba’zida Vatandagi uyquni ham sog’inarkan kishi..)

Oz qoldi
❤6👍2🥰1😢1
03:17

Ko’zdan uyqu qochdi, dildan xalovat☺️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7😢2💔1