Kenjayeff’s note
143 subscribers
699 photos
264 videos
1 file
70 links
Xayrlisi uchun harakatdamiz😉
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Gohida eng kuchli sabr egalari ham, ba’zi narsalar oldida qurbi yetmasakan

#ashinaqagaplar
😁3🥴2🤣1😎1
-Kim ko’p biladi tentakmi? Donomi?
-Tentak. Chunki dono har narsaga shubxa bilan qaraydi.
-Tentak bo’lgan yaxshimi? Shunda
-Aqling ko’p bo’lsa qayg’uying ko’payadi.

-Ehh do’stim esingda tut
•Pulga ko’ngil qo’yma aldanasan.)
•Ayollarga ko’ngil qo’yma aldanasan.)
•Maylar ichida eng o’tkir kayf beruvchisi bu erk.)
•Har tongda erta tur.)

Yodingda tursin kishini zavoli hech kutmagan bir paytda keladi.

Umring uzoq bo’lsin…)
🔥2🕊2❤‍🔥1❤1😇1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hech qanday internet va aloqalarsiz tabiat va men

@kenjayeffnote
❤3🔥2🤩1😍1
O’zinga yoqqan kasbni tanla,
Erta turib ishga shoshasan.
O’zing sevgan insonni tanla,
Ishdan chiqib uyga shoshasan…)
❤‍🔥5😍3❤11
Yo’ldosh yaxshi bo’lsa, yo’lning ahamiyati yo’q..)
👍4🔥1😍1
Hayotda men bir ajoyib qoidaga amal qilaman. "Bir martalik" qoidasi.

Uning tamoyillari juda oddiy: xato qilish faqat bir marta mumkin, ikkinchi imkoniyat faqat bir marta beriladi, o‘z chegaralaringizni faqat bir marta belgilashingiz mumkin, kechirish faqat bir marta bo‘lishi mumkin, ketish ham faqat bir marta bo‘ladi. Keyingi holatlar bo‘lishi mumkin emas, chunki ular faqat to‘plangan alamlar, ishonchning yo‘qolishi, qadrning tushishi va hurmatsizlikni keltirib chiqaradi.
Agar odam ikkinchi martada tushunmagan bo‘lsa, o‘ninchi martada ham tushunmaydi.


✍️Anastasiya Poruchikova

@kenjayeffnote
👍4❤1💯1
Barcha yaxshi kitoblar bir xil xususiyatga ega: ularni oxirigacha o‘qib chiqqaningizda, go‘yo bularning hammasi o‘zingiz bilan sodir bo‘lgandek tuyuladi va bu his sizda abadiy qoladi.

@kenjayeffnote
❤‍🔥5🔥21
Bugun qayerdamiz-u, ertaga qayerda bo’lamiz bilmadim, lekin bir narsa aniq o’zimiz o’zligimizcha qolamiz..)

@kenjayeffnote
😍3❤‍🔥2🔥1🥰1
“Hammamiz singanmiz. Yagona masala siniqlari biznikiga mos tushadigan odamni topish”


@kenjayeffnote
❤5🔥4😢1
From my dear in Tashkent😉
❤‍🔥4❤2😍2😇2👍1
Muhimi yo’lga kirish emas, yo’ldan chiqmaslik muhimdir.

@kenjayeffnote
👍4🔥1💯1
Bitta narsaga xayron qolyapman oxirgi paytlarda ko’p joyda “qani aka duo qiling”, “yo’q sizdan keyin” deyishyapti.

Ulg’ayayotganimiz sezila boshlayapti😥

Har ne bo’lsa ham
Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
😁3😢32
Hindistondagi safarimiz ham tobora poyoniga yetmoqda. Yo’q erta indin emas, hali yana bir muddat bo’laman.

Ertaga yana Mumbai shahri tomon yo’l olaman, Pune shahridan ulkan sarguzashtlar va xotiralar bilan ketayapman. Qani endi bir so’zlab beradigan biri bo’lsada, seni eshitsa

Hayotni yangi sahifalarini ochish vaqti yetdi, bir necha kun va taqdir qayerlargadir yana uloqtiradi.

Hindiston menga ko’p narsalarni o’rgatdi; shukr qilishni, sabrni va yana ko’p narsalarni…)

Yana qaytib borsanami desa ikkilanmasdan “ha” javobini beradigan kamina bo’ladi..)

#shunaqa_gaplar_hozircha

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
❤5🔥2❤‍🔥1😍1
Umid – qalbdagi eng qudratli qurol.

Umidning kuchi shunchalik beqiyoski, u odamni zulmat ichida yo‘l topishga ilhomlantiradi, eng qiyin kunlarda qo‘llab-quvvatlaydi. Ba'zida dunyo jim turgandek tuyuladi, barcha eshiklar yopilganini his qilasiz. Ammo ichingizdagi bir kichik uchqun — umid — sizga shuni aytadi: "Bu ham o‘tib ketadi."

Yodda tuting, umidni yo‘qotmagan inson har qanday sinovda yengilmaydi. Har tong yangi imkoniyatlar bilan keladi. Hayotning eng chiroyli lahzalari kutilmaganda, umid qilganingizdan ham yaxshiroq paydo bo‘ladi.

Shunday ekan, umidni asrang. U sizning yuragingizdagi eng yorqin chiroqdir. 🌟

Siz umidni qanday tasvirlaysiz? 😊

@kenjayeffnote
❤3👍1🥰1
Kuzning sokin tongida qo'lingizda issiq choy bilan birga kitob ochish baxtini hech narsa bilan taqqoslab bo'lmaydi. Tabiatning oltin ranglarga bo'yalgan bu davrida kitob sahifalari bilan to'lib-toshgan jimgina soatlar qalbingizga sokinlik, ko'nglingizga iliqlik bag'ishlaydi. Har bir so'z, har bir hikoya sizni yangi dunyolarga olib borar, ichki tinchlik va baxtning chin ma'nosini his etishga chorlar. Kuz—o'qish va xayol surish fasli. Baxt esa tongda, bir chetda sizni kutayotgan kitobda yashirin.

Xayrli tong deyolmayman, negaki xo’roz allaqachon qichqirgandir..)

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
❤4❤‍🔥1🔥1
Yoshligimda eng yoqtirgan satrlarim orasinda qora yumor bor deb o’ylamagan edim:

Tuxumdan chiqdi-yu, keltirib uni
Shu loyqa hovuzga tomon otdilar.
Tashlandi ushoq yeb o'tadi kuni,
Xor-u xas, xazonlar ustin yopdilar.

Dunyoda ko'rgani shu tor hovuzcha
Va mudroq tollarning achchiq xazoni.
Menga alam qilar, tilla baliqcha
Bir ko'lmak hovuz deb bilar dunyoni...

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
❤4👍2😢1
Hech qachon sayohatga chiqmagan odam uchun o‘z yurtidan sal-pal farq qiladigan har qanday yangi joy juda jozibali tuyuladi. Agar muhabbat haqida gapirmasak, sayohat bizga hammadan ko‘ra ko‘proq quvonch va tasalli beradi.

Har bir yangi narsa bizga negadir juda muhim bo‘lib tuyuladi va mohiyat e’tibori bilan bizning his-tuyg‘ularimizni aks ettiruvchi aql taassurotlar oqimiga bo‘sh keladi. Yo‘lda seviklisini unutib, qayg‘uni tarqatib, o‘lim sharpasini o‘zidan quvib yuborish mumkin. Oddiy "men ketyapman" iborasida butun boshli najotsiz tuyg‘ular olami yashiringan.
#sayohat

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
❤4👍1😍1💯1
Pune📍
.
.➡️
.📍Mumbai

Yo’ldan kelib, yo’lga ketyapmiz..)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤41
😉😎
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4😎3🔥1🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥6😍4❤1
Book store📖 - Kitob do’koni📖
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩4😍2❤1🔥1🕊1