Kenjayeff’s note
143 subscribers
699 photos
264 videos
1 file
70 links
Xayrlisi uchun harakatdamiz😉
Download Telegram
Qismatimga oshiqman. Chunki uning Muallifi buyuk.

@kenjayeffnote
❤42👍1
Deyarli hamma ishda eng qiyini boshlab olishdir.

©️ Jan Jak Russo

@kenjayeffnote
❤2
Sinchalak ushbu taqrizni sahifamizga joylashimizni so’radilar:

“Andisha va G’urur”
Jeyn Ostin

Avvalroq kinosidan olingan fragmentlarni ko’rib yurardim. Shundan qiziqish bo’lgandi kitobga. Jeyn Ostin, Sharlotta Bronte kabi yozuvchi ayollar qiyin davrdan yorib chiqqan deyish mumkin. Buni asardagi ruhiyatdan bilib olish mumkin. Bu kabi asarlarda guvohi bo’lganimiz ayollar asosan badavlat er topish uchun tarbiyalangan. Bu asarda ham shunday ruhiyat bilan bir qatorda oila, ijtimoiy munosabatlar, insoniy tuyg’ular tasvirlangan Asosiy qahramonlar , Elizabetta opa singillaridan biroz farqli favqulotta es hushli, ikkiyuzlamachilikdan holi qiz , va unga oshiq bo’lib qolgan kibrli mag’rur o’ziga bino qo’ygan va shu bilan birga oqko’ngil badavlat yigit Janob Darsi . Ikkovining o’rtasida ijtimoiy va moliyaviy tabaqa jihatidan katta tafovut bor.
Elizabettaning oilasi timsolida ota onaning ayniqsa onaning salohiyati farzand tarbiyasida muhimligini tushunib olish mumkin. Qizning otasining esa bu tomondan omadi kelmagan edi. Chunki Elizabettaning onasi aql zakovatdan yiroq erta kech qizlarini boy kuyovlarga uzatish haqida o’ylar edi. Shu sababmi tez tez ballar bir biriga ulanib ketadigan mehmondorchilikdan hayoli bo’shamaydi. Uning katta qizi va Elizabettadan boshqa qizlari xuddi onasidek aqlsiz edi.
Asarda feministik g’oyalar uchrab turadi.
Yana shuni tushunish mumkinmi bitta qalbda g’urur va sevgi yashamaydi. Muhabbatda kibr va takabburlik tan olinmaydi

G’arb klassikasida menga g’alati tuyuladigan jihat bu mehmondorchilikka mukkasidan ketganligi bir oila ikkinchisinikiga haftalab mehmonga borishi va u yerda hamma o’zining hech qachon ega bo’lmagan eng yaxshi versiyasini ko’rsatishga harakat qilishi. “ Andisha va G’urur” da ham ikkiyuzlamachilik qoralangan.

Ps. Agar sizda ham biror bir asarlarga taqrizlar bo’lsa, @thekenjayef manziliga yozsangiz bo’ladi.

Barcha uchun manfaatli bo’ladi.

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
2❤‍🔥1🔥1👏1👌11
Kafka — yuragimni teshgan yozuvchi.

"Evrilish"ni o‘qib tamoman jim qoldim. Oddiygina bir yigit – Gregor Zamza – bir kuni uyg‘onsa, katta bir hasharotga aylangan. Ko‘rganimda bu faqat bir fantastikaga o‘xshadi, lekin har bir sahifa o‘qilgan sari tushundimki, bu asarda biz yashayotgan hayot yashiringan.

Gregorning o‘rnida o‘zimni ko‘rdim. Ish, majburiyat, oilani boqish, boshqalarning kutganlarini bajaramiz… va bir kun kelib, endi foydamiz tegmay qolsa, kimdir bizni hasharotdek yomon ko‘rib qoladi. Eng og‘ir joyi — bu bola hech kimga ziyon qilmagan. Faqat charchagan. Faqat o‘z holicha yashagisi kelgan. Shu xolos.

Asar qisqa bo‘lsa ham, menda og‘ir taassurot qoldirdi. Uning uyda asta-sekin keraksiz bo‘lib borishi, sekin-sekin o‘zini yo‘qotishi yurakka tegadi. Kafka oddiy til bilan, ammo juda chuqur ma’no bilan yozgan.

Bu kitobni o‘qib, hayotga boshqacha qaray boshladim. Odamga, oilaga, "kerakli" va "keraksiz" degan tushunchalarga... O‘ylab qarasam, ko‘p odamlar allaqachon "evrilib" bo‘lgan. Faqat ularning tashqi ko‘rinishi emas, ruhlari o‘zgargan.

Bu qissa qisqa, lekin og‘ir. Har bir satrda yurak siqiladi. Kafka har doimgidek narsalarni nom bilan emas, holat bilan gapiradi. Nima uchun Gregor o‘zgardi? Nega hasharotga? Sabab yo‘q. Tushuntirish yo‘q. Xuddi hayotdagi kabi.

Meni eng larzaga solgani — Gregorning sukutlari. U gapirmaydi, lekin yuragimizga qarab baqiradi. Uning o‘rnida har kuni ertalab zo‘rlab uyg‘onadigan, boshqalarning kutganlari og‘irlik qilayotgan odamlarni ko‘raman. Balki, o‘zimni ham. Balki, seni ham.

Kafka men uchun yozmagan, o‘zini yozgan. Lekin o‘sha yozgan narsa bizning yuragimizdan joy oldi.

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
❤4⚡1👍1🔥1
Inson bitta hazilga qayta qayta kulolmasligi mumkin, ammo bitta dard insonni qayta qayta yig'lata oladi...

@kenjayeffnote
😢3💔32👍1🕊1💯1
111 chiroyli raqam-a?😉

@kenjayeffnote
👍4❤2⚡1👏1😁1
“Bir otaning farzandiga qiladigan eng katta yaxshiligi uning onasini ardoqlamoqidir”
— Atham Amin Nemutlu, “Duo taqdirni o‘zgartiradi”

@kenjayeffnote
❤3👍2🔥2
Forwarded from Kenjayeff’s note (Faxriddin)
Quyosh bugun ham sharqdan chiqdi. Demak, hali umid bor.

@kenjayeffnote
❤‍🔥2🔥2🥰1🕊111
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mutolaa

"Biz oʻlimni izlamaymiz — biz unga tayyormiz. Bizning ustunligimiz biz kuchliroq ekanimizda emas, balki ular hayotni, biz esa oʻlimni yaxshi koʻrishimizda..."

© Nadejda Kevorkova"Falastin"

@kenjayeffnote
❤‍🔥2👍2🔥2👎1🥰1
#iqtibos

Baʼzi narsalar aytilganda emas, aytilmaganda yana ham qimmatliroq boʻladi.

©Fotih Duman

@kenjayeffnote
❤2❤‍🔥2🔥2
Men hayotimdagi eng muhim burilishlarni, eng katta ilhomlarni va eng to‘g‘ri qarorlarni aynan kitoblar orqali topganman.
Ustozlarim yetarli bo‘lmagan paytlarda – kitob ustozim bo‘ldi.
Tushunmagan savollarimga javobni – kitob sahifalaridan izladim.
Va eng muhimi – o‘zimni topish yo‘lida ham kitob menga yo‘lchi bo‘ldi.

Mana sizga hayotiy tajribamdan kelib chiqqan kitob o‘qishning 10 ta foydasi:
1. 🧠 Fikr qilishni o‘rgatadi. O‘z mustaqil fikringiz paydo bo‘ladi. Endi boshqalar nima deydi, deb yashamaysiz.
2. 💬 So‘z boyligingiz oshadi. Oddiy fikrni chiroyli aytish san’atiga ega bo‘lasiz.
3. 🌍 Dunyoqarashingiz kengayadi. Bir kitob – bir insonning umri. Siz har safar bir umrni o‘qib chiqasiz.
4. 😌 Ruhiy hotirjamlik beradi. Ayniqsa, kechqurun jimlikda mutolaa qilish – qalbga taskin.
5. 🔥 Tasavvuringiz ochiladi. Yozuvchilar chizgan manzara orqali o‘zingizni yaratishni boshlaysiz.
6. ⏳ Sabrni o‘rgatadi. Kitobni oxirigacha yetkazish sabr va intizom talab qiladi.
7. 📈 Shaxsiy o‘sishga xizmat qiladi. Har bir o‘qilgan sahifa – ichingizda nimanidir uyg‘otadi.
8. 🗝 Hayotni boshqacha ko‘rishga majbur qiladi. Qanday yashayapman? Nega yashayapman? degan savollar paydo bo‘ladi.
9. 👨‍🏫 Yolg‘iz qolganingizda ham sizni tark etmaydi. Kitob har doim yoningizda. Bepul, sodiq, jim, ammo dono do‘st.


Bugun siz ham kuningizning hech bo‘lmasa 20 daqiqasini kitobga ajrating.
O‘zgarish darrov bo‘lmaydi, lekin kundan-kunga o‘zgarayotganingizni sezasiz.
Men shunday qilganman. Siz ham uddalaysiz!

🤍 Kitoblar – eng sokin, ammo eng qudratli o‘qituvchilardir.
❤2🔥2👍1
Hoy!!! Men seni qora sochingga emas, qorday oq ko’nglingga bog’lanib qoldim…

©️Otabek MuhammadZohid

@kenjayeffnote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥3😇2🕊1😍111
Nazdimda barbr xayrlisi uchun harakat qilaverish kerak😉

@kenjayeffnote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥4👌1💯11
Mehr ko’zda dilxiralik bo’lmasin☺️

@kenjayeffnote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡1👍1🔥1
Hech qachon yurmasdan turib, yugurishga shoshilma..)

@kenjayeffnote
❤2
– Qahva ichasanmi?
– Ha!
– Sut bilan? shakar bilan?
– Sen bilan…

@kenjayeffnote
🕊3❤‍🔥2👍1🔥1🥰1😍11
Hayotdagi eng yomon narsa bu — ruhingni bir odamga, taqdiringni esa boshqa odamga bog’lash..)

@kenjayeffnote
❤3🔥1
Ko’rgan qiyinchiliklaringizni hech kimga qizig’i yo’q
Hammani natija qiziqtiradi..)

@kenjayeffnote
💯3🔥2⚡1❤1👏1
02:32
❤‍🔥2😢1
Til qattiq jism emas, ammo u suyaklarni sindirishga qodir...

@kenjayeffnote
👍3❤1
Inson bu dunyoda behad ne’matlar ichida yashaydi – sog‘liq, aql, ko‘z, yurak, ota-ona, oilasi, rizqi, havo, suv…

Ammo ko‘p hollarda bu ne’matlarning Asl Egasini – Allohni unutadi. Uning amrlarini e’tiborsiz qoldirib, hayotni faqat dunyo zavqlari bilan band o‘tadi.

Lekin bu unutilgan haqiqat oxir-oqibat o‘zini eslatadi:

“Kim Allohni unutsa – Alloh uni o‘z holiga tashlab qo‘yadi.”

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
❤3❤‍🔥22⚡1🙏1🕊1