Kenjayeff’s note
143 subscribers
699 photos
264 videos
1 file
70 links
Xayrlisi uchun harakatdamiz😉
Download Telegram
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tabrigi

🚀🇺🇿❤️

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
🔥3❤2🤩2
Qurbon hayiti muborak bo’lsin✨

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
👍4❤3🕊3😇2
Kun bo’yi uxlab, kechasi uxlolmay muammolar uyqu bermayapti dema😅

01:11

@kenjayeffnote
😁2😇2🌚1
- Menga turmushga chiqasanmi?
- Men... Men o'ylab ko'rishim kerak.
- Xo'p, go'shakni qo'ymay turaman...

© Muhammadxon Yusupov ("Qisqa hikoyalar" kitobidan)

@kenjayeffnote
❤‍🔥3❤2😇2
Uni yoqtiraman lek topmadim sabab,
Chiroyli ham emas o'rtacha, oddiy.
Qo'ymadim aqalli birgina talab,
Ishonaver do'stim gaplarim jiddiy.


Xoxlamayman o'zgarishin, o'zgartirishim,
Shu paytgacha uni boricha sevdim.
Hayronman topmadim sabab, istagim,
Sevdimu, sezmadim lek sevilganim.


Bu sevgi — egallash emas,
Ichimda jiim yashayotgan bir tuyg'u edi.
O'zga bilan mayli bo'lsin baxtli, sadoqli,
Qo'rqaman bu dard ich etim yemasa bo'ldi


To'g'risi gaplarim bir qadar yolg'on,
Kimning qalbi masrur bo'lar yo'qotsa yorin.
Deysan: "Hayotning bahorin unutma, do‘stim"
Deyman: "So'nggi bahorimda chiqsachi jonim."


Qalbdagi tug'yonlarimni tilimga ko'chiraman,
Qolmasin deymanu shu ham armonda.
Uyalsam ham aytaman bugun,
Qiynamaydi "exx" degan sado yurakda.


Darvesh dedi sevgi sababsiz bo'lar,
U seni tanlamas kelar, joylashar.
Balki hayotingga bir marta kelar,
Qolgani nusxadir, yurak o'rtanar.


Eng og'iri nima aytgin ey do'stim,
Bilmasang aytaman jim qulog'ing tut.
Deylik sevgi qanotinglaring sindirdim,
Yagona tanloving qoldi jimgina unut.


Bu azob, eslaganda kamroq og‘rishin xohlaysan.
Vaqt o'tar, yengillashar deysan o'zingcha,
Chidashni o'rganasan, lekin og'riysan.
Qarabsanki sezding emas ekan o'tkinchi
.

©Topolmadim muallifini

@kenjayeffnote
❤3🔥2🤩2
Gʻam anduh bir insonning qalbiga soya sola boshlasa, yo Robbisini sogʻingan boʻladi, yo Robbisi uni.

Shams Tabriziy

@kenjayeffnote
😢2🕊2❤1
#xotiralar


Sizda ham hech bo’lganmi, biror bir bayramda uyga ketmasangiz aynan siz bormaganingiz uchun ham qandaydir kattaroq tadbir yokida ular mazza qilib dam olishyotgan bo’ladi. A siz borgan paytingiz aksi hech narsa bo’lmaydi.

Lekin barbr tug’ilib o’sgan joyimizning halovati boshqacha aa nima dedingiz?

Bolaligimda onamga ko’p aytardim men qachon shahar ko’raman meni ham haqqim bormi deb, onam aytar edila “shaharga ortiqcha intilma bolam” deb. Ayni haqiqatligini endi anglayapman. Shahar ko’p endi megapolislarga qiziqyapti odam o’ylaymanda ho’p o’sha megapolislarga ham bordim, barbr yana o’zimni uyimni sog’inib qumsaymandaa.

Esingizdami, bolaligimizda abedda issiqda cho’milishga qochib ketganimiz😅. Ortimizdan onalarimiz cho’p(ximich, qay shevada qanday ishlatilsa) ko’tarib uyga tomon quvib borishgani, non yopayotganlarida orqamdan o’tma deganlari, dadalarimiz biror bir ishda qay bir narsani so’rasalar osmonni qidirib ham topolmasdik, lekin o’zlari kelib bitta topishlari endi bularni hammasi o’tmish, hammasi tarix🥲.

Bu haqida yana yozaman faqat ma’lum bir fursatdan so’ng hozir yana manzilimga yetib keldim va fikrlarni to’xtatishga majburman.

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉


@kenjayeffnote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡2😁2🕊2❤‍🔥1🥰1😢1
Inson baxtli bo‘lishi shart. Agar u baxtsiz bo‘lsa, bunda o‘zining aybi bor. Va bu noqulaylik yoki anglashilmovchilikni bartaraf etmaguncha o‘z ustida tinimsiz ishlashi lozim.

✍️Lev Tolstoy

@kenjayeffnote
🔥3❤1👍1
⏺▫️▫️▫️▫️ #Yoshlar_parlamenti

✅ Shaxsiy rivojlanish istagida bo'lgan barcha yoshlar diqqatiga!

🟦 Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti tomonidan turli dolzarb yo'nalishlar va mavzularga bag'ishlangan onlayn audio-chatlar faoliyati yo'lga qo'yiladi.

👤 Spiker: Hayotullo Ismoilov - "ihayotullo" chet elda ta'lim va grantlar blogi muallifi.

👤 Moderator: Faxriddin Kenjayev - Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti faoli.

📝 Mavzu: "Strategik aloqalar, yoshlar siyosati va chet elda ta’lim".

⏰ Kuni: 08.06.2025-yil

⏰ Vaqti: 21:00 - 22:00

🔗 Havola: https://t.me/YP_Senat?livestream=b6614f00cd009db174

🖐 Bizni kuzatishda davom eting. Eng yaxshilari hali oldinda!

#Senat #yoshlar #parlament #siyosat

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Sening yutuqlaringdan ota-onang qay darajada xursand bo’lishini his qilib ko’rganingda edi. Harakatdan hech qachon to’xtamagan bo’lar eding.

Navbatdagi missiya bajarildi✅

Rahmat hammaga☺️

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5😍3❤‍🔥1👍1
Eng yoqtirgan manzaram🏞️
Sunset🌇

📍Tashkent city
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2❤1🕊1😇1
Forwarded from Kenjayeff’s note (Faxriddin)
Quyosh bugun ham sharqdan chiqdi. Demak, hali umid bor.

@kenjayeffnote
👍3🔥3💯3
Hech qachon bunday ahmoqona iborani takrorlamang: "O‘sha zamonlar boshqacha edi." Biz unaqa emasdik, bunaqa emasdik!

Zamon fikrlashning natijasi, fikrlash esa zamonning natijasi emas.

Biz "Men shunday qilardim, zamon shunday edi" deganimizda, o‘zimizni fikrsiz, ayanchli ahmoqlar sifatida ko‘rsatamiz. Zamon yo‘q, biz bormiz! Biz boshqacha bo‘lsak - zamon ham boshqacha bo‘ladi.


✍️Aleksandr Pyatigorskiy @kenjayeffnote
⚡2👏2❤1❤‍🔥1👍1
Hozir nimadir yozmoqchi bo'ldim lekin hech qanday fikr kelmayabdi. Keyin o'ylab qarasam yo'lda emas ishda ekanman P.s Ba'zi do'stlarimiz bilishadi bizning postlarimizning ko'pi yo'lda yoziladi. Har doimgidek "Yo'ldan kelib, yo'lga ketyapmiz"😉
👍1🥰1😁1😇1
Xayrli tong, yo’ldagilar!

Salomatmisiz?

Yozmaganimga ham ancha bo’libdi. Ko’pchilik yozishyapti, 100 lik davon oshib o’tilgandan keyin birdaniga mutolaani tashlab qo’ydingizmi deb. Yo’q davom etyapmiz. Faqat ularni post qilib joylashga vaqt va imkon tug’ilmayapti. Bu vaj bo’lolmaydi. Lekin harakat qilaman bu post, note(qayd)lar masalasini ham yana yo’lga qo’yish uchun.

Manzilga yetdim fikrlar kam bo’ldida vijdonim qiynalyapti. 😁

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
🔥2❤1👍1
"Biz nafaqat qilgan ishlarimiz uchun, balki qilmagan ishlarimiz uchun ham mas’ulmiz."
— Jan-Batist Molyer


Ko‘p hollarda inson o‘zini faqat qilgan xatolari, noto‘g‘ri qarorlari yoki so‘zlari uchun aybdor his qiladi. Ammo Molyer eslatadi: sukut, loqaydlik va kechikkan harakat ham javobgarlikdir.

Yordam bermaslik. Haqiqatni aytmaslik. To‘g‘ri yo‘lni tanlamaslik. Bular ham jim turgan, ammo ta’sirli xatolardir.
Hayot oldida javobgarlik — bu faqat amallar emas, balki amalsizlik uchun ham zimmamizdagi yukdir.
@kenjayeffnote
❤1🔥1
Nega biz Sun’iy Intellektni keraksiz narsalarga sarflaymiz?

Biz undan qanday foydalanyapmiz?
Doʻstmi yoki u dushman?


Undan nimadir oʻrganish oʻrniga uyga vazifalarimizni qildiryapmiz? Xohlagan savolimizni yozyapmiz, ustozimiz bergan savollarning javobini kitobdan emas sun’iy intellektdan qidiryapmiz.
Texnologiya asrida yashab u bizni boshqarishiga yoʻl qoʻyib beryapmiz.
Oʻzbekistonda talabalar uchun slaydlar qilib beradi.

Unga insholarimizni yozdirib, yetmagandek yana ortidan “odamdek” yoz deymiz. Nega oʻzimiz yozmaymiz? Yoki biz “odam emasmizmi” #ayni_haqiqat @kenjayeffnote
😢4❤1
Sizni qanday kitoblar o’qiyotganingiz bu sizni shu mavzu qiziqtirishi va dunyoyiz ham shunaqa ekanligini anglatadi. Yoki notug’rimi😉

@kenjayeffnote
👍3❤2🔥2
Bugun oddiy kun emas. Bu — mening orqamda doim tog‘dek yelkadosh bo’lib turadigan inson dunyoga kelgan kun.

Otam – hayotimdagi eng katta tayanchim. Men unga suyanganimda hech qachon yiqilmasligimni bilaman. U har doim jim, lekin chuqur so‘zsiz darslar beradigan inson. Ko‘zlarida donolik, sokin nigohida kuch, har bir harakatida mehr yashiringan.

U meni hech kim yo‘q bo‘lgan vaqtda ham tushungan, menga ishonch bergan va orzularimga ishonishga o‘rgatgan odam. U faqat oila boshlig‘i emas — u mening bosh maslahatchim, mehribon do‘stim, hayot yo‘ldoshim. Har bir yutug‘im ortida otamning duosi, mehnati va sabrini ko‘raman.

Bugun men bir narsani yana bir bor anglayapman: hayotimdagi eng katta omad — otamdek insonning farzandi bo‘lishligim. Shuning uchun doim yaratgandan minnatdorman.

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
🎉6⚡2🥰2🕊2❤‍🔥1👍1