Kenjayeff’s note
143 subscribers
699 photos
264 videos
1 file
70 links
Xayrlisi uchun harakatdamiz😉
Download Telegram
Dardingni tinglaydigan inson

Ba’zan hayotning o‘rtasida odamni na bir maslahat, na bir yechim qoniqtiradi. Shu payt yurakda yig‘ilib qolgan gaplaringni eshitadigan, fikrlaringni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri deb baholamay, shunchaki seni tushunadigan bir inson kerak bo‘ladi.

Bunday odam topilsa, u oddiy do‘stdan ham ortiqroq, qalbingni davolovchi kimsa bo‘lib qoladi. Chunki ba’zan yordam qo‘li emas, yordam qulog‘i kerak bo‘ladi. Eshtirilgan dardning o‘zi yengillik olib keladi.

Aynan shu insonni hayotingizning qadrli qismi sifatida qadrlang. Chunki hayotdagi eng katta sovg‘alardan biri – dardingizni dardlashadigan insonning borligidir.


Sizda shunday inson bormi?


Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
🔥2👏2🤔2❤‍🔥1
Yo’ldan kelib yo’lga ketyapmiz
❤‍🔥3👍3🔥2👏2
▫️▫️▫️▫️ #yakuniy_natijalar

🟦 Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamentining "faollar jamoasi"ga ro'yxatdan o'tgan 894 nafar yoshlardan 589 nafari saralashdan muvaffaqiyatli o'tdi va "faollar jamoasi"ga qabul qilindi.

📝 Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamentining “faollari jamoasi”ga qabul qilingan yoshlar ro‘yxati

❗️ “Faollar jamoasi”ga qabul qilinmagan hamda yakuniy natijalardan e’tirozi bo‘lgan yoshlar uchun alohida murojaat sahifasi tashkil etiladi va u yerda o’z e’tirozingizni qoldirishingiz mumkin. Har bir e’tiroz atroflicha o‘rganiladi hamda e’tiroz bildirgan shaxs bilan bog‘laniladi.


🖐Saralashdan muvaffaqiyatli o'tgan va jamoaga qabul qilingan yoshlar bilan mas’ullar tez orada bog‘lanadi.

#Senat #yoshlar #parlament #siyosat

🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3❤‍🔥1
Xayrli kun yo’ldagilar. Salomatmisiz?

Dam olish kunlar sizda yaxshi o’tdi degan umiddaman lekin biz uchun hafta tugamadi. Negaki o’tgan haftaning yakunida ishlar, yumushlar ko’payib qoldi. Va bugundan esa yana davom etyapti.

Hozirda faoliyatimiz kengaygani boisdan sizlar uchun kamroq vaqt ajratyapman.

Ps. Ma’lumot uchun hozirgi post ham yo’lda yozilyapti

Sizlar bilan yo’lda suhbat qurmasak qolgan vaqtda imkon, imkon bo’lganda energiya yetishmayapti. To’g’ri tushunasiz degan umiddaman😁

Ha aytgancha bugun yoki ertaga +99 bo’lamiz, oldindan kuzatadiganlar bu son nima ekanligini anglab olishdi😉
Yangi kelgan yo’lovchilarga esa bu raqam kitoblar sonidir.

Yoshligimda o’zim o’ylab topgan zo’r gap bo’lardi; “O’zingizni asrang, zero ertaga o’zingizni kimgadir kerak ekanligingizni anglab yeting”

Juda yosh bo’lganmanda😅

Hozirgi shiorimizni ko’pchilik biladi qisqa va lo’nda; Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
🔥3🥰1😁1🕊1🐳1
Kitobni seving, u hayotingizni yengillashtiradi, fikrlar, tuyg‘ular va voqealarning rang-barang hamda shiddatli chalkashliklarini anglashda do‘stona yordam beradi. U sizni insonga va o‘zingizga hurmat ko‘rsatishga o‘rgatadi, aql va qalbingizni dunyoga, insoniyatga muhabbat his-tuyg‘usi bilan qanoatlantiradi.

✍️Maksim Gorkiy
👏3❤2❤‍🔥1🔥1
#achchiq_haqiqat


Kimdir zo’r yashamoqda,
Kimdir zo’rga…


@kenjayeffnote
💔2😭2🕊1
📍06:59, Metro, Toshkent

Jamiyatda og’riqli mavzularimiz bisyor.
Qaysi biri haqida so’z yuritsam. Mayli o’zim haqimda yozay…

Ba’zida o’zimga o’zim aytaman Faxriddin nimaga siyosatga kirding. Yoshligingni o’g’irlagan bo’lsa, uyingda och qoladigan hali bolalaring, ayoling bo’lmasa degan mazmundagi savollar doim qiynaydi. Ayniqsa yo’lda…

Chindan ham siyosatni yuki anchagina og’ir, siz uni qo’lga ololmaysiz aksincha sizni o’z qo’liga oladi.

Ba’zan ko’pchilik bilan suhbatlashsam, oldingi Faxriddin qani deb savol berishadi va o’yga tolaman, shu qadar o’zgardimmi. Oynaga qarayman o’sha yuz, o’sha ko’zlar, qoshlar, hamma hammasi o’sha o’sha. Ba’zi ajinlar, ba’zi sochlar oqarishini, jiddiylikni e’tiborga olmasa albatta.

Keyin aytaman qalbing-chi? U joyidami?

Hali ham o’sha, bir gapni ikkinchisiga ulab gapirolmaydigan sodda yigitning qalbimi? Yoki o’z sevgilisiga dil izhorlarini aytolmaydigan bolami?
Mavhum savollarni javobini topishga ochig’i qiynalaman.

Yo’ldan og’maslikka O’zi madadkor bo’lsin. Qalb og’riqlari sekin sekin bitsin. Har qanday vaziyatda ham insonlar taniydigan Faxriddin bo’lib qolsin.

Yana ko’p fikrlar yozmoqchi edim, ammo yo’lda edim manzilimga yetdim.

Yana gaplashamiz hali😉

Kuningiz xayrli o’tsin

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🕊3🐳2❤‍🔥1👍1🥰1😢1
Forwarded from ReadingMindss 🪬
IMG_20250520_083401_131.jpg
276.4 KB
📺 Yoshlar telekanali: Bugun bir akam yaqinda 100 ta bo'ladi dedi. Nima haqida gapirayotganini tushunmadim. 30-may kuni boshlagandim, oz qoldi bir yil bo'lishiga dedi. Yana tushunmadin. Biroz avval Oydin tunlar haqida gaplashgandik.

- Ha kitoblariz 100 ta bo'ladimi?
- Bir yilda 100 ta kitob o'qiyman degandim, ozgina qoldi. 30-may da boshlagandim, bir yil bo'ladi yaqinda. Oz qoldi 100 ta bo'ladi.
- Malades lekin boruu, deb jim qoldim. Keyin mafiya o'ynadik adashmasam.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰2👏2⚡1👍1🔥1
ReadingMindss 🪬
IMG_20250520_083401_131.jpg
O’ylab qaradim, kim haqida ekan deb. Voqealar rivoji men haqimda ketgan ekan. Yaqin ukamiz tomonidan keltirilgan fikrlar.

Ha rostdan ham 30- mayga oz qoldi niyatimga yetish uchun deyarli bir qadam qoldi. Sizlar bilan bu natijaga erishyapman.

Ps. Xayronman, Nurislom nega aynan 📺Yoshlar telekanali

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯2⚡1❤‍🔥1🔥1🕊1
Uzoq manzillarga yo'l ham,
birinchi qadamdan boshlanadi

Yo’l haqida ko’p gapiraman, rostdan ham yo’lda xayr bor, yakun yo’q…

Tun bedorlarga omonat yo’ldagilar…

@kenjayeffnote
🔥2❤‍🔥1👏1🕊1🤝1
Ona siz menga talpinayotgan bir vaqtda men ulkan shaharlarga ko’ngil qo’yib bu yerlardan g’oyib bo’lish haqida o’ylayapman…

Dada siz menga o’z yurting kelajagiga hissa qo’sha olasan deb ishonayotgan bir vaqtda men jahongashta bo’lishni xayol surayapman…

Rumiyga o’xshatma tarzida aytadigan bo’lsam; “Ichimdagi- ichimdadur”

Shu kezda bir ajoyib she’r yodimga keldi;

Vahmi yo’qdir davonni,
Qimirlab qir oshganga.
Uloqtirib ketmonni,
O’g’il ketdi, Toshkanga.

*Juda eslashga harakat qildim shu o’rtadagi to’rtlik yodimdan ko’tarilibdi va xayollarimga yakun yasashga majburman. Negaki bugun borishim kerak bo’lgan manzilimga yetib keldim.

Ps. Eslasam she’rni davomini ham yozaman, haqiqatdan ham ajoyib achchiq yumoristik she’r

Salomat bo’ling aziz yo’ldagilar😉

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
👏2🕊2😇2❤‍🔥1👍1🔥1
100+

O’zimni oldimga maqsad qilib qo’yganimdan beri boshlagan yuzlik davonning so’ngisi.

Asar tanlashda shu safar juda qiynaldim. Qaysi adibning ijodi bilan yakunlasam deb va eng yoqtirgan o’zbek ijodkorlarimdan biri Ulug’bek Hamdamning “To’rtko’cha”sini tanladim.

Har qanday narsani boshi bo’lgani kabi intiqosi ham mavjud.

Demak, intiqo yaqin.

Kuzating, qo’llab quvvatlang, biz albatta erishamiz😉

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
👏3👍2❤‍🔥1🔥1🥰1🕊1😇1
G’aflat deganda nimani tushunasiz?
Uning ham turlari mavjud. Ba’zilar fikriga ko’ra bu nisbiy tushuncha.

Bilasizmi? Ko’pchilik g’aflat deganda uyquni tushunishadi. Ha to’g’ri, lekin millat g’aflatichi. Millat uxlayapti. Millatga turtki kerak. Lekin ayni paytda millatimiz ham uyg’onmoqda. To’g’ri kech lekin uyg’onyapti.

To’g’risi aytaymi, g’aflat bosib uxlab qolibman. Yo’ldaman, nimadir yozay dedim. Fikrlar alg’ov dalg’ov. Mayli manzilga yetajakmiz.

Kun xayrli o’tsin yo’ldagilar😉

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
😁3😇3🔥2
Audio
Kenjayeff’s note
Audio
Hayotning eng zo’r onlarini o’tqizgan davrimiz.
Oldin tez katta bo’lishni xohlardik, hozir bolalikka qaytishni. Lekin men bolalikka qaytgim kelmaydi. Bilmadim negadur.

Maktabni bitirganimizga 3 yil bo’libdi. Vaqtni tez o’tishini qarang. Biz vaqtga qarab ish qilamiz, ammo vaqt bizga qaramaydi.

Nima bo’lsa ham baribr yoshlik eng zo’r davr hammamizda.

Bugun bitiryotgan yoshlarga katta hayotga qo’yayotgan ilk qadamini bekorchi vaqtni oladigan joylarga emas balki turli xildagi ilm maskanlariga borishni tilab qolaman.

Bugun siznong kuningiz😉

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
👍3🔥3❤‍🔥2
Yo’lning qadrini, yo’lovchi biladi☺️
👏3👍2🔥2
Boshqalarning qo'lidagi non bo'lagi hamisha kattaroq ko'rinadi.

© Fyodor Dostoyevskiy

@kenjayeffnote
👍5😢3🔥2
U kitobni turfa ko'yga soldi. Tandirni yoqish uchun tutantiriq qildi. Pista sotayotganda varaqlarni yirtdi. Asabiga tegayotgan pashshalarga qarata qurol qildi. O'g'illariga "samolyot" yasab berdi. Eshik ochiq tursin uchun tirkagich qildi. Deraza oynalarini artdi. Hojatxonada ham xohlagancha foydalandi. Ammo biror marta o'qib ko'rmadi. Yillar o'tib, nursiz qalbiga nedir yetishmay qoldi. Kitobni qo'liga oldi. O'qiy deganda esa ko'zlari allaqachon nurdan qolgan, qo'llari esa tinimsiz qaltirardi...

© Nodirabegim Ibrohimova

@kenjayeffnote
🔥3❤2😢2
02:03
Baxtga eltuvchi yo’llar doim “probka” bo’ladi😶
😁4🕊4🔥2❤1👏1🐳1🍓1
Yo’ldan kelib yo’lga ketyapmiz
👍3❤1🔥1