Kenjayeff’s note
143 subscribers
699 photos
264 videos
1 file
70 links
Xayrlisi uchun harakatdamiz😉
Download Telegram
Xayrli kun yo’ldagilar😊

Bugun yana bir safarni boshlajakmiz😉

Yangi manzillarni kashf qilishda davom etamiz va bu safargi manzilimiz: Navoiy

Men eng yaxshi fikrlaydigan holat bu yo’l, shu boisdan ham bugun postlar ko’proq bo’ladi.

Toshkent⏭️Navoiy


Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐳3🕊2❤‍🔥1⚡1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Navoiy shahriga qarab yo’l oldik
🔥4👏2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▫️▫️▫️▫️ #Navoiy_viloyati

🔵 Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi.

✅ Tashrifning ilk manzili Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan Qosim Shayx majmuasi bo'ldi. Mazkur manzilda yoshlar parlamenti a’zolari majmua hududida joylashgan tarixiy yodgorlik va binolar bilan tanishdilar.


✍️ Navoiy viloyatiga bo‘layotgan tashrif davom etmoqda.

#Senat #yoshlar #parlament #siyosat

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡2
Manzara
👏4❤2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Haqiqiy Yaratganning mo’jizasi
🔥5😍2❤‍🔥1🥰1😁1🕊1
Ona - oshiqlarning eng birinchisi, eng rostgo'yi va eng oxirgisidir.

© Adham Sharqoviy

@kenjayeffnote
👏5👍3❤2🔥2
Sevimli insoningiz to‘satdan vafot etganda, uni darhol yo‘qotmaysiz.
Bu jarayon asta-sekin, qadam-baqadam, uzoq vaqt davomida sodir bo‘ladi - xuddi xatlar kelishi to‘xtab qolgani kabi. Mana, tanish hid yostiqlardan, keyin esa kiyim javonlari va tortmalardan yo‘qoladi. Asta-sekin ongingizda bu insonning yo‘qolib borayotgan zarralarini to‘playsiz; so‘ngra shunday kun keladiki, alohida bir narsa yo‘qolganini payqaysiz va bu inson endi yo‘q hamda hech qachon bo‘lmasligi haqidagi og‘riqli tuyg‘u qalbingizni chulg‘ab oladi; keyin esa yana harakatlanishga tushasiz.


✍Jon Irving

@kenjayeffnote
❤2👍2🔥1
Hayot — bu poyezd sayohati kabi. Ko'plab to'xtash joylari, yo'nalishdagi o'zgarishlar va hatto baxtsiz hodisalar bilan to'la.

Biz tug'ilganimizda, ota-onamiz bilan poyezdga o'tiramiz va dastlab ularning yonida butun umr birga bo'lamiz deb o'ylaymiz. Lekin bir kuni ular bir bekatda tushib qolishadi, biz esa yolg‘iz holda sayohatni davom ettiramiz.

Vaqt o'tadi, vagonimizga boshqa odamlar qo'shiladi. Ba'zilar biz uchun juda muhim bo'lib qoladi, ehtimol, sayohat oxirigacha yonimizda bo'lishar. Kimdir vagondan tushib ketadi, bizning yonimizda bo'sh joy qoldirib ketadi. Kimdir esa bekatlarda shunchalik sezilmay g‘oyib bo‘ladi, biz ularning o‘rnida allaqachon boshqa odamlar o‘tirganiga hatto e'tibor bermaymiz.

Bu sayohat quvonch, qayg'u, kutish, umid, xiyonat, kechirim, salomlashish va xayrlashishlarga to'la bo'ladi. Ba'zi paytlarda to'xtash tormozini bosishni yoki boshqa vagonga o'tishni xohlaymiz, ba'zan esa oynadan zavq bilan tashqariga qarab, yangi qo'shilgan yo'lovchilarni qiziqish bilan kuzatamiz.

Sayohatning asosiy siri shundaki: biz qaysi bekatda tushishimiz kerakligini bilmaymiz. Biz faqat o'zimiz sayohatdan bahramand bo'lishimiz va yonimizdagi yo'lovchilar uchun bu sayohatni qulay qilishimiz kerak.

Bu juda muhim. Chunki biz o'z manzilimizga yetganimizda, yo‘limizni davom ettiradigan odamlar bizning joyimiz bo‘shab qolganini his qilishlari, bu yerda yaqinda o‘tirgan odam haqida ajoyib xotiralar qolgan bo‘lishi kerak...


✍Mark Entoni

P/S: erinmay o'qib chiqishni maslahat beraman

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
❤1👍1🔥1
Asbob buzilsa, uni yaratgan ustaga olib borib tuzatamiz. Odamzodning ham buzilgan qalbini uni Yaratgangina tuzata oladi. Kim ustalikka da’vogar bo’lsa, kim uni men tuzataman desa, uni faqat yana ham ko’proq vayron qilishga olib keladi. Har kim o’zi yaratgan narsaga ustalik qilgani ma’qul.

✍Nazar Eshonqul
📖“Qora kitob”

@kenjayeffnote
⚡1👏1💯1
Hayotingizning eng og‘ir damlarida doimo dono keksalar va yosh bolalar bilan suhbatlashing. Bolalar sizni hamma narsa boy berilgan emasligiga ishontiradilar. Keksalar esa barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tish mumkinligini aytishadi.

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
❤2
Qaysidir ma’noda tinchlik ato etilgan sana – 9-may
❤‍🔥1🕊1😇1
Xayrli kun yo’ldagilar.

So’ngi paytlarda postlar juda kamayib ketdi, bunga hamin qadar ba’zi bir vajlarni keltirishim mumkin lekin asos bo’lolmaydi.

Faoliyat, ish, o’qish, safarlar bilan bo’lib social mediaga(ijtimoiy tarmoqlar) biroz e’tibordan chetda qolgandi.

Bugun dushanba, kunlar ortidan kunlar, oylar ortidan esa…

Vaqt ajib tushuncha, sen vaqtga qarab ish yuritishga majbursan lekin u esa har narsaga o’z hukmini o’tqizadi.

Nasib etajak buyog’iga endi postlarimiz ham, kitoblar uchun taqrizlar ham bo’ladi.

Bugun 12-may. Mutolaada davom etyapman, muddat juda yaqin(qaysi muddat ekanligini bilsangiz kerak. Ha to’g’ri 30-may kuni 100+ kitob o’qib bo’laman deb vada bergandim) shu sababli ham sifat bilan birga sonni ham oshirish niyatida albatta vaqt taqsimotida qiynalyapti odam.

Bugun sarhisob yozish niyatim yo’q, negaki katta sarhisob 30-may kuni chiqadi.

Hozir esa faqat xolingizdan xabar olgani ushbu postni qoralayapman.

Agar menga fikr va mulohazalaringiz bo’lsa marhamat👇

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😇3🔥2❤‍🔥1👍1🕊1
97+
🤔3🤯3🌚3👏2🙊2
Yana bir yakun

Menga xuddi sendek odam kerakligini birdan tushunib qoldim. Men yo’qman, seni esa merosxo’r, deb e’lon qilishgan. Demak, qandaydir nayranglarni o’ylab topishimga, pullarimni u yoqdan bu yoqqa o’tkazishimga, soxta kompaniyalarni tashkil qilishimga xojat yo’q. hammsini o’zing qilaverasan. Men hatto, Londondagi uyimni do’stim Edik Davidovich orqali o’zim sotib olmoqchi ham bo’ldim. Lekin sening hovliqib, mening kompaniyalarim orasida chopishingning menga keragi yo’q edi…

Chingiz Abdullayev "Oligarxning merosxo'ri"



@kenjayeffnote
🔥2🥰2🕊2😇2❤‍🔥1
Ko'zlar... Bu shunday narsaki, uzoqdan ham, yaqindan ham o'zgarmaydi, adashtira olmaysan. Xuddi barometrga o'xshaydi ular. Ko'zga qarab, odamning qalbida nimalar kechayotganini bilish mumkin, hammasini payqasa bo'ladi.

✍️Mixail Bulgakov
📖 "Ityurak"

@kenjayeffnote
🔥3❤2👏2
Ish, uy-ro‘zg‘or kabi narsalar tufayli hech qachon asabiylashmang.

Hatto hamma narsa rejangiz bo‘yicha ketmayotgan bo‘lsa ham, salbiy hissiyotlarga sarflagan kuch-g‘ayratingiz sizga foyda keltirmaydi. Bobom menga doim shunday derdilar: "Har bir ishni xotirjam, mulohaza bilan va shoshilmasdan bajar, shunda hamma narsaga ulgurib, sifatli bajarasan va eng muhimi, ishdan zavq olasan".

Salbiy hissiyotlar, asabiylashish faqatgina sizni to‘g‘ri fikrlashdan, ishlaringiz tartibidan chalg‘itishi mumkin. Hatto eng band kuningizda ham to‘xtab, hayotdan zavqlanish, nafas olish va sevish uchun bir daqiqa toping. Bu menga hayotdagi eng muhim narsa bo‘lib tuyuladi.


✍️Elchin Safarli

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
🔥3❤‍🔥1👍1
98+
🌚3🤔2😇2
Kattalar raqamlarni juda yaxshi ko‘radilar. Ularga yangi do‘st orttirganingni aytganingda, hech qachon eng muhim narsalar haqida so‘rashmaydi. Ular hech qachon: "Uning ovozi qanday? Qanday o‘yinlarni o‘ynashni yoqtiradi? Kapalak tutadimi?" deb so‘rashmaydi. Ular: "Yoshi nechada? Nechta aka-ukasi bor? Vazni qancha? Otasi qancha pul topadi?" deb so‘rashadi. Shundan so‘ng ular odamni bilib olganlarini o‘ylashadi.
Kattalarga: "Men pushti g‘ishtdan qurilgan chiroyli uyni ko‘rdim, derazalarida yorong‘ul, tomida kaptarlar bor edi," desangiz, ular bu uyni tasavvur qila olmaydilar. Ularga: "Men yuz ming franklik uyni ko‘rdim," deyishingiz kerak, shundagina ular: "Qanday ajoyib!" deb xitob qilishadi.

✍️Antuan de Sent-Ekzyuperi
📖"Kichkina shahzoda"

Asli bugunimiz haqidagi ayni haqiqat
Shunaqa gaplar🙂

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
🔥3❤2👏2
Dardingni tinglaydigan inson

Ba’zan hayotning o‘rtasida odamni na bir maslahat, na bir yechim qoniqtiradi. Shu payt yurakda yig‘ilib qolgan gaplaringni eshitadigan, fikrlaringni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri deb baholamay, shunchaki seni tushunadigan bir inson kerak bo‘ladi.

Bunday odam topilsa, u oddiy do‘stdan ham ortiqroq, qalbingni davolovchi kimsa bo‘lib qoladi. Chunki ba’zan yordam qo‘li emas, yordam qulog‘i kerak bo‘ladi. Eshtirilgan dardning o‘zi yengillik olib keladi.

Aynan shu insonni hayotingizning qadrli qismi sifatida qadrlang. Chunki hayotdagi eng katta sovg‘alardan biri – dardingizni dardlashadigan insonning borligidir.


Sizda shunday inson bormi?


Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
🔥2👏2🤔2❤‍🔥1
Yo’ldan kelib yo’lga ketyapmiz
❤‍🔥3👍3🔥2👏2
▫️▫️▫️▫️ #yakuniy_natijalar

🟦 Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamentining "faollar jamoasi"ga ro'yxatdan o'tgan 894 nafar yoshlardan 589 nafari saralashdan muvaffaqiyatli o'tdi va "faollar jamoasi"ga qabul qilindi.

📝 Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamentining “faollari jamoasi”ga qabul qilingan yoshlar ro‘yxati

❗️ “Faollar jamoasi”ga qabul qilinmagan hamda yakuniy natijalardan e’tirozi bo‘lgan yoshlar uchun alohida murojaat sahifasi tashkil etiladi va u yerda o’z e’tirozingizni qoldirishingiz mumkin. Har bir e’tiroz atroflicha o‘rganiladi hamda e’tiroz bildirgan shaxs bilan bog‘laniladi.


🖐Saralashdan muvaffaqiyatli o'tgan va jamoaga qabul qilingan yoshlar bilan mas’ullar tez orada bog‘lanadi.

#Senat #yoshlar #parlament #siyosat

🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3❤‍🔥1