Kenjayeff’s note
143 subscribers
699 photos
264 videos
1 file
70 links
Xayrlisi uchun harakatdamiz😉
Download Telegram
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q — urushning jim faryodi

Urush — bu faqat shovqin, qurollar va g‘alaba emas. Urush — bu sinib tushgan orzular, xazon bo‘lgan yoshlik va jim turib yig‘lagan qalblardir. Erix Mariya Remark o‘zining dahshatli go‘zallikka to‘la asari “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” orqali bizni urush maydonining muzdek va achchiq haqiqatiga yuzlashtiradi.

Bu kitobda frontning ikki tomonida emas, inson vijdonining ichkarisida kechayotgan urush tasvirlanadi. Hayot va o‘lim orasida cho‘zilgan ingichka ipda muvozanat saqlab, orzulari parchalanayotgan bir avlodning faryodi eshitiladi.

Remark qalamida har bir satr — bir titroq, har bir jumla — bir otilgan o‘q.
Qahramonlar endi na dushmanga, na g‘alabaga ishonadilar — ular faqat tirik qolish uchun kurashadilar. Front ortida esa hayot xuddi hech narsa bo‘lmagandek davom etmoqda: G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q…

Bu asar nafaqat urushni, balki umuman insoniyatning eng og‘riqli, eng unutilmas iztirobini qalbimizga o‘yib yozadi.

“G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” — bu urushning tinmay eshitiladigan, ammo ko‘rinmaydigan ko‘z yoshlari haqida bitilgan abadiy bir elegiyadir. Har sahifada hayot uchun so‘nggi marotaba qattiq ushlab turishga intilayotgan qalblarning achchiq armoni yangraydi.

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
🔥2👏2⚡1❤1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦 #xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇹🇲O‘zbekiston va Turkmaniston: Strategik Hamkorlik Yangi Bosqichda!

✅ 2025-yil 24-aprel kuni Samarqandda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Milliy Kengashi Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

📝 Ikki tomonlama muzokaralar yakunida Gurbanguli Berdimuhamedovga O‘zbekiston Respublikasining yuksak davlat mukofoti – "Oliy Darajali Do‘stlik" ordenini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.


➡️ Bu uchrashuv ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada chuqurlashtirish, mintaqaviy barqarorlikni ta’minlash va strategik sheriklikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

✅ Faxriddin Kenjayev
Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti faoli

#Senat #yoshlar #parlament #siyosat

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍2👌2👏1
Ochlik — inson ruhining sukutdagi isyoni

Knut Hamsunning “Ochlik” asari — insoniyat adabiyotining eng chuqur va eng alamli sahifalaridan biridir. Bu roman nafaqat tananing ochligi haqida, balki inson ruhining, g‘ururining va umidining ochligi haqida hikoya qiladi.

Asar qahramoni ochlik domida aql va hissiyot orasida parcha-parcha bo‘lib, o‘z sha’nini, oriyatini, insoniyligini saqlash uchun kurashadi. Hamsun bu kurashni shunchalik teran va jonli tasvirlaydiki, o‘quvchi har sahifada ochlikning muzdek nafasi va umidsizlikning zimistonini his qiladi.

“Ochlik” — bu faqat jismoniy ehtiyoj emas, bu — hayotga, e’tiborga, muhabbatga chanqoqlikning adabiy portretidir. Hamsunning o‘tkir qalamida har bir satr bir og‘riq, har bir jumla bir kurash.

Bu roman o‘quvchini insonning eng tuban tubiga, or-nomus va hayot o‘rtasidagi nozik chegaralarga yetaklaydi. Va ohirida savol tug‘iladi:
Qanchalik och qolganmiz — qalbimizda va orzularimizda?

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
👏2🕊2❤‍🔥1👍1🔥1
#endida

Aprelning oyligi tugadi-yu,
Hech aprel tugamayapti🥲

@kenjayeffnote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣3😁2👍1👏1
04:35

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉
🔥3
Uni mayda ham seving🫤
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🕊5❤‍🔥1🔥1🥰1🐳1
Xayrli kun yo’ldagilar😊

Bugun yana bir safarni boshlajakmiz😉

Yangi manzillarni kashf qilishda davom etamiz va bu safargi manzilimiz: Navoiy

Men eng yaxshi fikrlaydigan holat bu yo’l, shu boisdan ham bugun postlar ko’proq bo’ladi.

Toshkent⏭️Navoiy


Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐳3🕊2❤‍🔥1⚡1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Navoiy shahriga qarab yo’l oldik
🔥4👏2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▫️▫️▫️▫️ #Navoiy_viloyati

🔵 Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi.

✅ Tashrifning ilk manzili Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan Qosim Shayx majmuasi bo'ldi. Mazkur manzilda yoshlar parlamenti a’zolari majmua hududida joylashgan tarixiy yodgorlik va binolar bilan tanishdilar.


✍️ Navoiy viloyatiga bo‘layotgan tashrif davom etmoqda.

#Senat #yoshlar #parlament #siyosat

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡2
Manzara
👏4❤2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Haqiqiy Yaratganning mo’jizasi
🔥5😍2❤‍🔥1🥰1😁1🕊1
Ona - oshiqlarning eng birinchisi, eng rostgo'yi va eng oxirgisidir.

© Adham Sharqoviy

@kenjayeffnote
👏5👍3❤2🔥2
Sevimli insoningiz to‘satdan vafot etganda, uni darhol yo‘qotmaysiz.
Bu jarayon asta-sekin, qadam-baqadam, uzoq vaqt davomida sodir bo‘ladi - xuddi xatlar kelishi to‘xtab qolgani kabi. Mana, tanish hid yostiqlardan, keyin esa kiyim javonlari va tortmalardan yo‘qoladi. Asta-sekin ongingizda bu insonning yo‘qolib borayotgan zarralarini to‘playsiz; so‘ngra shunday kun keladiki, alohida bir narsa yo‘qolganini payqaysiz va bu inson endi yo‘q hamda hech qachon bo‘lmasligi haqidagi og‘riqli tuyg‘u qalbingizni chulg‘ab oladi; keyin esa yana harakatlanishga tushasiz.


✍Jon Irving

@kenjayeffnote
❤2👍2🔥1
Hayot — bu poyezd sayohati kabi. Ko'plab to'xtash joylari, yo'nalishdagi o'zgarishlar va hatto baxtsiz hodisalar bilan to'la.

Biz tug'ilganimizda, ota-onamiz bilan poyezdga o'tiramiz va dastlab ularning yonida butun umr birga bo'lamiz deb o'ylaymiz. Lekin bir kuni ular bir bekatda tushib qolishadi, biz esa yolg‘iz holda sayohatni davom ettiramiz.

Vaqt o'tadi, vagonimizga boshqa odamlar qo'shiladi. Ba'zilar biz uchun juda muhim bo'lib qoladi, ehtimol, sayohat oxirigacha yonimizda bo'lishar. Kimdir vagondan tushib ketadi, bizning yonimizda bo'sh joy qoldirib ketadi. Kimdir esa bekatlarda shunchalik sezilmay g‘oyib bo‘ladi, biz ularning o‘rnida allaqachon boshqa odamlar o‘tirganiga hatto e'tibor bermaymiz.

Bu sayohat quvonch, qayg'u, kutish, umid, xiyonat, kechirim, salomlashish va xayrlashishlarga to'la bo'ladi. Ba'zi paytlarda to'xtash tormozini bosishni yoki boshqa vagonga o'tishni xohlaymiz, ba'zan esa oynadan zavq bilan tashqariga qarab, yangi qo'shilgan yo'lovchilarni qiziqish bilan kuzatamiz.

Sayohatning asosiy siri shundaki: biz qaysi bekatda tushishimiz kerakligini bilmaymiz. Biz faqat o'zimiz sayohatdan bahramand bo'lishimiz va yonimizdagi yo'lovchilar uchun bu sayohatni qulay qilishimiz kerak.

Bu juda muhim. Chunki biz o'z manzilimizga yetganimizda, yo‘limizni davom ettiradigan odamlar bizning joyimiz bo‘shab qolganini his qilishlari, bu yerda yaqinda o‘tirgan odam haqida ajoyib xotiralar qolgan bo‘lishi kerak...


✍Mark Entoni

P/S: erinmay o'qib chiqishni maslahat beraman

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
❤1👍1🔥1
Asbob buzilsa, uni yaratgan ustaga olib borib tuzatamiz. Odamzodning ham buzilgan qalbini uni Yaratgangina tuzata oladi. Kim ustalikka da’vogar bo’lsa, kim uni men tuzataman desa, uni faqat yana ham ko’proq vayron qilishga olib keladi. Har kim o’zi yaratgan narsaga ustalik qilgani ma’qul.

✍Nazar Eshonqul
📖“Qora kitob”

@kenjayeffnote
⚡1👏1💯1
Hayotingizning eng og‘ir damlarida doimo dono keksalar va yosh bolalar bilan suhbatlashing. Bolalar sizni hamma narsa boy berilgan emasligiga ishontiradilar. Keksalar esa barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tish mumkinligini aytishadi.

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
❤2
Qaysidir ma’noda tinchlik ato etilgan sana – 9-may
❤‍🔥1🕊1😇1
Xayrli kun yo’ldagilar.

So’ngi paytlarda postlar juda kamayib ketdi, bunga hamin qadar ba’zi bir vajlarni keltirishim mumkin lekin asos bo’lolmaydi.

Faoliyat, ish, o’qish, safarlar bilan bo’lib social mediaga(ijtimoiy tarmoqlar) biroz e’tibordan chetda qolgandi.

Bugun dushanba, kunlar ortidan kunlar, oylar ortidan esa…

Vaqt ajib tushuncha, sen vaqtga qarab ish yuritishga majbursan lekin u esa har narsaga o’z hukmini o’tqizadi.

Nasib etajak buyog’iga endi postlarimiz ham, kitoblar uchun taqrizlar ham bo’ladi.

Bugun 12-may. Mutolaada davom etyapman, muddat juda yaqin(qaysi muddat ekanligini bilsangiz kerak. Ha to’g’ri 30-may kuni 100+ kitob o’qib bo’laman deb vada bergandim) shu sababli ham sifat bilan birga sonni ham oshirish niyatida albatta vaqt taqsimotida qiynalyapti odam.

Bugun sarhisob yozish niyatim yo’q, negaki katta sarhisob 30-may kuni chiqadi.

Hozir esa faqat xolingizdan xabar olgani ushbu postni qoralayapman.

Agar menga fikr va mulohazalaringiz bo’lsa marhamat👇

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😇3🔥2❤‍🔥1👍1🕊1
97+
🤔3🤯3🌚3👏2🙊2
Yana bir yakun

Menga xuddi sendek odam kerakligini birdan tushunib qoldim. Men yo’qman, seni esa merosxo’r, deb e’lon qilishgan. Demak, qandaydir nayranglarni o’ylab topishimga, pullarimni u yoqdan bu yoqqa o’tkazishimga, soxta kompaniyalarni tashkil qilishimga xojat yo’q. hammsini o’zing qilaverasan. Men hatto, Londondagi uyimni do’stim Edik Davidovich orqali o’zim sotib olmoqchi ham bo’ldim. Lekin sening hovliqib, mening kompaniyalarim orasida chopishingning menga keragi yo’q edi…

Chingiz Abdullayev "Oligarxning merosxo'ri"



@kenjayeffnote
🔥2🥰2🕊2😇2❤‍🔥1
Ko'zlar... Bu shunday narsaki, uzoqdan ham, yaqindan ham o'zgarmaydi, adashtira olmaysan. Xuddi barometrga o'xshaydi ular. Ko'zga qarab, odamning qalbida nimalar kechayotganini bilish mumkin, hammasini payqasa bo'ladi.

✍️Mixail Bulgakov
📖 "Ityurak"

@kenjayeffnote
🔥3❤2👏2