Kenjayeff’s note
143 subscribers
699 photos
264 videos
1 file
70 links
Xayrlisi uchun harakatdamiz😉
Download Telegram
⏺▫️▫️▫️▫️ #Yoshlar_parlamenti

✅ Shaxsiy rivojlanish istagida bo'lgan barcha yoshlar diqqatiga!

🟦 Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti tomonidan turli dolzarb yo'nalishlar va mavzularga bag'ishlangan onlayn audio-chatlar faoliyati yo'lga qo'yiladi.

👤 Spiker: Marjona Jo'raqulova - Respublika “Qizlar ovozi” klubi rahbari, “Kelajak bunyodkori” davlat mukofoti sohibasi, BMT Yoshlar Maslahat Kengashi vakili, Xotin-qizlarni ta’limga yo’naltiruvchi loyiha muallifi.

👤 Moderator: Faxriddin Kenjayev - Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti faoli.

📝 Mavzu: "Chet elda ta'lim. Ijtimoiy loyihalar".

⏰ Kuni: 20.04.2025-yil

⏰ Vaqti: 20:00 - 21:00

🔗 Havola: https://t.me/YP_Senat?livestream=072caaa7f6dc6b40cc

🖐 Bizni kuzatishda davom eting. Eng yaxshilari hali oldinda!

#Senat #yoshlar #parlament #siyosat

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍2🕊2
Bilasizmi? Men doim o’zimga motivatsiya berish uchun yangi fikrlar, aforizmlarni izlamayman negaki ayni paytdagi hayotimda keraklilarini anglab yetganman.

Lekin yana bir narsa bor meni oldinga undash uchun hech qanday motivatsiya kerak emas, ruhiyat va kuch oladiganlarim bor.

Shuning o’zi yetarli deb o’ylayman.

Siz-chi? Ruhiyat va energiya bir so’z bilan aytganda o’zingizga bo’lgan ishonchni kimdan olasiz?

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
❤‍🔥2🕊2🔥1👌1
Yo’ldan kelib, yo’lga ketyapmiz😉

Yo’ldamiz…
👍3
⏺▫️▫️▫️▫️ #Yoshlar_parlamenti

✅ Shaxsiy rivojlanish istagida bo'lgan barcha yoshlar diqqatiga!

🟦 Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti tomonidan turli dolzarb yo'nalishlar va mavzularga bag'ishlangan onlayn audio-chatlar faoliyati yo'lga qo'yiladi.

👤 Spiker: Marjona Jo'raqulova - Respublika “Qizlar ovozi” klubi rahbari, “Kelajak bunyodkori” davlat mukofoti sohibasi, BMT Yoshlar Maslahat Kengashi vakili, Xotin-qizlarni ta’limga yo’naltiruvchi loyiha muallifi.

👤 Moderator: Faxriddin Kenjayev - Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti faoli.

📝 Mavzu: "Chet elda ta'lim. Ijtimoiy loyihalar".

⏰ Kuni: 20.04.2025-yil

⏰ Vaqti: 20:00 - 21:00

🔗 Havola: https://t.me/YP_Senat?livestream=072caaa7f6dc6b40cc

🖐 Bizni kuzatishda davom eting. Eng yaxshilari hali oldinda!

#Senat #yoshlar #parlament #siyosat

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Yoshlar Parlamenti (Oliy Majlis Senati)
⏺▫️▫️▫️▫️ #Yoshlar_parlamenti ✅ Shaxsiy rivojlanish istagida bo'lgan barcha yoshlar diqqatiga! 🟦 Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti tomonidan turli dolzarb yo'nalishlar va mavzularga bag'ishlangan onlayn audio-chatlar faoliyati yo'lga qo'yiladi.…
Birozdan so’ng Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar Parlamenti telegram sahifasida men moderatirligim ostida audiochat bo’lib o’tadi. Ishtirok etib qo’llab quvvatlagaysiz degan umiddaman.

O’zi yuzimizni yorug’ qilsin

@kenjayeffnote
🔥2👏2❤1👍1
Barakalla ukalar.🎉
Millat qahramonlari🥳
👏👏👏
❤2👍2🔥2👏2
Tun — bu orzular sahnasiga aylanadigan sokinlik pardasi, unda yulduzlar jimjimador so‘zsiz she’r yozadi.

Qaysidir kitobda o’qigan edim nomi esimga kelmadi , lekin jumlasi hamon yodimda
…
Tun bedorlarga omonat..

@kenjayeffnote
❤2🕊2👍1🔥1🐳1🍾1😇1
Bilmay bosib chumolini, gunohimga so'roq berdim.
"Vatan ne?" deb so'rganlarga bir kaftgina tuproq berdim.

© Mahmud Toir
@kenjayeffnote✏️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🕊3🔥1👏1
Bir necha asarlarni tugatdim lekin joylashga vaqt bo’lmayotgandi. Endi sekin sekin hammasiga o’zimni taqrizlarimni bildirib joylayman.

Aytgancha bu yangi kitob detektiv janr.

Sog’lik tilab qo’yasila, kuchliroq bo’lib qaytamiz


@kenjayeffnote
🕊2❤‍🔥1👍1🙏1
Quyosh bugun ham sharqdan chiqdi. Demak, hali umid bor.

@kenjayeffnote
❤2👍2👏1🙏1
Bizning yo’nalish bir kun ichida:

Shahrisabz⏭️Toshkent
Toshkent⏭️Buxoro

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
❤2👏2😁2👍1
Hayot qiziq. Ertang qanday o’tishi bugun ma’lum emas. Rejalar seniki emas.
Kechagina shifoxonada davolanyotgan edim. Rasmiy chaqiriq bilan Toshkentga qaytdim, ishlarni yakunlab mana hozir Buxoro shahriga jo’nab ketayaptlmiz.

Yo’ldan kelib, yo’lga ketyapmiz


Ertamiz nima bo’ladi, o’ziga a’yon. Har ne bo’lganda ham faqat xayrlisini so’rab qolamiz.

Tun bedorlarga omonat…

03:47. Jizzax

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
👏4🔥2🕊2❤1👍1🐳1
Kecha qadimiy va sehrli shahar — Buxoroga bordim. Har bir ko‘chasi, har bir g‘ishtida tarixning nafasi seziladi. Bu yerda yurak o‘ziga xos sokinlik va iliqlik bilan to‘ladi. Buxoro — vaqtni unutdiradigan va insonni o‘z qalbiga yaqinlashtiradigan mo‘’jizaviy makon.

Safar davomida angladim: “Haqiqiy sayohat — tashqi dunyoni emas, o‘z qalbingni kashf etishdir.”
Buxoroning osmoni ostida har bir lahza — unutilmas xotira, har bir nigoh — yangi ilhom edi.

Bu safar menga yana bir bor eslatdi: hayotda eng qimmat narsa — his etish va har ondan zavqlanishdir.

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
🔥4❤‍🔥2👍2🕊2🐳2
Yaqinda o’qigan va men ta’sirlangan asarim haqida

Jek London
o‘zining har bir asarida inson qalbining cheksiz imkoniyatlari va azobli iztiroblarini mohirona tasvirlagan. Uning ijodida “uch qalb” go‘yo uch xil insoniy fazilat — jasorat, sadoqat va chidam timsolidek jonlanadi.

London qalamida hayot sarguzashti hech qachon oddiy emas: u har doim kurash bilan, sovuq shamollar va qaltis sinovlar bilan yo‘g‘rilgan. Uning qahramonlari nafaqat tashqi dushmanlarga, balki o‘zlarining ichki zaifliklariga qarshi ham jang qiladi. Ular sovuq qishning qahridan, ochlikning azobidan, yolg‘izlikning qattiq sadosidan o’tib, asl “qalb” kuchini namoyon etadilar.

Jasorat — bu har bir to‘g‘ri qadamda namoyon bo‘ladi; sadoqat — ular orzu qilgan hayot uchun sodiqlikda aks etadi; chidam esa eng og‘ir lahzalarda ham mag‘lubiyatga yo‘l qo‘ymaydi.

Jek Londonning har bir hikoyasi — bu inson ruhining qo‘rqmas kuyi, hayotga tashnalikning abadiy qo‘shig‘idir. U bizga o‘rgatadiki, har qanday qiyinchiliklar ichra ham uchta qalb urib turadi: orzu qiluvchi, sabr qiluvchi va kurashuvchi qalb.

Bugun biz ham Jek Londonning bu asrlik chaqirig‘ini eshitamiz:
Hayot — bu kurash. Va bu kurashda g‘alaba qiladiganlar — uch qalbli insonlardan

Ha, hali ham kitob mutolaasida davom etyapmiz
. Ancha kitob bor hali taqriz yozilmagan. Nasib ersa hammasini joylayman.

30- may yaqin…


Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
🐳2❤‍🔥1🔥1👏1🕊1
Ba’zilar olisdan sevarlar — yurakning jimjit nidosi

Ba’zilar sevgisini shovqin-suron bilan emas, sokin tunlar kabi jimjit va beg‘ubor yashaydi. Halis Karabenli o‘zining dilbar asari “Ba’zilar olisdan sevarlar” orqali bizni sukutdagi muhabbatning sehrli olamiga chorlaydi.

Bu asarda sevgi — nafaqat uchrashuvlar, nafaqat qo‘llar qovushishi; balki qarab turib, qo‘l tegizmaslik, sezib turib, izhor etmaslik, yurakda alanga olib, lekin yonib ketmaslikdir. Bu sevgi o‘zining musaffoligi, o‘zining oriyati bilan ruhni larzaga soladi.

Halis Karabenlining so‘zlari yuraklarning yashirin ohangiga quloq tutadi:
“Ba’zilar bor-ki, sevgini atigi bir qarashda ado etmaydi. Ular har nazarda, har sukunatda, har uzoqlikda mehrini to‘qib boradi…”

Asar o‘z o‘quvchisini yurak sirlariga yetaklaydi — ko‘rinar-kim, ba’zida eng chinakam sevgi eng jim bo‘lgan, eng uzoqdan tinglagan sevgi bo‘ladi.

“Ba’zilar olisdan sevarlar” — bu inson qalbining nozik pardalarini titratadigan bir navo, bu muhabbatning kamtarin, lekin eng sof ohangidir. Kim biladi, balki bizni uzoqlardan sevayotgan bir qalb ham bor…

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
🔥3👏2❤1
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q — urushning jim faryodi

Urush — bu faqat shovqin, qurollar va g‘alaba emas. Urush — bu sinib tushgan orzular, xazon bo‘lgan yoshlik va jim turib yig‘lagan qalblardir. Erix Mariya Remark o‘zining dahshatli go‘zallikka to‘la asari “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” orqali bizni urush maydonining muzdek va achchiq haqiqatiga yuzlashtiradi.

Bu kitobda frontning ikki tomonida emas, inson vijdonining ichkarisida kechayotgan urush tasvirlanadi. Hayot va o‘lim orasida cho‘zilgan ingichka ipda muvozanat saqlab, orzulari parchalanayotgan bir avlodning faryodi eshitiladi.

Remark qalamida har bir satr — bir titroq, har bir jumla — bir otilgan o‘q.
Qahramonlar endi na dushmanga, na g‘alabaga ishonadilar — ular faqat tirik qolish uchun kurashadilar. Front ortida esa hayot xuddi hech narsa bo‘lmagandek davom etmoqda: G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q…

Bu asar nafaqat urushni, balki umuman insoniyatning eng og‘riqli, eng unutilmas iztirobini qalbimizga o‘yib yozadi.

“G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” — bu urushning tinmay eshitiladigan, ammo ko‘rinmaydigan ko‘z yoshlari haqida bitilgan abadiy bir elegiyadir. Har sahifada hayot uchun so‘nggi marotaba qattiq ushlab turishga intilayotgan qalblarning achchiq armoni yangraydi.

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
🔥2👏2⚡1❤1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦 #xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇹🇲O‘zbekiston va Turkmaniston: Strategik Hamkorlik Yangi Bosqichda!

✅ 2025-yil 24-aprel kuni Samarqandda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Milliy Kengashi Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

📝 Ikki tomonlama muzokaralar yakunida Gurbanguli Berdimuhamedovga O‘zbekiston Respublikasining yuksak davlat mukofoti – "Oliy Darajali Do‘stlik" ordenini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.


➡️ Bu uchrashuv ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada chuqurlashtirish, mintaqaviy barqarorlikni ta’minlash va strategik sheriklikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

✅ Faxriddin Kenjayev
Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti faoli

#Senat #yoshlar #parlament #siyosat

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍2👌2👏1