Kenjayeff’s note
143 subscribers
699 photos
264 videos
1 file
70 links
Xayrlisi uchun harakatdamiz😉
Download Telegram
Boshladik😉


Xayrli qilsin😉

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
❤‍🔥3😇2🔥1
Bu iflos qog’oz qanday muazzam narsa,azizim, bir o’ylab ko’rgin…

©️Sabohiddin Ali “Ichimizdagi shayton

@kenjayeffnote
⚡2😁2💯2
💚💚💚
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥2🕊1
Yopiq eshikni taqillatmayman! Javob sifatida, Men o‘zimnikini indamay yopaman... Men majbur qilmayman! Dunyo bepoyon va u yerda mening muloqotimni, mening nigohimni va mening tabassumimni qabul qilib, baxtiyor bo‘lgan odam albatta bor... Men rashk qilayotganim yo‘q! Agar sening odaming bo‘lsa, u seniki, agar uni yana qayoqqadir tortayotgan bo‘lsa, uni hech narsa to‘xtatib qololmaydi, buning ustiga u mening asablarimga ham, e’tiborimga ham arzimaydi.

✍Paulo Koelo #iqtibos

@kenjayeffnote
🔥6🍓3❤2
Baxtga eltuvchi yo’llar doim “probka” bo’ladi😶
🕊3❤‍🔥2💯2💘2
Yo’ldan kelib, yo’lga ketyapmiz..)

03:16
❤2💯2🔥1
Dunyoda bir ajib o’yin bor nomi - Siyosat

Bir astoydil kirishdingmi ortga yo’l yo’q(to’g’ri ba’zida bor).
Laganbardorlik, “paxtakorlik” sizga siyosatda juda “asqotadi”.

Bu sohada kelajak nomalum. Xavf va xatar yonma-yon.

Sekin-sekin “o’yin(lar)” ichidamiz

(Bu post kecha joylanishi kerak edi ammo qay bir yumush bilan andarmon bo’lib yuborish esimdan chiqibdi)

@kenjayeffnote
❤2👏2🔥1💯1
✍️Bir qadar “Izlam”chilar haqida yozmoqchiman

O’tgani kuni 📺Madaniyat va ma’rifat telekanali “Qaqnus ko’rsatuviga mehmon bo’lib bordik.

Mavzu ✏️📝“Izlam”chilar haqida. Savol ular kim yohud nima?❓
Izlam bu to’plam. Yangi yetishib chiqayotgan shoirlarni bir joyga jamlagan to’plam. @akademnashr asoschi.

Ko’pchilik aytadi;
-bugungi kunda shoirlar yo’q
-bir o’qisa bo’ladigan asarlar yo’q
-o’tgan asar va undan oldingilari yaxshiroq edi deya.

🔄Bir necha yillar avval meni o’zimda ham shu savollar bor edi javobi ma’lum edi go’yo o’zimga.

❓Bilasizmi? Biz nega ularni tanimaymiz. O’ylashimcha har bir ijod qiladigan davrning mavzusi bo’ladi.
XIX-XX asarlarda urush, erklik ruhi va shunga o’xshash mavzular.

Bizning XXI asrda og’riqli mavzular yortila boshlanyapti. Hozir bir ikki nomlarni ta’kidlab o’tsam ehtimol ko’plarini tanimassiz lekin she’rlarini olib bir o’qib ko’ring, o’zgacha.

Jontemir Jondor, Tillaniso, Shahriyor Shavkat, Nozima Habibullayeva, Rahmat Bobojon, Mansur Jumayev bu nomlar ko’pchilik uchun notanish.

Shaxsan men uchun yangi she’riyat yoqishni boshladi.

Bundan keyin she’rlar ham joylab boraman aynan yangi davr she’riyatidan😉

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenjayeffnote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐳2❤1🕊1
Yoshlik bir kunda tugab qolmaydi - bu kunni taqvimda "Bugun mening yoshligim tugadi" deb belgilab ham bo‘lmaydi. U sekin-asta, sezdirmasdan ketadi - shunchalik sezdirmasdan ketadiki, u bilan xayrlashishga ham ulgurmaysan. Hozirgina yosh va go‘zal eding, bir payt qarasang, tramvayda o‘tirgan pioner senga: - Amakijon, - dedi. Sen tramvayning qorong‘i oynasidagi o‘z aksingni ko‘rib, hayron bo‘lib: "Ha, rostdan ham amakiman," deb o‘ylaysan. Yoshlik tugabdi, lekin qachon, qaysi kuni, qaysi soatda?! Noma’lum.

✍️Veniamin Kaverin
📖"Ikki kapitan"
❤2🔥2👏1
“Bir anduh izlarman Arsh taraflardan”
"Izlam"chilardan
©️Mirzohid Muzaffar
❤2👍2🐳1
Oxirgi marta...

Ba’zan hayotda kimnidir oxirgi marta ko‘rayotganingni bilmay qolasan. Oxirgi suhbating, oxirgi kulgularing, oxirgi quchoqlashuving... O‘sha lahzada buni tushunmaysan. Oddiy kun, oddiy uchrashuv, oddiy so‘zlar.
Ammo oradan vaqt o‘tib, o‘sha kunni eslaysan. Shunda yuraging bir lahzaga to‘xtab qolganday bo‘ladi. "Shunda bilganimda edi..." deysan ichingda.
Shuning uchun ham, kimnidir ko‘rganingda, unga mehr bilan boq. So‘zlaringni ehtiyot qil. Ular oxirgisi bo‘lishi mumkin...

#ashinaqa
❤2👍2🔥2😇1
​ Sabohiddin Ali – "Ichimizdagi shayton"

Sabohiddin Alining asarlari ham intellektual, ham sentimental. U qahramonlarning tilidan siyosat, madaniyat, sanʼat, jamiyat, eʼtiqod haqidagi oʻz xulosalarini mohirlik bilan berib ketadi. Lekin bu muallifning fikrlari ekanligini sezmaysiz. Chunki asardagi obrazlar badiiy jihatdan mukammal yaratilgan. Har birining shaxsiyatiga doir chizgilar pishiq, puxta.

Asardagi bosh qahramon Umarga oʻxshash kishilar boshqa asarlarda va hayotda ham koʻp. Asarlardan misol keltirsak, "Besh qavatli uyning oltinchi qavati" dagi Zaur, hayotdan oladigan boʻlsak Frans Kafka. Bular hayot haqida keng miqyosda fikrlaydi, umumbashariy mavzularda bosh qotiradi, yonib-kuyib seva oladi. Ammo real hayotdan mutlaqo bexabar. Kundalik hayot tashvishlarini hal qilishga layoqatlari yoʻq, insonlarning yaxshi-yomonini ajratolmaydi. Eng yuksak tuygʻular bilan yashashni istashadi, ayni paytda bunga qodir emaslar.

Majida mana shu yuksak gʻoyalar bilan yashovchi Umarni sevib qoladi. Umuman olganda, bu yoshda koʻpchilik jinsiy garmonlar taʼsirida har qanday ilk iliq munosabatni sevgi deb oʻylaydi. Birga yashay boshlaganlaridan soʻng esa Umarning shaxsiyati yetarli darajada shakllanmaganini koʻradi. Umar qay bir jihatdan Dostoyevskiyning qahramoni Roskolnikovga ham oʻxshab ketadi. Ikkisi ham qashshoq talaba, ikkisi ham ochdan oʻlolmay yotibdi. Shu sharoitda yana boshqa birining masʼuliyatini zimmaga olish ogʻir oqibatlarga olib keladi. Ular muammo asta-sekin kattalashayotganda unga koʻz yumishadi, qoʻllaridan kelgancha qochishadi, ammo qochib boʻlmaydigan ahvolga kelganda birdan oʻta keskin, oqibati oʻylanmagan oniy qaror qabul qilishadi.

Umum xulosa beradigan bo’lsam har qanaqasiga o’qilsa ham kuchli ma’naviy foyda olsa bo’ladigan asar

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenkayeffnote
😇2🕊1🐳1
Avvalroq ma’lum qilganimizdek Jubron Xalil Jubron asarlariga qiziqdim deb, shu boisdan ham uning “Kesik qanotlar” asarini mutolaasiga tutinmoqchiman.
Aytishlaricha, mantiq, falsafa, ijtimoiy ruhga yo’g’rilgan asarlarni boplaydi deyishadi.

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉

@kenkayeffnote
😇2❤1👍1🔥1
Yomon kitob o’qimoq — xiyonat!
U bizni minglab yaxshi kitoblarni o’qishdan mahrum qiladi…

©️ Jubron Xalil Jubron

@kenjayeffnote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🕊2💯2🔥1
Ikki narsa hayotga bo’lgan munosabatlaringizni o’zgartiradi:
1. Bemorlik
2. Musofirlik
❤3👍3🔥3
Ikki kishining o’rtasidagi masofalarning eng yomoni tushunmovchilikdir…
❤3👍2
Inson tongga faqat tun orqali yetib boradi…
❤3🔥2
Yangilanish va yosharish ayyomi Navruz muborak bo’lsin🙈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🔥2🕊2
Bilasiza zo’r jumla bor; baxtga eltuvchi yo’l(lar) doim “probka” bo’ladi

#ashinaqa

Xayrlisi uchun harakatdamiz😉
❤4🔥3👍2