Ajibiji bijibji😜
2 subscribers
11 photos
16 videos
44 links
Download Telegram
Forwarded from Begonalar
Bog‘im ichra dona gulim
Iforlaring tez so‘ldimi?
Yoqib ketding jism-u jonim
Vafolaring shu bo‘ldimi?

Kutmay bir yil yo‘llarimni
Yor-yor bilan ketibsan yor
Hech to‘lmas bu ko‘ngillaring
O‘zga yoringdan to‘ldimi? (2x)

Yorim mendan yulib ketdi
Boyvachchaning boyliklari
Bizga armon bo‘ldi endi
Sumbul sochning soyliklari

Jim turarman boshginamdan
O‘tar dardning karvonlari
Tugarmikan bir kun dilda
Muhabbatning armonlari (2x)

Ovozlaring jaranglaydi
Qulog‘imda hamon yorim
Asablaring taranglaydi
Qiynog‘ingda yomon yorim

Bag‘rim ezib bugun asta
Borib holing so‘rsammikan?
Mendan ustun o‘shal yoring
Bir bor ko‘rib kelsammikan? (2x)

Dunyolar tor bo‘ldimi
Qaro bo‘ldi bog‘u-rog‘im
Tiriklayin o‘lsam kerak
Seni shodon ko‘rgan chog‘im

Qadrin bilmay sof sevgimni
Bag‘rin tilib ketmadingmi?
Nega homush turibsan yor?
O‘z baxtingga yetmadingmi? (2x)

Bog‘im ichra dona gulim
Iforlaring tez so‘ldimi?

Yoqib ketding jism-u jonim
Vafolaring shu bo‘ldimi? (2x)