Ajibiji bijibji😜
2 subscribers
11 photos
16 videos
44 links
Download Telegram
Forwarded from 👉Uͧmͫiͥdͩ Mͫaͣhͪz̾uͧmͫ she'rlar toplami👈 (𝕌𝕞𝕚𝕕 𝕄𝕒𝕙𝕫𝕦𝕞)
Chopar otim chopmay qolsa ham
Oyoqlarim charchab tolsa ham
Vaqtinchaga baxtni olsa ham
Nomardlarga kunim qolmasin

Yerga tomsin peshona terim
Toshin otsa qardosh bu elim
Bagʻriga olsin ona yerim
Nomardlarga kunim qolmasin

Chiqarsin Umidni daydiga
Sevsam koʻngil berib Layliga
Och qolay chidayman mayliga
Nomardlarga kunim qolmasin

Chidayman yorilsin tovonim
Mehnatda qiynalsin bu jonim
Ketar chogʻimda soʻngi onim
Nomardlarga kunim qolmasin

Koʻnglim osing mayli iplarga
Burkamang hech qimmat chitlarga
Alloh meni berma itlarga
Nomardlarga kunim qolmasin

Yolgʻizim suyanchigʻim Robbim
Sogʻ ayla qochmasin tobim
Mard nomiga toʻlsin kitobim
Nomardlarga kunim qolmasin
12.08.2025. Umid Mahzum
🌷🌷🌷🌷 TEKST 🌷🌷🌷🌷

Sen yaratgan olamu-inson go‘zal,
Sen yuborgan Mustafo Qur'on go‘zal,
Sen buyurgan har amal iymon go‘zal,
Ruhlar ichra singaning vijdon go‘zal,
Bu go‘zalliklar jamolingdan Sening!

Har ishing, har so‘zu-ahkoming buyuk,
Ham jazoing hamda in'oming buyuk,
Qilganing insonga ikroming buyuk,
Jannatingdek dini Isloming buyuk,
Bu buyukliklar jalolingdan Sening!

Sen yaratmish ikki dunyoying tugal,
Har spoting hamma asmoing tugal,
Barcha manglaylarda imloing tugal,
Dillar ichra chekkan imzoing tugal,
Bu tugalliklar kamolingdan sening.
1