KATTAQO‘RG‘ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI RASMIY KANALI
1.99K subscribers
6.8K photos
464 videos
21 files
1.51K links
Murojaatlaringizni bizning rasmiy guruhimizga yuborishingiz mumkin: @katdpchat
Download Telegram
Indoneziyaning Jakarta shahrida U19 va U23 yosh toifalari o‘rtasida o‘tkazilgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabasi Sevara Mamatova Kattaqo‘rg‘onga qaytdi.
Osiyo chempionini Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari, talabalari, Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi vakillari hamda keng jamoatchilik tantanali kutib oldi.

Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube
10👍6🎉5🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💎Boks bo’yicha 4-marotaba Osiyo chempioni kamarini qo’lga kiritgan jahon chempioni, Sevara Mamatova munosib kutib olindi

    ✔️Rasmiy sahifalarimiz:
📱|Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📱YouTube|🌐Web-sayt
🔥632
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mehr faqat insonlarga emas, atrofimizdagi har bir jonzotga ham kerak

Bir kosa suv, bir parcha ozuqa yoki shunchaki shafqatli munosabat — kim uchundir kichik ish boʻlishi mumkin. Ammo jonivor uchun bu hayotni saqlab qoluvchi mehr ifodasidir.

Jamiyatning insonparvarligi eng avvalo ojizlarga boʻlgan munosabati bilan oʻlchanadi. Hayvonlarga mehr-shafqat koʻrsatish, ularni asrash va himoya qilish — nafaqat qonun talabi, balki har birimizning insoniy burchimizdir.

Keling, mehr ulashaylik. Chunki ezgulik har doim kichik qadamdan boshlanadi.

#MehrUlashing
#JonivorlargaMehr
#HayvonlarniAsraylik
#EzguQadriyatlar
#Yalpiz_Darxan

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1
#Qonunchilik_yangiliklari

20 ming dollargacha ta’lim krediti: xorijda o‘qish imkoniyatlari kengaymoqda


Dunyoning eng nufuzli universitetlarida tahsil olishni rejalashtirayotgan yoshlar va pedagoglar uchun yangi imkoniyat!

2026/2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan yoshlar hamda pedagog xodimlarni xalqaro reytinglarning QS yoki THE TOP-300 ro‘yxatiga kiruvchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qishini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmi joriy etildi.

📎 Yangi tartibga ko‘ra, bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olish uchun;
💵 Bir o‘quv yiliga 20 000 AQSH dollarigacha ekvivalent miqdorda milliy valyutada ta’lim krediti ajratiladi.

Kreditning asosiy qarzi o‘qishning rasmiy muddati tugaganidan keyin 7 oy o‘tgach boshlanib, 7 yil davomida qaytariladi.

📑 Kredit oluvchi bankka murojaat qilishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
▫️ ariza;
▫️ shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
▫️ taklifnoma-xat (1-kurslar uchun);
▫️ akademik o‘zlashtirish natijalari (2-kursdan boshlab);
▫️ to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha shartnoma hamda oliy ta’lim tashkilotining bank rekvizitlari ko‘rsatilgan invoys;
▫️ birgalikda qarz oluvchilarning so‘nggi 12 oylik daromadlari yuzasidan ma’lumot;
▫️ mehnat daftarchasidan ko‘chirma (30 yoshdan oshgan pedagoglar uchun).


📈 Kredit bo‘yicha foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida belgilanadi.

Mazkur mexanizm iqtidorli yoshlar va pedagoglar uchun dunyoning yetakchi universitetlarida sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi hamda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Respublika nomdor va Prezident davlat stipendiyalariga arizalar qabuli boshlandi!

⚡️ Agar siz quyidagi talablarga javob bersangiz ariza topshirishga shoshiling!

📌Arizalar my.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.

📆 Ariza topshirish muddati
1-avgustdan 15-avgustga qadar.

🎥 Batafsil videoda bilib oling.

💬 Telegram | 😀 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Toshkent shahridagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetida Cambridge University Press & Assessment bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan seminar-treningda Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchilari Iroda Komolova va Gulnoza Xalbayeva ishtirok etmoqda.
Seminar davomida yangi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, konstruktiv uyg‘unlik, Reggio Emilia konsepsiyasi, STEAM, o‘yin asosidagi, inklyuziv ta’lim hamda formativ baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube
👍31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😅“Kelajak muhandislari” Respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi start olmoqda!

Joriy yilning 5–7-avgust kunlari tanlovning eng mas'uliyatli va hal qiluvchi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Akseleratsiya bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, eng yuqori natija ko‘rsatgan 90 nafar eng kuchli ishtirokchi bosh sovrin uchun kurashadi.

Final bahslari quyidagi jadval bo‘yicha o‘tkaziladi:

5-avgust: “Eng yaxshi g‘oya”
6-avgust: “Eng yaxshi loyiha”
7-avgust: “Eng yaxshi ixtiro”

Ishtirokchilar — talabalar, amaliyotchi-muhandislar hamda professor-o‘qituvchilar ushbu yo‘nalishlarda o‘z ishlanmalarining amaliy va iqtisodiy samaradorligini kengaytirilgan ekspertiza oldida himoya qiladilar.

Taqdimotlar yakuniga ko‘ra tanlovning 9 nafar mutloq g‘olibi aniqlanadi va bosh sovrin — Prezident sovg‘asi: BYD Chazor avtomobili egasiga aylanadi.

✔️Boshlanish vaqti: 10:00
✔️Manzil: Toshkent shahri, Qamarniso ko‘chasi, 8/1-uy (Innotexnopark binosi)

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21
⚠️ RASMIY OGOHLANTIRISH

So‘nggi kunlarda Telegram messenjerida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori Sherzod Urakov nomidan ochilgan soxta akkauntlar orqali yolg‘on xabarlar tarqatilmoqda.
Jumladan, institutda go‘yoki rejali tekshiruvlar o‘tkazilishi haqida xabarlar yuborilmoqda. Bu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Shuningdek, soxta akkauntlar orqali turli topshiriqlar berish, pul mablag‘i yoki shaxsiy ma’lumotlarni so‘rash holatlari kuzatilmoqda. Bunday murojaatlar yolg‘ondir.
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori Sherzod Urakov bunday xabarlar yubormaydi.
Ehtiyot choralariga amal qiling:
Xabarlarni faqat rasmiy manbalar orqali tekshiring.
Noma’lum akkauntlarga ishonmang.
Shaxsiy va bank ma’lumotlaringizni hech kimga taqdim etmang.

Ogoh bo‘ling, soxta akkauntlarga aldanmang!
🤝322
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
🟦🟦🟦🟦🟦🟦

💠 “Dolzarb 90 kun” onlayn viktorinasida qatnashib, qimmatbaho sovg‘alar yutib oling!

🏛 Viktorinada tyutorlar, talabalar, o‘quvchilar, ustozlar, qisqasi O‘zbekiston fuqarolari barcha qatnashishi mumkin.

G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

🏆GranPri (1 nafar) – Planshet 17 Max;
🥇1-o‘rin (2 nafar) – RGB Smart Google;
🥈2-o‘rin (3 nafar) – Smartwatch Ultra 3;
🥉3-o‘rin (4 nafar) – Quloqchin.

➡️ Batafsil ma’lumot olish
➡️ Viktorinada ishtirok etish

☑️G‘oliblar test va targ‘ibotchilik bo‘yicha alohida aniqlanadi va jami 20 kishi rasmdagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
☑️Faol qatnashgan ishtirokchilar QR kodli, elektron sertifikatga ega bo‘ladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ilmiy_faoliyat

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi Gulnoza Xalbayeva dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘ldi.


Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube
👍22😍7🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Tarixiy kun: O‘zbekistonning Samarqand-2028 sun’iy yo‘ldoshi orbitaga uchirildi

🛰 Bugun Xitoyning Shandun provinsiyasi qirg‘oqlari yaqinidagi dengiz start platformasidan Samarqand-2028 va Lampung-1 giperspektral sun’iy yo‘ldoshlari muvaffaqiyatli uchirildi.

Mazkur loyiha O‘zbekiston tarixidagi eng yirik xalqaro kosmik loyihalardan biri bo‘lib, milliy kosmik dastur rivojida yangi bosqichni boshlab berdi. Ma’lum qilinishicha, loyiha doirasida “O‘zbekkosmos” agentligi mutaxassislari tomonidan sun’iy yo‘ldosh borti uchun maxsus sun’iy intellekt moduli ishlab chiqilgan. Ushbu texnologiya giperspektral ma’lumotlarni bevosita orbitada qayta ishlash imkonini berib, ma’lumotlarni uzatish va tahlil qilish samaradorligini oshiradi.

Ushbu sun’iy yo‘ldosh qishloq xo‘jaligi, ekologiya, tabiiy resurslarni monitoring qilish, suv resurslarini boshqarish, favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish, shaharsozlik va boshqa yo‘nalishlarda kosmik texnologiyalardan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🎉21🔥1
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Raqamli texnologiyalar va iqtisodiyot kafedrasi dotsenti Oxunjon Xaitovning “Soliq nazariyasi va huquqi” nomli uslubiy qo‘llanmasining 2-qismi nashr etildi.
Muallifni ushbu ilmiy yutug‘i bilan tabriklaymiz va ilmiy-pedagogik faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz

Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube
👍72🔥2👏1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 “35 000 tashabbus” — Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga start berildi!

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yoʻlga qoʻyildi.

Siz ham yurtimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz?

Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya yoki tashabbusingizni taqdim eting.

🟢Taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa istalgan yoʻnalishdagi har bir foydali tashabbus muhim.

📌 Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz

Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi

🇺🇿Katta oʻzgarishlar bitta tashabbusdan boshlanadi. Sizning gʻoyangiz esa Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining navbatdagi qadami boʻlishi mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21