KATTAQO‘RG‘ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI RASMIY KANALI
1.99K subscribers
6.8K photos
465 videos
21 files
1.51K links
Murojaatlaringizni bizning rasmiy guruhimizga yuborishingiz mumkin: @katdpchat
Download Telegram
#Payshanba #Yoshlar_kuni

“Yoshlar kuni” doirasida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Toxir Aripov hamda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova uyushmagan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Mazkur uchrashuvda Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabalari ham faol ishtirok etdi. Muloqot davomida yoshlarning ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy sohalarga oid muammo hamda takliflari atroflicha o‘rganildi.
Yoshlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar mas’ullar ishtirokida muhokama qilinib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube
11👍1👏1
📌1-avgustdan talabalar yotoqxonasiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish bitta xizmat orqali amalga oshiriladi

Endilikda talaba yotoqxonaga joylashgach, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilishi shart emas.

Buning uchun my.gov.uz portalidagi “Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish” (https://my.gov.uz/uz/service/get/870) xizmati orqali murojaat qilish kerak.

Ariza ma’qullangach, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng esa turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingani haqida qayd varagʻi taqdim etiladi.

ℹ️ Eslatma: Turgan joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatga qoʻyish muddati to’lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada koʻrsatilgan muddatgacha amal qiladi.

🤖 Qulaylik: O‘z natijangizga mos yo‘nalish tanlashda @Uzbmb_MandatiBot sizga mukammal yordam beradi!

✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kiberogohlik

⚠️ Kiberjinoyatchilar qanday ishlaydi? Ularning o‘zaro suhbati va firibgarlik mexanizmi ushbu videoda bosqichma-bosqich tushuntiriladi.

Telegram | Instagram | Youtube
1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Taniqli komik aktyor O‘tkir Shodmonovning samimiy tavsiyasi bilan tanishing – Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutini tanlang.

❗️Tanlovda adashmang, hech ikkilanmang!
 Kelajagingiz uchun to‘g‘ri qaror qabul qiling!


➡️Yo‘nalishlar ro‘yxati: https://katdpi.uz/yangiliklar/582

➡️Tanlov platformasi: my.uzbmb.uz

Kelajagingiz bugungi tanlovingizdan boshlanadi!

Batafsil: 👉https://youtube.com/shorts/6TiPKxb1Gz8

Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥21
❗️Bugundan talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi!

Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.

Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:

🔹 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
🔹 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
🔹 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.

Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.

ℹ️ Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yilida OTT 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.

🆕 Talabalar uchun qulaylik: Endi talabalar turar joyiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi.

Nima o‘zgardi?

Ilgari talabalar turar joyiga joylashgandan so‘ng vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmatlar birlashtirildi — ortiqcha vaqt sarfi va ovoragarchiliklarga hojat qolmadi!

Talabalar turar joyiga arizangiz ko‘rib chiqilib, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi.

Shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha ro‘yxatga olish uchun to‘lov shakllanadi.

Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz bo‘yicha ro‘yxatga olinganligingiz haqida qayd varag‘i taqdim etiladi.

Muhim eslatma: Turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish muddati to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada ko‘rsatilgan muddatgacha amal qiladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
21😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Muhandislik fakulteti tashkil etildi.
Yangi fakultet faoliyati muhandislik ta’limini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi. Hamkorlik doirasida ilg‘or ta’lim dasturlari, innovatsion o‘qitish metodlari va amaliy tajribalar joriy etiladi.

📺 Batafsil video:
https://studio.youtube.com/video/wUOz_nW1wBM/edit
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon norasmiy sammitidagi nutqidan asosiy fikrlar:

📌Ilgari tarqoq bo‘lgan Markaziy Osiyo bugungi kunda taraqqiyotning umumiy maqsadlari yo‘lida birlashmoqda;

📌Murakkab va oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan bugungi xalqaro voqelik bizdan yanada qat’iyat bilan harakat qilishni va yanada yaqin muvofiqlashtiruvni talab etmoqda;

📌Ozarbayjonning Maslahat uchrashuvlari formatiga qo‘shilishi o‘zaro hamkorligimizni sifat jihatidan yangi – makromintaqaviy darajaga olib chiqmoqda;

📌Biz uchun Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz va Afg‘onistonni birlashtiruvchi yagona taraqqiyot makonini shakllantirish borasida tarixiy imkoniyat ochilmoqda;

📌Yevroosiyoning qoq yuragida barqaror rivojlanish, o‘zaro bog‘liqlik va yaxshi qo‘shnichilik uchun mustahkam poydevor yaratishimiz zarur;

📌Mintaqamizning xalqaro subyekt sifatidagi maqomini mustahkamlagan holda davlatlararo tashkilotlar va “Markaziy Osiyo plyus” formatlari doirasida o‘zaro muvofiqlashtiruvni kuchaytirish lozim;

📌Markaziy Osiyo ta’lim, ilm-fan va katta ma’lumotlar sohasida innovatsiyalar bo‘yicha raqobatbardosh xabga aylanishi kerak;

📌Atrof-muhitni muhofaza qilish har doim mintaqaviy kun tartibining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi;

📌Gumanitar sohadagi ishlarning mohiyati sifat jihatidan o‘zgarishi xalqlarimiz o‘rtasidagi birlik, hamjihatlik va o‘zaro tushunish tuyg‘usini mustahkamlaydi;

📌Bizning umumiy kuchimiz – birlik, o‘zaro ishonch va birgalikdagi yaratuvchanlikka qat’iy sadoqatimizda.

Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Indoneziyaning Jakarta shahrida U19 va U23 yosh toifalari o‘rtasida o‘tkazilgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabasi Sevara Mamatova Kattaqo‘rg‘onga qaytdi.
Osiyo chempionini Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari, talabalari, Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi vakillari hamda keng jamoatchilik tantanali kutib oldi.

Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube
10👍6🎉5🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💎Boks bo’yicha 4-marotaba Osiyo chempioni kamarini qo’lga kiritgan jahon chempioni, Sevara Mamatova munosib kutib olindi

    ✔️Rasmiy sahifalarimiz:
📱|Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📱YouTube|🌐Web-sayt
🔥632