KATTAQO‘RG‘ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI RASMIY KANALI
1.91K subscribers
3.91K photos
234 videos
6 files
759 links
Murojaatlaringizni bizning rasmiy guruhimizga yuborishingiz mumkin: @katdpchat
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida farmatsevtika sohasini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Tadbirda farmatsevtika korxonalari vakillari ham ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari ushbu soha inson salomatligi, hayot sifati, kerak bo‘lsa, iqtisodiy xavfsizlik bilan ham bog‘liq ekanini ta’kidladi.

Yaratilgan sharoitlar hisobiga so‘nggi to‘qqiz yilda sohaga 1,8 milliard dollar investitsiya kiritilib, 140 ta yangi quvvat ishga tushdi, korxonalar soni 300 dan oshdi, shundan 58 tasi dori ishlab chiqaruvchilardir.

Ishlab chiqarish hajmi 3,5 marta o‘sib, 7 trillion 300 milliard so‘mdan ortdi, mahalliy dori vositalari esa 2 karra ko‘paydi. O‘zimizda ishlab chiqarilayotgan farmatsevtika mahsulotlari 55 ta davlatga kirib bordi. Farmatsevtika sohasidagi ish o‘rinlari soni 40 mingdan oshdi.

Umuman, O‘zbekistonda dori vositalari va tibbiy buyumlar bozori 2,5 milliard dollarga yaqinlashdi.

Facebook|Instagram|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sport_klub_faoliyati
#Yoshlar_kuni

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Yoshlar kuni munosabati bilan talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida futbol musobaqasi tashkil etildi.
Mazkur musobaqada talabalar faol ishtirok etib, o‘z jamoalari bilan sport maydonida kuch sinashdilar. O‘yinlar davomida ishtirokchilar jamoaviylik, chaqqonlik hamda sport mahoratini namoyon etib, qizg‘in va murosasiz bahslar olib bordilar.

Kanalga qo‘shiling: 👇
https://t.me/katdpi
Respublikadagi 13 mingdan ziyod dorixonalar tomonidan o‘tgan yili 24 trillion so‘mlik dori vositalari sotilgan. Bundan tashqari, davlat xaridlari orqali yiliga 5 trillion so‘mlik farmatsevtika mahsulotlari olinmoqda.

Hududlardagi mas’ullar qaysi doriga qancha talab borligini, uning qanchasi import bo‘layotganini hisob-kitob qilmagani, ishlab chiqaruvchi va importchilar bilan uchrashib, zarur dorilarni mahalliylashtirish masalasini o‘rganib ko‘rmaganiga e’tiroz bildirildi.

Yurtimizda jami 58 ta farmatsevtika korxonasi 2,5 ming turdagi dori vositalarini ishlab chiqarmoqda.

Formulasi oddiy, ishlab chiqarish uncha murakkab bo‘lmagan ibuprofen, paratsetamol, diklofenak kabi og‘riq qoldiruvchi dorilarni o‘zimizdagi 20 dan ortiq farmatsevtika korxonalari ishlab chiqarmoqda.

Xuddi shu kabi, ortiqcha sertifikat talab qilmaydigan qon ko‘paytiradigan kaliy, kalsiy, temir, sink, magniy, yod, vitamin B, C va D kabi oddiy biologik faol moddalarni ham tegishli sifat talablari va standartlarga qat'iy rioya qilgan holda o‘zimizda ishlab chiqarish imkoniyati mavjud.

Facebook|Instagram|X
#Biriktirilgan_yoshlar

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori Sherzod Urakov o‘ziga biriktirilgan O‘rikzor mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi yoshlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari hamda doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish maqsadida ularni zarur asbob-uskunalar bilan ta’minladi.
Ushbu amaliy yordam yoshlarning mehnat bilan band bo‘lishi, o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishi hamda kelgusida barqaror daromad topishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Batafsil: 👉 https://katdpi.uz/yangiliklar/377

Kanalga qo‘shiling: 👇
https://t.me/katdpi
👍421
#Yoshlar_kuni

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori Sherzod Urakov iqtidorli talabalar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida talabalar tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslar, startap loyihalar taqdimotlari tinglandi hamda ularning muammo va takliflari muhokama qilindi. Rektor tomonidan yoshlarning g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Batafsil: 👉 https://katdpi.uz/yangiliklar/378

Kanalga qo‘shiling: 👇
https://t.me/katdpi
11🔥1