KATTAQO‘RG‘ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI RASMIY KANALI
1.91K subscribers
3.91K photos
234 videos
6 files
760 links
Murojaatlaringizni bizning rasmiy guruhimizga yuborishingiz mumkin: @katdpchat
Download Telegram
#Kelajak_soati

Filologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti tyutori A.Klichev tomonidan “Kelajak soati” darsi doirasida institut psixologi G.Inatullayeva ishtirokida talabalar bilan psixologik trening o‘tkazildi. Trening davomida shaxsiy rivojlanish, kelajakni rejalashtirish, maqsad qo‘yish hamda stressni boshqarish mavzularida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Mashg‘ulot jarayonida talabalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar hamda interaktiv mashqlar orqali faol ishtirok etdilar. Ushbu tadbir talabalarning ruhiy barqarorligini mustahkamlashga, shuningdek, kelajak rejalari yuzasidan aniq va puxta maqsadlar belgilashiga xizmat qildi.

Kanalga qo‘shiling: 👇
https://t.me/katdpi
👏4👍3🔥2
#Yoshlar_kuni

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova, Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Husan Tuxtayev, Yoshlar ishlari viloyat boshqarmasi boshlig‘i D.Azizova hamda institut rektori Sherzod Urakov ishtirokida talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, shuningdek, ta’lim, tadbirkorlik va ijtimoiy sohalarda mavjud imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Batafsil: 👉 https://katdpi.uz/yangiliklar/376

Kanalga qo‘shiling: 👇
https://t.me/katdpi
3
Forwarded from Edu.uz
Time.gif
2.1 MB
#tanlov

“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” milliy tadqiqot ishlari tanloviga hujjatlar topshirish muddati tugashiga 4 oy qoldi!


Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorlikda oliy ta’lim tashkilotlarida bakalvriat va magistratura bosqichlarini tamomlayotgan talabalar o‘rtasida ikkinchi marta “Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tadqiqot ishlari tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda qatnashuvchi nomzod oliy ta’lim tashkilotlaridan birining bakalavriat yoki magistratura bosqichining bitiruvchi talabasi bo‘lish kerak. 

Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi: 

1-bosqich: Tanlov komissiyasi 1-bosqichda taqdim etilgan bitiruv malakaviy ishlar (BMI) va dissertatsiyalar orasidan tanlov mezonlari asosida taqdimot uchun 10 tadan ishni tanlab oladi.

2-bosqich: Tanlovning 2-bosqichida ushbu bosqichga tavsiya qilingan ishtirokchilar taqdimot qiladi. Ularning taqdimotlari tanlov mezonlariga ko‘ra baholanadi. Ikkinchi bosqich yakuni bo‘yicha bakalavr va magistrlar orasidan 3 nafardan g‘olib aniqlanadi.


Bu yil tanlov doirasida bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun alohida 3 tadan o‘rin belgilangan.

Mukofotlar quyidagicha:

🥇 1-o‘rin – Noutbuk
🥈 2-o‘rin – Planshet
🥉 3-o‘rin – Elektron kitob o‘qish qurilmasi

Batafsil: ↗️ https://socialpolicylab.uz/news/41

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida farmatsevtika tarmog‘ida ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, sohaga texnologiyalar transferini jadallashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по вопросам наращивания производственных мощностей и ускорения трансфера технологий в фармацевтической отрасли.

Facebook|Instagram|X
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida farmatsevtika sohasini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Tadbirda farmatsevtika korxonalari vakillari ham ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari ushbu soha inson salomatligi, hayot sifati, kerak bo‘lsa, iqtisodiy xavfsizlik bilan ham bog‘liq ekanini ta’kidladi.

Yaratilgan sharoitlar hisobiga so‘nggi to‘qqiz yilda sohaga 1,8 milliard dollar investitsiya kiritilib, 140 ta yangi quvvat ishga tushdi, korxonalar soni 300 dan oshdi, shundan 58 tasi dori ishlab chiqaruvchilardir.

Ishlab chiqarish hajmi 3,5 marta o‘sib, 7 trillion 300 milliard so‘mdan ortdi, mahalliy dori vositalari esa 2 karra ko‘paydi. O‘zimizda ishlab chiqarilayotgan farmatsevtika mahsulotlari 55 ta davlatga kirib bordi. Farmatsevtika sohasidagi ish o‘rinlari soni 40 mingdan oshdi.

Umuman, O‘zbekistonda dori vositalari va tibbiy buyumlar bozori 2,5 milliard dollarga yaqinlashdi.

Facebook|Instagram|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sport_klub_faoliyati
#Yoshlar_kuni

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Yoshlar kuni munosabati bilan talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida futbol musobaqasi tashkil etildi.
Mazkur musobaqada talabalar faol ishtirok etib, o‘z jamoalari bilan sport maydonida kuch sinashdilar. O‘yinlar davomida ishtirokchilar jamoaviylik, chaqqonlik hamda sport mahoratini namoyon etib, qizg‘in va murosasiz bahslar olib bordilar.

Kanalga qo‘shiling: 👇
https://t.me/katdpi
1