KATTAQO‘RG‘ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI RASMIY KANALI
1.9K subscribers
3.91K photos
234 videos
6 files
760 links
Murojaatlaringizni bizning rasmiy guruhimizga yuborishingiz mumkin: @katdpchat
Download Telegram
KUN HIKMATI:

Seni qo‘lingdan bir ish kelmaydi deganlar, bekorlarni aytibdi.

Inson bajargan har qanday ishni bajarish, albatta sizni qo‘lingizdan ham keladi. Buning sababi ham oddiy, siz ham inson siz.

A. P. Chexov.
2
#Diqqat #Feyk_xabarlar

⚠️Kiberfiribgarlar “Ramazon taqvimi” nomli .apk fayllarni yuborib, Telegram foydalanuvchilarining shaxsiy va bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritmoqda.

Ogoh bo‘ling!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tyutorning_bir_kuni

Aniq va tabiiy fanlar tyutori Moxichehra Xayitovaning bir kuni
Har bir tong Moxichehra Xayitova uchun mas’uliyat va ilhom bilan boshlanadi. U talabalar bilan ishlash, ularning bilimini mustahkamlash hamda ilmga bo‘lgan qiziqishini oshirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Kanalga qo‘shiling: 👇
https://t.me/katdpi
51👍1😱1
Talabalar diqqatiga!

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida 2025–2026-o‘quv yilining yozgi semestrida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha rejalashtirilgan yakuniy nazoratlar haqida batafsil ma’lumot bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
👉https://katdpi.uz/elonlar/39

Kanalga qo‘shiling: 👇
https://t.me/katdpi
#E’LON

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yilda “Silk Road Uzbekistan” xalqaro ommaviy yugurish musobaqalari, “Talaba-yugur” ommaviy yugurish musobaqalari, “Inson uchun” yugurish tadbirlari hamda yengil atletika bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi Markaziy Osiyo chempionatlarini tashkil etish va ularni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha belgilangan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Talaba-yugur” ommaviy yugurish musobaqalari o‘tkaziladi.
Mazkur musobaqada ishtirok etish istagini bildirgan talabalar, tayyorgarlik mashg‘ulotlariga qatnashish uchun Amaliy fanlar va sport kafedrasi, yo‘nalish tyutorlari hamda Sport klubi raisi o‘rinbosari Abror Jabborovga murojaat qilishlari mumkin.

📞 Aloqa uchun telefon: +998 99 155 11 57

Kanalga qo‘shiling: 👇
https://t.me/katdpi
11🔥1
#Yoshlar kuni

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida mazmunli va qiziqarli tadbirlar dasturi:

– Muhammadjon Quronov bilan “Yoshlar tarbiyasi va zamonaviy ta’lim” mavzusida uchrashuv
– Samarqand viloyati hokimi bilan talaba-yoshlar uchrashuvi
– STARTAP LOYIHALAR TAQDIMOTI institut rektori ishtirokida
– Talabalar turar joyida “Kino kechasi”

Aziz talaba-yoshlar!
Barchangizni mazkur mazmunli va qiziqarli tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!

Kanalga qo‘shiling: 👇
https://t.me/katdpi
4😍21🔥1
#Talaba_yugur

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Talaba-yugur” ommaviy yugurish musobaqalari munosabati bilan talabalar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Mazkur tadbir doirasida institut Sport klubi raisi o'rinbosari Abror Jabborov tomonidan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda talabalarning jismoniy faolligini kuchaytirishga qaratilgan tushuntirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Kanalga qo‘shiling: 👇
https://t.me/katdpi
41👍1🔥1
#Yurtim_qadriyatlari

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining “Qadriyatlar sohibi” jamoasi “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovining Samarqand viloyati hududiy bosqichida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Batafsil: 👉 https://katdpi.uz/yangiliklar/375

Kanalga qo‘shiling: 👇
https://t.me/katdpi
🔥13👏53👍3
#Kelajak_soati

Filologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti tyutori A.Klichev tomonidan “Kelajak soati” darsi doirasida institut psixologi G.Inatullayeva ishtirokida talabalar bilan psixologik trening o‘tkazildi. Trening davomida shaxsiy rivojlanish, kelajakni rejalashtirish, maqsad qo‘yish hamda stressni boshqarish mavzularida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Mashg‘ulot jarayonida talabalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar hamda interaktiv mashqlar orqali faol ishtirok etdilar. Ushbu tadbir talabalarning ruhiy barqarorligini mustahkamlashga, shuningdek, kelajak rejalari yuzasidan aniq va puxta maqsadlar belgilashiga xizmat qildi.

Kanalga qo‘shiling: 👇
https://t.me/katdpi
👏4👍3🔥2