Qashqadaryo IIB | Rasmiy kanal
12.7K subscribers
58.4K photos
11.8K videos
10 files
28.5K links
☑️ veb-sayt: https://qviib.uz/

☑️ Qashqadaryo viloyati IIB Ахborot xizmati rasmiy telegram kanali. https://t.me/kashuvd

☑️ Instagram|https://www.instagram.com/rasulova_iroda_iib/

☑️ Youtube|https://www.youtube.com/channel/UCd2bxikpjTVAng1XCrvQaiw?view
Download Telegram
⚔️ G‘uzorda sektor rahbarlari harbiy xizmatdan qaytgan yoshlar bilan uchrashdi
G‘uzor tumanida “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan sektor rahbarlari — tuman hokimi Bekzod Suyunov, tuman prokurori Rustam Sayfiyev, DXX tuman bo‘limi boshlig‘i Otabek Shodmonov hamda tuman IIB boshlig‘i Musurmon Bo‘riyevlar muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazdilar.

Ushbu uchrashuv joriy yilning 1-aprelidan 1-mayiga qadar respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” kompleks tezkor-profilaktik tadbirining ikkinchi bosqichi doirasida tashkil etildi. Tadbirda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash barobarida, ularni giyohvandlik va boshqa zararli illatlardan yiroq bo‘lishga, sog‘lom turmush tarziga amal qilishga chaqirildi.

Muloqot davomida yoshlarga mamlakatimizda yaratilayotgan keng imkoniyatlar, xususan, bandlikni ta’minlash, kasb-hunarga o‘rgatish, oliy ta’limga kirishdagi imtiyozlar hamda tadbirkorlikni boshlash uchun ajratiladigan kreditlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuv yakunida yoshlarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalarni qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Bu kabi tadbirlar yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan birga, ularning huquqiy savodxonligini oshirish va turli jinoyatlarning oldini olishga xizmat qiladi.

———
👮 Mening Inspektorim Ilovani yuklab olish:
👉
Google Play orqali yuklash
👉
App Store orqali yuklash

Telegram |   Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚔️ Muborakda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi targ‘ib qilindi
“Yoshlar kuni” munosabati bilan Muborak tumanida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning iqtidor va salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari o‘tkazildi.

Mazkur tadbirlar joriy yilning 1-aprelidan 1-mayiga qadar respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” kompleks tezkor-profilaktik tadbirining ikkinchi bosqichi doirasida tashkil etildi.

Tuman IIB xodimlari tomonidan umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida shashka va stol tennisi bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazilib, yoshlarga zararli odatlarning inson salomatligi va kelajagiga salbiy ta’siri haqida hayotiy tushunchalar berildi. Sog‘lom raqobat muhitida kechgan bellashuvlarda o‘quvchilar o‘z epchilligi va sportga bo‘lgan yuqori qiziqishlarini namoyon etdilar.

Ushbu tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni turli yot g‘oyalar va giyohvandlik balosidan asrash hamda bo‘sh vaqtlarini foydali mehnat va sport bilan band qilishdan iboratdir.

———
👮 Mening Inspektorim Ilovani yuklab olish:
👉
Google Play orqali yuklash
👉
App Store orqali yuklash

Telegram |   Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahriga jo‘nab ketdi.

Davlatimiz rahbarining taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 11-aprel kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi. Tashrif doirasida Buxoroda oliy darajadagi muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Президент Шавкат Мирзиёев отбыл в Бухару.

По приглашению главы нашего государства Президент Республики Казахстан Касым-Жомарт Токаев 11 апреля посетит нашу страну с рабочим визитом. В рамках программы в Бухаре пройдут переговоры на высшем уровне и другие мероприятия.

#Mirziyoyev #tashrif #Buxoro #Qozogiston

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
⚔️ Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy mahorati oshirilmoqda

Yurtimizda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish hamda ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan tegishli farmoyish qabul qilinib, sohadagi muhim vazifalar belgilab berildi.
Shu maqsadda joriy yilning 6 aprelidan boshlab bosqichma-bosqich tarzda sayyor o‘quv kurslari tashkil etilmoqda.
Ushbu o‘quvlar hududiy ichki ishlar organlarining o‘quv bazalarida hamda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat siyosat va boshqaruv akademiyasida o‘tkazilishi belgilangan.
Bu borada Qashqadaryo viloyati IIBda ham sayyor o‘quv kurslari yuqori saviyada tashkil etilmoqda.
Viloyatda xizmat qilayotgan huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlari hamda boshqa soha xodimlari belgilangan reja asosida o‘quv mashg‘ulotlariga jalb etilgan bo‘lib, ularning kasbiy mahoratini oshirish, aholi bilan samarali muloqot olib borish ko‘nikmalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur o‘quv kurslari respublika bo‘ylab barcha hududlarni qamrab oladi. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida minglab xodimlar bosqichma-bosqich ushbu o‘quvlarga jalb etilishi ko‘zda tutilgan.
Umumiy hisobda 10 mingdan ortiq xodimlarni qamrab olish rejalashtirilgani mazkur tadbirlarning ko‘lami va ahamiyatini yanada oshiradi.
Mazkur tashabbus ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini oshirish, aholi bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, shuningdek jamiyatda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

———
👮 Mening Inspektorim Ilovani yuklab olish:
👉
Google Play orqali yuklash
👉
App Store orqali yuklash

Telegram |   Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahriga tashrifi davomida Buxoro viloyatining yangi maʼmuriy markazida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

В ходе поездки в Бухару Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с созидательной работой, ведущейся в новом административном центре Бухарской области.

#Mirziyoyev #safar #Buxoro #markaz

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X