O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg'ona viloyat Kengashi | Rasmiy kanal
32.6K subscribers
11.2K photos
1.3K videos
207 files
4.32K links
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
www.fb.com/kasabafar
www.youtube.com/kasabafar

Rasmiy sayt:
https://fargona.kasaba.uz/

Боғланиш учун: @masofauz_bot
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Amir Temur xiyoboniga tashrif buyurib, mashhur davlat arbobi, yengilmas sarkarda, ilm-fan, madaniyat va sanʼat homiysi Sohibqiron Amir Temur haykali poyiga gulchambar qoʻydi.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил сквер Амира Темура в Ташкенте и возложил венок к подножию памятника выдающемуся государственному деятелю, непобедимому полководцу, покровителю науки, культуры и искусства Сахибкирану Амиру Темуру.

#Mirziyoyev #marosim #AmirTemur #xotira

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1🔥1
Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Amir Temur va temuriylar tamaddunining jahon tarixi va madaniyatidagi o‘rni va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya ishtirokchilariga tabrigi

Поздравление Президента Шавката Мирзиёева Участникам международной научной конференции «Роль и значение Амира Темура и цивилизации Темуридов в мировой истории и культуре»

President Shavkat Mirziyoyev’s message to participants of the International Conference on “The Role and Significance of Amir Temur and the Timurid Civilization in World History and Culture”

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Prezident Shavkat Mirziyoyev Fargʻona viloyatining Soʻx tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по мерам социально-экономического развития Сохского района Ферганской области.

#Mirziyoyev #yigilish #Sux #rejalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2
Ish beruvchining xatosi jamiyatga 25 millionga tushdi

“Marg‘ilon Fayz savdo kompleksi” AJ direktori o‘rinbosari Abduvohid Madaminovning mehnat huquqlari buzilishi bilan bog‘liq murojaati O‘zbekiston kasaba uyushmalari Farg‘ona viloyati kengashi tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etildi.

A.Madaminov o‘z mehnat faoliyatini mazkur jamiyatda oddiy nazoratchi vazifasidan boshlab, halol mehnati, intizomi va mas’uliyati orqali bosqichma-bosqich yuqori lavozimlarga ko‘tarildi. Uning ish faoliyati davomida orttirgan tajribasi va rahbarlik qobiliyati inobatga olinib, jamiyat direktori vazifasini vaqtincha bajarishga ishonch bildirildi.

Keyinchalik u jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha rais o‘rinbosari lavozimida samarali faoliyat yuritib kelayotgan bir paytda, Farg‘ona viloyati dehqon bozorlari va savdo komplekslari uyushmasining 2025-yil 13-maydagi 17-sonli farmoyishiga asosan “Marg‘ilon Fayz savdo kompleksi” AJ boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

Biroq oradan ko‘p vaqt o‘tmay, 2025-yil 28-iyuldagi 29-sonli farmoyishga muvofiq, mazkur lavozimga boshqa nomzod tayinlanadi. Shu bilan birga, amaldagi mehnat qonunchiligi talablariga zid ravishda A.Madaminovni avvalgi lavozimiga qaytarish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilinmadi. Bu holat uning qonuniy mehnat huquqlari buzilishiga sabab bo‘ldi.

O‘z huquqlarini himoya qilish maqsadida A.Madaminov O‘zbekiston kasaba uyushmalari Farg‘ona viloyati kengashiga murojaat qildi. Murojaat asosida mutaxassislar tomonidan holat huquqiy jihatdan o‘rganilib, xodim manfaatlarini ko‘zlab sudga da’vo arizasi kiritildi.

Sud ishni har tomonlama ko‘rib chiqib, adolatli qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, Abduvohid Madaminov “Marg‘ilon Fayz savdo kompleksi” AJning ijtimoiy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha rais o‘rinbosari lavozimiga qayta tiklandi.

Shuningdek, u majburiy ishsiz qolgan davri (progul kunlari) uchun kompensatsiya olish huquqiga ega ekanligi belgilandi hamda yetkazilgan ma’naviy zarar inobatga olinib, jamiyatdan uning foydasiga qariyb 25 million so‘m miqdorida pul mablag‘i undirilishi belgilab berildi.

Mansurjon Usmonov,
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati Kengashi bosh yuristkonsulti


Facebook | Telegram | Sayt
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Axborot24

Prezident Shavkat Mirziyoyev Fargʻona viloyatining Soʻx tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
1