“Kontakt Markazi” MChJ Kasaba uyushmasi
1.23K subscribers
305 photos
108 videos
6 files
81 links
“Kontakt Markazi” MChJ Kasaba uyushmasining rasmiy Telegram kanali. Bu yerda xodimlar uchun yangiliklar, tadbirlar, imtiyozlar, tanlovlar va muhim e’lonlar joylashtiriladi. Murojaat uchun: @Muzaffar_Rakhmatullaev
Download Telegram
Forwarded from UZTELECOM YOSHLARI
🔥 Yoshlar kuni kayfiyati davom etadi!

“Kontakt markazi” MCHJ Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan jamiyat yoshlari o‘rtasida “UzQUIZ” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi 🧠⚡️

Bilim, tezkor fikrlash va jamoaviy ruh birlashgan ushbu bellashuv haqiqiy intellektual muhitni yaratdi.
😎 Savollar qizg‘in, bahslar yanada qiziqarli, kayfiyat esa a’lo darajada bo‘ldi!

Ishtirokchilar o‘z faolligi, zukkoligi va ijobiy energiyasi bilan o‘yinga yanada fayz bag‘ishlab, chiroyli natijalarni qayd etishdi 👏
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥13👍107
Forwarded from Contact Center UZTELECOM (Sherzod Yusupov)
🎉Таваллуд айёмингиз муборак бўлсин!

Бугун — ташкилотимизнинг ҳақиқий кўрки, ўз ишининг устаси, нафақат гўзал ва яна қатъиятли ва одил раҳбаримиз Шахноза Махаматкамиловна нинг таваллуд айёмлари!

Сизнинг раҳбарлик маҳоратингиз, ходимларга бўлган самимий ва инсонпарвар муносабатингиз биз учун ҳамиша намунадир. Жамоамиз номидан Сизга ўзимизнинг чексиз ҳурматимизни ва энг эзгу тилакларимизни изҳор этамиз 🤩.

Сизга мустаҳкам соғлиқ, оилавий хотиржамлик, туганмас куч-ғайрат ва улкан зафарлар ёр бўлишини тилаймиз. Хонадонингиздан файзу барака, юзингиздан табассум ҳеч қачон аримасин. Фарзандларингиз ва яқинларингиз бахтига ҳамиша соғ-саломат бўлинг! 🎂🎂🎂🥳💐
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
80🎉46👏7🙏3
🌞 Assalomu alaykum, hurmatli hamkasblar!

Yozgi ta’tilni farzandlaringiz uchun unutilmas sarguzashtga aylantirishga nima deysiz? 🏕

“Kontakt markazi” MChJ Kasaba uyushmasi tomonidan 7 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan (6 yosh hamda 14 yosh bundan mustasno) xodimlar farzandlari uchun “Aloqachi” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga 2026-yil 21-iyuldan 1-avgustgacha bo‘lib o‘tadigan mavsum uchun yo‘llanmalar taqdim etilmoqda.

🎈 Oromgohda bolalarni:
qiziqarli tadbirlar;
sport musobaqalari;
ijodiy mashg‘ulotlar;
yangi do‘stlar va unutilmas taassurotlar kutmoqda!

💳 Yo‘llanma narxi: 2 926 704 so‘m
🎁 Xodim tomonidan to‘lanadigan summa: atigi 878 011,20 so‘mni tashkil etadi.

⚠️ Yo‘llanmalar soni cheklangan! Farzandingizning maroqli va mazmunli yozgi dam olishini ta’minlash imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.

📞 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
📌 1084 / 1099 / 1086 / 1155 (online / mobile / korporativ / PSTN / sale / ishonch raqami) xodimlari — @MMekhriniso
📌 1000 / 1009 / 112 (portal / spravochniy / tezkor operativ xizmat) xodimlari — @MUXLISAILHAMDJANOVNA
3👍1