Marketing / AI(Python)
21 subscribers
1.17K photos
353 videos
203 files
681 links
AI•Marketing•Branding•SMM

For More:
@e765fa | @EIyorbek
Download Telegram
Forwarded from Marketing bo'limi
Nutellani omadi kebqoldi

Nutella bankasi to'satdan NASA fazo kemasida kameraga tushib qoldi. Bu haqiqatdan kutilmagan vaziyat bo'lganmi, yoki biron fazogir bilan "maxfiy kelishuvi" bormi, bilmadim, to'g'risi. Lekin agar oldindan kelishgan bo'lsa - qoyil qolardim.

Umuman, ikkala holatdayam oladigan xulosalarimiz bor. Qarang, bir - banka kameraga to'satdan tushib qoldi. Ikki - nutella buni shunday qoldirmadida, darrov o'z sahifalarida post qilib chiqardi.

Fazo kemasidagi rasmni ham ishonamanki, Nutella jamoasining o'zi OAVga zimdan sizdirgan. Eng asosiysi - vaziyatdan zo'r foydalanvolishdi.

Maksimum harakat qilib hammayoqda bu yangilikni tarqatishdi. Brend yo'q joydan to'liq campaign'dan oladigan natijani ovoldi.

Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
Marketing / AI(Python)
Video message
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qizlarga #maslahatim❤️

Iloji bo‘lsa, marketolog yigit topib, aynan marketing sohasida ishlaydigan yigitga turmushga chiqing!

Nega aynan marketolog, deyishingiz mumkin?

Chunki marketolog sizni tushunadi, nimani xohlashingizga qiziqadi va uni topishga harakat qiladi. U sizga nafaqat sotuvgacha, balki sotuvdan keyin ham g‘amxo‘rlik qiladi. Sizni doimiy, to‘xtovsiz o‘rganadi, har bir qadam va so‘zlaringizni tahlil qiladi. Sizni shunchalik chuqur o‘rganadiki, qachon, nimani, qayerda xohlashingizni o‘zi bilib, oldindan harakat boshlaydi va sizni “sotuv”ga tayyorlaydi. Siz haqingizda hatto oilangiz ham bilmaydigan darajada chuqur va keng ma’lumotlar bazasini yig‘adi.

Homilador paytingizda kechasi nimadir yegingiz kelib, lekin nima ekanini bilmagan paytingizda, aynan o‘sha marketolog yigit sizga o‘sha narsani topib beradi. Agar siz aynan o‘sha yemoqchi bo‘lgan narsaga shubha qilsangiz ham, u sizni bu narsa sizga kerakligiga va uni yeyishingiz zarurligiga ishontira oladi!

Ijtimoiy tarmoqlarda “erkaklar ayollarni tushunmaydi” deb baqir-chaqir qilishni bas qiling. Shunchaki kuchli marketolog yigit toping va unga turmushga chiqing!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Korzinka(Tashkent city) fillialida bitta opa bor huddi shunaqa yaponlarga o’hshab hizmat ko’rsatadi yordam so’ralsa….)
Forwarded from Bo’lajak marketolog
Mijozlar ketish darajasiga e'tiborli bo'lyapsizmi?

Churn rate — ma'lum bir davr ichida sizning xizmat yoki mahsulotingizdan voz kechgan mijozlar ulushini ko'rsatadi.

Misol:

Oy boshida 1000 ta mijozingiz bor edi.
Oyni tugatganda 50 tasi ketdi.
Churn rate = (50/1000)*100%=5%

Nima uchun mijozlarning ketish darajasi muhim?

Agar doimiy mijozlaringiz soni 1000ta bo‘lsa va ketish darajasi birdan X% ga oshsa, marketolog sifatida siz darhol sababini aniqlashingiz kerak:

— Mahsulotlar yetishmayaptimi?
— Sodiqlik dasturi o‘zgardimi?
— Xizmat sifati pasaydimi? va hokazo.

Mijozlar ketishi — bu ogohlantiruvchi signal. Uni e’tiborsiz qoldirmang.

@bolajak_marketer