O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti 🌱
1K subscribers
11.5K photos
434 videos
3 files
2.27K links
Ishonch telefoni:
(99871) 202 84 84
Korrupsiyaga qarshi faoliyat:
(99871) 202 64 64
@uzdavkarantin_antikor_bot
Murojaat uchun:
(99871) 203-92-92 (3009)

quarantine-institute.uz
Download Telegram
🇺🇿🤝🇰🇿Xalqaro hamkorlik

🍃O’simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutining “Don va don-dukkakli ekinlari” laboratoriyasi xodimlari va Qozoqiston Respublikasi Biologiya va biotexnologiya ilmiy-tadqiqot institutining “Molekulyar biologiya” bo’limi xodimlari, Toshkent viloyatining Pskent va Bo’ka tumanlarida joylashgan bug’doy dalalarini ko’zdan kechirishdi. Bug’doy maydonlarida kasallik va zararkunandalarning tarqalishi hamda zararlanish darajasini o’rganish uchun dalalardan na’munalar olindi.

🌿Dala tadqiqotlaridan so’ng qozog’istonlik mutaxassislar O’simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurib institutning laboratoriyalari faoliyati, zamonaviy jihozlanish va tajriba maydonchalarida olib borilayotgan tadqiqotlar bilan yaqindan tanishdilar. Kelgusida ushbu tadqiqot natijalari asosida hamkorlik qilib, o’simliklar zararkunandalari va kasalliklariga qarshi birga kurashish rejalashtirildi.

Facebook | Youtube | Telegram
🍃#dala tajribalari

O’simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutining “Zararkunanda va kasalliklardan biologik himoya qilish” laboratoriyasi xodimlari tomonidan 2026-yilgi mavsum uchun belgilangan reja asosida navbatdagi dala sinovlari amalga oshirildi.

🔬Bu galgi tadqiqotlar kimyolashtirish va o’simliklarni himoya qilish vositalarining biologik samaradorligini aniqlash bo’lib, g’o’zaning shonalash davrida qo’llanilishi tavsiya etilgan BioClad*FARBIOBAC 2. o’sish stimulyatori, ZHEJIANG HEBEN PESTICIDE & CHEMICALS CO., LTD. kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan, tarkibi Prohexadione calcium 5% + Uniconazole 10% bo‘lgan XlopZdor 15% WDG preparatlarini Toshkent viloyati, O’rta-Chirchiq tumani, Oq tepa MFY hududida joylashgan fermer xo’jalig maydonlarida qo’llanildi. Har bir preparatlar samaradorligini xolis baholash uchun alohida 1,5 gektar maydonda qo’llanildi.

Facebook | Youtube | Telegram
Yoshlar kuni

“Yoshlar kuni” doirasida O’simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining ijrosini ta’minlash maqsadida respublika bo’ylab “Qishloq xo’jaligida bepul konsultatsiya kuni” o’tkazildi.
 
O’simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tadbirda yosh tadbirkorlar va agrar soha vakillari uchun eng dolzarb mavzularda mahorat darslari tashkil etildi.  
 
Bunday amaliy loyihalar yoshlarning qishloq xo‘jaligi sohasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning biznes faoliyatida uchraydigan muammolariga ilmiy asoslangan yechimlar topish hamda yurtimizda sifatli va ekologik toza mahsulotlar yetishtirish hajmini oshirishga xizmat qiladi.

Facebook | Youtube | Telegram
O’simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari uchun siyosiy-ma’rifiy soat bo’lib o’tdi.

🇺🇿 O’simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti va uning mintaqaviy filial xodimlariga hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimiz rivoji yo’lida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar haqida to’liq ma’lumotlar berildi.

Institut xodimlariga yurtimizda va xorijda sodir bo’layotgan boshqa yangiliklar ham batafsil tanishtirilib o’tildi.

🔬Bizni kuzatib boring
🌐
Facebook |🌐 YouTube |💬 Telegram