Toshkent viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi
1.29K subscribers
6.09K photos
892 videos
27 files
2.98K links
Download Telegram
#bandlik

🔹Bo‘stonliq tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan "Istiqlol" MFY hududida band bo‘lmagan yoshlar va fuqarolarning bandligini ta’minlash maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.

🔹Mehnat yarmarkasida korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi mavjud bo‘lgan 420 ta bo‘sh ish o‘rinlarini taqdim etishdi.

🔹Tadbirda 10 nafardan ortiq fuqarolarga ishga joylashishlari uchun yo‘llanmalar berildi va 20 nafari esa kasb-hunarga o‘qishga yo‘naltirildi.

Telegram|YouTube|Facebook
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев қисқа муддатли меҳнат таътилидан қайтди.

Бугун давлатимиз раҳбари Президент маслаҳатчилари, қатор вазирлик ва идоралар раҳбарларининг ҳисоботларини тинглайди.

Шунингдек, жорий ҳафтада Президентимиз III Тошкент халқаро инвестиция форуми ишида иштирок этиши режалаштирилган.
__
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев вернулся из краткосрочного трудового отпуска.

Сегодня глава государства заслушает отчеты советников Президента, руководителей ряда министерств и ведомств.

Также на этой неделе предусматривается участие Президента в работе III Ташкентского международного инвестиционного форума.

Facebook|
Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tomorqachilik
#Hokim_yordamchisi_faoliyatidan

O‘rta Chirchiq tumani "Yuqoriovul" mahallasidan Zuhra aya To‘xtayeva hokim yordamchisi Komila Jumanazarova ko`magida "Har bir oila tadbirkor" dasturi doirasida issiqxona qurdirdi
. Bugun bu joydan xonadon egalari 3 marta hosil olib, daromadini oshirgan.

Batafsil "Nurafshon" telekanali "AgroUz" teledasturida tomosha qiling.

Telegram|YouTube|Facebook
Ҳурматли фуқаролар, унутманг!

Бугун соат 12-00да ҳудудий Бандлик марказларида Россия Федерацияси, Чебоксар шаҳри МЧЖ Энкорп ташкилоти майдаловчи (обрубщик) йўналишида суҳбат (онлайн танлов) бўлиб ўтади.

👉Иш ўрни бўйича батафсил маълумот олиш учун бу ерга босинг.👈

☎️ Маълумот учун:
(55) 900-33-10
@toshvil_agentlik
#statistika

Nafaqa yoshida ishlayotganlar ma’lum qilindi

Ayni paytda O‘zbekistonda 579 ming 995 nafar nafaqadagilar mehnat qilmoqda. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi.

328 ming nafardan ortiq fuqarolar xususiy sektorda mehnat qilmoqda. Davlat tashkilotlarida yana 252 ming nafarga yaqin pensiya yoshidagi fuqarolar o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Ishlaydigan nafaqadagilarning jinsi bo‘yicha nisbati:

— Ayollar - 345 397;
— Erkaklar - 234 598.

Telegram|YouTube|Facebook
#tayinlov

Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga yangi rahbar tayinlandi

Abdusamad Abdukarimov Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri buyrug‘i bilan Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Abdusamad Abdusalomovich ushbu sohada yetarli tajriba to'plagan yosh mutaxassislardan sanaladi. Ayni vaqtga qadar vazirlikning Yuridik bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.

U 1993-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2018-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan.

Telegram|YouTube|Facebook
#sizga_ish_bor!

Siz ingliz, koreys, yapon, turk yoki nemis tilini bilasizmi?


Agar javobingiz ha bo’lsa, aynan siz uchun dasturlash sohasida bo’sh ish o’rinlari mavjud. Yagona talab — ushbu tillardan birini bilishingiz.

Siz bilan bog’lanishimiz uchun quyidagi havola orqali o’tib anketani to’ldiring:

▶️Ingliz tilini bilsangiz: https://forms.gle/Y8eQLxb5GJLcRJGk6

▶️Koreys tilini bilsangiz:
https://forms.gle/AdELa3TPw3QBZQuR7

▶️Yapon tilini bilsangiz:
https://forms.gle/keWyi4Bjy3wZGByd9

▶️Turk tilini bilsangiz: https://forms.gle/rG9XanjAUkcVhZsu6

▶️Nemis tilini bilsangiz: https://forms.gle/kGVAsDCtCz9i5nU7A

Telegram|YouTube|Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bandlik

Toshkent viloyatida mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarning bandligini taʼminlash, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi tizim yoʻlga qoʻyildi.

Mazkur sohada "Xorijga ish mahalladan" tamoyili yoʻlga qoʻyilib, bunda hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi xorijda ishlash istagida boʻlgan fuqarolarni aniqlab, onlayn mahalla platformasiga kiritadi. Nomzodlar chet elda ish beruvchilar tanlovlariga jalb qilinadi.

Batafsil "Sevimli" telekanali lavhasida.

🌐Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|
#Ijtimoiy_koʻmak

Bo‘stonliq tumanidagi ehtiyojmand fuqarolarga pul mablag‘lari tarqatilmoqda

Bo‘stonliq tumani Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qaroriga asosan ijtimoiy himoya va jarrohlik amaliyotiga muhtoj 27 nafar fuqaroga bir martalik jami 144 million 200 ming so‘m pul mablag‘i ajratildi.

Telegram|YouTube|Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eng ko‘p ish beruvchi TOP-10 korxonalar:
(29.04.2024-yil holatiga)

1. "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJ – 48 308 nafar;

2. "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ – 36 629 nafar;

3. "Temiryo‘linfratuzilma" AJ – 34 816 nafar;

4. "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ – 20 873 nafar;

5. "Romstar" MChJ qo‘shma korxonasi – 18 800 nafar;

6. "O‘zbektelekom" AJ – 17 641 nafar;

7. "UzAuto Motors" AJ – 16 628 nafar;

8. "Hududgazta'minot" AJ – 16 309 nafar;

9. "O‘zbekneftgaz" AJ – 13 926 nafar;

10. "Anglesey food" MChJ – 12 726 nafar.



Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube