Qamashi tuman hokimligi
6.92K subscribers
27.9K photos
1.85K videos
23 files
5.31K links
Қамаши туман ҳокимлиги расмий канали
Бизни кузатиб боринг
www.qamashi24.uz instagram.com/
twitter.com/
facebook.com: qamashi.axborot xizmati
@NurbekRasulov
Download Telegram
G'alla parvarishi bo'yicha amaliy seminar o'tkazildi

Qamashi tumanida kuzgi g'allani oziqlantirish, begona o'tlar va turli kasalliklarga qarshi kurashishni to'g'ri tashkil qilish bo'yicha seminar tashkil qilindi.

Unda mutaxassislar tomonidan g'allachilik yo'nalishidagi fermerlarga ishlarni o'z vaqtida va samarali tashkil qilish bo'yicha tavsiyalar berildi.

Agrotexnik tadbirlarda zarur vositalar ko'rgazmasi ham tashkil qilindi.

👉 @kamashi24 👈
Davlat obektlarini 3 yilga bo'lib to'lash imkoniyati bilan xarid qiling

Hozirda Qamashi tumanida e-aukaion.uz platformasida quyidagi obektlar savdoga chiqarilgan.

🔹Qamay mahallasidagi "Pochta aloqasi bo'limi binosi" (ko'rish)

🔸Qorabog' mahallasidagi "Bo'sh turgan Qorabog' mineral o'g'it saqlash va tarqatish shaxobchasi" (ko'rish)

🔹Navoiy mahallasidagi "Sobiq suv ta'minoti bo'limi binosi" (ko'rish)

🔸O'zbekiston mahallasidagi "Sobiq ma'muriy bino" (ko'rish)

Onlayin savdoda ishtirok eting, qulay shartlarda binolarni sotib oling.

👉 @kamashi24 👈
Yuksalish mahallasida elektr energiyasiga talab yuqori bo'lgan xonadonlar uchun yangi transformator o'rnatildi

Mavzuga oid: Soliq to'lovlarini amalga oshirish madaniyati yuqori bo'lgan mahallalar rag'batlantirilmoqda

👉 @kamashi24 👈
2023 йил март ойи пенсия ва нафақа тўловлари банк пластик карточкаларига тўлиқ юклаб берилди

2023 йилнинг март ойи пенсия ва нафақа тўловларини ўз вақтида тўланишини таъминлаш мақсадида бюджетдан ташқари Пенсия жамғармаси вилоят бошқармаси ҳамда туман (шаҳар) бўлимлари томонидан барча тижорат банклари билан хамкорликда зарурий чоралар кўрилмоқда.

Жумладан, Бюджетдан ташқари Пенсия жамғармаси Қашқадарё вилояти бошқармаси томонидан вилоятимиздаги 398 мингдан ортиқ пенсия ва нафақа олувчи фуқароларимизга 2023 йилнинг март ойи пенсия ва нафақа тўловларини ўз вақтида ва тўлиқ етказиб берилишини таъминлаш мақсадида жами 398.2 млрд.сўмга тўлов қайдномалари шакллантирилиб, маблағлар тегишли банк филиалларига молиялаштириб берилди. 

Молиялаштирилган маблағларнинг 222,1 млрд.сўми 1 март куни банк пластик карталари орқали олувчи фуқароларнинг банк пластик карточкаларига тўлиқ юклаб берилиши таъминланди.
Пенсия ва нафақа тўловларини нақд пул шаклида олувчилар яшаш манзилларига тўловлар АТ Халқ банки ҳудудий филиаллари орқали етказиб берилади.

Бюджетдан ташқари Пенсия жамғармаси Қашқадарё вилояти бошқармаси матбуот ҳизмати
#Live Tuman markazidagi eng serqatnov bo‘lgan Ma'rifat ko‘chasining 1 km qismiga 6 metr enlilikda asfalt qoplamasi yotqizilmoqda.

👉 @kamashi24 👈
Yortepa mahallasiga boruvchi elektr tarmoqlarida ta'mirlash ishlari olib borilmoqda

Shu sababli mahalla hududida bugun soat 17-00 gacha elektr ta'minotida uzilish kuzatiladi.

Qamashi tumani elektr ta'minoti korxonasi

👉 @kamashi24 👈
📊2023- yil 1- fevral holatida Hududlar kesimida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar soni:

🔹Qarshi shahri – 904 ta
🔹Qarshi tumani – 386 ta
🔹Koson tumani – 325 ta
🔹Yakkabog‘ tumani – 214 ta
🔹Chiroqchi tumani – 184 ta
🔹Qamashi tumani – 164 ta
🔹Muborak tumani – 160ta
🔹Kasbi tumani – 154 ta
🔹Shahrisabz shahri – 152 ta
🔹Kitob tumani – 138 ta
🔹Gʻuzor tumani – 138 ta
🔹Dehqonobod tumani – 136 ta
🔹Nishon tumani – 122 ta
🔹Shahrisabz tumani – 120 ta
🔹Mirishkor tumani – 105 ta
🔹Ko‘kdala tumani – 42 ta

👉Kanalga ulanish t.me/qashstatuz
"Yangi avlod", "Uchtepa" va "Shodlik". Qamashida yangi tashkil qilingan mahallalar shu nom bilan ataladi.

"Samarqand", "Yortepa" va "Qo'shkapa" mahallasida xonadonlar soni oshib borishi sababli ushbu mahalla hududida yangi mahalla tashkil qilinmoqda.

Yangi tashkil qilingan fuqarolar yig'ini bilan tumanda mahallalar soni 63 taga yetmoqda.

👉 @kamashi24 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Live Ёртепа маҳалласига 60 дона бетон устунлар олиб келинди.
Botir Tog'ayev yirik sanoat korxona rahbarlari bilan uchrashdi

Uchrashuvda "Matanat", "Chiroy" xorijiy korxona hamda mahalliy yirik sanoat korxona rahbarlari ishtirok etdi. Unda mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, qo'shimcha loyihalarni amalga oshirish, eksport hajmini oshirish va ish o'rnini ko'paytirish masalasiga e'tibor qaratildi.

2023-yilda Qamashi tumanida 50 ta invistisiya loyihalari amalga oshiriladi. Shundan sanoat yo'nalishida umumiy qiymati 73 mln dollar bo'lgan 26 ta loyiha ishga tushiriladi va 1350 ta doimiy ish o'rni yaratiladi.

Jumladan, "Matanat" xorijiy korxonasi tomonidan 20,0 mln dollarlik gipsdan qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi, un ishlab chiqarish bo'yicha yillik 20 ming tonna quvvatqa ega bo'lgan 2 ta un zavodi, "Oqsaroy textile" klasteri tomonidan 6000 tonna quvvatga ega sintetik ip va kalava ishlab chiqarish, "Qamashi textile" klasteri tomonidan quvvati 200 ming dona trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish kabi yirik loyihalar amalga oshiriladi.

👉 @kamashi24 👈