Kun voqealari [Tarixda bugun].
312 subscribers
1.05K photos
75 videos
4 files
1.33K links
Kun voqealari [Tarixda bugun]. ilmiy-ma’rifiy kanalga xush kelibsiz!

Har kuni ertalab bugungi sanada Jahon va O‘zbekiston tarixida yuz bergan muhim voqealar, bayramlar, tavalludlar, ma’lumotlar!
Download Telegram
#kun_iqtibosi

“Biz uchinchi Renessans uchun poydevor qo‘yayapmiz. Maktablarda zarur sharoitlar yaratilsa, bilim olishda o‘zbek bolasidek mehnatkash va sabrlisi jahonning hech yerida yo‘q. Uyg‘onish davri baribir bo‘ladi, o‘shanda yangi Ulug‘beklar dunyoga keladi… Nima uchun shuncha mablag‘ni matematika, kimyo, biologiyaga sarflayapmiz? Ertaga ushbu fundamental ilmlar baribir natija ko‘rsatadi. Axir bir vaqtlar shunday bo‘lgandi-ku”, — deya Shavkat Mirziyoyev so‘zlarini keltiradi “Gazeta.uz”.

A’zo bo‘ling 👉 @kalendarlar
#coronavirusdaily

🔺Шу йилнинг 30 август куни мамлакатимизда 368 ҳолатда касаллик қайд этилган бўлиб, барчаси тана ҳарорати кўтарилганлиги боис профилактика мақсадида ҳамда коронавирусга чалинган беморлар билан мулоқотда бўлганлиги сабабли намуна олинган фуқаролар орасида аниқланган.

🔴Шу билан бирга, Тошкент шаҳрида 5 нафар, Тошкент вилоятида 1 нафар, жами 6 нафар коронавирусга чалинган бемор вафот этди.

❗️Эътиборли жиҳати, бугун Тошкент шаҳри, Қорақалпоғистон Республикаси, Тошкент, Самарқанд, Андижон, Бухоро, Қашқадарё, Сурхондарё, Навоий ҳамда Наманган вилоятларида жами 460 нафар бемор соғайди.

❗️Ҳозирда касаллик қайд этилган жами 41 528 нафар бемордан 38 819 нафари соғайиб, даволаниш кўрсаткичи 93 фоизни ташкил этмоқда.

‼️Айни пайтда тиббиёт муассасаларида даволанаётган 2394 нафар бемордан 250 нафари оғир, 137 нафари эса ўта оғир аҳволда.
Манба: @ssvmatbuotkotibi

A’zo bo‘ling 👉 @kalendarlar
3️⃣1️⃣ avgust, dushanba, 2020 yil

🎉 Bayramlar 🎉

🇺🇿 Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni(2001)
💻 Bloglar kuni
🐶 Rossiya veterinariya xodimi kuni
🇰🇬Qirg‘izistonda mustaqillik bayrami(1991)
🇲🇾 Malayziya milliy kuni (Britaniyadan mustaqillik 1957)


📔 Tarixda bugun 📔

📔 1907 yil - Antanta harbiy-siyosiy bloki tashkil etildi
📔 1914 yil - Sankt-Peterburg Petrograd deb o'zgartirildi
📔 1935 yil - Donbassdagi konchi Aleksey Staxanov bir smenada 102 tonna ko'mir qazib, normani 14 baravar oshirdi va shu bilan "staxanov harakati" boshlandi
📔 1939 — Ikkinchi jahon urushining boshlanishiga turtki boʻlganGlivitse voqealari yuz berdi.
📔 1980 — Polshada „Birlik“ kasaba uyushmasi tuzildi.
📔 1986 — „Admiral Naximov“ kemasi halokatga uchradi.
📔 1990 yil - Berlinda GFR va GDRni birlashtirish to'g'risidagi shartnoma imzolandi - Germaniya birligini tiklash
📔 1991 — Oʻzbekiston oʻz davlat mustaqilligini eʼlon qildi.
📔 1994 — G’arbiy Germaniyadan Rossiya qoʻshinlari kontingenta chiqarildi.
📔 1995 yil - Amerikaning Klivlend shahrida muzey va Rok-Roll shon-sharaf zalining ochilishi bo'lib o'tdi.
📔 1995 — Oʻzbekiston Respublikasi Osiyo taraqqiyot bankiga aʼzo boʻldi.
📔 1997 yil - Britaniyalik malika Diana Parijda avtohalokatda vafot etdi


🎁 Shu kuni tug'ilganlar 🎁

👶 1749 yil - Aleksandr Radishchev - rus nosiri, shoir va faylasuf
👶 1887 yil - Fridrix Panet - avstriyalik va nemis kimyogari va geokimyogari
👶 1932 - Roman Tkachuk - sovet teatri va kino aktyori, O'zbekiston SSSR xalq artisti
👶 1940-yil – Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi Xayrixon Qurbonova
👶 1952-yil – Oʻzbekiston xalq shoiri Mahmud Toirov
👶 1949 yil - Richard Gir - amerikalik aktyor
👶 1951 yil - Aleksey Uchitel - Sovet va rus kinorejissyori, ssenariy muallifi. Rossiya Federatsiyasining xalq artisti

A’zo bo‘ling 👉 @kalendarlar
31-avgust -,,Qatag‘on qurbonlarini xotirlash’’ kuni.

A’zo bo‘ling 👉 @kalendarlar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Butun O‘zbekiston tarixiga muxrlangan sana va uni asoschisi Islom Abdug‘aniyevich Karimov.

Bugun 31-avgust - O‘zbekiston davlat mustaqilligi rasman el'on qilingan kun!

#29Yosh

A’zo bo‘ling 👉 @kalendarlar
📆 Bugun - 31-avgust

Oʻzbekiston tarixida:

🔰870-yil – islom olamining yirik mutafakkiri, muhaddislar imomi, hadis ilmining sultoni Imom al-Buxoriy (810–870) Samarqand yaqinidagi Hartang qishlogʻida dunyodan koʻz yumdi. U yigirmadan ortiq kitob tasnif etgan. Buxoriyning “Al-Jomiʼ as-sahih” (“Ishonchli toʻplam”) deb nomlangan 4 jild (juz)dan iborat hadislar toʻplami islom olamidagi boshqa muhaddislar tuzgan hadis toʻplamlari orasida eng ishonarli va mukammalidir.

🔰1865 – Usmoniylar hukumati Qoʻqon xoni Sulton Sayidxonning chor Rossiyasi tajovuziga qarshi kurashda yordam soʻrab yozgan iltimosini “Majlisi maxsus”da muhokama qilayotgan bir paytda Qoʻqon amirlashkari Alimqulning oʻlimi va chor Rossiyasi qoʻshinlarining Toshkentni ishgʻol qilganligi xabari Istanbulga yetib keladi. Usmoniylar sultoni Abdulaziz (1861–1879) farmoniga koʻra, Qoʻqon va Buxoroga maktub yozilib, elchilarga yoʻl xarajatlari uchun mablagʻ ajratiladi. Maktubda sulton Abdulaziz Oʻrta Osiyo xonlarini birdamlikka chaqiradi.

🔰1920-yil – RSFSR Xalq Komissarlar Soveti davlatga topshirilgan paxta uchun paxtakorlarga naqd pul yoki natura bilan toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Qarorda Amerika chigitidan yetishtirilgan 1 pud paxtaning narxi sobiq sovet puliga 1260 rubl deb belgilandi.

🔰1920-yil – Buxoroga hujum qilgan sovet qoʻshinlari tomonidan shaharning toʻla vayron qilinishining oldini olish uchun Buxoro amiri Said Olimxon Moxi Xossa orqali Gʻijduvon tomonga qarab chekindi.

🔰1924-yil – RKP(b) Markaziy Qoʻmitasi Oʻrta Osiyo byurosi Oʻrta Osiyo respublikalarini chegaralash yuzasidan oʻtkazilayotgan tashviqot kampaniyasi toʻgʻrisidagi direktivalarni toʻldirish va aniqlik kiritish haqidagi masalani koʻrib chiqdi.

🔰1932-yil – Sovet hukumatiga qarshi kurash harakati rahbarlaridan biri, Ibrohimbek nomi bilan tanilgan Mulla Muhammad Ibrohimbek Chaqaboy Toʻqsabo oʻgʻli (1889–1932) qatl etildi. Buxoroning sobiq amiri Olimxon 1921-yil boshlarida uni oʻzining butun qoʻshinlariga qoʻmondon qilib tayinlagan edi.

🔰1971-yil – Jizzax viloyatidagi Baxmal tumani qayta tuzildi. U 1943-yil 8-mayda tashkil etilgan. 1957-yil 12-oktyabrda Gʻallaorol tumani bilan birlashtirilgan edi.

🔰1971-yil – Qashqadaryo viloyatidagi Dehqonobod tumani qayta tuzildi. Mazkur tuman 1926-yil 26-sentyabrda tashkil etilgan boʻlib, 1962-yil 24-dekabrda Gʻuzor tumani bilan birlashtirilgan edi.

🔰1971-yil – Toshkent viloyatidagi Ohangaron tumani qayta tashkil etildi. Unga 1929-yilning 29-sentyabrida asos solingan, 1939-yilgacha Qurama tumani deb atalgan. 1957-yilda Oʻrta Chirchiq va Toshkent tumanlari tarkibiga qoʻshilgan edi.

🔰1991-yil – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari 6-sessiyasida Oʻzbekistonning davlat mustaqilligi eʼlon qilinib, Respublikaning davlat mustaqilligi toʻgʻrisida Oliy Kengashning Bayonoti qabul qilindi. Tegishli qaror bilan Oʻzbekiston SSR Oʻzbekiston Respublikasi deb ataldi. 1-sentyabr Mustaqillik kuni deb belgilandi. Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida qonun qabul qilindi.

🔰1993-yil – Toshkentda Amir Temur haykali ochildi.

🔰1994-yil – “Yogʻdu” haftalik iqtisodiy gazetasi chiqa boshladi. U 1995-yil 21-yanvardan “Mulkdor” nomi ostida nashr etila boshlandi.

🔰1995-yil – Oʻzbekiston Respublikasi Osiyo taraqqiyot bankiga aʼzo boʻldi.

🔰1995-yil – Oʻzbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi 1966-yil 16-dekabrda qabul qilgan Inson huquqlari toʻgʻrisida paktlarga, shuningdek, Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish toʻgʻrisidagi xalqaro Konvensiyaga qoʻshildi.

🔰2000-yil – Oʻzbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi qonuni qabul qilindi.

🔰2002-yil – Toshkentdagi “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuyida “Qatagʻon qurbonlari” muzeyi ochildi. Muzey Rossiya imperiyasi va sovet hokimiyati davrida Vatan ozodligi yoʻlidagi faoliyati uchun qatagʻon etilgan vatandoshlarimiz xotirasini abadiylashtirish maqsadida tashkil qilingan.

🔰2004-yil – Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasi foydalanishga topshirildi.

A’zo bo‘ling 👉 @kalendarlar
Tarixda bugun kanali yana sizlar bilan birga!

29-sentabr sanasidagi bayramlar, esda qolarli voqealar va mashxurlarning tavalludlari.

Kirish➡️ @kalendarlar

Batafsil
#tarixda_bugun

29-sentyabr – Andijon okrugi tashkil etilgan kun

1926-yilning 29-sentyabr kuni OʻzSSRning rayonlashtirish boʻyicha tuzilgan komissiyasining qaroriga asosan mavjud 7 ta viloyat va 25 okrug oʻrnida 10 ta – Andijon, Buxoro, Zarafshon, Qashqadaryo, Samarkand, Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona, Xojant va Xorazm okruglari tashkil etilgan.

Shu kuni Andijon okrugi tarkibida Andijon, Paxtaobod, Izboskan, Shahrixon, Asaka, Jalaquduq, Marhamat, Xoʻjaobod, Qoʻrgʻontepa, Kosonsoy, Norin, Shoʻrqoʻrgʻon, Yangiqoʻrgʻon tumanlari ham tashkil etilgan.

1930-yil 30-iyulda SSSR hududidagi boshqa okruglar kabi Andijon okrugi ham bekor qilinib, uning tumanlari toʻgʻridan-toʻgʻri Oʻzbekiston SSRga boʻysundirilgan.

Kirish👉 @kalendarlar
29-sentabr - Butunjahon yurak kuni.

Yurak haqida 5 fakt

1️⃣ Odamlarning yurak kasalliklaridan nobud boʻlishi holati dunyoda birinchi oʻrinda turadi.

2️⃣ Erkaklarning yuragi ayollarnikiga nisbatan yirikroq boʻladi. Erkaklar yuragining vazni oʻrtacha 310 grammni, ayollarniki 240 grammni tashkil etadi.

3️⃣ Yurak har urishida oʻrtacha 60 millilitr qon ishlab chiqaradi. Bu bir daqiqada 420 millilitrga, bir soatda 25, bir sutkada 600, bir yilda 200 ming litrga toʻgʻri keladi.

4️⃣ Shifokor Rene Laennek bemorlar yuragini eshitish uchun ularning koʻkragiga qulogʻini tekkizgani uchun muntazam ravishda dashnom eshitavergan. Natijada 1967-yili masofadan turib tekshira olish imkonini beruvchi stetoskopni kashf etgan.

5️⃣ Yurakni koʻchirib oʻtkazish operatsiyasi tarixda ilk bor 1967-yil Birlashgan Arab Amirliklarida oʻtkazilgan. Operatsiya muvafaqqiyatli yakunlanganiga qaramay, bemor operatsiyadan 18 sutka oʻtgach vafot etgan.

Kirish👉 @kalendarlar
🆎㊙️Bugun Xalqaro tarjimonlik kuni

Ushbu kun, yozma va ogʻzaki tarjima bilan shugʻullanuvchi tarjimonlarning kasb bayrami sifatida 30-sentyabr kuni nishonlanadi.

419 yoki 420-yillarda Stridonlik avliyo Ieronim tomonidan Injilni lotin tiliga toʻliq tarjimasi amalga oshirilganligi sharafiga, uni anʼanaviy ravishda tarjimonlarning homiysi ham deb hisoblashadi.

Bu kun, Xalqaro tarjimonlar federatsiyasi (FIT) tomonidan 1991-yilda rasmiy ravishda bayram sifatida taʼsis etilgan. Ushbu bayramning ommaviyligi yil sayin oshib bormoqda.

2017-yilda BMT Bosh Assambleyasining 71-sessiyasida № A/RES/71/288-sonli rezolyutsiya bilan bir ovozdan qabul qilinib, xalqlarni birlashtirishdagi, tinchlikka koʻmaklashishdagi, oʻzaro tushunish va taraqqiy etishdagi professional tarjimaning muhim roli tan olindi va 30-sentyabr kuni Xalqaro tarjima kuni deb eʼlon qilinib, BMT doirasida nishonlanadigan boʻlindi.

Kirish👉 @kalendarlar
#kun_xabari

Eldor Shomurodov Italiya "A" seriyasidagi "Jenoa" klubiga o‘tmoqda

"Jenoa" klubi sport direktori Daniele Fajiano "Rostov" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov transferini tasdiqladi.

"Biz transfer shartlari borasida kelishuvga erishdik. Shomurodov yaqin kunlar ichida Italiyaga yetib kelishi kerak. Umid qilamanki, barchasi tez orada hal bo‘ladi", - deya Fajianoning so‘zlarini keltirmoqda Metaratings.

Avvalroq, "Rostov" klubi Eldor Shomurodovni 9 million yevro evaziga Italiya klubiga qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Futbolchining o‘ziga 3 yillik shartnoma va yiliga 600-700 ming yevro maosh taklif qilmoqda.

Kirish👉 @kalendarlar
​​# 30-sentyabr​​ Mavlono Jaloliddin Rumiy tavallud topgan kun.

Jaloliddin Rumiy 1207-yil 30-sentyabrda Balx shahri (hozirgi Afgʻoniston)da tavallud topgan. 1272-yil 17-dekabrda Turkiyaning Qoʻnyo shahrida vafot etadi.

1️⃣ Rumiy hayotining asosiy yillarini Turkiyada oʻtkazgan. Toʻrt tilda: fors, arab, turk va yunon tillarida ijod qilgan. Chingizxon zamondoshi boʻlgan.

2️⃣ Rumiy ijodi namunalari Yevropada ham juda ommalashadi. Shekspir asarlari tirajini ham ortda qoldirib, oʻsha davrning 300-yili davomida eng koʻp tirajli nashr hisoblangan.

3️⃣ Shoir sheʼr yozishni kechroq, 37 yoshida boshlagan. Jaloliddin Rumiy hayoti davomida umumiy 70 000 sheʼriy satrlar yozgan.

4️⃣ Mavlono Jaloliddin Rumiyning ikki shoh asari bor. Biri “Masnaviyi maʼnaviy”, yana biri “Devoni Kabir”.

5️⃣ Mavlono oʻlim kunini toʻy kuni maʼnosida kelgan soʻz “Shabi arus” deb atardi va doʻstlariga oʻlimi orqasidan “Ey, voh” deya yigʻlamasliklarini vasiyat qilgandi.

“Oʻlganimizdan soʻng mozorimizni yerdan axtarmang! Bizning mozorimiz oriflar koʻngillaridadir!” —Mavlono Jaloliddin Rumiy.

Kirish👉 @kalendarlar
1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni

Haq yoʻlida kim senga bir harf oʻqitmish ranj ila,
Aylamak boʻlmas ado oning haqqin ming ganj ila.

© Alisher Navoiy

💐 Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz ustoz va murabbiylar!

Kirish👉 @kalendarlar
1-oktyabr - Keksalar kuni

1️⃣ #Keksalar_kuni avval Yevropada, soʻng Amerikada, XX asrning 80-yillar oxirlaridan eʼtiboran butun dunyoda bayram sifatida nishonlangan. 1990-yil 14-dekabrda BMT Bosh Assambleyasining 45-sessiyasida qabul qilingan maxsus rezolyutsiyaga asosan 1-oktyabr — Xalqaro keksalar kuni deb eʼlon qilindi.

2️⃣ Keksalik inson umrining oltin davri hisoblanadi, kuz fasli ham oltinga qiyoslanadi Shu bois aynan kuz mavsumi oʻrtasida keladigan 1-oktyabr majoziy maʼnoda qariyalar kuni nishonlanadigan sana sifatida tanlangan. Undan koʻzlangan asosiy maqsad sayyoramiz aholisi eʼtiborini qariyalar duch keladigan muammo va qiyinchiliklarga qaratishdir. Zero, mehr va yordamning ramzi sanalgan ochiq qoʻl kafti ushbu sana logotipiga joylashtirilgan.

3️⃣ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentyabrdagi “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi oʻrni va ijtimoiy faolligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, Xalqaro keksalar kunini mamlakatimizda har yili munosib nishonlash uchun oktyabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” etib belgilandi.

4️⃣ Yurtimizda 2002-yil “Qariyalarni qadrlash yili”, 2015-yil “Keksalarni eʼzozlash yili” deb nomlangan. Soʻnggi uch yil mobaynida “Faxriy murabbiy” ordeni, “Mehnat faxriysi” va “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishonlari taʼsis etildi.

5️⃣ Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining shartli yosh tasnifiga muvofiq, 60-75 yoshdagi kishilar qariyalar, 75-90 yoshdagilar keksalar, 90 yoshdan oshganlar esa uzoq umr koʻrganlar hisoblanadi.

Kirish👉 @kalendarlar
2021 yil 2️⃣ oktyabr, shanba

🎉 Bayramlar 🎉

😃 Jahon tabassum kuni
Xalqaro kuch ishlatmaslik kun
🔧 Rossiyada kasb-hunar ta'limi kuni


📔 Esda qolarli kunlar 📔

📔 1187 — Quddus qamali.
📔 1527 — Marburg munozarasi
📔 1720 yil - Rossiyalik sanoatchi Nikita Demidovich Antufiev podshoning tog'-kon metallurgiya biznesini rivojlantirish to'g'risidagi farmoni bilan shaxsiy zodagonlarga ko'tarilib, uning familiyasini Demidovga o'zgartirdi.
📔 1768 yil - Yekaterina II o'ziga bo'ysungan bir necha o'nlab serflarni o'ldirgan rus mulkdorlari Dariya Saltikovani umrbod ozodlikdan mahrum qilish to'g'risidagi farmonni imzoladi.
📔1803 - Moskva birinchi marta havo sharining parvozini ko'rdi
📔 1940 yil - SSSR Qurolli Kuchlari Prezidiumi malakali ishchilarni tayyorlash maqsadida Davlat mehnat zaxiralarini yaratish to'g'risida Farmon qabul qildi.
1944 — Varshava qoʻzgʻoloni bostirildi.
📔 1987 yil - Markaziy televideniyada "Vzglyad" dasturini namoyish qilish boshlandi
📔 1980 — bokschi Larry HolmesMuhammad Ali ustidan gʻalaba qozondi.
📔 2014 — Toshkentda Inha universiteti ochildi.
2020 - Qoraqalpog‘istonga yangi rahbar, Murat Kamalov Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi etib saylandi
2020 yil - Donald Tramp koronavirus yuqtirib oldi

🎁 Shu kuni tug'ilganlar 🎁

👶 1452 - Richard III - Angliya qiroli (1483-1485)
👶 1847 yil - Sergey Nechaev - rus inqilobchisi, "Xalq inqilobi" jamiyatining tashkilotchisi
👶 1852 - Uilyam Ramsay - ingliz kimyogari va fizigi, Nobel mukofoti sovrindori
👶 1869 - Maxatma Gandi - hind davlat va siyosat arbobi, faylasuf
👶 1882 - Boris Shaposhnikov - Sovet davlat arbobi, harbiy nazariyotchi, Sovet Ittifoqining marshali
👶 1902 yil - Pyotr Halperin - sovet psixologi, RSFSRda xizmat ko'rsatgan fan arbobi
👶 1904 yil - Grem Grin - ingliz yozuvchisi
👶 1914 yil - Yuriy Levitan - Butunittifoq radiosining Sovet diktori, SSSR xalq artisti
👶1949 yil- Rufat Rizqiyev - boks bo‘yicha jahon chempioni, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustasi
👶 1951 yil - Sting - britaniyalik musiqachi, qo'shiqchi va aktyor
👶 1964 yil - Evgeniy Sidixin - Sovet va rus teatr va kino aktyori, teleboshlovchi

❗️Kanalimiz ommalashishi uchun postni ko‘proq do‘stlaringizga ulashing!
Obuna bo‘ling:
@kalendarlar
2-oktyabr – Xalqaro kuch ishlatmaslik kuni

📌 BMT Bosh Assambleyasining 2007-yil 15-iyundagi rezolyutsiyasiga muvofiq, har yili 2-oktyabr Xalqaro kuch ishlatmaslik kuni sifatida nishonlanadi.

☑️ Mazkur rezolyutsiyaga koʻra, ushbu kunda muammolarni kuch ishlatmasdan hal qilishga targʻib etish belgilangan.

❗️Obuna bo‘ling: @kalendarlar