KADIROV JS
185 subscribers
204 photos
28 videos
19 files
126 links
Download Telegram
Forwarded from Bekhruzbek’s 🎙️
Qabul qilgan eng to‘g‘ri qarorlarimdan biri bu voz kechish.

Orqaga tortayotganlardan voz kechish, yaxshi tomonimni emas yomon tomonimni oshirayotganlardan voz kechish, maqsadsizlardan voz kechish, oson voz kechadiganlardan voz kechish…

99% narsalardan va odamlardan voz kechish va qolgan 1% ga bor kuch va e’tiborni qaratish exponential òsish olib keladi menimcha.

Yoki atrofdagilar òsib òzgarishi kerak yoki atrofdagilar òzgarishi kerak.

—————————
Give up — not on your goals,
but on everything that isn’t
⚡2
Forwarded from Ustoz Metodi ● Qodirov
Diqqat savol: Agar o‘qiganlarimizning 90% esdan chiqsa, kitob o‘qishdan ma’no nima?

Aslida yaxshi savol. Men ham bu savolni bir necha marta xayoldan o‘tkazib, o‘zimcha turli javoblar berganman. Balki sizning o‘quvchilaringizda ham shunday savol tug‘ilgandir. Bu savolga quyidagi rivoyat yaxshi javob beradi.

G‘alvir

Bir kuni shogird ustozidan so‘raydi: "Ustoz, men kitob o‘qiyman, lekin deyarli hammasi esimdan chiqib ketaversa, kitob o‘qib nima qilaman?"

Ustoz hech narsa demasdan, eski, ko‘mir tashishdan qop-qora bo‘lib ketgan g‘alvirni shogirdiga beribdi. "Daryodan shu g‘alvirga suv olib kel", deb buyuribdi. Shogird har safar suv olib kelishga urinmasin, daryodan ustozining oldiga yetguncha suv g‘alvirning oralaridan sizib tushib, hech qolmasmish. Bir necha urinishdan so‘ng u ustoziga: "Ustoz, iloji yo‘q, suv bunda turmayapti", debdi.

Shunda ustoz aytibdi: "G‘alvirga diqqat bilan qara-chi?" Shogird qo‘lidagi g‘alvirga qarasa, u avvallari ko‘mir changidan qop-qora bo‘lgan joylari top-toza bo‘lib, yaltirab turgan ekan.

Ustoz tushuntiribdi: "Kitob o‘qish ham xuddi shunday. Undagi ma’lumotlar xotirangda qolmasa ham, u aqlingdan o‘tib, tafakkuringni tozalaydi va sayqallaydi. Shunday ekan, eslab qolish g‘amini bir chetga sur, kitob o‘qishda davom et!"


O‘ylaymanki, bu tushuntirishga ortiqcha izoh shart emas. Har bir o‘qilgan kitob, esimizdan chiqsa ham, ongimizni poklaydi, fikrlashimizni charxlaydi va dunyoqarashimizni kengaytiradi.

@ustozmetodi — Zamonaviy ustozlar uchun!
🔥10⚡1😇1
🔥4⚡1
https://webiston.uz 👈🏼 Yana bir foydali manba.📈

— AI Engineering: Fundamental Modellar bilan Ilovalar Yaratish

— JavaScript: The Definitive Guide, 7th Edition

— Fluent React: Zamonaviy React Dasturlash

Frontend dasturchilari uchun foydali bo'lgan kitoblarni o'zbek tilida topishingiz mumkin.

Webiston web sahifasi mualliflariga alohida raxmat aytsak arziydi , o'zbek tilida foydali manbalar ko'payishiga o'z hissalarini qo'shishyapti ekan . 🔥
🔥7⚡2
Men loyiha davomida github bilan ishlashim :

— Project boshlandi
— git commit -m "start"
— Project tugadi
— git commit -m "finish"

Agarda sizda ham shunday holat bo'lsa buni davolashimiz kerak :)

https://www.conventionalcommits.org/uz/v1.0.0 👈🏼 Manashu qo‘llanma dardimizga davo bo'lar ekan. Hoziroq davolaning !
+ O'zbek tilida davolaning 😅
⚡3🔥2😁1🌚1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#intervyuda

👨🏻‍🏫 Intervyu oluvchi : Qanday architecturedan foydalanasiz ?
🧑🏿‍💻 Men : 🍝 Spagetti architecturasidan
😁5⚡2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qoyil lekin 😁
😁5⚡2❤2💔2🔥1
Rasmni hozir ko'rib rosa kulibman .

soat 18:00 , biz ishdan ketishga tayyormiz 😁

Birinchi ishni ishonib topshirgan Shaxzod akagayam raxmat aytib ketish kerak shu joyida 🤝 )

Qisqa muddat , ko'p tajriba , yaxshi hamkasblar, qiziqarli xotiralar.
🤣3⚡1👍1🔥1😁1
Sarvarbek_Qodirov_Frontend_Resume.pdf
57.7 KB
#resumeupdate

Ko'rib chiqib feedbacklaringizni izohlarda yozib qoldirsangiz men uchun juda foydali bo'lar edi.

Clickga ishga kirib ketganimda manashu bolani rejectdan o'zim saqlab qolganman desangiz bo'ladi keyin :)

ps: Resumega harbaloni yozib tashlamang keyin unga javob berish ham bor. 1-2martta ishlatib ko'rgan tehnalogiyalarimni ham qo'shib qo'ydim resumeyimga . Endi o'ylab qoldim bu haqida . Endi shuncha narsani qaytarib ko'rib chiqishim kerak :(
⚡2🔥2🏆2❤1
#togrilashkerak

Code yozish bo'yicha bilimlarimni oshirib boryapman.

Lekin fikrlash(algoritm) bo'yicha kamchiligim bor . To'g'ri oldingidan ko'ra hozir sal bo'lsayam rivojlandi. Lekin men bu uchun alohida mashqlar bajarmadim yoki o'qib o'rganmadim . Shu skillni rivojlantirish bo'yicha maslahatlar bo'lsa izohlar qismida yozib qoldiring. Ko'pchilik uchun foydali bo'ladi .
🔥3⚡2
Bitiruv deb o‘ylamang, bu boshlanish.

Bu kun shunchaki, kursing yakuni . Juda ko'p ishlarning boshlanishi aslida .
Yakunlagan guruxlarim ichida 1-rasmga tushishga ulgurganim gurux :)

Kurs tugadi lekin o'qish endi boshlanadi.Bunisi aniq 😉


GitHub | Instagram | Telegram
🔥7⚡4👏4❤3❤‍🔥1
Beckendchini ovora qilish 🙅‍♂️
Serverless function ✔️

Websiteni CTA qismidagi formdan kiritilgan ma'lumotlarni telegram bot orqali adminga yuboradigan qilib qo'ydim.

NextJs + Serverless fn + Tg bot + Vercell

GitHub | Instagram | Telegram
❤2😁2⚡1
🧠 Miyyamdagi dunyo

-- Miyyamda bir dunyo bor .
-- U yerda nimalar bo'ladi ?
-- Loyiha uchun idealar tug'ilib , bir muddat yashab olamdan o'tishadi. 😁
😁4⚡1
Horror janrda yozsam :

🧠 Miyyamdagi qabriston

-- Miyyamda qabriston bor .
-- U yerga kimlar ko'miladi ?
-- Idealarim 💀

Ahad Qayumga senariy yozib bersam bo'larkana 😁
😁5🤣3⚡1❤1👻1
#yilsarxisobidan

Muhammadxon aka Najimov -- Tajribasini o'zi yoshimizdan katta bo'lgan inson (dasturchi arxitektor ) naji.mov @leph0 😁.

21.12.2025 Najot ta'lim Chilonzor filiali
👍3⚡2❤‍🔥1❤1