Kadirov Dev
6.94K subscribers
274 photos
157 videos
366 links
Kanal orqali dasturlashni bepul รตrganishingiz mumkin

Akademiya: https://kadirov.dev
AstraCode ๐Ÿ‘‰ astracode.net

Youtube ๐Ÿ‘‰ https://youtube.com/kadirovDev

Instagram ๐Ÿ‘‰ https://instagram.com/kadirovDev

Facebook ๐Ÿ‘‰ https://facebook.com/kadirovDev

MyBlog ๐Ÿ‘‰ h
Download Telegram
Ekzoskelet uchun yordam so'rab murojaat qilgan edim.

Qo'lidan kelgan pul ulashdi, boshqalar maqolani tarqatishga yordam berishdi. Hammangizga katta rahmat aytmoqchiman. Olga ham "Shogirtlaring juda yaxshi bolalar ekan, ularga keyingi so'zlarimni yetkaz" - deb iltimos qildi. Mana uning so'zlari:

"Bizning iltimosimizga odamlar shasht bilan javob berayotganini ko'rsam, mashhur temirchi Shoaxmad Shomahmudov va uning rafiqasi haqidagi "Sen yetim emassan" filmi yodimga tushadi. Ular ulug' vatan urushi davrida har xil millatga mansub 15 bolani boqib olishib, oxirgi non ushog'igacha bo'lishishgan edi. Va men, shu paytgacha qiyinchilik va sinovlardan o'tgan xalqimizning yuragi va qalbi o'zgarmaganini ko'rayapman. Men xalqimiz va vatanimiz bilan faxrlanaman. Hammalaringizga ko'ksim yerga tekkuncha ta'zim qilaman"

Ekzoskeletga yig'ish kanali - @ekzoskeletdlyaaykanush

To'g'ri, barcha summa yig'ilishiga hali bor. Lekin bu savob ishga qanchadir hissamizni qo'shganimizdan hursandman.

Bolalar - rahmat!

@kadirovDev
Izohlarda va shaxsan o'zimga IT-park haqida juda ham ko'p savollar beriladi.

Odatda ularga o'zim ham park haqida ko'p ma'lumotim yo'qligini, IT-Park'ning o'ziga murojaat qilishlarini so'rayman.

Video darslarim tayyor bo'lguncha bilasizlar har xil jonli efirlar, suhbatlar, maqolalar va shunga o'xshash IT olamidagi materiallar tayyorlayman.

Bu safar IT-Parkka tashrif buyurishga qaror qildik.

Agar savollaringiz bo'lsa, ushbu postga izoh sifatida qoldiring. Yaxshi savollarni saralab, ularni park xodimlariga beramiz

@kadirovDev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IT-Park bilan suhbat

SIzlardan IT-Park haqida ko'plab savollar kelardi. Lekin, men ham park faoliyati haqida kam ma'lumotga ega edim. Shuning uchun ham parkka tashrif buyurdik va sizlardan kelgan savollarni berdik. Menimcha juda informativ suhbat bo'ldi.

Suhbatimiz premyerasi Yakshanba kuni, 31-yanvarda soat 19:45 da bo'ladi. Hammangizni tomosha qilishga taklif qilamiz!

Video - https://youtu.be/36bD4CbAbxk

@kadirovDev
#suhbat #video
IT-Park bilan suhbat

Premyeraga 15 daqiqa qoldi. Eslatib o'tamiz: suhbatni bugun, 31-Yanvar soat 19:45 da tomosha qiling

Video - https://youtu.be/36bD4CbAbxk

@kadirovDev
Dasturlashni oโ€™rganayotganda koโ€™p uchraydigan savollarga โ€“ javob

Instagram akkauntimga juda ko'p savollar keladi. Ko'pchilik bir hil narsani so'rashadi. Ko'p uchraydigan savollarni bir joyga to'plab - javob yozdim.

Ushbu maqolani bu yerda topishingiz mumkin - http://myblog.uz/2021/02/01/dasturlashni-organayotganda-kop-uchraydigan-savollarga-javob/

@kadirovDev
#text
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Darslar davom etadi!

Yaqin kunlarda keyingi darsimizni chiqarish niyatimiz bor. Videoda aytilgan kanal: @texnosar_uz

@kadirovDev
Yana "Zapret"!

Skype, VKontakte va yana bir qancha servislar bloklandi. Nima emish, ular bizning ism familiyamizni O'zbekiston hududida saqlamas ekan!

Bu bahona bilan istagan servisni yopish mumkin. Keyingisi kim bo'ladi? Google? Youtube? Facebook, yoki Telegram?

"O'zkomnadzor"ning akasi, "Roskomnadzor" huddi shu qonunni chiqargandi, 5 yilcha oldin. Hech narsa qo'lidan kelmadi, biror gigant kompaniya ma'lumotlarini Rossiyaga ko'chirgan emas.

Ko'chirmaydi ham. Yana o'zimizcha hayron qolamiz, "Nega dasturchilarimiz ketib qolayapti?", - deb. Pul uchun emas do'stlar, O'zbekistonda yaxshigina daromad topish mumkin. Lekin hech kim "Shimoliy Koreya"da yashagisi kelmaydi!

@kadirovDev
Keyingi darsimizning matni tayyor bo'ldi.

Yozilgan kodlarni tekst variantida tushunish osonroq. Shuning uchun ham, video tayyor bo'lguncha, darsning tekst variantida o'qib, o'rganib turishingiz mumkin.

Ushbu dars orqali Bootstrap freymvorkini o'rganasiz.

Maqola bu yerda - http://myblog.uz/2021/07/14/9-bootstrap-3-qism-veb-dasturlash-kursi/

@kadirovDev
#text #veb_dasturlash_kursi
YouTube uchun biz endi yo'qmizmi?

O'zbekiston internet gigantlarga - ular ma'lumotlar omborlarini O'zbekistonga ko'chirishmasa, bizning hududda ishlay olmasliglarini bildirib xat yuborgan edi.

Bir nechta servislar allaqachon bloklandi. Buning ortidan Youtube O'zbekistonni davlatlar ro'yxatidan chiqarib tashlaganini eshitdim. Ishonmay kanalimga kirsam, rostan ham "Davlatsiz" bo'lib qolibman.

Qarangki, YouTube uchun O'zbekiston endi davlat ham emas. O'zbekiston fuqarosi bo'la turib, o'zbek tilida darslar tayyorlab, kanal davlatini esa "Rossiya" deb ko'rsatishga majbur bo'ldim. Davomi nima bo'ladi? Skype, Vkontakte, Twitter, Tik-Tok ortidan YouTube ham yopiladimi?

Dunyoning 3 dan bir qismi foydalanaydigan bu platforma eng sara bilimlarga ega kutubxonaku!

Halqimizni internetdan chegaralash uning ma'lumot olish huquqini cheklash deb bilaman.

Deputatlardan "Shaxsiy ma'lumotlarni O'zbekiston hududida saqlash" haqidagi qonunni bekor qilishlarini iltimos qilaman!

@kadirovDev
Yaqinda Rossiyaning eng zamonaviy banki - Tinkoff'ning dasturini yaratuvchi shogirdim bilan intervyu uyishtirmoqchiman.

Unga 3 yilcha oldin dasturlashni o'rgatgan edim. Undan so'ng qanaqa qiyinchiliklarni ko'rdi, nimalarni o'rgandi va shunga o'xshash savollarni bermoqchiman. Sizdan ham shogirdim uchun savollaringizni izohlarda kutib qolaman.

Tinkoff banki haqiqiy IT bank hisoblanadi. Bank haqida bu yerda maqolamni o'qishini maslahat beraman

@kadirovDev
Izohlarda ko'pchilikka bir hil javob bermoqdaman

Chunki 80% odam bir hil savol berishmoqda. Eslatib o'tmoqchiman, bir qancha vaqt oldin MyBlog.uz saytida ko'p uchraydigan savollarizga javob bergan edim.

Agar o'qimagan bo'lsangiz albatta ushbu maqolani o'qing. Maqolada dasturlashni o'rganish uchun nimalar qilish kerakligi - qadamma qadam aytib berilgan. Undan tashqari "ingiliz tilini bilish shartmi?", "Qanaqa kompyuter kerak bo'ladi" va boshqa ko'plab uchraydigan savollarga javob berilgan.

Maqola: https://myblog.uz/2021/02/01/dasturlashni-organayotganda-kop-uchraydigan-savollarga-javob/

@kadirovDev
Forwarded from PDP Academy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ish topish siri

"Sen bu ishni qila olmaysan", "Qo'lingdan kelmaydi", "Bu ishga aqling yetmaydi" singari insonga negativ emotsiya beruvchi jumlalar aslida ko'plab insonlar hayotini tubdan o'zgartirib yuborgan.

Navbatdagi PDP Event loyihamiz qahramoni yuqoridagi vaziyatga yaqqol misol bo'la oladilar; 15 yillik tajribaga ega dasturchi, IT park rezidenti, bir nechta xorijiy kompaniyalarda ish olib borgan tajribali mutaxassis Akmal Qodirov bilan bo'lib o'tadigan suhbat bo'lajak dasturchilarimiz uchun manfaatli bo'lishiga ishonamiz.

๐Ÿ—“Tadbir sanasi: 31-iyul, Soat 17:00da

Manzil: Shayxontohur tumani, Beruniy ko'chasi, 3A.
Mo'ljal: Chorsu, Florensiya to'yxonasi ro'parasida.

โ˜Ž๏ธ (78) 777-47-47
๐Ÿ‘ฉโ€๐Ÿ’ป Eventga ro'yxatdan o'tish ๐Ÿ‘‰๐Ÿป @PDPSupportBot

Kanalga ulanish ๐Ÿ‘‰๐Ÿป @pdpuz

Website | Instagram | Youtube| TikTok
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shogirdim Otabek Taganov bilan #suhbat

Otabek Taganov Umumiy dasturlash teoriyasini mendan o'rganib, Java tilini esa mustaqil internetdan o'rgangan. Hozirda yosh va ajoyib dasturchilardan biri.

Tinkoff 2020 yilda dunyoning eng zoโ€™r mobil banki deb topildi (Global Finance โ€” Best Digital Bank Award 2020). Bunga shogirdimning ham hissasi borligidan hursandman.

Suhbatimiz premyerasi ertaga, 2-avgust soat 19:45 da bo'ladi. Hammangizni tomosha qilishga taklif etamiz!

Video - https://youtu.be/n2EfOLbbxng

@kadirovDev
MyBlog.uz | Instagram | YouTube | Vk.com
Shogirdim Otabek Taganov bilan suhbat

Premyeraga 15 daqiqa qoldi. Hamma tayyormi? Video - https://youtu.be/n2EfOLbbxng

@kadirovDev
MyBlog.uz | Instagram | YouTube | Vk.com
Menimcha bu eng zoโ€™r server ijarasi

MyBlog.uz saytida nafaqat mening ma'qolalarim, balki boshqa ko'plab dasturchilar ma'qolalari chiqadi. Misol uchun bir qancha vaqt oldin Abdusamat Solijonovning "Menimcha bu eng zoโ€™r server ijarasi" nomli ma'qolasi hozirgacha aktual. Kim hosting, VDS va umuman web dasturi ishlashi uchun platforma qidirayotgan bo'lsa - ushbu maqolani maslahat bergan bo'lardim.

Ma'qola - https://myblog.uz/2019/11/30/menimcha-bu-eng-zor-server-ijarasi

@kadirovDev
MyBlog.uz | Instagram | YouTube | Vk.com
Ish topish siri #video

Ko'pchilik 2-3 marotaba ish suhbatidan o'taolmagach, dasturlashdan ko'ngli qolib - tashlab ketadi. Yaqinda PDP Event loyihasiga mehmon sifatida taklif qilishdi. Aynan ish topish mavzuda chiqish qildim, ko'pchilikka foydalik ma'lumotlar, maslahatlar berishga harakat qildim. Umid qilaman sizlarga ham yoqadi.

Video - https://youtu.be/LTJ9s0Rf5CY

@kadirovDev
MyBlog.uz | Instagram | YouTube | Vk.com
PHP eskirgan, JS eng rasvo, Java o'lik, Python esa umuman aqli zaiflar tili

Men ko'plab shunga o'xshagan xatlarni olaman. Barcha tillarni yomonlashganlarii uchun, odamlar qaysi tilni o'rganishlarini bilmay qolishadi. Ularga bir gap aytmoqchiman:

Dunyoda ikki hil til bor:
1. Barcha so'kadigan tillar
2. Hech kim ishlatmaydigan tillar

@kadirovDev
MyBlog.uz | Instagram | YouTube | Vk.com