Juvajon - Jahon taomlari👩🏻‍🍳
145 subscribers
12 photos
257 links
Kanalga xush kelibsiz!

Juvajon – jahon taomlari retseptlari haqida Telegram kanal. Obuna bo'ling: @Juvajon

Kanalga reklama qo'yilmaydi.

Bog'lanish: @Juvajon_adminka

#pazandachilik #taomlar #pishiriqlar #retseptlar
Download Telegram
*Shokoladli Brauni (Chocolate Brownie)*

Braunilar birinchi marta 19 asrning oxirida AQShda yaratilgan va 20 asrga kelib Kanada va AQSh bo‘ylab keng tarqalgan. Braunilar issiq holda ham, sovuq holda ham juda yoqimli bo‘ladi. Issiqligida odatda muz-qaymoq yoki ko‘pirtirilgan qaymoq bilan yeyiladi. Braunilar g’arb mamlakatlarida eng keng tarqalgan shirinliklardan biri. Uni tayyorlash oson bo‘lib, doim yaxshi natija beradi.

👩🏻‍🍳 Kanalga ulanish 👩🏻‍🍳
*Kinva (quinoa, киноа) salati*

Kinva – oqsil, vitamin va minerallarga bo‘yligi bilan hamma don o‘simliklaridan yuqori turadi va g‘arbda “super food”, ya’ni super taom, hisoblanadi. Bu salat ovqat o‘rnini bosadi va odam uchun kerakli hamma ozuqaviy moddalarga to‘la. Kinva salati sog‘lom ovqatlanishdagilar uchun ajoyib taom.

👩🏻‍🍳 Kanalga ulanish 👩🏻‍🍳
*Carrot cake – Angliyadan sabzili tort*

Sabzi torti birinchi marta 1591 yilda Angliyada chop etilgan retseptlar kitobida eslatilgan, lekin bu tort ungacha ham tayyorlangan. Hozirda bu tortning zamonaviy varianti Angliya, AQSH, Kanada va Avstraliyada keng tarqalgan. Bu tort mening eng yaxshi ko‘rgan tortlarimdan biri. Sabzi tortini tayyorlash juda oson. Albatta tayyorlab ko‘ring, sizga ham yoqishiga ishonchim komil.

👩🏻‍🍳 Kanalga ulanish 👩🏻‍🍳
*Shokoladli pechenye – Chocolate chip cookies*

1chi iyun - Xalqaro Bolalar Kuni uchun maxsus retsept!

Bu pechenye butun dunyoga mashhur. Ular birinchi marta 1938 yili Amerikalik oshpazlar Ruth Graves va Sue Bridies tomonidan yaratilgan. Bu pechenye og’izda eriydigan bo‘ladi. Ularni tayyorlashni va yeyishni bolajonlar juda yaxshi ko‘radi.

👩🏻‍🍳 Kanalga ulanish 👩🏻‍🍳
*Fransuzcha baget (French Baguettes)*

Baget noni Fransiyaning belgisidir. U dunyodagi eng shirin nonlardan biri, lekin oddiy mahsulotlardan tayyorlanadi. Bagetning usti qattiq-qarsildoq, ichi esa yumshoq bo‘ladi. Odatda uni maxsus suv purkaydigan duxovkada pishirishadi. Bugun biz uni uy sharoitida tayyorlaymiz.

👩🏻‍🍳 Kanalga ulanish 👩🏻‍🍳
*Napoleon torti*

Napoleon tortini tanishtirishning keragi yo‘q deb o‘ylayman, chinki uni sobiq sovet ittifoqi mamlakatlarida yashaydigan deyarli barcha odam yaxshi taniydi. Bu tort nega bunday deb nomlanishini hech kim aniq bilmaydi, lekin mazasi hammaga yoqadi. Napoleonni hamma har xil tayyorlaydi. Bugun men taqdim qilayotgan retsept bo‘yicha tayyorlangan tort mayin bo‘ladi, hamda krem singiganda ham korjlari uqalandigan holatda qoladi.

👩🏻‍🍳 Kanalga ulanish 👩🏻‍🍳
*Ispancha tortilla*

Bu taoming yana bir nomi ispancha omletdir. U ispan oshxonasining imzo taomlaridan biridir. Uni issiq yoki sovuq holada ham iste’mol qilish mumkin. Piknik yoki ishga olib ketish uchun ham to‘g‘ri keladi.

👩🏻‍🍳 Kanalga ulanish 👩🏻‍🍳
*Klafuti (Claufoutis) – yana bir fransuzcha dessert*

Klafutining vatani Fransiya, lekin u boshqa Yevropa mamlakatlarida va AQSHda ham ko‘p uchraydi. U odatda gilosning faslida tayyorlanadi, lekin uni boshqa rezavor mevalardan ham tayyorlash mumkin. Uning mazasi zavarnoy krem va pankeykning aralashmasini eslatadi. Tez tayyor bo‘ladigan fransuzcha dessert.

👩🏻‍🍳 Kanalga ulanish 👩🏻‍🍳
*Tovuq naggetlari (chicken nuggets)*

Bugun hammaga, ayniqsa bolalarga juda yoqadigan tovuq naggeti retsepti bilaman bo‘lishaman. Bilasizmi u birinchi marta 1950 yilda AQSHda yaratilgan va mashhur ‘fast-food’ ovqati bo‘lib ketgan. Uy sharoitida tayyorlangan naggetlar ancha mazali, hamda zararli moddalardan holi bo‘ladi. Juda oson retsept.

👩🏻‍🍳 Kanalga ulanish 👩🏻‍🍳
*Qirolicha Viktoriya torti – Victorian sponge cake*

Bilasizmi, bu tort xamirturush solinmasdan qilingan birinchi tort hisoblanadi (ungacha hamma tortlarning xamiriga xamirturush solingan). Yana bu tort Britaniya Imperiyasining XIX asrdagi qirolichasi Viktoriyaning eng yaxshi ko‘rgan shirinligi bo‘lgan, shuning uchun ham tortga shu nom berilgan. Bu tort Britaniyada eng keng tarqalgan tortdir va uning retsepti asrlar davomida ham o‘zgarmagan. Eslab qolishga eng oson retsept.

👩🏻‍🍳 Kanalga ulanish 👩🏻‍🍳
*Nicoise salati (Salade niçoise) – Fransuzcha salat*

Niçoise – Fransuzchadan o‘qilishi “Nisua”, Nice (Ница) shahri odami, ya’ni, Nicelik mazmunini anglatadi. Bu salat Fransiyaning Nice shaxrida birinchi marta tayyorlangan va 20 asrning boshlarida dunyoga keng tarqalgan. Nicoise salati issiq oylar uchun eng ajoyib salat, unda odam organizmi uchun kerakli hamma ozuqalar bor va ovqat o‘rnini bosadi. Lekin kaloriyasi judas oz. Shunday ekan sog‘lom ovqatlanishdagilar va vazn tashlamoqchi bo‘lganlar uchun juda mos, tezda tayyor bo‘ladigan retsept.

👩🏻‍🍳 Kanalga ulanish 👩🏻‍🍳
*Sulidan maffinlar – nonushta uchun sog‘lom kekslar*

G‘arbda “oat muffins” deb nomlanadigan kekslar, nonushta yoki tamaddi uchun juda qulaydir. Bu ham foydali, ham bir zumda tayyor bo‘ladigan pishiriq. Dam olish kuni tayyorlab qo‘yilsa xolodilnikda juda yaxshi saqlanadi. Nonushta qilishga vaqti yo‘qlar ishga va o‘qishga olib ketishi uchun ayni muddao.

👩🏻‍🍳 Kanalga ulanish 👩🏻‍🍳
*Tovuqli Gyros – Grekcha taom*

Gyros (Grekchadan talaffuzi “yiros”) bu Grekcha usulda uzun sixni aylantirish usulida pishirilgan go‘sht. U Gretsiyada asosan tovuq go‘shtidan tayyorlanadi, lekin boshqa go‘shtlardan ham tayyorlasa bo‘ladi. Bugungi retsept, Gyrosni uy sharoitida tayyorlash. Gyros sog'lom taomlar turkumiga kiradi.

👩🏻‍🍳 Kanalga ulanish 👩🏻‍🍳
*Pita, yoki pitta, noni*

Pita noni bu Yaqin sharq mamlakatlarining noni bo‘lib, vatani Gretsiya hisoblanadi. Bu yengil va yupqa non bo‘lib, odatda ushoq bo‘lmaydi. Uning orasi cho‘ntak bo‘lib, har xil sabzavotlar, pishloq va pishgan go‘sht mahsulotlari bilan to‘ldirish uchun juda qo‘l keladi.

👩🏻‍🍳 Kanalga ulanish 👩🏻‍🍳
*Tzatziki sousi*

Avval biroz grek yogurti haqida – grek yogurti suvi uch marta siqib olingan yogurtdir. Shuning uchun u qo‘yiq va oqsilga juda boy bo‘ladi. Undan har xil souslar tayyorlash mumkin. Tzatziki sousi shu jumladandir. Bu grek sousi tetiklantiruvchi sous bo‘lib, u kalsiy, oqsil va foydali yog‘larga boy. Tzatziki pita noni yoki sabzavotlar bilan yeyishga juda mos tushadi.

👩🏻‍🍳 Kanalga ulanish 👩🏻‍🍳
*Germaniya pankeyki (German pancake) yoki “Dutch baby”*

Germaniya pankeyki tipik Amerika taomidir. Bu pankeyk birinchi marta Seattle (Vashington)da tayyorlangan. Bugun Germaniya pankeykini ikki xil nonushta va dessert usulini yozaman. Xullas, Germaniyada yaratilmagan Germaniya pankeykining retsepti.

👩🏻‍🍳 Kanalga ulanish 👩🏻‍🍳
*Achqimtir ta’mli italiyancha non – Rustic bread*

Bu non Italiyaning Sitsiliya orolidan kelib chiqqan. Non o’ziga hos achqimtir ta’mi bilan tanilgan. Nonning usti qarsildoq, ichi yumshoq bo’ladi. Uzoq vaqt oshiriladigan xamir, ishlaydiganlar uchun juda qulay: bir kun oldin olingan xamir, ertasi kuni ishdan keyin pishirishga tayyor bo‘ladi. Bu non qozonda pishiriladi.

👩🏻‍🍳 Kanalga ulanish 👩🏻‍🍳