O‘zJU Andijon boʻlimi
8.93K subscribers
11.4K photos
1.09K videos
10 files
1.74K links
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Andijon viloyat bo‘limining rasmiy sahifasi

Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=100089599550916&mibextid=ZbWKwL
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Uyushma_minbari

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi v.b. Xolmurod Salimovning “Zamonaviy fotojurnalistika: anʼana, tajriba va mahorat uygʻunligi” mavzusida oʻtkazilgan seminar-treningda bildirgan fikrlari
Shavkat Mirziyoyev: Falastin xalqi bilan birdam ekanimizni qatʼiy bildiramiz

O’zbekiston Prezidenti Isroil armiyasi va Xamas harakati o‘rtasida davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlar haqida munosabat bildirdi:

“Bolalar va ayollar halok bo‘lmoqda, odamlar boshpanasidan ayrilmoqda, o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lmoqda.

Men G‘azo sektori aholisiga baholi qudrat yordam ko‘rsatish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligiga 1 million 500 ming dollar ajratish haqida qaror qabul qildim.
   
Biz Falastin xalqi bilan birdam ekanimizni qatʼiy bildiramiz va uning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashining ilgari qabul qilingan rezolyutsiyalariga muvofiq o‘z mustaqil davlatini barpo etishga bo‘lgan huquqini qo‘llab-quvvatlaymiz", - dedi Shavkat Mirziyoyev.
#Kitob_taqdimoti
#Ijodiy_kecha
#Zamira_Rõziyeva

Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Xalqaro Bobur mukofoti sovrindori, "Oltin qalam" milliy mukofoti sohibasi, shoira, taniqli jurnalist Zamira Roʻziyevaning yangi kitoblari taqdimoti va ijodiy kechasi oʻtkazildi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi rahbari, shoira Xurshida Vahobjon qizi aljumanni ochib, shoiraning ijod yoʻliga toʻxtaldi, serqirra ijodkorning keyingi yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, viloyat hokimligi, Oltinkoʻl tumani hokimligi homiyligida nashr etilgan kitoblari haqida maʼlumot berdi. 

Universitet birinchi prorektori Xurshidbek Xoʻjamberdiyev ustoz shoirani qutlab, uning oʻziga xos ijodi va faoliyati yuzasidan soʻz yuritdi. Adabiyotshunos olim va shoir, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Halim Karim shoiraning yangi kitoblari tahliliga bagʻishlab maʼruza qildi. Oltinko‘l tumani hokimi o‘rinbosari, jurnalist Faxriddin Parpiyev, Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi Hamidjon Omonov, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi rahbari Abdulhamid Nurmatov, ustoz shoir, "Doʻstlik" ordeni sohibi Farid Usmon, Oʻzbekiston Qahramoni, olim va murabbiy Shukurjon Mamatqulov, shifokor Usmonjon Shokirov, bastakor Xatira Akramova, nuroniylar vakillari va boshqalar ham shoira ijodi, faoliyati to‘g‘risida o‘z fikrlarini bayon etdilar.

Muhammad Yusuf nomidagi Ijod maktabi oʻquvchilari shoira sheʼrlaridan oʻqidilar.

Eʼtibor, tabriklar va olqishlardan ruhlangan shoira Zamira Roʻziyeva barchaga minnatdorchilik bildirib, yangi yozgan sheʼrini oʻqib berdi.
#Hurriyat_gazetasi

Tahrir san’atga aylansin
yoxud hududiy matbuot sahifalarida nima gap?

Davrlar oralig‘ida hamma narsa ham islohga, yangilanishga ehtiyoj seza boshlaydi. Ayni kunda katta islohotlar va keskin yangilanishlarga nihoyatda muhtoji — bu O‘zbekistondagi aksar hududiy bosma ommaviy axborot vositalaridir.

Darhaqiqat, o‘zbek adabiy tilini rivojlantirish va unga yangi atamalarni kiritishda, ayniqsa, oddiy odamlar orasida o‘zbek adabiy tilini targ‘ib etishda, ommaviy axborot vositalari, xususan, bosma ommaviy axborot vositalarining o‘rni va ahamiyati katta.

Batafsil: O‘zbek (kirill) | O‘zbek (lotin)
#mediya_xakaton_2024

Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi Oʻzbekistondagi OAV tahririyatlari oʻrtasida "Media Hackathon - 2024" uchun tanlov eʼlon qildi.

Saralab olingan 10 ta jamoa qatnashib, medialoyihalarni amalga oshirish hamda uzoq muddatli mentorlik koʻmagi uchun 10 ming AQSH dollarigacha grant mablagʻlarini olish imkonini beruvchi konkursda roʻyxatdan oʻtgan, faoliyat koʻrsatayotganiga ikki yildan oshmagan OAV tahririyatlari ishtirok etishlari mumkin.

Arizalar ikki kishilik jamoalardan qabul qilinadi.

Oʻtkazish sanasi: 2024 yilning 5-9 fevral kunlari.

Milliy va xalqaro ekspertlardan iborat professional trenerlar jamoasi.

Ishtirokchilar 5 kun davomida oʻz medialoyihalarini ishlab chiqadilar. Soʻnggi kun eng yuqori ballarini olgan medialoyihalar grant mablagʻlari bilan qoʻllab-quvvatlanadi.

Ariza topshirish muddati: 2023 yil, 30 noyabr

Batafsil maʼlumot va ariza topshirish ushbu havolada.
https://mjdc.uz/tpost/bc5npoanu1-media-hackathon-2024da-ishtirok-etish-uc
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi v.b. Xolmurod Salimovning “Oydin hayot live” koʻrsatuvida bildirgan fikr-mulohazalari
#yosh_jurnalistlar_maktabi

Insonni qaday rasmga olish mumkin?

"Yosh jurnalistlar" maktabi tinglovchilari uchun navbatdagi mashgulotda insionni kadrda tasvirlash bo'yicha mashg'ulot bo‘lib o‘tdi.

Trener
Abduvali Qurbonov olib borgan mashg‘ulotda tinglovchilar qanday rasmga olish bo'yicha ko'nikmalarga ega bo'lishdi.

- Insonni telefonda rasmga olish bo'yicha bugungi mashg'ulotda kerakli tushunchalarni oldim. Umumiy, o'rta, yaqin, yirik planlar haqida bilib oldim. Mashg'ulot menga mobil jurnalistika bo'yicha ko'p narsalarni o'rgatmoqda - deydi tinglovchilardan biri Umida Xolmuhammadova.

Kurs mashg'ulotlari davom etmoqda.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Andijon viloyati aholisi, jurnalist va blogerlar diqqatiga!

Joriy yilning 4-noyabr kuni soat 9:00 da Andijon viloyatida “Chiqindilarni yig‘ish, saralash, olib chiqish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish, chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar holati” mavzusida jamoatchilik eshituvi  bo‘lib o‘tadi.

Sizni ayni shu yo‘nalishda qiziqtirgan savol, taklif va murojaatlaringiz bo‘lsa mazkur jamoatchilik eshituvida ishtirok etishingiz mumkin.

Unda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi rahbariyati, mutasaddi tashkilot va idoralarning mas’ul xodimlari bevosita ishtirok etadi.

Manzil: Andijan tumani, Oliygoh ko'chasi 1-uy. Andijon tumani Qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti. (Mo‘ljal: tuman hokimligi).

Ro‘yxatdan o‘tish va ma’lumot olish uchun: (77) 003-11-14 raqamiga bog‘lanishingiz mumkin.