JavaScript
663 subscribers
389 photos
60 videos
8 files
176 links
Fullstack Javascript complete guide
Download Telegram
JavaScript
Bugun Javascript Dasturlash tilining asoschisi Brendan Eich 61 yoshni qarshiladi. Javascript nafaqat Web Dasturlashda yaqqol peshqadam balki, boshqa sohalarda ham boshqa dasturlash tillari bilan bemalol raqobat qila oladigan yagona Versatile Programming Language…
Brendan Eich 1961-yilda 4-iyulda tug’ilgan Amerikalik texnolog va JavaScript dasturlash tilining asoschisi hisoblanadi. U yoshligida Pittsburgda yashab, 1985-yilda magistrlik darajasini olgan.

Eich o’zining karyerasini “Silicon Graphics” korxonasida boshlab, 7 yil davomida operatsion sistemalar va tizimlarni kodlashtirish ustida ishlagan. So’ng, “MicroUnity” korxonasida o’z faoliyatini davom ettirib 3 yil davomida kodlashtirish bilan shug’ullanib kelgan.

1995-yilga kelib u Netscape korporatsiyasida ish boshlagan. Dastlab u “Scheme”ni brauzerga o’rnatmoqchi bo’lgan ammo boshliqlari tilning sintaksisi Java dasturlash tiligi o’xshashligini ta’kidlashgan. Eng so’nggi natijada tilda Scheme ning funksionalligi, Selfning obyekt yo’nalishi va Javaning sintaksisi paydo bo’lgan. Tilning birinchi versiyasi 10 kun ichida tayyorlanadi va Mocha deb nomlanadi. Keyinchalik sentyabr oyida Mocha LiveScriptga o’zgartiriladi, dekabr oyiga kelib esa JavaScript deb ataladi. Eich JavaScriptni rivojlantirishni davom ettiradi.

Mozilla va Brave Software

Eich shuningdek Mozilla qo’shma korxonasiga va keyinchalik Brave Software korxonalariga ham asos solgan. Brave Software brauzer hisoblanib u asosan foydalanuvchi oldidan chiqadigan reklamalarni o’chirish uchun hizmat qilib keladi.

Ta’kidlash joyizki Brendan Eich o’zi ishlagan deyarli barcha korxonalarda muvaffaqiyatga erisha olgan.
👍20
Node, Express, Mongodb va Postman yordamida Rest APi yozamiz

https://youtu.be/UXlt5zyc2yY


Kanal @jstutorial
👍11
Kanalimiz a'zolari youtube kanalimizga qaysi mavzuga doir video darsliklar tayyorlaylik?
Albatta fikrlaringizni #comment da qoldiring. Sizning fikringiz biz uchun muhim.
Assalomu alaykum barchaga.
Javascript ga doir algoritmlar yechish uchun ushbu
https://the-winter.github.io/codingjs/
saytni tanladim. Xudo xohlasa ushbu saytdagi barcha algoritmlarni birgalikda yechishga harakat qilamiz va yechimlarni video tarzda youtube va @jsalgorithms kanaliga yuklab borishga harakat qilaman. Albatta qo'shimcha qilib Fullstack Javascript ga doir darslar ham yuklab boriladi.

PS: Agar Masalalarga algoritm tuzishga qiynaladigan dasturchilar bo'lsa postni ulashishni tavsiya etaman.

Algoritmlarni yechishga doir muhokama guruhimiz @jsfamily


Telegram kanalimiz @jstutorial
👍12
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Video ga nima deb nom bergan bo'lardingiz? 😀

Kanal @jstutorial
😁12🤬1
Using Import module statement in Node.js

Agar ES6 da ishlamoqchi bo'lsangiz package.json file ga "type":"module" qo'shib qo'yishimiz kerak. Bo'lmasa xatolik beradi.


Kanal @jstutorial
👍10
Node.js va Deno ga raqobatdosh yana bir yangi Javascript Runtime Environment bun.js bilan tanishing.

Github sahifasi

Kanal @jstutorial
👍17🤔1💩1
Javascript array handbook
2.9 MB
Javascript Array qo'llanma. Sodda misollar bilan tushuntirilgan yaxshi qo'llanma

Kanal @jstutorial
👍2
Youtube kanalimizda yangi video dars.

Javascriptda dasturlash tilida siz bilishingiz zarur bo'lgan va kodingizni optimizatsiya qilishga yordam beradigan bir nechta muhim tricklar
https://youtu.be/2dOGjGERDJo

Telegram kanal @jstutorial
👍6
Reactchilardan Reaksiya kutaman 😀

Kanal @jstutorial
😁64🤮18💩14👍9🤯5😢3
Agar sizda Javascriptga doir yetarli bilimlar bo'lsa, bu video darslar aynan siz uchun.

Jami videodarslar 20 soatdan ortiqroq. (Telegram bot yaratish video darslaridan tashqari)

Video darslar haqida qisqacha ma'lumot
1.Engine nima?Javascript Engine lari haqida ( V8 Engine, Spider Monkey, Chakra va ularning ishlash tizimi)
2. Node.js ga kirish va node muhitida ishlash.
3. Node.js core modullari (path,fs,os,http) batafsil ma'lumot va ularning qo'llanilishi
4. File lar bilan ishlash. Ma'lumot yozish, o'qish, o'chirish, tahrirlash (Async, Sync, Callback) barchasi bilan ishlab ko'rsatilgan.
5. Node Package Manager va ularni boshqarish. O'zimiz noldan npm package yaratamiz va uni npmjs.com ga joylashni ko'rib chiqamiz.
6. Node.js REST API , CRUD haqida tushunchalar va http module yordamida o'zimizni brinchi serverimizni ko'taramiz.
7. Express.js ga kirish va Express+POSTMAN yordamida API yozish && Validation
8. Express Router lar bilan ishalash GET,POST,PATCH,DELETE va Route larni himoyalash
9. Middlewarelar haqida tushuncha va ularning qo'llanilishi
10. Mongodb ga kirish va Express+Mongodb da REST API yozish && Validation
11. Saytni Avtorizatsiya qilish (signup, signin, logout) JsonWebToken, localStorage, Cookie-parser, Bcrypt,
13. SSR vs SPA
14.Shablonizatorlar bilan ishlash (Ejs, Pug, Handlebars). Loyihda davomida Ejs da ishlangan.
15.File Upload
16. Noldan Node.js da Node Blog web site yaratish. ( Davomiyligi 9 soat)
17. Bonus sifatida Node.js da TelegramBot yaratish darslari + deploy

Fullstack Javascript o'rganmoqchi bo'lganlar uchun youtube kanalimiz

https://youtube.com/channel/UCy8e4qCTmvTlsELlLv1hHlw

Telegram kanalimiz @jstutorial

Ushbu darslarimiz ham hamyonbop narxlarda albatta. Agar darslarimizni sotib olmoqchi bo'lsangiz o'zimga
@xodiyevlutfulloxonuz ga murojaat qilishingiz mumkin.
👏11👍1💩1
Forwarded from Engineering Notes
Algoritmlar bilan ishlashni endi boshlaganlarida tug'iladigan klassik savol:
Sort qilinmagan arrayda biror elementni izlash O(n) vaqt talab qiladi.
Sort qilingan arrayda esa qidiruv O(log n), lekin sort qilishning o'zi O(n * log n) vaqt oladi. Demak, arrayni sort qilib, elementni izlash sort qilinmagan arraydagi qidiruvdan ko'ra ko'p vaqt oladi. Unda sort qilishning nima keragi bor?

Javob: Sort qilinmagan arrayda har bir search uchun O(n) sarflanadi. Sort qilingan arrayda esa sort qilish uchun esa O(n * log n), keyingi har bir search uchun O(log n) vaqt sarflanadi. Bir martalik operatsiya uchun sort qilmasdan qidirish tezroq bo'lsa-da, umumiy m ta (m >> n) qidiruv uchun sort qilmasdan qidirish O(m * n), sort qilib, keyin qidirish esa O(m * log n) vaqt talab qiladi.
Xulosa qilganda, kelajakdagi qidiruvlarni ham hisobga olganda, arrayni tartiblash foydali.

P.S. Bu savolni yaqinda bir guruhda ko'rgandim, bugun bir kishi shaxsiyda shu savolni so'rabdi. Kimgadir foydali bo'lsa, xursand bo'laman.
👍62🤬2
Node.js, Express.js, fs, ejs, bootstrap va express-fileupload package yordamida file upload qilishni ko'rib chiqamiz.

Part1 https://youtu.be/fmLpAr0SwUE



Telegram kanal @jstutorial
👍6🤮1