JavaScript
662 subscribers
389 photos
60 videos
8 files
176 links
Fullstack Javascript complete guide
Download Telegram
Bu holat ko'pchilik dasturchilarni boshidan o'tgan deb o'ylayman.


Kimga yuborishni bilamiz-a? 🤣


Kanal @jstutorial
😁14👍2🔥2🤩2
​​#kitob_va_internet

Kitob o'qimaslik juda katta xato emas!!!

Yoshligim kitoblar orasida o'tgan. Odatda "svet" bo'lmasdi va bo'sh vaqtda eng yoqimli ish kitob yoki gazeta o'qish bo'lardi.

Eng birinchi miriqib o'qigan kitobim, javonimizdagi Vselovod Nestaykoning "Robinzon Kukuruzo" sarguzasht asari bo'lgan. Keyinchalik nafaqat kitob, balki gazetalarni sevib o'qiy boshladim. "Hordiq"da chiqadidan "O'limga mahkum qilinganlar" gazetaga bo'lgan qiziqishimni oshirib yuborgan.

Mana vaqt o'tib zamon o'zgardi, hozirgi kunda internet chekka-chekka qishloqlargacha kirib bordi. Endilikda kitoblar o'z o'rnini internetga bo'shatib beryabdi desam xato bo'lmaydi.

Ammo shu yaqin oradan, ko'pchilik o'rta va yuqori yoshlik kishilarda kitob o'qimaydiganlarni tanqid qilish juda kuchaydi bizda. Ustiga ustak internetni rosa yomonlaydiganlar ham topiladi.

Ko'zni kattaroq ochib qaraydigan bo'lsak eng so'ngi ma'lumotlarni endi kitoblardan emas, Internetdan olish mumkinligini bilish qiyin emasaslida.

Masalan yaqinda "Gruziya muvaffaqqiyatga qanday erishdi?" kitobini o'qidim. Ochig'ini aytsam 100 betcha o'qib undan uyog'icha o'ta olmadim. Chalkashib ketdim, diplomim tomonlama "iqtisodchi" bo'lganim bois kitob meni juda chalkashtirdi.
Ya'ni kitob 2011-yilda yozilganini hisobga olsak ma'lumotlar ancha eski (GDP va shu kabilar). Albatta kitobni o'qib iqtisodiy strategiyalarnigina olish yetarli bo'lishi mumkindur ammo berilayotgan eski raqamlar albatta odamni chalg'itaveradi.

Demak bu kitobni o'qimasam Gruziya haqida bilmay qolamanmi?!

Aslo yo'q, mana sizga YouTube. Haqiqiy ilm dengizi, unda siz turli tuman "dokumentariy"larni topib, eng so'ngi ma'lumotlarni ham bir zumda olishingiz mumkin (ingliz tilini bilmasangiz o'zingizdan o'pkalang).

Chet eldagi eng nufuzli universitetlardagi Professorlar ham asosiy vaqtini Google Scholarda yoki ResearchGate (internet maqolar web sayti)da o'tkazadi. Nima ular ham kitob o'qimaydigan notovonmi?!

Keling bir narsani aniqlashtirib olaylik. Kitob o'qish bu hozirgi vaqtda shaxsiy rivojlanishning asosi bo'lishi mumkin ammo ilmiy rivojlanishning yolg'izgina sababi deb bo'lmaydi.

Ilmiy salohiyatini va shaxsiy rivojlanishini oshirmoqchi bo'lgan har qanday shaxs internetdan kerakli darajada foydalanmasa albatta yutqazadi. Kitob bu rivojlanishda yordam berishi mumkin ammo internetsiz bu rivojlanishga erishib bo'lmaydi.

Aytaylik sizni qo'lingizda turgan "Stiv Jobs" asarini o'qib ko'p narsa bilaman deb xomtama bo'lmang. YouTubeda Jobs haqida har kuni videolar qo'yib boriladi va buni ko'rib boradiganlar Jobs haqida sizdan ko'ra ko'proq narsani biladi.

Yoki hali tarjima qilib ulgurilmagan "Netflix" kitobi ham keyingi 2-3 yilda rosa bizda mashhurlikka erishsa kerak, o'tgan yili butun dunyoda rosa mashxurlikka erishgandi. Ammo Business Insider, Fortune 500, Financial Times kabilar YouTube kanallarini kuzatib borsangiz "Netflix" kitobida ko'p yangilik uchratmaysiz.

Xullas demoqchi bo'lganim shuki, aqlli bo'lish uchun faqatgina kitob ko'tarib yurish shart emas, telefon ko'tarib yursangiz ham aqilli bo'laverasiz, foydalanishni bilsangiz bo'ldi...

Ps: Ammo aqlli KO'RINISH uchun Kitob KO'TARIB yurishingiz kerak, o'qishingiz shart emas))

Ps 2: Men kitob o'qimaslik kerak demayman, dam olish uchun kitob o'qish juda foydali, ammo internetga ham "hurmatsizlik" qilmaylik!!!


© maruf_boymurodov

Kanal @jstutorial
👍4👎3🎉2
Xonadon obro'yi, taxti - erkakdir,
Bolalar quvonchi, baxti - erkakdir.
Ayollar qudrati, mulki - erkakdir,
Vatanning g'ururi, mulki - erkakdir.

Bayram muborakbod aziz erkaklar,
Tilaymiz sizlarga ezgu tilaklar.
Omon bo'ling ona, bolalar uchun,
Sezing doim ayol mehrining kuchin.

14-Yanvar Vatan Himoyachilari kuni bilan barcha dovyuraklarni tabriklayman.


Kanal @jstutorial
👍6
Askar
Ravshan sobirov
Ravshan Sobirov Askar

Kanal @jstutorial
Forwarded from Hasan Shodiyev | Blog
Har birimiz, farzandlarimiz, qarindoshlarimiz, qo'shnimiz, atrofimizdagi barchaga, hatto bizga begona bo'lgan yoshlarga ham e'tiborsiz bo'lmasligimiz kerak, biz ularga javobgarmiz.

Kelajakni faqat o'zimiz yoki oila a'zolarimiz bilan qura olmaymiz. Bu yurtdagi har bir yosh albatta ilmli bo'lib ulg'ayishi zarur. Kelajakda ular hozirgi "it emgan" ba'zi amaldorlarning o'rnini egallashi, shu vatan, shu xalq uchun borini berib ter to'ka oladigan inson bo'lishi zarur.

Aks holda, sizning, bizning intilishimiz bir chaqaga ham arzimaydi. Shunchaki, kelajagi yo'q, ilmli eshak bo'lib qolaveramiz.

Hozirgina bir videoni ko'rib qoldim, asablarim to'kilib ketdi. Bu sizga oddiy voqeadek, bunchalar e'tibor berish shart emasdek tuyilishi mumkin. Lekin bunaqa iflosliklar, bunaqa tuban odamlar juda ko'payib ketdi. Bularni urib, so'kib, qamab tugatib bo'lmaydi. Faqatgina yosh avlodni iymonli, ilmli, xalqsevar qilib ulg'aytirishgina yechim bo'ladi.

@uzbhasan_blog
Bugun Redux bo'yicha Amaliyot qilgan edim.
https://reduxcrudapplication.netlify.app/
Amaliyotga TodoList (CRUD App) kod yozdim.
CRUD=> CREATE, READ, UPDATE, DELETE hammasi ishlaydi.
Faqat Responsive qilinmagan kompyuterda ochishingizni maslahat beraman.
Source code:
https://github.com/xodiyevlutfulloxonuz/PureReduxCrudApplication
👑 "Real Madrid” — Ispaniya Superkubogi sohibi!

🇪🇸 Ispaniya Superkubogi 🏆 | FINAL

☑️ "Atletik Bilbao" 0:2 "Real Madrid"

⚽️| Modrich 38’, Benzema 52' (P)
👍8🔥2
Ushbu ko'rsatilgan mavzular #Javascript ning asosini tashkil etadi
va shu bilan birga ko'pchilik #Js dasturchilarning og'riqli nuqtasi deb ham aytishimiz mumkin.
Javascript dasturlash tilini ushbu ko'rsatilgan ketma-ketlik orqali o'rganishingizni va har bir mavzuga chuqurroq kirishingizni maslahat beraman.

Ishga topshirishingizda ham deyarli barcha savollar yuqoridagi ro'yxatdan tushadi deb bemalol aytishimiz mumkin.



Kanal @jstutorial
👍12
Javascript 2 qator kod bilan lotindan kirilga yoki teskarisi converter
qiladigan kod yozamiz

So'raganlar uchun Package ni
https://www.npmjs.com/package/latin-to-cyrillic

orqali yuklab olishingiz mumkin

Kanal @jstutorial
😱5👍4😁1
Dasturlashga kirib kelishingizga nima sabab bo'lgan? Nima uchun qiziqasiz bu sohaga?
Masalan men kirib kelishimga turtki bo'lgan birinchi narsa telegrambot lar deb o'ylayman.
Buni tarixi uzun ...

Sizdachi?
Sizda nima sabab bo'lgan?