Frontend
78 subscribers
199 photos
64 videos
20 files
176 links
Download Telegram
Forwarded from Central Asian University
🔥 AU 14-15-may kunlari sport dasturlash musobaqasini tashkil qiladi. Bosh sovrin: 22 000 000 soʻmlik grantlar*. Musobaqa faqat maktab, litsey bitiruvchilari va abituriyentlar uchun.

Olimpiada ikki bosqichda oʻtkaziladi:

1. Ochiq saralash bosqichi: 14-may, Shanba, soat 16:00-17:00. U codeforces.com platformasida onlayn oʻtkaziladi.

2. Final: 15-may, Yakshanba, soat 10:00 — 17:00. U Toshkent shahridagi AKFA Universiteti kampusida boʻlib oʻtadi.

Sovrinlar:

🎓Finalda kamida 3 ta masalani topshirolgan ishtirokchilar AKFA Universitetining IT yoʻnalishiga oʻqishga qabul qilinadi

💰Eng yaxshi uchta final ishtirokchisiga mos ravishda 10 million, 7 million va 5 million soʻmlik grantlar*

Musobaqa tili: Ingliz tili

Roʻyxatdan oʻtish: www.au-acm.club/olympiad
N natural songacha bo'lgan do'st sonlarni chiqaruvchi funksiya tuzing


👉@js_problems👈
👍2
JavaScript dasturlash tilida SPREAD va REST operatorlari

Bu ikki operator JavaScriptning yangi ES6 sintaksisida paydo bo'lgan fichalardan biri bo'lib dasturchining hayotini ancha yengillashtirib beradi. Hatto suhbatlarda ham bu mavzular tez-tez so'rab turiladi. Bu video darslikda esa biz siz bilan bu ikki tushunchani nima ekanini batafsil o'rganib chiqamiz.

Videoga like👍 va izohlaringizni ayamasangiz kontent ommalashadi va uni ko'proq kishi ko'rishi mumkin bo'ladi. Barchaga omad yor bo'lsin.

🔹YouTube ga link

@bexruz_ru
👍1
#joke biroz kulishamizmi?

- Doktor, umrni uzaytirish yo‘lini aytsangiz.
- Uylaning!
- Nima, uylanish umrni uzaytiradimi?
- Yo‘q. Shunchaki, bunday fikr miyangizga qaytib kelmaydi.

Ammo bu hazil.. 😁
😱1
Bizda 4 hil dasturchilar bor.

1. Front-end dasturchilar;
2. Backend dasturchilar;
3. Full-stack dasturchilar;
4. CTRL+C va CTRL+V dasturchilar!

Siz qaysi birisiz?
👍2
#shunchaki tavsiya

Loyhangizdagi rasmlarni iloji boricha zichlashga, hajmini kichraytirishga harakat qiling bu saytingizni ishlash tezligini oshiriahga yordam beradi bunda bizga quydagi saytlar yordam beradi :
1.http://Tinypng.com
2.http://squoosh.app

Siz qanday saytlarni bilasiz biz bilan ulashing

👉@js_problems👈
#JS_tips
Or mantiqiy operatoridan foydalanganingizda shartlar ko'payib ketishi kod ko'rinishini buzib qo'yishi mumkin. Bunday holatda, dizyunksiya o'rniga, includes metodidan foydalanishingiz mumkin.

©️mabrur_dev
👉@js_problems👈
👍2
Kompyuter ham e’tiborga muhtoj

Qaysi dastur foydali yoki qay birini o’chirib tashlash kerakligini bilmayapsizmi?

Agar kompyuterni yaxshi tushunadigan do’stingiz yo’q bo’lsa, Shouldiremoveit.com sayti sizga keraksiz dasturlar to’g’risida ma’lumot beradi va ulardan oson xalos bo’lasiz.

➞ Saytni ochish: Shouldiremoveit.com

👉 @nuriddinoff_blog
👍1
TUIT DevCon jamoasi navbatdagi ochiq konferensiyasiga barchangizni taklif etadi

🚀.NET texnologiyasi kundan kunga rivojlanib, ish o'rinlari ko'payib bormoqda. Xalqaro kompaniyalarda o'zingizni ko'rishni istaysizmi? O'zbekistonda .NET bo'yicha birinchi konferensiyada sizni kutamiz.

Mavzular:
• .NET o'zi nimaga kerak?
• .NET - zamonaviy olifta.

Speakerlar:
Muhammadkarim To'xtaboyev
• Software Engineer at Uzcard
• Teacher at Najot Ta'lim
• Founder of .NET Uzbekistan Community

Xondamir Abduxoshimov
• Software Engineer at Epam System
• Teacher at PDP
• Co-Founder of .NET Uzbekistan Community

Manzil: TATU universiteti, A bino, faollar zali.
Sana: 14-may, shanba, 14:00
.

👉 Ro’yxatdan o’tish

@TUITDevCon
🔥1
Forwarded from MohirDev.uz
​​Siz uchun 15 ta bepul hosting provayderlarini bir joyga jamladik.

O'qing, o'rganing, loyihalar qiling.

1. GitHub sahifalari
Bepul rejasining xususiyatlari:

- Veb sayt hajmi 1 GB gacha bo’lishi mumkin.
- Bandwidth: oyiga 100 Gb.
- CNAME orqali domen ulashingiz mumkin.
- HTTPSni qo’llab-quvvatlaydi.

2. Glitch
Bepul rejasining xususiyatlari:

- Soatiga 4000 ta so’rovni taqdim qiladi.
- Xotirasi 512MBgacha.
- Cheksiz statik saytlar.
- Github import/eksport funksiyasini qo’llab-quvvatlaydi.
- Kamchiliklari: Sizning kodingiz va loyihangiz avtomatik ravishda ommaga ochiq turadi.

3. Fleek
Bepul rejasining xususiyatlari:

- Domenni tahrirlashni qo’llab-quvvatlaydi.
- HTTPSni qo’llab quvvatlaydi.
- 3 GB xotira.
- Cheksiz veb saytlar.
- Gitda avtomatik joylashtirish.
- Bandwidth: 50GB.
- Bepul SSL sertifikati.

4. Netlify
Bepul rejasining xususiyatlari:

- Bandwidth: oyiga 100 GB.
- Veb saytlar soni: Cheksiz.
- Sayt versiyalarini qayta tiklay olish
- Bepul CLI taqdim etadi.

5. Render
Bepul rejasining xususiyatlari:

- Bandwidth va xotira: oyiga 100 GB.
- Tezkor CDN.
- SSL funksiyasini ulay olash.
- Gitda avtomatik joylashtirish.

To'liq ro'yxat: https://mohirdev.uz/bepul-hosting/

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!

Telegram | Instagram | Youtube
1
HTML da ba'zi bir emojilar hosil qilish uchun kod raqamlar.
👍1
Forwarded from Osmondagi bolalar
"Hamma narsa ham ustozdan o'rganilmaydi" — dasturchi ustoz bilan suhbat

😊 Loyihamizning bu galgi spikeri haqida kecha sizlarga batafsil ma'lumot taqdim etgan edik. Bugun esa loyihaning premyerasi bo'lishini xabar qilamiz.

Muhammadjavohir Sur'atov bilan ushbu sonda IT, xususan, dasturlash va uni o’rganish uchun e’tibor berish kerak bo'lgan jihatlar, xalqaro kompaniyalarga ishga kirish yo’llari, IT sohasida eʼlon qilinadigan xalqaro va mahalliy chegirmalar, junior va senior dasturchilar, portfolio toʻldirishda eʼtibor berilishi kerak boʻlgan muhim jihatlar haqida suhbatlashdik.

Premyera bugun soat 20:30 da quyidagi havola orqali bo'lib o'tadi. Keling, bugun uni birga tomosha qilamiz. 🙂

Havola: https://youtu.be/q5j9HPx3ttw
👍1
#shunchaki maslahat

Rasmingizni joylashtirishingizda default o'lchamlarni har doim bering
misol:
<img src="url" height ="200px" width="200px">
👏1
Siz asosoan qanday rasm Formatidan foydalansiz?
So'rovnoma natijasiga qarab qaysi formatdan foydalanish maqulligi haqida o'rganib o'tamiz
Anonymous Poll
45%
.JPG
38%
.PNG
17%
.SVG
🔥1
Oxiratni yodda tuting!

Bu yerda 98 milliard dollarlik neft zaxirasi, 875 milliard dollarlik aktivlari bor, Birlashgan Arab Amirligining podshohi va Abu-Dabi boshqaruvchisi Shayx Xalifa bin Zaid yotadi.

Eslatma: Shayx Xalifa bin Zoid 13-may olamdan o'tdi.

Sardorbek Muhtorov
👍1