Frontend
80 subscribers
199 photos
64 videos
20 files
176 links
Download Telegram
Forwarded from WebBrain Academy
#javascript #marafon

📌 Eslatma! E'lon qilganimizdek, ertaga Webbrain Academyda JavaScript marafoni o'tkaziladi.

Time: 10:00~11:30

Location: Bunyodkor ko'chasi 64-uy, 2etaj. Mo'lja Mirzo Ulugbek metro yonida.

Register: Ro'yhatdan o'tish 19:00, 2-iyul da yopiladi - REGISTER

Fee: JavaScript Marafonda qatnashish mutloq bepul.

Kun tartiva va Shartlar bo'yicha malumotni ushbu link orqali olishingiz mumkun.

Keling, bilimingizni holisona sinovdan o'tkazing.

Batafsil malumot uchun:
👨🏻‍💻 @webbrain_admin
📞 33 576 20 20

REGISTER | LOCATION

Telegram | Instagram | Youtube | IT Jobs
​​Performance haqida

Nima uchun hozirgi dunyoda performance juda ham muhum? Nima sababdan kuchli, Senior dasturchilaridan qanday qilib veb sahifaning tezligini oshirishi yo'llari haqida so'rashadi? Sababi juda oddiy. Amazon statistikasiga ko'ra, agar sahifani ochish 1 sekundga sekinlashadigan bo'lsa, bu narsa yiliga kompaniya uchun toza 1.6 milliard dollar zararga ishlar ekan (Raqamlarga ahamiyat ber Karl 😮). Google statistikasiga ko'ra esa, qidiruv natijalari 400ms'ga kech qoladigan bo'lsa, kuniga 8 million search'larni yo'qotadi, bu esa shuncha qidiruv va reklamadan kelishi mumkun bo'lgan pullar ko'kka sovurildi degani. Shuning uchun ham katta tech kompaniyalar, Web Performance uchun alohida muhandislarni ishga oladi.

@umarmuhandis
Ўзбекистон Россия ва Беларусга муқобил IT-аутсорсинг марказига айланмоқчи — Forbes

"Собиқ иттифоқ давлатлари орасида аҳолимиз энг тез ўсиб бормоқда, шунинг учун бизда инсон капитали бор", — дейди Ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазири Шерзод Шерматов.

Июнь ойида Шерзод Шерматов йирик делегация бошчилигида Сан-Францискога ташриф буюриб, Ўзбекистонни Россия ва Беларусга муқобил IT-аутсорсинг марказ сифатида таклиф қилган.

Вазир Украинада уруш бошланганидан кейин 6 мингга яқин россиялик ва беларуслик Ўзбекистонга кўчиб келганини таъкидлади.

Масалан, EPAM Systems ва Exadel минглаб ходимларини Минскдан Тошкентга IT-Park томонидан ташкил этилган рейсларда олиб келган.

"Ўтган йили EPAM’да Ўзбекистонда 300 га яқин киши ишлаган бўлса, келгуси йилда компания ходимлари сонини 3000 кишига етказишни режалаштирмоқда", - дейди Шерматов. Ҳозирда бошқа компанияларни Ўзбекистонга ривожланаётган бозор сифатида қарашлари учун иш олиб борилмоқда.

Ўзбекистон 2028 йилга бориб йиллик IT экспортини 1 миллиард долларга етказишни режалаштирмоқда. Таққослаш учун, 2022 йилда 100 миллион доллар прогноз қилинмоқда.

Агар бу амалга оширилса, IT олтин каби қиммат экспортга айланади ва камбағалликни камайтиришга катта ҳисса қўшади.

Forbes’нинг фикрича, агар Ўзбекистон нарх-наво нисбати бўйича Филиппин ёки Ҳиндистон каби яхши хизматларни таклиф қила олса, ҳозирги барча саъй-ҳаракатлар ўз самарасини беради.
Ertaga Arafa, qanday amallar qilish kerak?

Arafa kuni alohida fazl va xususiyatlarga ega boʻlgani uchun uning fazilati va sharafi xususida batafsil toʻxtalib oʻtamiz. Birinchidan, Arafa kuni – dinimiz komil etilgan, neʼmat tugal qilingan kun. Yahudlar Umar roziyallohu anhuga aytishdi: "Sizlar bir oyatni oʻqiysizlar. Agar oʻsha oyat bizga nozil boʻlganida edi, uni bayram qilib olgan boʻlar edik. Men oʻsha oyatni qachon nozil boʻlganini ham, qayerda nozil boʻlganini ham, u nozil boʻlganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qayerda turganlarini ham bilaman. U arafa kuni edi, biz ham Allohga qasamki, Arafotda edik. (Buxoriy rivoyatlari)

"Bugun sizlarga diningizni komil qildim, neʼmatimni benuqson, toʻkis qilib berdim va sizlar uchun Islomni din qilib tanladim". (Moida surasi, 3-oyat). Arafa kuni din komil etildi, deb aytilishiga sabab, shu kungacha musulmonlar Islom hajini amalga oshirmagan edilar. Endi Islom ruknlarining oxirgisi ham joriy etilishi bilan din komil boʻldi. Bundan tashqari, Alloh Taolo hajni Ibrohim alayhissalom asoslariga qaytardi, oʻsha yilgi haj mavsumidan boshlab hajda mushriklar ishtirok etishini ham, shirk amallari bajarilishini ham man qildi. Shuning uchun, oʻsha yildan buyon Arafotda musulmonlar orasida mushriklar boʻlmadi. Neʼmatning toʻkis boʻlishi esa Alloh Taolo magʻfirati tufayli hosil boʻladi. Zero, neʼmat magʻfiratsiz toʻkis boʻlmaydi. "(Ey Muhammad,) Alloh sizning gunohingizdan ilgari oʻtganini ham, keyin keladiganini ham (yaʼni barcha gunohlaringizni) magʻfirat qilish va Sizga Oʻz neʼmatini toʻkis-komil qilib berishi uchun …" (Fath surasi, 2-oyat). Ikkinchidan, Arafa iyd kunidir. Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Arafa kuni, qurbonlik kuni va tashriq kunlari biz – Islom ahlining bayramimizdir …». (Abu Dovud rivoyatlari). Uchinchidan, Arafa kuni tutilgan roʻza ikki yillik gunohga kafforat boʻladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Arafa kuni tutilgan roʻza oʻtgan yil va kelgusi yil uchun kafforat boʻladi». (Muslim rivoyatlari). Toʻrtinchidan, Arafa gunohlar kechiriladigan va jonlar doʻzaxdan ozod etiladigan kundir. Oisha raziyallohu anhodan rivoyat qilinadi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Alloh Taolo biron kun Arafa kunichalik koʻp bandani doʻzaxdan ozod etmaydi. U yaqinlashib, soʻng doʻzaxdan ozod qilgan bandalari bilan farishtalar oldida faxrlanadi va: «Ular nima istashadi?» - deb soʻraydi» (Muslim rivoyatlari).

Arafa kunida qilinadigan amallar

1. Roʻza tutmoq.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Arafa kunining roʻzasi oʻtgan va kelgusi yillar (gunohi)ga kafforat boʻladi, deb umid qilaman …» (Muslim rivoyatlari). Albatta, bu roʻza hajdagilar uchun emas, hajga bormaganlar uchun aytilgan. Chunki hojilar arafa kuni roʻza tutmaydilar. Arafa kuni gunohga qoʻl urib qoʻyishdan, ayniqsa, ehtiyot boʻlmoq lozim.

2. Zikr va duoda koʻp boʻlmoq. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Duoning eng yaxshisi arafa kunida qilingan duodir. Men va mendan ilgari oʻtgan paygʻambarlar duoda aytgan eng yaxshi soʻzlari «La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ala kulli shayʼin qodiyr» (Termiziy rivoyatlari). Ibn Abdul Barr aytadilar: «Mazkur hadis arafa kunining duosi koʻpincha maqbulligi va eng afzal zikr «La ilaha illalloh» ekanligiga dalildir». Xattobiy aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odatda men duo qilishimdan muqaddam Alloh Taologa aytadigan hamd-u sanolarim ichida eng afzali shu soʻzlardir», - demoqchi boʻladilar. Negaki duo qiluvchi dastavval Alloh Taologa hamd-u sano aytib, undan keyingina hojatini soʻray boshlaydi.

3. Takbir. Zulhijjaning oʻn kunida takbir aytmoq mustahab amaldir. Bu kunlarda har yerda va hamma vaqt Alloh zikri joiz.

© siyrat.uz

Telegram | Instagram | TikTok |YouTube
❗️Takbiri tashriq aytishni unutmang

📿 Allohu akbar! Allohu akbar! Laa ilaaha illallohu vallohu akbar! Allohu akbar va lillaahil hamd.

Alloh buyukdir, Alloh buyukdir. Alloh taolodan o‘zga iloh yo‘qdir. Alloh buyukdir, Alloh buyukdir va hamd Alloh taolo uchundir.

Takbiri tashriq 8 iyul bomdod namozidan boshlab Hayitning to‘rtinchi kuni, yaʼni 12 iyul asr namoziga qadar aytiladi:

• 8 iyul – 5 mahal,

• 9 iyul – 5 mahal,

• 10 iyul – 5 mahal,

• 11 iyul – 5 mahal,

• 12 iyul – 3 mahal.

📌 Jami 23 mahal namozda takbiri tashriqni bir marotaba aytish vojib amal sanaladi.

❇️ Ushbu takbir xoh jamoat bilan, xoh yolg‘iz o‘qilgan har bir farz namozdan keyin aytiladi.

🚺 Ayollar takbiri tashriqni maxfiy aytadilar.

🔄 Namozga kechikib qo‘shilgan kishi ham namozini to‘liq qilgandan keyin takbiri tashriqni aytadi.

✍️ Davron NURMUHAMMAD

Manba: Muslim.uz

Manzilimiz: @elyorbekerkinbek
#Reaxt.js #solution 3

JSX- javascript DOM CreateElement ning sintaktik sugari. js ichida html,html ichida js yozish imkonini beradi.

@js_problems
Qurbon Hayitingiz muborak bòlsin
✳️#Misol 20✳️

Bir So'z va So'zlardan iborat Massiv berilgan
Shunday funsiya tuzingki shu so'zga berilgan massiv ichidan anagrams bo'lgan so'zlardan iborat massiv qaytarsin agar bo'lmasa bo'sh massiv qaytarsin?

anagrams so'zga misol : salom ,maslo, lomsa, aomsl...

Yechimingizni biz bilan ulashing va boshqalarga ham yordam bering

👉@js_problems👈
✳️#React.js Savol 4 ?

React.StrictMode - ning vazifasi nima va qayerlarda ishlatamiz ?

👉@js_problems👈
👍1
✳️#Solution20 #Misol20✳️

function anagrams(word, words) {
return words.filter(value=>{
return value.split("").sort().join() == word.split("").sort().join()})
}
👉@js_problems👈😎
👍1
✳️#React.js #Soluliton 4✳️

<React.StrictMode> </React.StictMode> — kodimizdagi muammolarni aniqlash vositasi bo'lib u ham fragmentga o'xshab UI qismda ko'rinmaydi( faqat kod yozish jarayonida ishlaydi).U bizni kodimiizning yaratilish jarayonida eskirgan ,ishlamydigan Contextlar, Yangi o'rnatgan kutubxonalarimiz o'rtasidagi nomutonosibliklarni , eskirgan kutubxonalarni va shu kabi bir qancha kodimizdagi muamolardan ogohlatirib turadi.Biz u bilan umimiy App ni yoki o'zimiz uchun React.StrictMode dan foydalanishimiz zarur bo'lgan komponentni o'rab quyishimiz mumkin.

Kamchiliklar va xatolar bo'lsa izohlarda kutamiz.

👉@js_problems👈
👏2
✳️#Misol21✳️

Ixtiyoriy sonni tub ko'paytuvchilar ko'rinishida tasvirlaydigan funksiya tuzing?
Input 100 output (2**2)(5**2)


👉@js_problems👈
Shu paytgacha negadir yechim kelmadi😔😔🥺🥺
Forwarded from Najot Ta'lim
2 soatda 20 yildan ortiq tajriba haqida suhbatlashamiz

Kutib oling, «Najot Ta'lim» markazida navbatdagi master-klass! Bu safargi mehmonimiz bir necha dasturlash tillari va veb-texnologiyalar oliy toifali mutaxassisi, dasturlashda 20 yillik tajribaga ega, Malayziyaning «Consolsys Technologies» kompaniyasida faoliyat yurituvchi Farhod Dadajonov bo'ladilar.

⚡️ Master-klass "20 yillik dasturchi tajribasidan foydali maslahatlar" mavzusida bo'lib o'tadi. Suhbat jarayonida spikerimiz dasturlash o'zi kimlar uchun, nega bu sohani o'rganish kerakligi, xorijda ishlashning afzalliklari haqida o'z shaxsiy tajribalari bilan bo'lishadilar.

📌 Ushbu suhbat 16-iyul — shanba kuni soat 10:30 da «Najot Ta'lim» markazining Chilonzor filialida bo'lib o'tadi.

Dasturlash sohasiga qiziqqan va ilm talabida bo'lgan barcha yoshlar master-klassda ishtirok etishlari mumkin. Savollaringizni tayyorlab kelavering! 😉

👉 Master-klass uchun ro'yxatdan o'tish

🧑🏻‍💻 Ma'muriyatga bog'lanish

📞 +998788889888
👍1
✳️#Solution 21✳️

function tubKopaytuvchi(n){
let m=""
for(let i=2;i<=n; i++){
let string =''
let k = 0
while(n%i==0){
n=n/i
k +=1
}
if(k!=0 && string ==""){
string +=(${i}${k==1 ? '':**${k}})
}
m += string
}
return m
}

ixtiyoriy sonni tub ko'paytuvchilar ko'rinishida tasvirlovchi funksiya😍
👉@js_problems👈
🔥1
✳️#Misol22✳️

Ixtiyoriy n gacha ketma-ket kelgan sonlar ichida 2ta soning ko'paytmasi n gacha bo'lgan sonlar yigindisi ga teng bo'la( 2 sonni yigindiga qo'shmang) shu sonlar juftligini chiqaring agar unday sonlar bo'lmasa bo'sh massiv qaytaring?

Misol n = 26 => [ [15,21] , [21,15] ]
n = 50 => [ ]

Sizda yechim bormi izohlarda kutamiz


👉@js_problems👈
🔥1
Forwarded from QURAN.UZ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ризқингизда барака йўқ бўлса истиғфор айтинг!

Ҳасанхон Яҳё Абдулмажид

#Арбаъин_суҳбатлари

@quranuz_kanali

Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2
Forwarded from Asabeneh
IMPORTANT GitHub REPOSITORIES

These repositories are very important. I recommend you to have a look at. To see more contents follow me on GitHub or LinkedIn.

10 Days of Git and GitHub: https://github.com/Asabeneh/10-days-of-git-and-github
30DaysOfJavaScript Challenge: https://github.com/Asabeneh/30DaysOfJavaScript
30DaysOfReact Challenge: https://github.com/Asabeneh/30-Days-Of-React
30DaysOfPython Challenge: https://github.com/Asabeneh/30-Days-Of-Python
NumPy: https://github.com/Asabeneh/NumPy
Pandas: https://github.com/Asabeneh/pandas
Matplotlib(Data Visualization): https://github.com/Asabeneh/matplotlib/blob/master/Visualizations.ipynb
JavaScript for Everyone: https://github.com/Asabeneh/JavaScript-for-Everyone

Remember to write a testimonial here: https://testimonify.herokuapp.com/

❤️ SHARE SOMETHING YOU LOVE ❤️

Sharing it on Facebook, LinkedIn, Twitter, Dev.to, and Medium. These platforms can make it to reach to many people. How many of you have already shared it at least on LinkedIn? Please do if you didn't do so far because you are helping others to see it. Mention my name when you share it and I will be notified.