Frontend
80 subscribers
199 photos
64 videos
20 files
176 links
Download Telegram
Tóxtalishlar uchun uzur sórab qolamiz


Assalomu alaykum obunachilarimiz internet tezligi pastligi tufayli(viloyatdamiz) kanalda ozgina tóxtalishlar bólmoqda bu uchun sizlar uzur sóraymiz va inshaa alloh tez kunlarda faolyatimizni davom ettiramiz
Abdulloh domla - ilm olish haqida
ILM IZLAB islomiy video kanal
ILM ÓRGANIB JANNATGA KIRAMIZ INSHAA ALLOH🤲🤲

Inshaa Alloh har birimiz uchun manfatli bóladi degan umiddamiz


👉@js_problems👈
👍2
Forwarded from MohirDev.uz
​​Dasturchi sifatida mantiqiy fikrlashingizni oshirishga yordam beruvchi 5 ta maslahat.

Mantiqiy fikrlash — yaxshi dasturchining eng asosiy quroli hisoblanadi.

1. Har kuni yangi masalalarni yeching.

Muammolarga yechim topishni odat qilganingizdan keyin, yangi masala va muammolarni yechish uchun kamroq vaqt sarflashni boshlaysiz. Miyangiz tayyor boʻlib turadi bunga. Real hayotga oid masalalarni ishlash, haqiqiy loyihalarda chiqishi mumkin boʻlgan muammolarni tezda yechishingizga yordam beradi.

Dasturlashga doir masalalar yechish uchun baʼzi saytlar:

- LeetCode
- Codewars
- Exercism

2. Maʼlumotlar tuzilmasi va Algoritmlarni oʻrganing

Maʼlumotlar tuzilmasi va algoritmlar mantiqiy fikrlashni shakllantirishda muhim rol oʻynaydi. Maʼlumotlar tuzilmasi va algoritmlar nafaqat dasturchi sifatida yaxshi mantiqiy fikrlashni shakllantiradi, balki muammolarga yechim topish koʻnikmasini ham yaxshilaydi. Agar siz u bilan muntazam ravishda shugʻullansangiz, bu sizning muammolarga yechim topish koʻnikmangizni va mantiqiy fikrlash qobiliyatingizni oshiradi.

3. Bosqichma-bosqich oʻting

Birinchi oson masalalar bilan mashq qiling. Ularni yechib boʻlgach, keyingisiga oʻting.

4. Masalalarni kichik boʻlaklarga boʻlib oling

- Birinchi, masalaning mohiyatini tushunishga harakat qiling.
- Qogʻoz va ruchka olib, masalani yechish uchun kerak boʻladigan taxminiy qadamlarni yozib chiqing
- Barcha holatlar, qadamlar, inpu va oʻzgaruvchilarni oʻylab koʻring.
- Yechim bo'lishi mumkin bo'lgan algoritm yozishga vaqt ajrating va undan soʻng, kod yozishga kirishing.

5. Boshqalarni kodlaridan oʻrganing

- GitHub, Stackoverflow dagi boshqa dasturchilar yozgan kodlarini oʻqib, ulardan oʻrganishga harakat qiling.
- Boshqalarning kodini oʻqib, bir muammoga turli xil rakursdan qarashga oʻrganasiz.

6. Loyihalar qiling

- Haqiqiy loyihalar qilish dasturlashda yaxshiroq boʻlishga yordam beradi.
- Xohlang, kalkulyator, elektron tijorat yoki portfolio sayt, farqi yoʻq.
- Biror loyihani qilayotganingizda, juda koʻp qiyinchilik va buglarga duch kelasiz. Bularni yechish davomida dasturchi sifatida mantiqiy fikrlashingizni shakllantirib borasiz.

Bonus

- "Ma'lumotlar tuzilmasi va algoritmlar" bepul kursini o'rganing
- "Algoritmlar: Leetcode da masala yechish" kursini bepul o'qing

Va hech qachon motivatsiyani yoʻqotmang. Siz ishlolmaydigan masala yoki muammoga duch kelganingizda, ruhingiz choʻkmasin, aksincha bu sizni yangi bilimlar egallashga ruhlantirsin, oldinga undasin.

Asosiysi, oʻrganishdan toʻxtamang.

Telegram | Instagram | Youtube
👍3
Git va GitHubda ishlash bóyicha ajoyib dars https://youtu.be/GYmLXBlTqfE

👉@js_problems👈
👍5
VS Code Shortcuts.pdf
12.1 MB
🚀 Shortcutlar ishingizni tezlashtiradi!

✔️ Ushbu faylda Visual Studio Codening ko'pgina shortcutlari va ularning vazifalari keltirilgan. Ish jarayoningizda bu shortcutlar vaqtingizni biroz bo'lsada tejashga yordam beradi.

Do'stlar bilan ulashish yoddan chiqmasin 😉

👉 @Dasturlash_hayoti |
@javohir_groupj

👉@js_problems👈
👍2
Nimaga dasturlashni o'rganish kerak? yohud dasturlashni o'rganishning foydalari

Har kim dasturlashni o'rgana oladi. Bu postda dasturlashni o'rganishdagi foydalar va eng muhimi bu soha sizga to'g'ri keladimi yok yo'qligi haqida bo'ladi.

1. Har kim dasturlashni o'rgana oladi.
Dasturlashning eng jihatlaridan biri shuki sizning yoshingiz, jinsingiz yoki kelib chiqishingizga qaramasdan, bu sohani o'rganish oson. Uzoq vaqt davomida odamlar dasturlashni faqatgina matematik yoki olimlar, qisqa qilib aytganda "botanik"lar uchun deb o'ylashgan. Lekin hozirda esa bunday emas. To'g'ri matematik bilim/ko'nikma va tahliliy fikrlay olish dasturlashni o'rganish va uni amalda qo'llay olish jarayonini bir muncha tezlashtiradi, ammo o'rganish uchun siz daho bo'lishiz shart emas. Yetarlicha vaqt va energiya sarflab, uni bemalol o'rgana olasiz.

2. O'zingiz o'rgana olasiz.
Coding ni o'rganishni yana bir oson tomonlaridan biri bu sizga faqatgina noutbuk va internet tarmog'i kerak bo'ladi. Hozir internetda tonnalab resurs borligi, o'rganishni oldingidan ko'ra ancha tezlashtiradi. Disclaimer: Tutorial Hell dan ehtiyot bo'lish zarur.

Boshlash uchun shu kurslarni maslahat beraman:
Bepul Front-end asoslari - Mohirdev
Bepul Python Dasturlash asoslari - Anvar Narzullaev
HTML asoslari - Ulug'bek Samigjonov

3. O'rganish tezligi
Dasturlashni online o'rganish jarayonidagi eng yaxshi tomonlaridan biri bu sizning o'rganish tezligingizdir, ya'ni kursni o'zizni bilim olish salohiyatingiz va tushunishingizga qarab moslashtira olasiz. Masalan, agar sizdagi kunlik tarzi judayam band bo'lsa, coding ni o'z kunlik jadvalingizga sekinlik bilan moslashtirib olishingiz mumkin. Kuniga 30, 40 minutdan boshlab bir necha soatgacha chiqarib olish mumkin.
Va shu orqali haftasiga 5 - 10 soatgacha vaqt sarflanadi. Qanchalik o'rganganingiz sari, ishtiyoq ham shuncha kuchayib boradi va bir muncha murakkab loyihalar ustida ishlashga ham kirib keta olasiz.

4. Diplom shart emas
Bir necha yil oldin, umuman dasturlash sohasida ishlash uchun malum bir daraja talab etilgan, bakalavr yoki magistr. Lekin hozirda turli xildagi online kurslar va resurslarning mavjudligi, bu "diplom kerak" degan tushunchani yo'qga chiqardi. Shu asnoda, ko'pchilik katta "tech" kompaniyalar ishga qabul qilish jarayonida odatda diplomga unchalik e'tibor berishmaydi, ya'ni diplom ikkinchi darajali. Bu maqolada batafsil yozilgan

5. Dasturchilar jamiyati
Dasturlashga birinchi qadamni qo'yganingizda, tom ma'noda siz dasturchilar jamiyatiga(o'xshash fikrli va bir birini "поддержка" qiladigan individuallar guruhi) qo'shilgan hisoblanasiz. Sizda qanaqadir muammo va tushunmovchilik paydo bo'lsa, ko'plab online forumlarda savol qoldirib osonlikcha javob topish mumkin agar uni Google Tog'o topib bera olmasa. Qo'shimchasiga, har xil soha vakili bo'lgan va hozirda dasturlash bilan shug'ullanayotgan odamlar bilan tanishasiz va do'stlar orttirasiz, bu albatta "networking" uchun foydali.


6. Yuqori maosh
Hozirgi kun ish bozorida eng ko'p maosh oladigan soha vakillari qatoridan shak shubhasiz dasturchilar ham o'rin olgan. Hattoki, sizning ishingiz kod yozishni taqozo etmasa ham, dasturlashni bilishingiz sizga bir qancha ustunliklarni taqdim etadi, masalan ko'proq maosh va "promotion". Dasturchilarning qancha maosh olishlari haqida bu yerda batafsil.

7. Flexibility
Dasturchi sifatida dunyoning istalgan nuqtasida turib ishlash imkoniyatiga egasiz, albatta noutbuk va barqaror internet bo'lishi shart. Qo'shimchasiga, agar siz biror kimning qo'l ostida ishlashni yoqtirmasangiz, bir qancha online platformalarda o'zingizga ma'qul kelgan narx va vaqtga qarab ish olishingiz mumkin. Albatta bu darajaga chiqish uchun biroz vaqt talab qilinadi.

Qisqa qilib xulosa qiladigan bo'lsak, dasturlashni o'rganish uchun bir qancha yaxshi sabablar mavjud. Va shu online resource larning mavjudligi, sizni o'rganishlikdan to'xtatib qola olmaydi. Agar qiziqsangiz, nima uchun harakat qilib ko'rmasligingiz kerak? Shunchaki sinab ko'rish kifoya qiladi va shu yo'l orqali bu soha siz uchun yoki teskarisi ekanligini aniqlashtirib olasiz shunda.
1
JavaScript da chalg'ituvchi masallar va ularning yechimlari:https://jsisweird.com/


👉@js_problems👈
🔥3
Forwarded from Central Asian University
🔥 AU 14-15-may kunlari sport dasturlash musobaqasini tashkil qiladi. Bosh sovrin: 22 000 000 soʻmlik grantlar*. Musobaqa faqat maktab, litsey bitiruvchilari va abituriyentlar uchun.

Olimpiada ikki bosqichda oʻtkaziladi:

1. Ochiq saralash bosqichi: 14-may, Shanba, soat 16:00-17:00. U codeforces.com platformasida onlayn oʻtkaziladi.

2. Final: 15-may, Yakshanba, soat 10:00 — 17:00. U Toshkent shahridagi AKFA Universiteti kampusida boʻlib oʻtadi.

Sovrinlar:

🎓Finalda kamida 3 ta masalani topshirolgan ishtirokchilar AKFA Universitetining IT yoʻnalishiga oʻqishga qabul qilinadi

💰Eng yaxshi uchta final ishtirokchisiga mos ravishda 10 million, 7 million va 5 million soʻmlik grantlar*

Musobaqa tili: Ingliz tili

Roʻyxatdan oʻtish: www.au-acm.club/olympiad
N natural songacha bo'lgan do'st sonlarni chiqaruvchi funksiya tuzing


👉@js_problems👈
👍2
JavaScript dasturlash tilida SPREAD va REST operatorlari

Bu ikki operator JavaScriptning yangi ES6 sintaksisida paydo bo'lgan fichalardan biri bo'lib dasturchining hayotini ancha yengillashtirib beradi. Hatto suhbatlarda ham bu mavzular tez-tez so'rab turiladi. Bu video darslikda esa biz siz bilan bu ikki tushunchani nima ekanini batafsil o'rganib chiqamiz.

Videoga like👍 va izohlaringizni ayamasangiz kontent ommalashadi va uni ko'proq kishi ko'rishi mumkin bo'ladi. Barchaga omad yor bo'lsin.

🔹YouTube ga link

@bexruz_ru
👍1
#joke biroz kulishamizmi?

- Doktor, umrni uzaytirish yo‘lini aytsangiz.
- Uylaning!
- Nima, uylanish umrni uzaytiradimi?
- Yo‘q. Shunchaki, bunday fikr miyangizga qaytib kelmaydi.

Ammo bu hazil.. 😁
😱1
Bizda 4 hil dasturchilar bor.

1. Front-end dasturchilar;
2. Backend dasturchilar;
3. Full-stack dasturchilar;
4. CTRL+C va CTRL+V dasturchilar!

Siz qaysi birisiz?
👍2
#shunchaki tavsiya

Loyhangizdagi rasmlarni iloji boricha zichlashga, hajmini kichraytirishga harakat qiling bu saytingizni ishlash tezligini oshiriahga yordam beradi bunda bizga quydagi saytlar yordam beradi :
1.http://Tinypng.com
2.http://squoosh.app

Siz qanday saytlarni bilasiz biz bilan ulashing

👉@js_problems👈
#JS_tips
Or mantiqiy operatoridan foydalanganingizda shartlar ko'payib ketishi kod ko'rinishini buzib qo'yishi mumkin. Bunday holatda, dizyunksiya o'rniga, includes metodidan foydalanishingiz mumkin.

©️mabrur_dev
👉@js_problems👈
👍2
Kompyuter ham e’tiborga muhtoj

Qaysi dastur foydali yoki qay birini o’chirib tashlash kerakligini bilmayapsizmi?

Agar kompyuterni yaxshi tushunadigan do’stingiz yo’q bo’lsa, Shouldiremoveit.com sayti sizga keraksiz dasturlar to’g’risida ma’lumot beradi va ulardan oson xalos bo’lasiz.

➞ Saytni ochish: Shouldiremoveit.com

👉 @nuriddinoff_blog
👍1
TUIT DevCon jamoasi navbatdagi ochiq konferensiyasiga barchangizni taklif etadi

🚀.NET texnologiyasi kundan kunga rivojlanib, ish o'rinlari ko'payib bormoqda. Xalqaro kompaniyalarda o'zingizni ko'rishni istaysizmi? O'zbekistonda .NET bo'yicha birinchi konferensiyada sizni kutamiz.

Mavzular:
• .NET o'zi nimaga kerak?
• .NET - zamonaviy olifta.

Speakerlar:
Muhammadkarim To'xtaboyev
• Software Engineer at Uzcard
• Teacher at Najot Ta'lim
• Founder of .NET Uzbekistan Community

Xondamir Abduxoshimov
• Software Engineer at Epam System
• Teacher at PDP
• Co-Founder of .NET Uzbekistan Community

Manzil: TATU universiteti, A bino, faollar zali.
Sana: 14-may, shanba, 14:00
.

👉 Ro’yxatdan o’tish

@TUITDevCon
🔥1