Frontend
80 subscribers
199 photos
64 videos
20 files
176 links
Download Telegram
Muvaffaqiyat va yutuqlaringizdan g’ururlanmang!
Sizning cho’qqiga amallab chiqishingiz, takaning kundalik yumushi bo’lishi mumkin!


"Olim, odam va olam" kitobidan

#hikmat

@UmarSadullayev
2👍2
Mendan yaxshi dasturchi chiqmaydimi ?

Nega ana ular mendan tez o'rganishadi, men esa...?

kabi savollarni ko'p kuzatamiz.
Aslida bu savollar to'g'rimi ?
Ularga javobni qanday bilsak bo'ladi ?

Javobim:
Dasturlash bo'yicha aytadigan bo'lsa. Insonlarni uch turga bo'lishimiz mumkin.
1. Alloh bergan iqtidor, qobiliyat egalari.
Bular dasturlashni juda oson va tez o'rgana olishadi va katta natijalarga erisha olishadi.
2. Dasturlashni o'rganishga foydasi tegadigan ilm egalari.
Masalan ingliz tili, matematika va hakozo ilmlarni biladigan insonlar. Bularda iqtidor bo'lmasa ham, qo'llarida qurollari mavjud. Ular biroz qiynalsalar ham, dasturlashni o'rganishlari oson kechadi.
3. Oddiy, iqtidorsiz va ilmsiz insonlar.
Bular na til bilishadi va na iqtidorlari bor. Bularda dasturlashni o'rganish ancha qiyin. Ammo, uddalasa bo'ladi.

Endi siz bulardan qaysi biriga kirishingizni aniqlang va o'qishni davom eting.

1. Agar siz birinchi toifaga kirsangiz.
Allohga hamd ayting va o'rganishdan to'xtab qolmang.

2. Agar siz ikkinchi toifaga kirsangiz.
Qo'lingizdagi qurollar bilan 2 barobar ko'proq harakat qilsangiz, iqtidorli insonlardan kam joyingiz qolmaydi. :)
Bir barobar harakat qilsangiz, albatta ulardan qolib ketishingiz turgan gap.

3. Agar siz uchinchi toifaga kirsangiz.
Kayfiyatni tushurmang. Yon-atrofingizdagi odamlar sizdan juda ham tez o'tib ketishiga siqilmang. Ularni ba'zilari iqtidorli, ba'zilarini esa qo'lida qurollari mavjud. Siz esa bularga qarshi o'zingizga nisbatan 3-4 barobar ko'proq harakat va izlanish qilishingiz kerak. Ko'proq harakat qilsangiz, inshaaAlloh siz xatto ulardan ham o'tib ketishingiz mumkin.

Shuni unutmaslik kerakki, barchasi Allohdan. Biror narsa uchun qancha ko'p sabablarini qilsangiz, Alloh xohlasa shuncha tez unga erishasiz.

Fikrlarim manfaatli bo'ldi deb umid qilaman.

@JoshDeveloper
1👍1🔥1
​​#EPAM_Events

💫 Barchangizni "EPAM Insider Tashkent" offlayn tadbiriga taklif qilamiz!

Global IT konferensiyasida qatnashish orqali loyihalar ustidagi ish jarayonlari haqida to’g’ridan-to’g’ri ma’lumot oling, injinerlar bilan uchrashing va yangi do’stlar orttiring.

Qachon? 22-may kuni 09:00 dan 17:30 gacha
📍Qayerda? INHA universitetida

Quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’tishingizni kutib qolamiz.https://wearecommunity.io/events/epam-insider-tashkent?utm_source=telegram.com&utm_medium=social&utm_campaign=ta&utm_term=event&utm_content=uz-insider
#Misol 19

N natural songacha Bo'lgan Murakkab sonlarni chiqaruvchi funksiya tuzing

✳️O'z yechimingizni biz bilan ulashing✳️


👉@js_problems👈
🔥2
Frontend
#Misol 19 N natural songacha Bo'lgan Murakkab sonlarni chiqaruvchi funksiya tuzing ✳️O'z yechimingizni biz bilan ulashing✳️ 👉@js_problems👈
#Solution 19

function MurakkabSonlar(n){

for(let i = 1; i<n;i++){
let s = 0
for(let j = 1; j<i; j++){
if(i%j==0){
s = s +j
}
}
if(s==i){
console.log(i);
}
}
}
MurakkabSonlar(1000)
2
Bugungi kunda tezlik raqobatchilarni yengishning asosiy mezonlaridan biriga aylangan. Nimada birinchi bo'lsang, shunda yaxshi natijaga erishish ehtimoling yuqori(deyarli😅).

Shu sababli bugun dasturchilar va ijtimoiy tarmoqda media kontent yaratuvchilar uchun ba'zi saytlarni tavsiya qilmoqchiman. Bu saytlar ishimizni nisbatan tezlashtirishimizda yordam beradi.

1. Lorem Picsum - Ushbu sayt bizga turli xil rasmlarni generatsiya qilib beradi. Saytda maxsus sozlashlar ham mavjud.

2. Remove.bg - Odatda birorta rasmni orqa fonini olib tashlashimizga to'g'ri keladi. Bu saytga kerakli rasmni joylashtiramiz va u avtomatik bizga kerakli sohani fondan ajratib beradi.

3. PFPmaker - Ijtimoiy tarmoqlar uchun chiroyli avatar yaratmoqchi bo'lsangiz, ushbu sayt eng yaxshisi. AI sizga rasmingizdan kelib chiqib avatar yasab beradi ))

4. Compressor.io - Bu nima ekanligini menimcha tushundingiz. Rasmlarni sifatini buzmasdan kompress qilishimiz ya'ni xotirasini kamaytirishimiz mumkin.

5. CSSGradient - Bir qancha ranglar aralashmasidan chiroyli fonlarni yasashimiz mumkin(faqat ranglarni ko'p aralashtirib yubormang😂)

6. Neumorphism.io - Soyalardan foydalanishda ko'pchilik xato qiladi. Lekin shu sayt orqali bu xatoni to'g'irlashingiz mumkin ))

7. Animista - Nomidan ko'rinib turubdiki, bizga CSS animatsiyalarni yaratish uchun juda kerakli vositalardan biri. Animatsiyani sayt orqali yaratamiz va eski uslubda kodlarni CTRL+C qilamiz ))

8. Carbon - Dasturchilarga juda qo'l keladi. Kodlaringizni kimdirga ulashmoqchimisiz? Uni chiroyli rasm ko'rinishiga aylantirib bemalol ulashing. Ray.so degan ajoyib alternativ varianti ham bor.

9. FontJoy - Bu sayt orqali "yorvoradigan" fontlarni topishimiz mumkin. Neyrotarmoqni o'zi bizga fontlarni generatsiya qilib beradi.

10. Poet.so - Twitterda yoki Linkedindagi postlarni chiroyli rasmga aylantirib tarmoqlarda tarqatishingiz mumkin(pastdagi rasmni ko'ring).

👉 @fozilovkamron
🔥2
Assalomu alaykum hurmatli kanalimiz azolari #elon:
kimda kim arab tilini órganib quron óqishga harakat qilib yurgan bólsa ózim bilgan ajoyib
Qiroat egasi bólgan qori akani tavfsiya qilmoqchim kimda kim kursga yozilmoqchi bólsa
@Asilbekkhudoyberdiyev ga yozinglar
🔥 GDG Tashkent-dan uzoq kutilgan Web Dev Meetup!

Biz GDG Tashkent da yangi yo‘nalish – Web Community ochilishini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz.

Kelayotgan shanba kuni yurtimizning top kompaniyalarida faoliyat yuritadigan web-dasturchilari bilan birinchi Web Dev Meetup o’tkazamiz.

💥 Spikerlar ichida:
- Husniddin Kurbonboev, EPAM;
- Doniyor Aliyev, Super Dispatch;
- Ravshan Samandarov, Oxagile;
- Doniyor Yusupov, Altoros Inc.

Tadbir to’liq o’zbek tilida bo’ladi!

👀 Sana: 7 may 2022
🕙 Vaqt: 16:00
📍 Joy: IMPACT.T Technology Hub

Ishtirok etish narxi: BEPUL.

🎟 Ro'yxatdan o'tish uchun havola:
https://gdg.community.dev/events/details/google-gdg-tashkent-presents-web-event-1/

😉 Bu haqida do’stlaringizga ham ulashing va eventda ko’rishguncha!

@gdgtashkent
👍2
Tóxtalishlar uchun uzur sórab qolamiz


Assalomu alaykum obunachilarimiz internet tezligi pastligi tufayli(viloyatdamiz) kanalda ozgina tóxtalishlar bólmoqda bu uchun sizlar uzur sóraymiz va inshaa alloh tez kunlarda faolyatimizni davom ettiramiz
Abdulloh domla - ilm olish haqida
ILM IZLAB islomiy video kanal
ILM ÓRGANIB JANNATGA KIRAMIZ INSHAA ALLOH🤲🤲

Inshaa Alloh har birimiz uchun manfatli bóladi degan umiddamiz


👉@js_problems👈
👍2
Forwarded from MohirDev.uz
​​Dasturchi sifatida mantiqiy fikrlashingizni oshirishga yordam beruvchi 5 ta maslahat.

Mantiqiy fikrlash — yaxshi dasturchining eng asosiy quroli hisoblanadi.

1. Har kuni yangi masalalarni yeching.

Muammolarga yechim topishni odat qilganingizdan keyin, yangi masala va muammolarni yechish uchun kamroq vaqt sarflashni boshlaysiz. Miyangiz tayyor boʻlib turadi bunga. Real hayotga oid masalalarni ishlash, haqiqiy loyihalarda chiqishi mumkin boʻlgan muammolarni tezda yechishingizga yordam beradi.

Dasturlashga doir masalalar yechish uchun baʼzi saytlar:

- LeetCode
- Codewars
- Exercism

2. Maʼlumotlar tuzilmasi va Algoritmlarni oʻrganing

Maʼlumotlar tuzilmasi va algoritmlar mantiqiy fikrlashni shakllantirishda muhim rol oʻynaydi. Maʼlumotlar tuzilmasi va algoritmlar nafaqat dasturchi sifatida yaxshi mantiqiy fikrlashni shakllantiradi, balki muammolarga yechim topish koʻnikmasini ham yaxshilaydi. Agar siz u bilan muntazam ravishda shugʻullansangiz, bu sizning muammolarga yechim topish koʻnikmangizni va mantiqiy fikrlash qobiliyatingizni oshiradi.

3. Bosqichma-bosqich oʻting

Birinchi oson masalalar bilan mashq qiling. Ularni yechib boʻlgach, keyingisiga oʻting.

4. Masalalarni kichik boʻlaklarga boʻlib oling

- Birinchi, masalaning mohiyatini tushunishga harakat qiling.
- Qogʻoz va ruchka olib, masalani yechish uchun kerak boʻladigan taxminiy qadamlarni yozib chiqing
- Barcha holatlar, qadamlar, inpu va oʻzgaruvchilarni oʻylab koʻring.
- Yechim bo'lishi mumkin bo'lgan algoritm yozishga vaqt ajrating va undan soʻng, kod yozishga kirishing.

5. Boshqalarni kodlaridan oʻrganing

- GitHub, Stackoverflow dagi boshqa dasturchilar yozgan kodlarini oʻqib, ulardan oʻrganishga harakat qiling.
- Boshqalarning kodini oʻqib, bir muammoga turli xil rakursdan qarashga oʻrganasiz.

6. Loyihalar qiling

- Haqiqiy loyihalar qilish dasturlashda yaxshiroq boʻlishga yordam beradi.
- Xohlang, kalkulyator, elektron tijorat yoki portfolio sayt, farqi yoʻq.
- Biror loyihani qilayotganingizda, juda koʻp qiyinchilik va buglarga duch kelasiz. Bularni yechish davomida dasturchi sifatida mantiqiy fikrlashingizni shakllantirib borasiz.

Bonus

- "Ma'lumotlar tuzilmasi va algoritmlar" bepul kursini o'rganing
- "Algoritmlar: Leetcode da masala yechish" kursini bepul o'qing

Va hech qachon motivatsiyani yoʻqotmang. Siz ishlolmaydigan masala yoki muammoga duch kelganingizda, ruhingiz choʻkmasin, aksincha bu sizni yangi bilimlar egallashga ruhlantirsin, oldinga undasin.

Asosiysi, oʻrganishdan toʻxtamang.

Telegram | Instagram | Youtube
👍3
Git va GitHubda ishlash bóyicha ajoyib dars https://youtu.be/GYmLXBlTqfE

👉@js_problems👈
👍5
VS Code Shortcuts.pdf
12.1 MB
🚀 Shortcutlar ishingizni tezlashtiradi!

✔️ Ushbu faylda Visual Studio Codening ko'pgina shortcutlari va ularning vazifalari keltirilgan. Ish jarayoningizda bu shortcutlar vaqtingizni biroz bo'lsada tejashga yordam beradi.

Do'stlar bilan ulashish yoddan chiqmasin 😉

👉 @Dasturlash_hayoti |
@javohir_groupj

👉@js_problems👈
👍2
Nimaga dasturlashni o'rganish kerak? yohud dasturlashni o'rganishning foydalari

Har kim dasturlashni o'rgana oladi. Bu postda dasturlashni o'rganishdagi foydalar va eng muhimi bu soha sizga to'g'ri keladimi yok yo'qligi haqida bo'ladi.

1. Har kim dasturlashni o'rgana oladi.
Dasturlashning eng jihatlaridan biri shuki sizning yoshingiz, jinsingiz yoki kelib chiqishingizga qaramasdan, bu sohani o'rganish oson. Uzoq vaqt davomida odamlar dasturlashni faqatgina matematik yoki olimlar, qisqa qilib aytganda "botanik"lar uchun deb o'ylashgan. Lekin hozirda esa bunday emas. To'g'ri matematik bilim/ko'nikma va tahliliy fikrlay olish dasturlashni o'rganish va uni amalda qo'llay olish jarayonini bir muncha tezlashtiradi, ammo o'rganish uchun siz daho bo'lishiz shart emas. Yetarlicha vaqt va energiya sarflab, uni bemalol o'rgana olasiz.

2. O'zingiz o'rgana olasiz.
Coding ni o'rganishni yana bir oson tomonlaridan biri bu sizga faqatgina noutbuk va internet tarmog'i kerak bo'ladi. Hozir internetda tonnalab resurs borligi, o'rganishni oldingidan ko'ra ancha tezlashtiradi. Disclaimer: Tutorial Hell dan ehtiyot bo'lish zarur.

Boshlash uchun shu kurslarni maslahat beraman:
Bepul Front-end asoslari - Mohirdev
Bepul Python Dasturlash asoslari - Anvar Narzullaev
HTML asoslari - Ulug'bek Samigjonov

3. O'rganish tezligi
Dasturlashni online o'rganish jarayonidagi eng yaxshi tomonlaridan biri bu sizning o'rganish tezligingizdir, ya'ni kursni o'zizni bilim olish salohiyatingiz va tushunishingizga qarab moslashtira olasiz. Masalan, agar sizdagi kunlik tarzi judayam band bo'lsa, coding ni o'z kunlik jadvalingizga sekinlik bilan moslashtirib olishingiz mumkin. Kuniga 30, 40 minutdan boshlab bir necha soatgacha chiqarib olish mumkin.
Va shu orqali haftasiga 5 - 10 soatgacha vaqt sarflanadi. Qanchalik o'rganganingiz sari, ishtiyoq ham shuncha kuchayib boradi va bir muncha murakkab loyihalar ustida ishlashga ham kirib keta olasiz.

4. Diplom shart emas
Bir necha yil oldin, umuman dasturlash sohasida ishlash uchun malum bir daraja talab etilgan, bakalavr yoki magistr. Lekin hozirda turli xildagi online kurslar va resurslarning mavjudligi, bu "diplom kerak" degan tushunchani yo'qga chiqardi. Shu asnoda, ko'pchilik katta "tech" kompaniyalar ishga qabul qilish jarayonida odatda diplomga unchalik e'tibor berishmaydi, ya'ni diplom ikkinchi darajali. Bu maqolada batafsil yozilgan

5. Dasturchilar jamiyati
Dasturlashga birinchi qadamni qo'yganingizda, tom ma'noda siz dasturchilar jamiyatiga(o'xshash fikrli va bir birini "поддержка" qiladigan individuallar guruhi) qo'shilgan hisoblanasiz. Sizda qanaqadir muammo va tushunmovchilik paydo bo'lsa, ko'plab online forumlarda savol qoldirib osonlikcha javob topish mumkin agar uni Google Tog'o topib bera olmasa. Qo'shimchasiga, har xil soha vakili bo'lgan va hozirda dasturlash bilan shug'ullanayotgan odamlar bilan tanishasiz va do'stlar orttirasiz, bu albatta "networking" uchun foydali.


6. Yuqori maosh
Hozirgi kun ish bozorida eng ko'p maosh oladigan soha vakillari qatoridan shak shubhasiz dasturchilar ham o'rin olgan. Hattoki, sizning ishingiz kod yozishni taqozo etmasa ham, dasturlashni bilishingiz sizga bir qancha ustunliklarni taqdim etadi, masalan ko'proq maosh va "promotion". Dasturchilarning qancha maosh olishlari haqida bu yerda batafsil.

7. Flexibility
Dasturchi sifatida dunyoning istalgan nuqtasida turib ishlash imkoniyatiga egasiz, albatta noutbuk va barqaror internet bo'lishi shart. Qo'shimchasiga, agar siz biror kimning qo'l ostida ishlashni yoqtirmasangiz, bir qancha online platformalarda o'zingizga ma'qul kelgan narx va vaqtga qarab ish olishingiz mumkin. Albatta bu darajaga chiqish uchun biroz vaqt talab qilinadi.

Qisqa qilib xulosa qiladigan bo'lsak, dasturlashni o'rganish uchun bir qancha yaxshi sabablar mavjud. Va shu online resource larning mavjudligi, sizni o'rganishlikdan to'xtatib qola olmaydi. Agar qiziqsangiz, nima uchun harakat qilib ko'rmasligingiz kerak? Shunchaki sinab ko'rish kifoya qiladi va shu yo'l orqali bu soha siz uchun yoki teskarisi ekanligini aniqlashtirib olasiz shunda.
1
JavaScript da chalg'ituvchi masallar va ularning yechimlari:https://jsisweird.com/


👉@js_problems👈
🔥3
Forwarded from Central Asian University
🔥 AU 14-15-may kunlari sport dasturlash musobaqasini tashkil qiladi. Bosh sovrin: 22 000 000 soʻmlik grantlar*. Musobaqa faqat maktab, litsey bitiruvchilari va abituriyentlar uchun.

Olimpiada ikki bosqichda oʻtkaziladi:

1. Ochiq saralash bosqichi: 14-may, Shanba, soat 16:00-17:00. U codeforces.com platformasida onlayn oʻtkaziladi.

2. Final: 15-may, Yakshanba, soat 10:00 — 17:00. U Toshkent shahridagi AKFA Universiteti kampusida boʻlib oʻtadi.

Sovrinlar:

🎓Finalda kamida 3 ta masalani topshirolgan ishtirokchilar AKFA Universitetining IT yoʻnalishiga oʻqishga qabul qilinadi

💰Eng yaxshi uchta final ishtirokchisiga mos ravishda 10 million, 7 million va 5 million soʻmlik grantlar*

Musobaqa tili: Ingliz tili

Roʻyxatdan oʻtish: www.au-acm.club/olympiad