Frontend
80 subscribers
199 photos
64 videos
20 files
176 links
Download Telegram
#foydali

🤫 HTMLdagi yashirin imkoniyatlar

Bugun loyihalarimizda qo'l kelishi mumkin bo'lgan bir nechta foydali HTMLdagi yashirin imkoniyatlarni ko'rib o'tamiz.

Ushbu imkoniyatlar sizning vaqtingizni tejashga va kamroq kod yozishingizni ta'minlaydi. Sinab ko'ring!

Kanalimiz 👇
https://t.me/joinchat/z4wZ5DYGlQAxZjJi
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Pointer darsida reference type haqida aytib o'tgan edim. Bu lavha uni tushintirish uchun eng sodda yechim bo'libdi.

@saudabdulwahed
Forwarded from Azizbek Khabibullaev
Qanday qilib, 0 dan kuchli backend dasturchi bo'lish mumkin? Roadmap?

👋 Tanishing: Bexruz. Ayni paytda CLICK va Chowis kompaniyalarida Node.JS Backend Engineer bo'lib, ishlab kelmoqdalar.

— Tez kunda: "0 dan kuchli BACKEND DASTURCHI bo'lish" mavzusida YouTube sahifamizda suhbatlashamiz!

— Savollaringizni @azizbekkhabibullaev_bot ga yuborishingiz mumkin :)

Bexruzning shaxsiy telegram va YouTube sahifasi:
@bexruz_ru // YouTube

👉 Telegram | YouTube | Instagram
CSS bo'yicha ommabop resurslar

Ko'pchilik CSSni video darslardan tashqari qayerdan o'rgansam ekan deb izlanib yurishadi. Shunday insonlarga men quyidagi bir nechta CSS resurslarini tavsiya qilgan bo'lar edim.

Ushbu resurslar ingliz tilida lekin shunday bo'lsada juda ko'p kerakli ma'lumotlar berib o'tilgan!

1. css-tricks.com
2. scotch.io
3. devhints.io
4. css-author.com
5. smashingmagazine.com

Kanalimiz 👇
https://t.me/joinchat/z4wZ5DYGlQAxZjJi
👍1
😁

👉 @js_problems
Forwarded from Suhrob Abduaxatov
Ishga qanday kirish mumkin ?

Shu vaqtga chamasi 30-40 ta atrofida intervyularda bo'lganman shular asosida ishga kirish borasida tajribalarimni bo'lishishga harakat qilaman

- Yaxshi rezyume yarating, rezyume-siz ishga topshirmang
- Bajargan portfoliolaringizni ish beruvchiga ZIP qilib yubormang
- Sinov (Template) loyihalarni ko'plab bajaring, misol tariqasida: Sizni portfolio Netlifyda joylangan sayttingizdan kamida 5-10 ga yaqin bajarilgan loyihalar bo'lishi kerak (Haqiqiy loyiha bo'lishi shart emas ammo bo'lsa ishga kirishingiz tezlashadi)
- Telegram akkauntingizda ism va familiyangiz yoki ismingizni o'zi yozilishi qulay, hayoliy usernamelar ish beruvchi sizni jiddiy qabul etmasligiga olib keladi

Davomi bor ...
Forwarded from Suhrob Abduaxatov
Ishga qanday kirish mumkin? 2-qism

- Yaqin orada ilk bor ishga kirgan xodimlarni izlab toping va ulardan namuna olvoling: Rezyume, portfolio, va unga berilgan jobs zadaniyalarini so'rab oling, o'zingiz uchun xulosa qiling

- Turli xil vakantsiyalarga ishga topshirib ko'ring, va sizga qiziqish bildirishmasa ulardan nega sizni qabul etishmaganini? Yoki suhbatga chaqirishmaganini so'rab oling, shunda siz o'zingizni kamchiliklaringizni yaqqol ko'ra boshlaysiz

- Turli xil tanish va ishga kirgan yaqinlar orqali ishga kirish uchun "kanal"lar izlab ko'ring bu ham foyda beradi, kompaniyada ishlovchi xodim sizni o'sha kompaniyga tavsiya etishsa sizga ko'proq etibor qaratishadi va rezyume-ingiz "qora tuynikda" qolib ketmaydi

Davomi bor...

Imloviy xatoliklar uchun uzr

@suhrobabduaxatov
"0 dan 1 gacha" nomli loyihamizning dastlabki 2 ta sonida dasturlash asoslariga chuqur yondashgan edik. Bu galgisida esa dasturlash yo'nalishlari va dasturlash tillari mavzusi atrofida akalarimiz bilan suhbat qurdik. Keyingi sonlarida har bir yo'nalishlar bo'yicha chuqurlashib, mavzuni yoritib berish niyatimiz bor.

Bugungi ko'rsatuvimiz premyerasida qaysi dasturlash tilini tanlashga ikkilanayotgan yoshlar uchun yaxshi tavsiyalar berib o'tiladi. Premyerani bugun 14:00 da quyidagi havola orqali tomosha qiling.

Tomosha qilish uchun havola: https://youtu.be/VI3ed9qxy3o
9522. Она - умматни етиштиради.

@arabicuz

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter | Tiktok | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Долзарб

Масжидларда ИФТОРЛИК қилиш мумкин эмас!!
Google'dan qocholmaysan, shunday ekan aql bilan ish qil 😳

Do'stingizga ham ulashing: 👇

👉@js_problems👈
Assalomu alaykum🖖🏻

Kecha EPAM Systems kompaniyasi bilan suhbatim bo'lib o'tdi. Suhbatda esimda qolgan savollarni sizlar bilan ulashmoqchiman.

▍JavaScript va umumiy savollar

1. JavaScriptda Capturing va Bubbling phase nima?
2. JSda qanday qilib inheritance (me'ros) olish mumkin?
3. var, let, const o'rtasidagi farqni aytib bering.
4. Bind, call, apply farqlari nimada?
5. forEach va map ning bir-biridan qanday farqi bor?
6. JavaScriptda Closures (Замыкания) nima?
7. Event Loop qanday ishlaydi?
8. JSdagi Immutable ma'lumotlar turi qaysilar?
9. Asinxronlik nima?
10. Qanday yo'llar bilan asinxron funksiyalar yasasa bo'ladi?
11. Promiselar tuzilishini tushuntirib bering.
12. Prototiplar zanjiri (prototype chain) nima?
13. SOLID prinsiplari haqida aytib bering.
14. const bilan e'lon qilingan obyektni qanday o'zgartirsa bo'ladi?
15. Testing Pyramid haqida ma'lumot bering, qanday testlarni bilasiz?
16. Optimizatsiya uchun qanday texnologiyalardan foydalangansiz?
17. Multi-page va Single-page o'rtasidagi farq qanday?
18. CI/CD qanday ishlaydi?
19. Toza kod yozish uchun qanday stillardan foydalanasiz?
19. Eslint va Prettierning farqi nimada?
20. Kanban va Scrum metodologiyalari haqida tushunchangiz bormi?

▍Vue.js (Vue js bilganim uchun ushbu freymvorkdan savollar berildi)

1. Vuening asosiy tushunchasi va ishlash tamoyili qanday?
2. Vueda hayot sikllari (life cycle) nimalardan tashkil topgan, ular haqida batafsil aytib bering.
3. Vue va oddiy JS hodisalari o'rtasida qanday farq bor?

▍JS amaliy

1. Funksiya tuzing.
sum(2, 3) // output 5; sum(2)(3) // output 5

2. Quyidagi kodda raqamlar chiqishi ketma-ketligini tushuntirib bering.
(function() {
console.log(1);
setTimeout(function(){console.log(2)}, 1000);
setTimeout(function(){console.log(3)}, 0);
console.log(4);
})();

3. Berilgan qiymat palindromligini tekshiruvchi funksiya tuzing.
palindrome('34543') // true
palindrome('string') // false

Exadel bilan ham interview bo'lib o'tgan edi, ammo ular savollarni tarqatishga ruhsat berishmadi.

Savollarni do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang.

@mabrur_dev
👍2
Siz dasturlashni qayerdan o'rgangansiz yoki o'rganyapsiz🤔
Forwarded from Khumoyun the tech-guy
JavaScript Massiv Metodlari

Ushbu maqolada JavaScript'dagi barcha massiv metodlari haqida alohida yondashdim. Quyidagi havola orqali bemalol o'qishingiz mumkin, o'ylaymanki, sizga foydasi tegadi 🙂

https://community.uzbekcoders.uz/post/javascript-massiv-metodlari-61439348a8109059a1aeb9b2

@HumoyunProjects
👍2
🤩 3D iconlar

Ochiq manbali 3D icon kutubxonasi, 1440 dan ortiq ob'ektlar

🌐 Sayt manzili

👉 @Dasturlash_hayoti
👍1
Hindistonlik 19 yoshli Adarsh degan bola HTML va CSS ni o’zi bilangina yaxshigina daromad qilgani haqida twitterda o’qib qoldim albatta bu menga ham qiziq bo’ldi va o’ziga yozdim buni qanday amalga oshirgani haqida. Men kabi murojaatlar ko’p bo’lgani sabab uzun bir maqola yozdi. Haqiqatdan oddiy hammamiz bilgan usullar orqali daromad qilgan lekin uni bizdan farqi shuki sabr qilgan ekan, upworkda birinchi clientini 3 oy deganda qo’lga kiritgan. Shunday sabr qilishni ham o’rganishimiz kerak biroz ish topa olmay qolsak hammasi tugadi degani emas.

Sizlarga qiziq bo’lsa Adarshni postini to’liq tarjima qilib kanalga joylayman🙂

@nurmukhamedoff_dev
Ko'p odamlar HTML CSS yordamida pul ishlash haqida noto'g'ri tushunchaga ega

Ushbu postda men HTML CSS yordamida pul ishlashda qo'llagan barcha usullarimni (dalil bilan) sizlar bilan bo’lishmoqchiman.

1.Repetitorlik qilish

➪ Agar siz kimdandir bir qadam oldinda bo'lsangiz, uni har doim o'rgatishingiz va mahoratingizdan pul ishlashingiz mumkin

➪Men boshida odamlarga soatiga 2$ (juda kam) evaziga dasturlashni asoslarini o’rgatganman, lekin hozir men undan 5 baravar koʻpiga ishlayman.

Bu odamlarni qanday topganman?

✪ Men bir nechta dasturchilarning Facebook hamjamiyatlari/guruhlarida odamlarga o’z xizmatlarimni taklif qilganman.

✪ Shundan so’ng ko’p odamlar menga xabar yuborishdi.

✪ Men hammasiga ulgura olmaganim uchun faqat 5-6 nafar o’quvchini qabul qildim.

Men super prof profilini yaratdim va oddiy HTML CSS-ni o'rgatishdan 300 dollar ishlab oldim

2. Freelancing

Men 2020 yildan boshlab frilanserlik qilib kelaman.

➪ Menga ishoning, birinchi oylarda mijozlarni topish juda qiyin

Men @fiverr @upwork, frilanser, frilanser va kabi bir nechta platformalarni sinab ko'rdim.

Mijoz olishim uchun 3 oy vaqt ketdi va bu ham 5 dollarga. Bir nechta mijozlarni olganimdan so'ng, odamlar oqimini to’xtatib bo’lmay qoldi😌

Birinchi buyurtmani qanday oldim?

Men ijimoiy tarmoqlardan mijozlarni topdim va undan Fiverr/Upwork orqali meni ishga yo’llashini so‘radim. Ular bunga rozi bo‘ldi va men ushbu platformalardan birinchi buyurtmalarimni oldim.

3. Shablonlarni sotish

Men HTML CSS yordamida bir nechta shablonlarni yaratishga harakat qildim lekin dastlab hech kim sotib olmadi.

Men yana Facebook-ga kirdim va ushbu shablonni sotayotganimni va pul ishlayotganimni e'lon qildim.

Bundan tashqari shablonlar uchun sizga pul to'laydigan bir nechta veb-saytlar ham mavjud

✪ Themeforest .net
✪ sitePoint
✪ TempElateMonster

Lekin men bu veb-saytlardan shaxsan foydalanmaganman.

Bu mening HTML CSS yordamida pul ishlay olgan asosiy usullarim edi.

Men JavaScript va ReactJS-ni o'rganganimda, yanada ko'proq imkoniyatlarga ega bo'ldim va bu menga bitta loyiha uchun $100+ ishlay olishimga yordam berdi.

HTML CSS yordamida pul ishlashning boshqa usullari

✪Kontent yaratish
✪Blog yuritish
✪Kurs yaratish
✪ Elektron kitob yaratish
✪Youtube kanali

To'liq ishga joylashish uchun siz JavaScript, Frontend kutubxonalari kabi ko'proq narsani o'rganishingiz kerak.

"Dasturchilar har doim o'rganadi"

Manba: twitterdan olindi
Muallif: Adarsh Gupta

@nurmukhamedoff_dev
👍2