Frontend
80 subscribers
199 photos
64 videos
20 files
176 links
Download Telegram
Forwarded from MohirDev.uz
​​2022-yilda oʻrganilishi kerak boʻlgan eng yaxshi 4 ta JavaScript frameworki

Keling birinchi navbatda frameworklar nima ekanligini bilib olamiz. Framework bu — oldindan yozilgan, qayta ishlatilishi mumkin boʻlgan kod boʻlib, dasturchilarga noldan kod yozmasdan kerakli natijani olishga yordam beradigan dasturiy taʼminotdir. 70dan ortiq JavaScript frameworklar mavjud. Shulardan eng yaxshi 4 ta JavaScript frameworklarini koʻrib chiqamiz

1. NodeJS

NodeJS 2010-yilda Rayan Dahl tomonidan ishlab chiqilgan. NodeJSning aFzalligi u har qanday turdagi ilovalar bilan mos ishlay oladi. Uni kichik loyihalarda ham, katta mashtabdagi proyektda ham ishlatish mumkin. Bugungi kunda dunyoda mashhur boʻlgan PayPal, LinkedIn, Medium, Yahoo va boshqa bir qancha platformalar ushbu frameworkdan foydalanishadi.

Xususiyatlari:

1. Hajmi oʻta kichik

2. Dinamik package managerga ega.

3. Ishonchli va tezkor

2. AngularJS

AngularJS — mukammallashtirilgan ochiq manbali frontend veb frameworki hisoblanadi. Google tomonidan ishlab 2010-yilda ishga tushirilgan. Upwork, Freelancer, Netflix, Intel va boshqa shu kabi bir qancha yetakchi transmilliy kompaniyalar ushbu frameworkdan foydalanishadi.

Xususiyatlari:

1 Yengil, kata mashtabdagi dasturlar uchun ishlatsa boʻladi, responsive dastur.

2.Test qilishga oson va debugging uchun qulay.

3. ReactJS

Facebook tomonidan ishlab chiqilgan. Ham kutubxona sifatida, ham framework sifatida ishlatsa boʻladi.

Xususiyatlari

1. Dinamik va yuqori darajali dastur uchun ideal hisoblanadi.

2. Tezkorlik yuqori darajada.

4. VueJS

VueJS 2014-yilda Evan You tomonidan yaratilgan va foydalanuvchi interfeysi va bitta sahifali dasturlarni yaratish uchun ishlatiladi.

Xususiyatlari:

1. Oʻrganish oson

2. Boshqa JS kutubxonalari bilan oson integratsiyaga kirishadi.

3. Bir sahifali ilovalar uchun tezkor va yuqori samaradorlikga ega

Qanday o'rganish mumkin?

ReactJS va NodeJSni MERN Prakktikum kursimizda o'rganishingiz mumkin. Bundan tashqari, praktikum kursimizda Redux, NextJS, ExpressJS, MongoDB, Webpack, TypeScriptni egallaysiz.

Barchasi 1ta kursda.

Ro'yxatdan o'tish: app.mohirdev.uz

Telegram | Instagram | Youtube
Kuzatish uchun 22 dasturchi YouTube kanallari

Dasturlash boʻyicha bilimlaringizni rivojlantirish uchun YouTubeʼda maʼlumotlar juda koʻp lekin biz sizlarga kuzatishingiz mumkin boʻlgan ajoyib YouTube kanallarni roʻyxatini taqdim etmoqchimiz

⚠️ Eslatib oʻtamiz: Barcha kanallar Ingliz tilida. Oʻzbek tilida yuritiluvchi kanallarni roʻyxatini tuzishga bizga yordam berishingiz mumkin. Buning uchun izohlarda siz YouTubeʼda kimni koʻproq kuzatishingizni yozib qoldiring

🔹Dev Ed
🔹DesignCourse
🔹TheNetNinja
🔹FreeCodeCamp
🔹ProgramWithErik
🔹Dylan Isreal
🔹Coding Garden With CJ
🔹The Coding Train
🔹FunFunFunction
🔹Stefan Mischook
🔹Academind
🔹RealToughCandy
🔹CodingPhase
🔹Chris Hawkes
🔹Joshua Fluke
🔹Caleb Curry
🔹Sentdex
🔹MMTuts
🔹CSDojo
🔹LevelUpTuts
🔹Wes Bos
🔹TheNewBoston

👉 @Dasturlash_hayoti / Manba
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Vs code ajoyib Emmet 😊

Buni bilar edingizmi ?
©webdev07

👉@js_problems👈
Forwarded from TUBO 🌸طوبى🌸
​​QIZLARGA O‘RGATING!

Sendan keyin erkak kishi bo‘lsa, narvonga chiqma. Bir chetda tur. Erkak chiqqanidan so‘ng undan keyin sen chiq!

Liftda begona erkak bo‘lsa liftga chiqma. U chiqsin. Keyingi safar sen chiq!

Amakingning o‘g‘li, tog‘angning o‘g‘li, xolangning o‘g‘li bilan qo‘l berib ko‘rishma!

Gaplashadigan kishing bilan doimo kerakli masofani saqla!
Qanchalik yaqin bo‘lmasin, kishilar bilan muomala qilganingda chegarani saqla.

Viqoringni muhofaza qil!
Yo‘llarda dugonalaring bilan kulishib gaplashma. Ko‘cha odobini saqla!

Sen bor joyga kattalar kirsa, diqqatli bo‘l. Kattalarni hurmat qil. Qariyalarga o‘rningni ber!
Ko‘chada otadan boshqa erkaklar begonadir. Ular bilan gaplashish shart emas. Qarindosh bo‘lsa-da, qalbi kasallar ko‘p!

Biror do‘konda og‘irroq narsani ko‘tarmoqchi bo‘lsang ruku qilgandek egilma. Oldin o‘tirib keyin ko‘tar. Mana shu yaxshiroq bo‘ladi. Ko‘rinishing xunik bo‘lmaydi!

Avtobus yoki taksida butun hayotingni doston qilma. Ovozingni ko‘tarma!

Ba’zilar yuqoridagi ishlarni yo‘qolib ketgan eskilik sarqitlari deb qaraydi. Ammo bizga tushgani ularni o‘z o‘rniga qaytarishdir. Bular buyuk dinimizning asl o‘zaklaridandir!
Alloh xotin-qizlarimizni fitnalardan asrasin!

Abdulqodir Polvonov

@IbnuYusuf
#Buni bilarmidingiz

let num = 9999999999999999 ; console.log(num);
Anonymous Quiz
29%
9999999999999999
28%
1000000000000000
33%
infinity
9%
endi bilib olaman
Bilishingiz kerak bo'lgan CSS birliklari

CSS-ni yozishda siz foydalanishingiz mumkin bo'lgan birliklar uchun juda ko'p imkoniyatlar mavjud. Bu postda bilishingiz kerak bo'lgan ba'zi asosiy birliklar va ularni qachon ishlatishingiz to'g'ri bo'lishi haqida yozaman.

PX

Piksellar eng mashhur va taniqli CSS birligi. Ular statikdir va masshtabga ega emas, shuning uchun ekranning o'lchamlari chegaralar o'lcham elementlari kabi o'zgarmas har qanday qiymat uchun mos keladi.

.button {
border-radius: 4px;
border: 2px solid #fc87da;
}

Foiz%

Foiz birliklari ham mashhur bo'lib, ular responsive dizayn uchun yaxshi tanlovdir. Biroq, balandliklarni o'rnatishda% birliklari har doim kutilganidek ishlamaydi, chunki ularni faqat kengliklarda ishlatish to'g'ri bo'ladi

.wrapper {
width: 100%;
padding: 0 2%;
}


VH va VW

Ko'rinish balandligi(view height) va ko'rinish kengligi(view width) birliklari ekranning ma'lum qismini egallashi kerak bo'lgan joylar uchun juda yaxshi mos keladi.

.hero--fullscreen {
width: 100vw;
height: 100vh;
}

EM & REM

Em va Rem birliklari shrift o'lchamiga qarab hisoblanadi. Odatda Rem birliklari bilan bog'lanish qulayroqdir, chunki ular ildiz shrift hajmiga asoslangan va oldindan taxmin qilish mumkin.

.heading {
font-size: 2rem; /* 32px */
line-height: 1.4;
}

CH

Character birligi matn bloklariga kengliklarni o'rnatish uchun juda yaxshi. Siz elementning kengligi qancha belgi bo'lishini cheklashingiz mumkin va bu matnning shrift o'lchamiga qarab har xil bo'ladi.

.article__text {
max-width: 70ch;
}

.headline {
width: 15ch;
white-space: nowrap;
overflow: hidden;
text-overflow: ellipsis;
}


❗️Eng yaxshi birlik yo'q!

Bitta birlikdan doimiy foydalanmang va faqat loyiha davomida dizaynga va elementga qarab uslubni yaratmoqchi bo'lgan har bir narsani baholang va ish uchun eng yaxshi birlikni tanlang! Bunday tanlov 📲💻🖥📺 qurilmalarda ishlaydigan juda ko'p qirrali va professional dizaynni yaratishda foyda beradi.

©senioritta_coder


👉@js_problems👈
Forwarded from the Ayteshnik (c)
Javascript array methods
#JavaScript #array #methods

➡️ Telegram | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu dunyoda yashirilgan sir...

©️ Ikrom Sharif

P. S. Videoni boshqalarga ham ulashing!

🔴 To'liq videoni ko'rish

👉 @js_problems 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Juma ayyomi muborak bulsin azizlar!!!

Payg'ambarimiz(sallolohu alayhi vasallam )ning shafoatlariga erishish nasib etsin ilohim🤲🤲
(Rasululloh sizni kórgim kelyabdi )


👉@js_problems👈
-Shayx, pulimni qayerga berkitsam bo'ladi?
-Kitoblar ichiga.
-Kitoblar ichigа?
-Ha, xotirjam bo'ling, odamlar kitob ochib o'qishdan qo'rqib qolishgan...
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mehr

Yaxshilik qilish uchun ko'p narsa kerak emas.

Dóstlarim yana bir maratoba ayyom muborak bólsin kuningiz hayrli va savobli amallarga tóla bólsin🤗🤗

👉@js_problems👈
ҲАЛОЛМИ

@Savollar_kanal 10663-савол

Ассалому алайкум! ᅠᅠ Мен келажакда Программист Булмокчиман Ойин Разработчики Лекин Ҳар бир ишни Бошлашдан Олдин Оллох нма дейди Бу Ҳалолми Деб бошлаш керак Мен Ойин кашф қилиб уни орқасидан топган Пулим Ҳалолми Абдусатторакам бир Интервюсида ойин индустриясини ривожлантиришимиз керак деган эди биз биламизки Абдусатторакам Ҳалол Инсонлар Шунга нма дейсизлар бир обшествани нма дейди бунга? Интернатта кидирдим Келажакди Ва исломга зиён келтирадигон уйинлар ҳаром дейилди аммо қайси турлари?

ЖАВОБ:

– Ва алайкум ассалом! Болалар ўйин ўйнаши аниқ, ҳозирдаги ўйинлар эса инсонни вақтини олади, ўқишдан қолдиради. Сизлар эса болаларни ақлини зиёда қиладиган, билимини зиёда қиладиган ўйинларни ўйлаб топишинглар шарт. Акс ҳолда уларни муқобилида ўйин ишлаб чиқармаганинглар учун жавоб ҳам берасизлар. Валлоҳу аълам!


«Зикр аҳлидан сўранг» ҳайъати

Манба

➡️ Каналга уланиш
Console.log(true+false+false)
Anonymous Quiz
30%
False
26%
True
9%
0
30%
1
4%
Bilmas ekanman
Aldagani mol yaxshi yohud sigirlar uchun meta-olam allaqachon shu yerda!

🕶 Turkiyalik fermer İzzet Koçak o'z sigirlari uchun VR ko'zoynaklarini sotib oldi va ularga taqib qo'ydi. Gap shundaki, qishda sigirlar ichkarida bo'lganliklari uchun "stress"ga tushib qoladilar.

🐄 VR ko'zoynak bilan esa ular o'zlarini yam-yashil adir ustida, quyoshli ochiq havoda o'tlab yurgandek his qiladilar va bu ularning ruhiy holatiga ijobiy ta'sir qiladi. Keyin esa ular yanada ko'proq sut bera boshlashadi! Prikolna da?

— Ma'lum bo'lishicha bu g'oyani moskvalik fermerlar birinchi bo'lib sinab ko'rishgan. Shundan so'ng, qahramonimiz Koçak ham ulardan ilhomlanib, o'zining 2 ta sigirida buni ishlatib ko'rgan. Uning aytishicha odatda sigirlar 22 litr sut berishgan, VR ko'zoynak bilan esa ular 27 litrgacha sut bera boshlagan. Fermer hozirda yana 10 ta VR ko'zoynak uchun buyurtma berib qo'ygan, agar qolgan sigirlar ham yaxshi natija bersa butun poda VR bilan ta'minlanadi!

P.S. Kibersigirlar...

@ITvaTexnologiya
​​Nimadan boshlashni bilmayapsizmi?

Siz uchun boshlang'ich dasturchilarga kerakli maqola va videolarni bir joyga yig'dik.

Qaysi dasturlash tilidan boshlashim kerak? - Jahongir Rahmonov

Juda ko'pchilik til tanlashda qiynalishadi. Sohaga kirmoqchi bo'lganlar uchun o'qilishi shart bo'lgan maqola.

Qaysi dasturlash tilini tanlay? - Anvar Narzullaev

Yuqoridagiga o'xshash savolga endi video ko'rinishda javob olishingiz mumkin.

Qanday kompyuter tanlash kerak? - Anvar Narzullaev

Dasturlash tili yoki yo'nalish tanlangandan keyin, ko'pchilikda bir savol qoladi: qanday kompyuter sotib olishim kerak? Yoki hozirgi noutbukim yetarlimi? Barcha savolga ushbu videoda javob olishinigz mumkin.

Kompyuterni qanday tanlash kerak?

Kompyuter tanlash bo'yicha muhim maslahatlar jamlangan maqola.

Soft skillar nima? Ularni nima uchun egallash kerak? - Andrei Neagoie

Ingliz tilidan yumshoq ko'nikmalar deb tarjima qilinadigan bu "skillar" haqida ko'proq bilib oling. Bularsiz o'z maqsadingizga yetishish qiyinlashadi. Uzun maqola. Uzun maqola o'qib, o'zini rivojlantiradiganlar qatorida bo'ling.

Ishga kirish uchun tajriba kerak. Tajriba uchun ish kerak - Jahongir Rahmonov

Juniorlarning eng og'riqli muammosiga yechim topishga harakat qilingan maqola. Kursni tugatib, ishga kirish harakatida yuribsizmi? Unda bu maqola aynan siz uchun.

Senior dasturchi bo'lish siri - Jahongir Rahmonov

Ko'p ishlab lekin o'zingizni o'smayotgandek xis qilayotgan bo'lsangiz, mana shu maqolani o'qing.

Dasturchi sifatida yaxshi rezyume tayyorlash - Azimjon Po'latov

Bilasizmi, yaqinda e'lon qilingan amaliyot dasturimizni ilk bosqichiga 300 dan ortiq ariza kelib tushdi va ular asosan rezyume va portfoliosiga qarab saralab olindi. Eplab rezyumeni ham to'g'ri to'ldira olmaydigan dasturchiga ishonch pastroq bo'ladi. Shu sabab bunga jiddiy qarang.

Foydali bo'lgan bo'lsa, do'stlaringiz bilan ulashing.

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!

Telegram | Instagram | Youtube
let a = 7 || 2 || true || false || 'salom' ;
console.log( a )
Anonymous Quiz
23%
True
9%
False
36%
'salom'
0%
2
23%
7
9%
Nimalar tashlayabsiz ózi
let a = 7 && 2 && true && false && 'salom'
Anonymous Quiz
39%
7
4%
2
9%
True
22%
False
26%
Salom