Vaqt qadri
Hozir yoshsiz, ilm olishga, yangi skillar o’rganishga, o’ylagan narsangizni amalga oshirish uchun biroz bo’lsa ham vaqtingiz bor. Foydalaning. Ilm oling, skillaringiz ustida ishlang, o’sha o’rganmoqchi bo’layotgan narsangizni hozir o’rganing.
Vaqtimiz qanchalik tez o’tayotganini his qilayotgandirsiz. Ertaga shu ozgina vaqtingizni ham o’zingiz xohlagan, ya’ni hozir kechiktirayotgan narsalarga ajratolmasangiz-chi? O’ylab ko’ring.
Hozirgi paytdagi eng katta vaqt o’g’rilari - Instagram, TikTok va boshqa shunga o’xhshash ijtimoiy tarmoqlar. Siz shu narsalarga yoshligingiz, kuchga to’lgan paytingizni almashishga rozi bo’lasizmi?
Do’stim, akam, ukam, singlim - vaqtingizni qadrlang!
jj thoughts

❤10
Nonvoy biladi…
Issiq non olish uchun nonvoyni yoniga chiqyapman. Nonvoy o’zimizniki - mahallamizniki. Ko’chamizda hammani taniydi.
Tandirdagi qaynoq non uzilguncha, 3-4 daqiqa suhbatlashamiz. Hazillashib so’rab qo’yaman, meni uyimdagilarni qarzi yo’qmi deb.
Qarz daftarini qarab qo’yadida mahallamizda kimni qo’sha-qo’sha mashinalari bo’lsa ham, haliyam qarzini qaytarmayotganligini va kim puli yo’g’ligidan nonni ham qarzga olayotganini aytadi. Shu bahonada biz mahallamizdagi holatni bilib olamiz)

❤11
All my life, Ghalib, I made this mistake: the dust was on my face, but I kept cleaning the mirror.
— Mirza Ghalib
❤11
Forwarded from Aziz Rahimov
Finishga hali bor
Sinfdoshim baholari bilan maqtanaverar edi. Baho poygasida yutish zavq berar edi.
Litseyda kursdoshlarim qizil diplom uchun rosa talashishgan edi. Olganlar olmaganlardan o'zlarini ustun ko’rishgandi.
Institut birinchi kursidan ba’zilarda mashina bor edi. Kursdagilar omadli deb bilishardi ularni.
Sinfdoshimga baholari yordam bermadi. Ishini topa olmayapti. Kursdoshlarimga diplomlari yordam bermadi, sohalari o’zgarib ketdi. Institutdoshlarimga mashinalari yordam bermadi, ishga oluvchiga bu umuman muhim emas.
Birga katta bo’lganlaringiz orasidan, kimdur birinchi turmush quradi. Mashina oladi. Katta pul topishni boshlaydi. Atrofdagilar solishtiradi. Sizdan ham kuta boshlashadi.
Siz o’qiyotgan bo’lasiz. Tajriba orttirayotgan bo’lasiz. O’tib ketayapti deb chalg’ish boshlanadi. O’zingizni yomon his qilasiz.
Agar vaqtingizni bekor o’tkazmayotgan bo’lsangiz - e’tibor bermang. O’z ustingizda ishlayvering. 30 yoshga to’lmaguncha mevalar terilmaydi.
Holatingizni boshqalarga solishtirmoqchi bo’lganlarga esa meni gapimni yetkazing: finishga hali bor.
@azizrakhimov_blog

❤8