Forwarded from Bek Olimjon (Bek Olimjon)
Negativ maqsad
2010-yil.
Umrimda birinchi marta Yevropaga chiqqanman. Shvetsiyada o‘qiyman, yotoqxonada yashayman.
Va umrimda birinchi marta uyimda doimiy issiq suv bor edi.
Oddiy tuyuladi, lekin men uchun bu shok bo‘lgan.
Shunda ichimda bitta qat’iy qaror tug‘ilgan:
“Qayerda bo‘lsam ham, endi hech qachon issiq suvsiz uyda yashamayman.”
Bu orzu emas edi. Bu – og'riqdan qochish edi.
+++++++
Mavzuga jiddiyroq qarasak
Biz katta orzular qilamiz, katta maqsadlar qo‘yamiz, rejalar tuzamiz.
Lekin baribir joyimizdan qimirlamaymiz.
Nega?
Chunki insonni qattiq harakatga keltiradigan narsa – orzu emas, og‘riq.
Shamollaymiz, isitmamiz chiqadi. Isitma foydali bo‘lsa ham, darrov dori ichamiz.
Nega?
Chunki bosh og‘rig‘ini xohlamaymiz.
Boy bo‘lishni orzu qilishdan ko‘ra, kambag‘al bo‘lib qolmaslik uchun odam ko‘proq harakat qiladi.
Yuqori komfortga intilishdan ko‘ra, xorlikdan, qaramlikdan, uyatdan qochish kuchliroq turtki beradi.
Atrofimizda biz hurmat va havas qilgan tadbirkorlar bor. Ular bilan yaqindan suhbat qilsak bir narsani tushunamiz. Ularning tadbrikorlik orzularidan ko’ra kattaroq og’riqlari bor. O'sha og'riqlar ularni katta ishlar qilishga undaydi.
Inson ko‘proq baxt tomon emas, azobdan qochishga harakat qiladi.
(Biz aytayotgan tushunchani Kahneman/Tversky Yo'qotishdan qochish - loss aversion deb ataydi)
++++++++
Demak biz orzularimizdan ko’ra og’riqlarimizni topishimiz kerak.
Qanday topamiz?
3 dona savol bilan
1. “Men qanday hayotda yashashni xohlamayman?”
Qaram bo‘lib yashash? Qarzdor? Boshqalarga yalinib? Imkoniyatsiz? O‘zini hurmat qilolmay? Qog’oz-qalam olamiz, yozamiz.
2. “O’sha hayotga tushmaslik uchun hozir nima qilishim kerak?” Javoblarni yozamiz.
3. “Nega harakat qilmayapman?”
Yengni shimarib, ishga kirishamiz.
Shunda barchasi o'zgarganini his qilamiz.
Bek Olimjon
09.01.26
Norvegiya

❤8
Forwarded from Aziz Rahimov
30 yoshga to’lib tushunganlarim:
20~ yoshlaringizda yonimda shular bo’ladi deb o’ylaganlaringiz va 30 yoshingizda yoningizda bo’ladiganlar boshqa odamlar bo’ladi.
Birga o’qigan bolalardan, yaxshi o’qiganlari - yaxshi ishlarda. Yomon o’qiganlari - oz qismi tadbirkor, katta qismi - qiyin ishlarda bo’ladi.
Fikrlashingiz, taniydigan odamlaringiz, hal qilgan muammolaringiz, diplomingizdan o’n marta ko’proq yordam berganini ko’rasiz.
18-25 yoshdagi kabi ko’p bo’sh vaqt endi hech qachon bo’lmasligi tushunasiz.
Gavjum joylardan sokin joylar ko’proq yoqa boshlaydi.
Bekor ketgan vaqtlaringizga achinasiz. Ilm olgan paytlaringizga xursand bo’lasiz.
Eng muhimi: 30 yoshdagi hayotingiz - kechagi, o'tgan yilgi emas, 20-25 yoshlardagi qilgan qarorlaringiz natijasi ekanligini ko'rasiz.
@azizrakhimov_blog

❤7
Aziz Rahimov
30 yoshga to’lib tushunganlarim: 20~ yoshlaringizda yonimda shular bo’ladi deb o’ylaganlaringiz va 30 yoshingizda yoningizda bo’ladiganlar boshqa odamlar bo’ladi. Birga o’qigan bolalardan, yaxshi o’qiganlari - yaxshi ishlarda. Yomon o’qiganlari - oz qismi…
“You could be good today. But, instead you choose tomorrow.”
Marcus Aurelius
❤8
Forwarded from 𝐉 | 𝐍𝐨𝐭𝐞𝐬
Akalar bilan tushlik qilyapmiz.
Bir akamiz aytyapti. “5 yil oldingi to’yni esladik, u yerdagi judayam ko’p insonlar hozir oramizda yo’q ekan. 5 yildan keyin inson o’zi bilan nima bo’lishini bilmaydi….”
O’yladim va shu gap esimga tushdi.
Balkim qilayotgan orzularing ichida o’zing bo’lmasangchi?

❤17
Qorni yoqtirmasdim, hozir esa yaxshi ko’raman.
Ko’chalar nurli bo’lib qoladida))
Ko’chalar nurli bo’lib qoladida))
❤16