JizPI online | rasmiy kanal
5.6K subscribers
30.5K photos
2.69K videos
292 files
9.1K links
Jizzax politexnika instituti rasmiy kanali

www.jizpi.uz
telegram.me/jizpi_online
instagram.com/jizpiuz
facebook.com/jizpiuz
twitter.com/jizpiuz

• Barcha rasmiy manbalarimiz: @jizpiuz

• Guruh: @jizpionline

• Murojaaat uchun: @JahongirRobot
Download Telegram
#asardan_parcha

— Qizim, bir narsa menga ma’lumki, yetimning qahri qattiq bo‘ladi. Qancha urinma, o‘zingni ularga ona sifatida tan oldirolmaysan. Senga bir narsa aytaymi? Yetimg‘esirsiz, qaynonasiz, bolasiz oilaga kelin bo‘lishing kerak. Nega o‘zingni zaxmatga urasan,el qilmaganni qilasan?
— Ho‘sh, unda bu bolalar nima bo‘ladi, ona? Bironta o‘zini bilmaydigan kelib har xil zulmlar o‘tkazsa, bechora bolalarning hoai ne kechadi, ularning aybi nima, ona?
— Senga nima, Fotima? Birovning bolasi bo‘lsa, o‘ylagan narsangni qara. Qancha chidaysan, bir hafta, bir oy sabr qilding, xo‘sh, oxiri nima bilan tugaydi? Bir kun kelib boshqacha o‘ylab qolasan. Pushaymon bo‘lasan, hayoting so‘ngigacha ularning dardiga o‘ralashib o‘zini jabr qilasan, yo Sanixaga o‘xshab, og‘izlariga urib, tashqariga quvib, haydaysan. Bundan boshqa yo‘l bormi?
- Bor, ona. Ularni o‘z farzandimday o‘stirib, savob olish bor. O’z bolasini parvarish qilish hayvonning ham qo‘lidan keladi. Inson bir pog‘ona ustun bo‘lishi kerakmasmi? Insonning xayvovdan ustunligi g‘arib yetimni bolasiday bag‘riga bosa olishida emasmi? Zulmning har qanday turi ham yomon, ammo yetimga qilingam zulm, zolimni, ya’ni zulm qilguvchi insonni hayvondan pastroq tushirib ko‘ysa kerak.

#Asardan_iqtibos
Muallif: Ahmad Lutfi Qozonchi
📚 "O’gay ona"
© Murodjon Ermatov, "Servis "fakulteti

Ovoz berish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFAFBKJJF5JS32-q4Q