Japan Digital University
4.03K subscribers
1.53K photos
314 videos
954 links
🔵 O’zbekiston hamda Yaponiyada rasman tan olinadigan 3 ta diplom;
🔵 O’qish davomida daromadli amaliyot;
🔵 Bitiruvchilarni Yaponiyada rasmiy ish bilan ta’minlash;

📑 Litsenziya №0044, 06.12.2021

Murojaat uchun: @jdu_support
☎️ | 71 200-05-95
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Dunyodagi yetakchi ta'lim tizimi asosida tahsil olishni o'ylab yurgan abituriyentlar diqqatiga! Japan Digital University'da so'nggi qabul jarayonlari davom etmoqda

Yaponiya- dunyoda o'z ta'lim tizimi bo'yicha eng peshqadam davlatlardan biri sanaladi. Japan Digital University O'zbekistondagi ilk Yaponiya oliygohi, Yaponiya ta'lim standartlari bo'yicha o'z talabalariga bilim berib kelmoqda.

Xalqaro darajadagi mutaxassis bo'lib yetishish, birdaniga 3 ta diplom egasi bo'lish, talabalik davrining o'zida daromad keltiruvchi Yaponiya kompaniyalarida amaliyot o'tash, o'qishni tamomlagandan so'ng Yaponiyaga ketish imkoniyati- bularning barchasi Japan Digital University'da.

🗒 Eslatma! Japan digital university'ga o'qishga kirish uchun abituriyentlardan yapon tilini bilishi talab qilinmaydi.

🚀 Yurtimiz kelajagiga o'zining munosib hissasini qo'shish niyatida bo'lgan ilmga chanqoq abituriyentlar uchun 6-so’nggi qabul davom etmoqda.

🔗 Hujjat topshirish: https://www.jdu.uz/enrollee

📞Telefon: +99871-200-05-95
​​​​Japan Digital University'dan abituriyentlar uchun navbatdagi xushxabar! Asia Alliance bank'dan hech qanday garovsiz 36 oy muddatga 49 mln so'mgacha foizsiz kredit olish imkoniyati

🧐 Hozirgi kunda ko'plab abituriyentlarni qiziqtirib kelayotgan mavzulardan biri Japan Digital University'da to'lov kontrakt summalari va ularni to'lash shakllari haqida bo'lib turibdi.

Bu gal universitetimiz kuzatuvchilari va qadrli abituriyentlar uchun JDU'ning rasmiy hamkorlaridan bo'lgan Asia Alliance bank va u orqali talabalar uchun yaratilgan kredit olish tizimi haqida ma'lumot berib o'tamiz.

Japan Digital University'ga B kvota bo'yicha o'qishga qabul qilingan talabalar uchun Asia Alliance bank tomonidan mutlaqo foizsiz kredit olish imkoniyati yaratilgan(Bu xarajatlar bankka universitet tomonidan to'lab beriladi). Bunda garovsiz holatda 3 yil muddatga kredit olib, shu vaqt oralig'ida hech qanday foizlarsiz kreditni to'lash mumkin bo'ladi. Garov qo'yish evaziga 5 yil muddatgacha kredit olish imkoni mavjud.

Avvallari, bank JDU'ga B kvotaga o'qishga kirgan talabalar uchun garov evaziga kredit taqdim etib kelayotgan edi. Endilikda esa Japan Digital University bankdan o'z talabalariga hech qanday garovsiz kredit olish imkoniyatini taqdim etadi.

Shunday ekan, kontrakt summasidan xavotirlanmay, hozirda davom etayotgan 2022-2023 o'quv yili 6-so'nggi mavsum qabul jarayonlari uchun hujjat topshirishni boshlang.

Istaganingizdanda ko'prog'ini berish bizning asosiy maqsadimizdir. Shunday ekan, bunday imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

🔗 Hujjat topshirish: https://www.jdu.uz/enrollee

📞Telefon: +99871-200-05-95
​​Dunyo reytingida TOP 5 o'rinda turuvchi Oxford universiteti O'zbekistondagi Yaponiya raqamli universiteti haqida maqola e'lon qildi

Dunyo davlatlari orasida yetakchi universitetlardan biri, ko'pchilikning ta'lim olish maqsadi bo'lgan Angliyadagi Oxford universiteti O'zbekistondagi ilk Yaponiya oliygohi- Japan Digital University haqida maqola e'lon qildi.

Unga ko'ra maqolada, universitet rektori Ravshanbek Mamajonov O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-2020 yillarda Yaponiyaga tashrifi chog'ida Japan Digital University'ning loyiha sifatida shakllanishi, kelajakdagi rejalar, Yaponiya ta'lim tizimining O'zbekistonga olib kelinganligi, universitet ta'lim dasturi haqida ma'lumot berib o'tdi.

Qolaversa, Yaponiyadagi universitetlar bilan o'zaro hamkorliklar, talabalarning o'qish davrining o'zida Yaponiya kompaniyalari bilan to'g'ridan-to'g'ri amaliyot o'tashlari va shu orqali yetuk kadr bo'lib yetishishlari maqsad qilinganligi haqida batafsil to'xtaldi.

Universitet rektori so'zining so'nggida universitetni rivojlantirish bo'yicha ulkan rejalari borligi, talabalarga oʻqishni tugatgandan soʻng Yaponiyada ishga joylashish, oʻqish davomida oʻzini boqish uchun daromad olish va hamkor universitetlar bilan 3 darajali diplom olish imkonini berishiga umid berishini, bu yo'lda tinimsiz mehnat qilish kerakligini aytib o'tdi.

Universitet haqida batafsil ma'lumot: www.jdu.uz
Qurbon hayiti muborak boʻlsin!

😊 Qadrli vatandoshlar! Japan Digital University jamoasi butun Islom olami qatorida, din-u diyonatli, eʼtiqodi mustahkam xalqimiz katta intiqlik bilan kutib olayotgan muborak Qurbon hayiti bilan siz azizlarni va yurtimizdagi barcha musulmonlarni samimiy muborakbod etadi.

🌙 Ushbu qutlugʻ ayyomda barchangizga sihat-salomatlik, baxt-u saodat, oilangizga fayz-baraka va tinchlik-xotirjamlik tilab qolamiz.

Qilajak ezgu duolaringizning barchasi qabul boʻlishiga tilakdoshmiz.
​​Diqqat! 5-qabul imtihon natijalari e'lon qilindi!

Xabaringiz bor, Japan Digital University'da 2022-2023 o'quv yili 5-mavsum qabul jarayonlari boshlanib, imtihonlar ham bo'lib o'tgan edi.

🗓 5-mavsum imtihonida qatnashgan abituriyentlarni uzoq kuttirmagan holda, shuni e'lon qilmoqchimizki, imtihon topshirgan abituriyentlar o'z natijalarini Japan Digital University'ning rasmiy vebsayt'i orqali bilib olishlari mumkin. Quyidagi imtihon natijalarni ko'rish uchun havola taqdim etamiz.

Imtihon natijalari bilan tanishish: https://jdu.uz/page28851640.html

Barcha imtihon topshirgan abituriyentlarga omad tilagan holda, talabalik baxtiga erishishlarining tilakdoshimiz.

😊 IT muhandisligi bo'yicha ta'lim olib, Yaponiya kompaniyalarida ishlash istagida bo'lsangiz, Yaponiya ta'lim tizimi asosida dars beriluvchi Japan digital University'da 2022-2023 o'quv yili 6-so’nggi uchun qabul jarayonlari davom etmoqda.

Hujjat topshirish uchun havola: https://www.jdu.uz/enrollee

📞 Telefon: +998712000595
​​🇺🇿🇯🇵 Yaponiya universitetlari bilan hamkorlik qiluvchi, yapon ta'lim sifati asosida faoliyat yurituvchi Japan Digital University'da so'nggi qabul jarayonlari davom etmoqda

Xalqaro darajadagi mutaxassis bo'lib yetishish, birdaniga 3 ta diplom egasi bo'lish, talabalik davrining o'zida daromad keltiruvchi Yaponiya kompaniyalarida amaliyot o'tash, o'qishni tamomlagandan so'ng Yaponiyaga ketish imkoniyati- bularning barchasi Japan Digital University'da.

📌Japan digital university'ga o'qishga kirish uchun abituriyentlardan yapon tilini bilishi talab qilinmaydi. Imtihon Davlat test markazi standartlariga mos tuzilgan matematika fani bo'yicha oflayn JDU binosida bo'lib o'tadi.

Ma'lumot sifatida siz, Davlat oliygohlariga hujjat topshirish bilan bir vaqtning o'zida Japan Digital University'ga o'qishga kirish uchun hujjat topshira olasiz.

🗓 Eslatma! Imtihon kunlari 25-iyuldan 31-iyulga qadar davom etadi. Imtihon zamonaviy texnologiyalar asosida olinganligi bois imtihon javoblari tez chiqadi va davlat imtihonlariga xalaqit bermaydi.

Hurmatli abituriyent! Fursatni boy bermay 2022-2023 o'quv yili 6-qabul uchun hujjat topshirib, xalqaro ta'lim sifatiga ega universitetda o'qish imkoniyatini qo'lga kiriting.

6-qabul uchun hujjat topshirish: https://www.jdu.uz/enrollee

Tel: +998712000595
​​6-qabulda ham 2 haftalik yapon tili darslari bo'ladimi?

📞 Yaqin kunlarda call-centre'ga, direct va izohlarda abituriyent va ularning ota-onalaridan 6-qabulda ham 2 haftalik yapon tili darslari bo'ladimi kabi savol ko'p takrorlandi. Biz esa ushbu savolga umumlashtirgan holda javob berib o'tmoqchimiz.

Xabaringiz bor, Japan Digital University shu kungacha barcha kirish imtihonlarini onlayn tarzda tashkil qilgan. Onlayn imtihon 2 hafta davom etib, abituriyentlar 2 hafta ichida maxsus platformada boshlang'ich yapon tili darslarini o'rganishi va oxirida o'rgangan narsalari bo'yicha imtihon topshirishlari so'ralar edi. Ammo, istisno tariqasida bu safargi 6-so'nggi qabulda imtihonlarni oflayn tartibda olishga qaror qilindi.

Bunga sabab imtihonning faqatgina matematika fani bo'yicha bo'lib o'tishidir. Ushbu so'nggi qabulda abituriyentlardan hech qanday yapon tili darslarini ko'rishi va ular bo'yicha imtihon topshirishlari talab qilinmaydi.

6-qabulda abituriyentlar Japan Digital University binosiga kelgan holda imtihon topshirishlari so'raladi. Universitetda tayyorlangan maxsus xonada, maxsus platformaga kirgan holda, Davlat test markazi standartlariga mos tuzilgan matematika imtihonini topshiradilar.

Ma'lumot sifatida siz, Davlat oliygohlariga hujjat topshirish bilan bir vaqtning o'zida Japan Digital University'ga o'qishga kirish uchun hujjat topshira olasiz.

🗓 Eslatma! Imtihon kunlari 25-iyuldan 31-iyulga qadar davom etadi. Imtihon zamonaviy texnologiyalar asosida olinganligi bois imtihon javoblari tez chiqadi va davlat imtihonlariga xalaqit bermaydi.

6-qabul uchun hujjat topshirish: https://www.jdu.uz/enrollee

Tel: +998712000595
Japan Digital University'ga 6-qabul uchun hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kichik maslahat

Hujjat topshirib, hali ham to'lov qilmagan yoki hujjat topshirmoqchi bo'lgan abituriyentlar diqqatiga! Bu galgi rasmlar ketma-ketligi orqali nima uchun imtihonga to'lov qilinishi va nima sababdan to'lov qilish 24 soat ichida amalga oshirilishi kerakligi haqida bilib olishingiz mumkin.😊

6-qabulda abituriyentlar JDU binosiga kelgan holda imtihon topshirishlari so'raladi. Universitetda tayyorlangan xonada, maxsus platformaga kirgan holda, Davlat test markazi standartlariga mos tuzilgan matematika imtihonini topshiradilar.

Ma'lumot sifatida siz, Davlat oliygohlariga hujjat topshirish bilan bir vaqtning o'zida JDU'ga o'qishga kirish uchun hujjat topshira olasiz.

🗓 Imtihon kunlari 25-iyuldan 31-iyulga qadar davom etadi. Imtihon javoblari tez chiqadi va davlat imtihonlariga xalaqit bermaydi.

6-qabulga hujjat topshirish: www.jdu.uz/enrollee

Tel: 712000595

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
Japan Digital University'ga kirish uchun nega yosh chegarasi mavjud?

🧐Nega aynan JDU'ga kirish uchun maxsus yosh cheklovlari mavjud?

Hozirda Yaponiyada qarilik suratlari o'sib, yosh avlod ko'rsatkichlari kamayib, bu muammo ortidan esa ko'plab sohalarda kadr yetishmovchiligi yuzaga kelib yosh mutaxassislarga bo'lgan ehtiyoj kun sayin ortib bormoqda. Yaponiya kompaniyalarida universitetni endi bitirgan yosh bitiruvchilarga alohida ustuvorlik beriladigan tizim mavjud.

JDU'ning muvaffaqiyatli bitirgan talabalari ham yuqoridagi ustuvorlikdan foydalana olishlari uchun ushbu yosh cheklovlari joriy qilingan.

Eslatma, 2022-yil 1-oktabrga qadar yoshi 21 gacha bo'lganlar hamda 2023-yil 1-aprelga qadar yoshi 18 ga to'ladigan abituriyentlargina Japan Digital University'ga hujjat topshirishlari mumkin.

6-qabulga hujjat topshirish: www.jdu.uz/enrollee

Tel: 712000595

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
​​✈️ Japan Digital University talabalari Yaponiyaning Tokio shahriga yo'l oldilar

12-iyul, seshanba Japan Digital University'da tahsil olayotgan 3 nafar talaba Toshkent xalqaro aeroportidan Yaponiyaga uchib ketishdi. Yaponiyaga ketishdan ko'zlangan maqsad, Japan Digital University'da o'rgangan bilimlarini real loyihalar ustida amalda qo'llab ko'rish, malaka oshirish, xorijiy kompaniyalar faoliyati bilan yaqindan tanishish va shu orqali o'z bilimlarini oshirishdan iborat.

🇯🇵 Sayohat davomida talabalarning Japan Digital University uchun muassis korxona hisoblangan Digital Knowledge kompaniyasi, qolaversa, hamkor universitetlarga tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Undan tashqari, Yaponiya muhiti, uning madaniyati, ishlash va yashash sharoitlari bilan ham yaqindan tanishishadi.

Talabalarimizga ushbu sayohatda kuch-quvvat, yangi bilimlarni egallashda baland shijoat tilab qolamiz. Sayohatdagi voqealarni ulashib turishlaridan umidvormiz😉

♻️ Ma'lumot sifatida, Japan Digital University O'zbekistondagi ilk Yaponiya oliygohi hisoblanadi. Talabalar bir vaqtning o'zida 3 ta diplomga ega bo'lish, xalqaro darajadagi IT mutaxassis bo'lib yetishish, talabalik davrining o'zida daromad topish, Yaponiya kompaniyalarida amaliyot o'tash va talabalikni muvaffaqiyatli yakunlangandan so'ng Yaponiya kompaniyalariga ishga joylashtirish kabi imtiyozlar ega bo'lishadi.

Ayni paytda, Japan Digital University'da 6-qabul uchun hujjat qabul qilish davom etmoqda. Shoshiling, joylar soni cheklangan.

6-qabul uchun hujjat topshirish: https://www.jdu.uz/enrollee

📞 Tel: +998712000595

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
Live stream scheduled for
​​​​Barcha abituriyentlar, Open day'ga marhamat!

🇯🇵 Japan Digital University bildirilayotgan ishonchlar evaziga barpo bo'layotgan universitet. Hozirda abituriyentlar orasida JDU'ning diplomi bizda tan olinadimi? O'qishga kirish uchun yapon tilini bilish kerakmi? Yaponiyada ishlasa bo'ladimi? Imtihonlar qanday tartibda bo'ladi? Universitet kontrakt summasi qancha? shu kabi savollar juda ko'p uchramoqda.

🥳 Universitetimiz jamoasi yuqoridagilarni hisobga olgan holda o'z savollariga to'liq javob olish niyatidagi barcha abituriyentlarni Japan digital university 14-iyul, payshanba, bugun soat 16:00da bo'lib o'tadigan onlayn seminarga chorlab qoladi. Seminar davomida siz o'zingizni qiziqtirgan barcha savollarga universitetimizning yetakchi mutaxassislaridan javob оlasiz.

❗️ Eslatma, seminarda ishtirok etish niyatidagilardan kanal ovozini yoqib qolishni so'rab qolamiz. Seminarda ko'rishguncha.

👉 Seminarga qatnashish uchun link: https://t.me/jduniversity_uz?livestream

😉 Universitet tanlay olmay yurgan do'stlaringizga ushbu postni yuborishni unutmang:)

📞Telefon: +99871-200-05-95
Live stream started
Live stream finished (58 minutes)