ββMobil operator haqidagi postga qo'shimcha.
Operatorlardan sim karta olish tekin, faqat muayyan ta'rifli paketlarni sotib olasiz. Yangi mijoz bo'lganligimiz uchun bizga qanaqadir aksiya asosida 60 ming so'mga 6 oylik internet paket sotishgan. 6 oydan keyin ta'riflarni o'z narxida ola boshladim. Masalan, hozir bir yillik kuniga 1,5 gblik internet paketni 2121 rupiya (282 ming so'm)ga olishim mumkin. Bu kompaniya barcha mijozlari uchun belgilagan narx. Narxlari belgilangan muddati va kunlik ajratilgan mbga qarab farqlanaveradi. Qo'ng'iroqlar eng arzon paketda ham kamida Jiodan Jioga tekinligicha qoladi.
Internet tezligi qanday? Kompaniya saytida Jio mobil interneti 4G da sekundiga 18.8 Mbps tezlikka chiqqanligini yozishibdi, lekin tezlik aslida unday emas. Balkonga chiqib tekshirib ko'rdim (Birinchi rasm).
Universitet WiFining tezligi ancha yuqori ekan (Ikkinchi rasm).
Mobil internet ishlatganda O'zbekistondagidan juda katta farq sezmadim, faqat narxi ancha arzon. Yana bitta muammo universitet binosi ichida va xonamda Jio antenasi uncha yaxshi ishlamaydi, lekin boshqa joylarda bu muammoga duch kelmadim. Yana belgilangan muddat tugashiga 3-4 kun qolganda kompaniyadan hisobni to'ldirish haqida smslar kela boshlaydi. Bundan tashqari, O'zbekistonda faqat MCHS sms jo'natsa, bu yerda turli joylardan, hatto begona nomerlardan ham servis xizmatlarini taklif qiluvchi smslar keladi.
Kanalga ulanishπ
https://t.me/javmirov

ββKuzatishlarim va qilgan xulosalarim natijasida Hindistonlik bo'lmagan hindlar orasida mashhurlarni aytib o'tmoqchiman.
Krishtiano Ronaldu. Hindistonda futbol unchalik ommabop emas, hamma kriket oynaydi va tomosha qiladi, lekin Ronalduni juda ko'pchilik taniydi va Messidan ustun ko'rishadi.
Donald Tramp. Bilmadim nega?, lekin Tramp juda mashhur. Modiji bilan yaqin do'stdek tashvirlashadi, Putindan ustun ko'rishadi. Mana bu yerda hindu natsionalistlari Trampning tug'ilgan kunini nishonlashayotganini, Mana bu yerda va bu yerda esa bitta hind hatto Trampni xudo deb unga ibodat ham qilayotganini ko'rishingiz mumkin. Yana ingliz tilini tushunsangiz Trevor Noah shousida Trampning Hindistonga tashrifi va hindlar nega uni yaxshi ko'rishlarini aytib prikollar qilganini ham ko'rib qo'ying.
Jonny Sins. Bu Brazzersning kattalar uchun (+18) ishlangan kinolardagi bosh qahramonlardan biri. Anu kal odam. O'zbeklar ham yaxshi tanishadi, lekin men uning ismini Hindistonga kelganimda bildim.
Justin Beiber. Qo'shiqlarini ham o'zini ham sevishadi. Yana qo'shiqchilardan Billie Eilish ham mashhur.
WWE. Bu anu fake janglar. MMA yoki UFC dan ko'ra WWE hindlar orasida juda mashhur. Yosh-u qari, hatto qizlar ham sevib tomosha qiladi, sahnalashtirilgan fake jangligini bilishsa ham. Albatta, WWE mashhur jangchilarining hammasini hindlar yaxshi taniydi.
Mashhurlar juda ko'p, men faqat ajralib turadiganlarini sanab o'tdim va bu hech qanday ro'yxat yoki so'rovnomalarga asoslanmagan.

Forwarded from Javmirov Life (Jakhongir Javmirov)
Manfaat
Bir do'stim: "Bu dunyo manfaatlarga qurilgan" - degan aqlli gap aytgandi. Bu gapga qo'shilmagan edim, haligacha qo'shilmayman. Lekin kimgadir ishim tushib yaxshi muomala qilib boshlasam do'stimning shu gapi esimga tushadi, keyin o'z pozitsiyamda qolishga harakat qilaman.
Hech qanday manfaatlarsiz do'st bo'lish, yaxshi munosabatlarga kirishish eng uzoq davom etadigan munosabatlardir!

ββHozirgi kunda o'zbek telegram kanallarida Toshkentni bosib olishda vafot etgan rus askarlari xotirasiga atab qurilgan butxona mavzusi muhokama qilimoqda. Men ham shu mavzuda Hindiston misolida shaxsiy fikrimni aytib ketay.
Tarixdan ma'lumki, Hindistonga turli davrlarda juda ko'p bosqinchilar kirib kelgan. Ba'zilari bir qancha hududini bosib olib, ma'lum muddat hukmronlik qilgan bo'lsa, ba'zilari hech narsa qila olmay qaytib ketishgan. Eng oxirgilari Boburiylar (hindlar Mugul imperiyasi deydi) va Buyuk Britaniya imperiyalari. Ular mamlakatni modernizatsiya qilish, o'z davrining zamonaviy texnologiyalarini olib kelish yoki hozirda dunyoga mashhur binolar qurgan bo'lsalarda (bosqinchi davlat siyosatini oqlaydigan argumentlar bu aslida) hindlar ularni bosqinchilar deb biladi, tamom.
Buyuk Britaniya imperiyasi mayli xalqni ishchi kuchi sifatida ishlatib, foydali qazilmalarni Angliyaga olib ketgandir, lekin Boburiylar shu yerda muqim yashashgan, ba'zi hukmdorlari Hindiston tarixida muhim rol o'ynagan. Sayyohlar eng ko'p tashrif buyuradigan tarixiy obidalar ham shu Boburiylar tomonidan qurilgan. Lekin ularning birortasiga, hatto Buyuk Akbarga ham, haykal yoki yodgorlik qurilmagan. Ular qurib ketganlarni buzishmagan xolos. Agraga borib shaharni aylansangiz ot mingan va qo'liga qilich tutgan turli haykallarni uchratasiz (rasmda). Ular Agra Fort va Tojmahal atrofida ham bor va Hindiston ozodligi uchun jang olib borgan sarkardalarning haykallaridir.
Bosqinchilar kelib qanchadan qancha yomonliklar qilgan bo'masin, ular qurib qoldirgan binolar tarixiy sanaladi, o'sha davrning bir qismi. Uni varvarlarcha buzib tashlash yoki qayta qurib "Bizni qul qilgan qahramonlarga atab qurilgan yodgorlik" deyish ham shart emas (bu yerda sarkazm ishlatilgan albatta). Tarix tarixligicha qoldi, davlat ham xalq ham bosqinchilarni bosqinchi sifatida ko'rib, ularga qarshi kurashgan milliy ozodlik kurashchilarimizning xotirasini abadiylashtirishni harakatini qilishi kerak. Ularni qilmasdan turib mana shunday butxonalarni qayta tiklab qo'yib, xalq g'azabini va turli muhokamalarni keltirib chiqarish yaxshi emas. IMXO.

ββUttar Pradesh shtatining Ayodha tumanida Boburi masjid deb nomlangan masjid bor. 1528-1529-yillar Bobur buyrug'i bilan genaral Mir Boqi tomonidan qurilgan deyishadi (qurilishi borasida nazariyalar ko'p). Hinduizm ruhoniylarining aytishicha, bu masjid Lord Ram tug'ilgan joyga qurilgan templning o'rniga qurilgan, ya'ni Ram ibodatxonasi buzilib o'rniga Bobur masjidi qurilgan. XIX asrdan boshlab hindu va musulmonlarning o'rtasida kelib chiqqan muammolarning boshlang'ich nuqtasi mana shu bo'ladi. 1949-yilga kelib hindu faollari masjidga bostirib kirib, uning ichiga Ram va Setaning haykallarini o'rnatishadi. Shundan so'ng hukumat hududni hindular uchun ham, musulmonlar uchun ham yopib qo'yadi. 1992-yilga kelib esa hindu faollari masjidni buzib tashlashadi va hindu-musulmon to'qnashuvlari boshlanadi. To'qnashuvlarda 2 mingga yaqin odamlar qurbon bo'ladi, qurbonlarning asosiy qismini musulmonlar tashkil etadi.
2010-yilga kelib Allohobod shahri Oliy sudi tomonidan masjid Ram tug'ilgan ibodatxona o'rnida qurilgan deb topilgan va hudud ibodatxonani qaytadan qurish uchun hindularga topshirilgan, musulmonlarga esa Bobur masjidni qayta qurish uchun boshqa hudud berilgan. Lekin muammo bu bilan xal bo'lib ketmadi. Hozirgi kunda ham hind-musulmon munozaralari Hindistonning eng katta muammosi sanaladi. Bitta tarixiy bino butun bir millatning e'tiqod tarafdan ikkiga bo'linib, bir-birini o'ldirishining sabablaridan biridir. Bunday muammolar tashqi dushman propagandasi uchun qulay instrumentlardan sanaladi.

ββ#boburiylaryodgorliklari
Dehlidagi Jama Masjidi
Jama Masjidi (o'zbekchada - Juma Masjidi) Hindistondagi eng katta masjidlardan biri. 1650-1656-yillar Shohjahon tomonidan oq marmar va qizil qumtoshdan Eski Dehlining Chavri bozori yaqinida qurilgan. 364 yillik tarixga ega bu masjid Boburiylar davri me'morchiligining eng yorqin namunalaridan biri. Masjid uchta darvoza, to'rtta minora, ikkita 40 metrli uzun minoralar va uchta ulkan gumbazdan tashkil topgan. Jama Masjidi g'arb tomonga qarab qurilgan bo'lib, Saudiya Arabistonining muqaddas Makka shahriga qaratilgan. Masjidning sharqiy darvozasi eng kattasi va u Qirollik kirish eshigi sifatida xizmat qilgan. Masjid bir vaqtning o'zida 25000 kishini sig'dira oladi.
Masjid ko'chadan 30 qadam (zina) balandlikda joylashgan. Masjid hovlisidan turib butun atrofni tomosha qilgan holda ajoyib atmosferani his qilsa bo'ladi. Nafaqat bu, balki masjidning uzoqdan ko'rinishining o'ziyoq sayyohlarni o'ziga jalb etadi. Jama Masjidi Hindistonga kelganda albatta borib ko'rish kerak bo'lgan joylardan biri.
Dehliga qilgan sayohatim vaqtida bu masjidga kirgandim. Hindu ibodatxonalariga ham kirib ko'rgan holda shuni aytishim mumkinki, masjidga hukumat umuman yaxshi e'tibor bermayapti.

Hindistonda ayollar
Hindiston tarixida ayollar statusi davrlar mobaynida oβzgarib kelgan. Ularning jamiyatdagi mavqei Hindistonning qadimgi davrlarida, ayniqsa hind-aryan tilida so'zlashadigan mintaqalarda juda yomon boβlgan va zamonaviy davrga kelib yaxshilanib borgan. Qiz goβdaklarni oβldirish, uzatishdagi sep, yoshlikdan turmushga berish va beva ayollarning qayta turmush qurishiga tabu kabi amaliyotlar Hindistonda uzoq vaqt davom etgan va bundan voz kechish qiyin kechgan. Ayniqsa, bu amaliyotlar kasta tizimi mustahkam boβlgan Shimoliy Hindiston hudularida juda uzoq vaqt saqlanib qolgan. Bugun hind ayollarining jamiyatdagi mavqei haqida qisqacha:
https://telegra.ph/Hindistonda-ayollar-04-28
Kanalga ulanishππ» @javmirov

Telegraph
Hindistonda ayollar
Hindiston tarixida ayollar statusi davrlar mobaynida oβzgarib kelgan. Ularning jamiyatdagi mavqei Hindistonning qadimgi davrlarida, ayniqsa hind-aryan tilida so'zlashadigan mintaqalarda juda yomon boβlgan va zamonaviy davrga kelib yaxshilanib borgan. Qizβ¦
ββ#karantinnews
Hindiston hukumati va Ichki ishlar vazirligi mamlakatda o'rnatilgan karantin muddatini 17-maygacha cho'zilganini e'lon qilishdi. 3-may kuni tugashi kerak bo'lgan karantin mamlakatda koronavirus bilan kasallanayotganlar haliyam davom etayotganligi sababli 4-may kunidan boshlab yana 2 hafta davom etadi. Endigi harakatlar hududlarni virus tarqalganlik darajasiga qarab qizil, to'q sariq va yashil hududlarga ajratgan holda o'tkaziladi.
Bunda qizil hudud virus tarqalishi aktiv hududlar bo'lsa, yashil hudud virus qayd etilmagan yoki oxirgi 21 kunda yangi bemor aniqlanmagan hududlardir. To'q sariq hududlar esa yangi kasallanish qayd etilmayotgan lekin davolanayotgan bemorlar bor hududlardir. Yashil va sariq hududlarda karantin qoidalari yengillashtirilgan. Faqat ko'p odamlar to'planishi mumkin bo'lgan har qanday tadbirlarning (madaniy, diniy) o'tkazilishi yoki joylarning (ta'lim muassasalari, kafe-restoran va b.) ochilishi ta'qiqlangan.
Shu kungacha Hindistonda jami 35043 ta bemor aniqlangan, 9068 kishi tuzalgan bo'lsa, 24821 kishi davolanmoqda. 1154 kishi vafot etgan. Goa shtati yashil hududda.
Kanalga ulanishπ @javmirov

Dil og'rig'i haqida
Dil og'rig'i deganda nimani tushunasiz? Bu qanaqa og'riq, jismoniymi yoki hissiy? Dilim og'ridi deganizda, jismingizda qandaydir og'riq his qilganmisiz?
Menda ko'pincha mana bunday bo'lardi:
Bo'ynimdan sal teparoqda, lekin tomoqda emas, jag'imdan ozroq pastda, quloqning zirak joyidan ikkinchi quloqqacha bo'lgan hududda qandaydir og'riq paydo bo'lardi. Uni his qilardim va bu tana og'rig'idan ancha farq qilardi. Keyin bu og'riq hayolga faqat negativ fikrlarni chorlardi va odamni yig'lashga undardi. Balki dil og'rig'i shudir deb o'ylardim yoshligimda. Ha yoshlikda ko'p his qilganman, hozir toshbag'ir bo'lib ketdimmi yoki optimistik qarashim bilanmi bunaqa og'riqni his qilmay qo'ydim.
Hozirgi kunda yoshlikda shu dil og'rig'iga sabab bo'lgan narsalarni o'ylasam, juda arzimagan narsalardek tuyuladi. Oxirgi marta his qilganimda ancha ulg'aygan, aqlimni tanigan yoshda bo'lganman. Qaysidir javobsiz muhabbat sabab bo'lgandiπ. Hatto, uyalmasdan kundaligimga ko'zga yosh kelganligini yozgan ekanmanπ€¦π»ββ. Tak vot hozir ana shuni eslasam ham, arzimagan o'tkinchi hisni deb dilim og'ridi deb o'zimni qiynagan ekanligimni tan olyabman. Sizda ham ana shunday holatlar bo'lib dilingizni og'ritishsa ko'ngilga yaqin olmang, vaqtlar o'tib sizga ham arzimagan narsa bo'lib tuyulishi mumkin.

Tojmahal
Tojmahal haqida ko'pchilik ma'lumotga ega, shuning uchun faqat ba'zi qiziqarli ma'lumotlarni keltirmoqchiman:
1. Tojmahal 1632-1653-yillar davomida qurilgan. Shohjahon Tojmahalni qurishga 32 mln rupiya sarf qilgan. Hozirda bu pul 1mlrd $ ga yaqinlashishi mumkin.
2. Toj Mahal qurilishida butun Hindiston va Osiyoning materiallaridan foydalanilgan. Aytilishicha, qurilish materiallarini tashishda 1000 dan ortiq fillar ishlatilgan.
3. Taj Mahal 22000 ishchi, rassom, toshsoz, kashtado'zlar tomonidan qurilgan. Ustad Ahmad Lahauri ustalarga boshchilik qilgan.
4. Mish-mishlarga ko'ra, Shohjahon maqbarada ishlagan barcha ishchilarning boshqa hech kim bunday bino qurmasligi uchun qo'llarini qirqishlarini buyurgan.
5. Shohjahon Yamuna daryosining narigi tomonida qora marmarda yana bir Toj Mahalni qurmoqchi bo'lgan, ammo uning o'g'illari bilan urush bu rejalarni to'xtatganligi haqida afsonalar bor.
6. Maqbaraning tepasida oq gumbaz eng taniqli xususiyatdir. Ko'pincha "piyoz gumbazi" deb ham ataladi, u taxminan 35 metrga ko'tariladi. To'rt ustun minoralar tik turishdan ko'ra tashqi tomonga burilgan. Bunday tarzda qurilishining sababi asosiy qabrni zilzila kabi tabiiy ofat bo'lsa, minoralarni qulashi natijasida buzilishidan himoya qilish edi.
7. Maqbara ustidagi ko'plab qimmatbaho toshlar ingliz armiyasi tomonidan 1857 yildagi Hindiston isyoni paytida maqbaraning devorlaridan olib tashlangan.
8. Tojmahal poydevori Yamuna daryosi bo'yida bo'lmaganida qulab tushishi mumkin edi. Maqbara poydevori uzoq umr ko'rishi kerak bo'lmagan yog'ochdan yasalgan, ammo Yamuna daryosi tufayli yog'och kundan-kunga mustahkam va nam bo'lib turadi.
9. Tojmahal devorlaridagi xattotlik ishlari asosan Qur'on-sharifdan olingan. Toj Mahalning devorlaridan tashqari, oyatlar maqbara ichidagi Mumtaz Mahal va Shoh Jahon qabrlariga ham yozilgan.
10. Tojmahal aslida Mumtoz Mahal ko'zi yoriyotganda vafot etgan Burhonpurda (Madxya-Pradesh) qurilishi kerak bo'lgan. Afsuski, Burhanpurda oq marmarni yetarlicha to'play olishmagan, shuning uchun Agrada Taj Mahalni qurishga yakuniy qaror qabul qilingan.
11. Maqbarada Allohning 99 ismlari xattotlik uslublarida yozilgan.
12. Shoh Jahonning boshqa xotinlari va sevimli xizmatchilari ham shu maqbaraga ko'milgan (Toj-Mahal tashqarisida, ammo o'sha majmuada).
Kanalga ulanish ππ» @javmirov

ββOta-onam bilan videoqo'ng'iroq orqali kun, kun ora gaplashaman. Oxirgi paytlarda suhbatlarimiz faqat tezroq uyga qaytishim va uylanishim haqida bo'lmoqda. Ha har safar shu mavzu, qanchalar boshqayoqqa suhbatni burishga harakat qilmay, baribir shu mavzuga qaytaveramiz. Ancha o'ylab, Onamga qanday qizga uylanmoqchiligimni yozdim. Siz ham o'qib ko'ring:
Sochlari tovonini o'pib tursa,
O'zi ohudek hurkak.
Husni-jamoli aqlingni shoshiltirib,
Xirsiy tug'yonlardan ishqiy hislar dunyosiga uloqtirsa.
Tanasi sutdan rang olib, chexrasi oyni uyaltirsa.
Sen uchun raqsga tushsayu, butun hurliqolar xotirangdan o'chib ketsa.
Uzun sochlariga qo'shib uzun umrini ham senga baxshida etsayu, dona sochin gulyuzlarga alishmasang.
Jilmayganda ko'zinga boqib, dunyoning tashvishlarin unutsang.
Kamon qoshlariga oshufta bo'lib, paykon kipriklari qalbinga qadalsa.
Ko'zlarini ham ohudan olib, tik boqsang uyalib har tomon olsa.
Labdagi bolini aridek bir umr yig'ib, ayiqdek eng sevgan mazaing bo'lsa.
Siynasi bemalol kaftingdek bo'lib, sengacha, sendanda keyin o'zganing kaftin sezmasa.
Belidan quchsang quchoqlab, nozik hilqatligin sezib tursang o'shanda.
Oyoqlari uzun-uzun, bo'yi bo'ying bilan bo'ylashib tursa.
Yonida o'zingni haqiqiy erkakdek sezib, sen ungamas u senga yarashib tursa.
Gohida shodon, gohida o'jar bo'lsa-yu, makri bilan emas aqli bilan qirq tuyani boqsa.
Iymoni sevgisidek kuchli bo'lsa-yu, jannat bog'lari tomon chorlasa.
Oilanga sendanda ko'proq bo'lib mexribon, ko'rib tafting qizarib tursa.
O'qing, sizdan qolishmayman albatta, bo'ling olim desa.
Yorim desa, jonim desa, yolg'iz vafodorim desa, rashq qilsa-da doim eng ishongan tog'im Siz desa.
P.S. Shunaqa qiz topishlarini da'vo qilmayman, albatta. Vaqti kelsa, nasib qilsa peshonamga yozganiga uylanaman. Bu shunchaki, zerikishda adabiyotning qaysidir janrida she'r sifat nimadir yozmoqchi bo'lgandagi ijodim mahsuliπ.
Kanalga ulanish π @javmirov

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
To'liq aylana kamalakni ko'rganmisiz?
Video Gujaratda olingan. Aytishlaricha, bunaqasi 100-250 yilda bir bo'larmishπ€·ββοΈ.
Kanalga ulanish π @javmirov
Video Gujaratda olingan. Aytishlaricha, bunaqasi 100-250 yilda bir bo'larmishπ€·ββοΈ.
Kanalga ulanish π @javmirov
ββHindiston hukumati dunyoning 12 ta davlatida qolib ketgan 14800 hindistonliklarni mamlakatga evakuatsiya qilmoqda. Evakuatsiya 4-maydan boshlab bir hafta davomida 64 ta charter reyslarda amalga oshiriladi.
Ortga qaytmoqchi bo'lganlarning har biri o'z shtatining rasmiy saytida ro'yxatdan o'tishi kerak. Goaga qaytish uchun 65 ta davlatdan 4 mingta goalik ro'yxatdan o'tibdi. Hammasini qaytara olishmasa kerak, lekin Goa tibbiyot kollejida katantinga olish uchun maxsus joylar tayyorlab qo'yilgan.
O'zbekistonda Buxorodagi tabiiy ofatlar va Sardobadagi fojea bo'lmaganida, balki O'zbekiston hukumati ham o'zbekistonliklarni yurtga qaytarish uchun xuddi Hindistondek yangi charter reyslar qo'ygan bo'larmidi.
@javmirov

Andra Pradesh shtatining Visakapatnam tumanida joylashgan kimyoviy zavoddan katta miqdordagi gaz chiqishi natijasida 8 kishi vafot etgan, 300 kishi kasalxonaga yotqizilgan va 5 mingga yaqin kishi kasallanibdi. Hozirda 5 km masafodagi odamlar boshqa joyga evakuatsiya qilinayotgan ekan.
Pandemiyani yengay deganimizda, mana shunday mudxish fojealar yuz berib odamlarning hayotini yanada qiyinlashtirmoqdaπ. Alloh barchamizni o'z panohida asrasinπ€².

Forwarded from Javmirov Life (Javmirov post maker)
ββKundaligimdan
11.09.2014
Bugun ertalab Rustamga qatiq olib kelgani va ko'ylagimni dazmollatgani ko'chaga chiqdim. Yo'lda bir yosh bola mendan soat nechi bo'lganini so'radi. Men unga soatim yo'qligini, telefonim ham uyda qolib ketganini aytdim. Keyin u mendan pul so'radi: "Yo'l kiramga ming so'm kerak edi, aka pulingiz bo'lsa berib turing" - dedi. Men esa o'zi qatiqqa 2500 so'm pulim bor, boshqa pulim yo'q deb ketdim. U "aka hech bo'lmasa 500 so'm bering, o'zimda 500 so'm bor edi" - deb yalindi. Men esa o'zim talaba bo'lsam, bu bolaga rostdan yo'l kirasiga kerakmi yoki boshqa narsaga pul kerakmi deb o'ylab ketaverdim. O'sha bola yalinganicha, ortimdan "aka iltimos"deganicha qoldi.
Yonimda 10 ming so'mdan ziyodroq pul bor edi. Nega bergim kelmadi? Atiga ming so'm pul so'ragandi, rostdan pulga muxtoj bo'lgandir, uyigacha keta olmay yurgandir. Xullas, keyin pul bermaganimga afsuslandim, balki vijdonim qiynalgandir. Keyin o'ylab qoldim, qilgan ishidan afsuslanish vijdondanmikan? Bilmadim. Lekin o'sha bolaning "aka, iltimos" degan so'zi qulog'imda qolib ketdi.
P.S. O'sha kundan beri ko'chada kim to'xtatib pul so'rasa, albatta, imkonim boricha berishga harakat qilaman. Paynet qilaman deb qaytarmasligini bilsam ham pul beraman. Afsuslanmaslik uchun, keyin o'ylab vijdonim qiynalmasligi uchun. Hayotda har qanday vaziyat bo'lishi mumkin, bugun qilgan yaxshiligingiz ertaga o'zingizga qaytishi muqarrar!
Kanalga ulanish: @javmirov
https://t.me/joinchat/AAAAAFEZyDKLvoB7hkJq2Q

Afsuslanish haqida
"Afsuslanaman. Unga ishqim tushganiga ancha yil bo'lgan, ana shu yillar davomida uning sevgisini qozonishga harakat qilmaganimga afsuslanaman. Juratsizligimdan afsuslanaman. O'zimga ishonchim kam bo'lganidan afsuslanaman. Atrofimdagilarning fikridan qo'rqqanimdan afsuslanaman. Birovning men haqimda qanday o'ylashligi - men uchun ahamiyatli deb bilganligim va hozir ham shunday o'ylashligimdan afsuslanaman. Afsuslar bilan yashayotganimdan afsuslanaman. Bilaman, hali kelajakda ham ana shunday afsuslanadigan ishlar qilaman. Ana shularni o'ylab afsuslanib qiynalishimdan afsuslanaman."
O'sha kundalikdan
Qilgan va qilmagan ishlaridan afsuslanish yaxshi, kelajakda yana takrorlamaslik uchun dars bo'ladi. Lekin afsuslar bilan yashash bu yomon! Insonni yolg'izlatib qo'yadi, kelajagiga ishonchi bo'lmaydi. Xatolardan to'g'ri xulosa chiqarish va afsuslarni unutish kerak. Yana vijdon bilan ish tutish kerak, vijdonli inson afsuslanadigan ish qilmaydi!

ββQishlog'imizda uchta umum ta'lim maktabi bor. Men nisbatan yangirog'ida o'qiganman. Qo'shni mahalladagi maktab eskiroq, balki qishloqdagi eng birinchi ochilgan maktabdir. U maktabning bitta ahamiyatli tomoni bor, u yerda qishlog'imizdan ikkinchi jahon urishida qatnashgan va qaytmagan bobolarimizning ismlari marmarga yozilib yodgorlik qilib qo'yilgan. Adashmasam, 76 kishining ism familiyasi bor, faqat urushdan qaytmagan, daraksiz ketganlarning ism familiyasi. Qishloqda urush faxriylari ham ko'pchilik aslida, hozir ham tirik veteranlar bor.
O'sha yozilgan ismlar orasida mening bobomning ham ismlari bor. Har safar o'sha maktabga borganda, yodgorlik yonidan o'tsam men uchun tanish ism familiyaga qarab o'tardim. Toshkendagi Motamsaro ona haykali majmuasidagi katta kitoblarda ham o'sha ro'yxat bor. Qarindoshlar kelsa, doim o'sha yerga oborib ko'rsataman.
Bobom deyayotganim aslida otamning amakisi, ya'ni bobomning akasi. 1910-yil tug'ilgan, urushga ketib qaytmagan, daraksiz ketgan. Har safar ismlarini maktabdagi yodgorlikda yoki poytaxt markazidagi tillorang kitobda o'qiganimda ko'nglimda g'urur hissi paydo bo'lardi. Mening bobom ham urushda qatnashgan, fashizm ustidan qozonilgan g'alabada o'z o'rni bor, mana isboti degan gaplar hayolimdan o'tadi.
Aka-ukalarning umr yo'llari har xil bo'lar ekan deb o'ylab qoldim. Aka urush maydonlarida jon berib, tanasi qaysidir yurtda qolib ketdi. Ukaning avlodlari esa tinch va osoyishta yurtda bobosi bilan faxrlanib yuribdi! Xotira va qadrlash kuni muborak! O'tganlarni, qahramonlarni xotirlaylik, yonimizdagilarni esa qadrlaylik, azizlar!

Avrangoboddagi Bibi Ka Maqbarasi
(Tojmahalga o'xshash yodgorlik)
Maharashtra shtatining Avrangobod shahridan 5 km uzoqlikda ulkan go'zallik va Avrangobodning eng chiroyli obidasi - Bibi Ka Maqbarasi (o'zbekchada - Xonim maqbarasi) joylashgan, u Agra shahridagi Tojmahalga juda o'xshaydi. Bibi Ka Maqbara Avrangzeb tomonidan birinchi xotini Dilras Banu Begum xotirasiga bag'ishlab qurilgan. Maqbarani Avrangzeb qurishni boshlagan, ammo qurilishni uning o'g'li shahzoda A'zam Shoh tugatgan. 1651-1661-yillarda qurilgan bu maqbaraga 668 203 - 700 000 rupiya ishlatilgan deyiladi.
Toj Mahal bilan o'xshashligi sababli, yodgorlik Dakxani Toj (Deccan tepalik nomi) deb ham ataladi. Boburiylar qurib qoldirgan maqbaralarning eng chiroyli va diqqatga sazovor joylaridan biri bo'lgan bu maqbara fors va boburiylar me'morchilik elementlarini birlashtirgan. Bibi Ka Maqbaraning tuzilishi me'mor Otaulloh va muhandis Hanspat Rai tomonidan qurilgan. Otaulloh Toj Mahalning bosh dizayneri Ustad Ahmad Laxurining o'g'li edi.
Bibi Ka Maqbarasida ham Tojmahal singari hovuzlar, favvoralar bor va u katta bog'ning o'rtasida joylashgan. Bog'ni yanada baland devor bilan o'ralgan bo'lib, ular vaqti-vaqti bilan mustahkamlangan, uch tomondan ochiq pavilyonlar mavjud. Maqbara Chorbog' uslubida qurilgan bo'lib, unga zinapoyalar orqali kiriladi. Maqbaraning har bir burchagi, hatto tokchalari va eshiklari nozik o'ymakorlik uslubida o'yilgan. Toj Mahal singari, uning ham qurilishida oq marmardan foydalanilgan. Ammo Tojmahaldan farqli ravishda u katta platformaning oxirida nomutanosib ravishda to'rtta katta minoraga ega. Maqbaraning g'arbiy tomonida burchak minorali kichik masjid joylashgan bo'lsa, shimolda Sunheri Mahal joylashgan.
Dilras Banu Begum Eronning Safaviylar sulolasi malikalaridan bo'lgan. Avrangzebning birinchi va sevimli xotini bo'lib, beshta farzandni dunyoga keltirgan: Zeb-un-Nissa, Zinat-un-Nissa, Zubdat-un-Nissa, Muhammad Azam Shah va Sultan Muhammad Akbar. Dilras Banu Begum beshinchi farzandi Muhammad Akbarni tug'gandan so'ng, tug'ruq paytida yuzaga kelgan asoratlar tufayli isitma bilan kasallangan va 1657 yil 8 oktyabrda o'g'lining tug'ilishidan bir oy o'tib vafot etgan. Avrangzeb buyrug'i bilan Dilras Bibi Ka Maqbaraga dafn etilgan. Avrangzebning o'zi esa maqbaradan bir necha kilometr uzoqlikdagi Kuldobodda dafn etilgan.

Hindiston o'z fuqarolarini evakuatsiya qilayotgani haqida yozgan edim. O'sha kuni prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning videosi telegram kanallarda chiqqan edi. Unda chet elda og'ir ahvolda qolgan 11 ming vatandoshlarni O'zbekistonga birinchi navbatda evakuatsiya qilinishi haqida aytilgandi.
Xullas, shu asosda 10-may kuni bitta charter reys Dehliga kelib ketdi. Asosan Hindistonga shifo istab kelib karantin sabab shu yerda qolib ketgan o'zbekistonliklarni olib ketishdi.
Bugun esa 11-maydan 24-mayiga qadar O'zbekiston fuqarolarini xorijdan olib kelish bo'yicha charter reyslar ro'yxati e'lon qilindi. Ro'yxatga ko'ra, 15-may kuni Dehlidan Toshkentga yana charter reys bo'lar ekan. Bu safar ham og'ir ahvolda qolganlarni olib ketishadi, menimcha, talabalarga joy bo'lishi dargumon. Buni ustiga, Goa Dehlidan ancha uzoqda, shuning uchin Goada qolyabman. O'zbekistonga hali qaytayman.
Ha, bugun yana Hindiston bosh vaziri Modiji ham hindistonliklarga murojaat qildi. Mamlakatdagi pandemiya bilan bog'liq vaziyat haqida gapirib, karantinning 4-uzaytirilishi oldingilaridan mutlaqo boshqacha bo'lishi va qanday bo'lishi haqidagi aniq tafsilotlar 18-maygacha e'lon qilinishini aytib o'tdi. Oldinroq, 4-maydan Hindistonda karantin muddati 17-maygacha qilib 3-marotaba cho'zilgan edi. Xullas, karantin haliyam davom etadi.

Telegram
Javmirov Life
ββHindiston hukumati dunyoning 12 ta davlatida qolib ketgan 14800 hindistonliklarni mamlakatga evakuatsiya qilmoqda. Evakuatsiya 4-maydan boshlab bir hafta davomida 64 ta charter reyslarda amalga oshiriladi.
Ortga qaytmoqchi bo'lganlarning har biri o'z shtatiningβ¦