Javmirov Life
76 subscribers
22 photos
17 videos
154 links
Asosiy mavzu - hayotdan qilayotgan xulosalarim!

Instagram: https://instagram.com/javmirov_j
Facebook: www.fb.com/jahongir.javmirov


Aloqaga chiqish uchun:
@jakhongirjavmirov
Download Telegram
Javmirov Life
Ikki taqdir U go'zal edi, maftunkor edi. Unga Yaratgan husn va latiflikni shunday saxiylik bilan in'om etgan ediki, ta'rifida na-da biz, hattoki uncha-muncha shoir ham ojiz qolgulik edi. Yuzlab yigitlar qatori u ham shu go'zalni sevar edi. Ko'zlari so'zlab…
Bu post men haqimda yozilgan emas. Ba'zi o'xshashliklar bor, albatta. Aslida bu motivatsiya, harakat qilgan odam hayotda yanada yaxshiroq narsaga erisha olishi haqida bir sharqshunos misolida keltirilgan hikoya.

Post muallifi hayot qanday ekanligini, unga qanday qarash kerakligini o'rgatgan birinchi ustozlarimdan biridir va menda adabiyotga va she'riyatga qiziqish uyg'otgan ilk inson.

Hamma qatori o'zlariga telegramdan kanal ochib, БЛОГнотlariga fikrlarini yozib turibdi. Xohlasangiz a'zo bo'ling @blognotuz
Goaga dam olishga kelmang, mayli. Dehlidagi ajoyib hayotni ko'rish uchun kelmang, mayli. Mumbayga kelib Bollywoodni ko'rmang, mayli. Himalay tog'lariniyam ko'rishingiz shartmas, o'zimizni yurtda tog'lar bor. Lekin Tojmahalni imkoningiz bo'lsa albatta kelib ko'ring!

Youtubega qo'ygan videoimni ham ko'rishingiz shartmas, Tojmahalni kelib ko'ring va Boburiylar qoldirib ketgan merosga tasanno ayting! Bu hindlar ularning qadriga yetishmaydi. Ularni bosqinchilar deb qurib ketgan tarixiy meroslarini turistlarga ko'rsatib faqat pul ishlab yotishibdi.

Xullas Tojmahalni kelib ko'rsangiz, nega bizning Registonmas aynan Tojmahal dunyoning yetti mo'jizasiga kirishini anglab yetasiz.

@javmirov
​​#shunchakimalumot

Hindistonda deyarli non yeyishmaydi, non o'rnida asosan chapati iste'mol qilishadi. O'ylashimcha, nonni faqat chet elliklar va ba'zi boy xonodonlar xarid qilishi mumkin. Non deganda "buxonka" nonni nazarda tutayabman.

Toshkentda buxonka nonni narxi ko'tarilibdi. Deyarli 20 sent bo'libdi. Hindistonda esa 300 grlik nonning (rasmda) narxi 30 rupiya. O'zbek so'mida 30 rupiya 4000 so'm bo'ladi. 1 kilogram un narxi 25 rupiya (3400 so'm). Oddiy xalq uchun non sotib olish qimmatlik qiladi, shuning uchun faqat chapati yeyishsa kerak.

P.S. Hindistonda do'kondan sotib olinadigan har bir qadoqlangan narsaga narxi yozilgan bo'ladi. Rasmda ko'rishingiz mumkin.

@javmirov
​​#cinema

Bilasizmi, Hindistonda har yili 1600 dan ziyod filmlar suratga olinar ekan. Bularning hammasi siz bilan biz biladigan Bollywoodga tegishli emas. Bollywood aslida bitta shtatga tegishli va eng mashhur kino sanoati markazi. Ha bundan tashqari deyarli har bir shtatda mana shunday "wood"lar bor va ular o'z shtat tillarida kino suratga olishadi. Bollywoodning mashhurligi, barcha kinolari hind tilida va umumiy sonning 43% ni tashkil qiladi. Bollywood Maharashtra shtati poytaxti Mumbai (Bombay)da joylashgan. Bombay bo'lgani uchun Bollywood diyishadi. Barcha mashhur hind aktyorlari mana shu yerdan chiqqan.

Bundan tashqari,
Sandalwood Karnataka shtati Kannada tilida;
Kollywood Chennai shtati Tamil tilida;
Mollywood Kerela shtati Malayalam tilida;
Tollywood Kalkotta Bengali tilida;
Bhollywood Bhojpuri tilida;
Dhollywood Gujarati tilida;
Ollywood Odia tilida;
Pollywood Panjobi tilida;
Rollywood Rajistani tilida
va yana bir nechta tillarda kinolar suratga olinadi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqaladigan turli fantastik shedevr hind filmalari Mollywood, Tollywood singari kino sanoatlariga tegishli ekan.

Fantastikani juda yaxshi ko'rishadi bu xalqlar, har bir narsa, har bir joyning o'z afsonasi borki, ularni eshitsangiz bu kinolar hech nima bo'lmay qoladi. Men yashayotgan Goa shtatining ham o'z - Konkani rasmiy shtat tili bor va bu tilda 2018-yilda 13 ta kino suratga olingan ekan.

P.S. Batafsil bilish qiziq bo'lsa, Gugllab ko'rishingiz yoki Wikidan ingliz yoki rus tilida ma'lumot olishingiz mumkin.

@javmirov
​​Hindlarda mehmondos'tlik degan tushuncha yo'q. Bizning xalqqa o'xshab qarzga olib kelgan nonini oldingizga qo'yib, yemasangiz xafa bo'lib qoladigan xalq emas.

Hindlar notanish hindlarga hurmat ko'rsatmaydi. Chaqirganda "kss-kss" yoki "fshsh-fshsh" deb chaqiradi. Bizning xalqqa o'xshab oka, og'ayni yoki bo'la degan so'zlar begona.

Hindlar agar chet ellik ekanligingizni bilsa, qanday odamligini aytib, nimalari borligini ko'rsatib maqtanib boshlaydi. Ular uchun oq tanli chet ellik eng oliy tabaqa (rasmga tushish kerak).

Hindlar yoqtirmaydigan xalq xitoylar, yaponlarni juda hurmat qilishadi. O'zbekiston? Qayerda u? (Men yo xitoylikman yoki yaponiyalik).

@javmirov
​​9-sinfni tugatib Toshkenga o'qishga ketganimda, 1 yilda ikki marta Surxondaryoga borib turardim. O'sha paytlar viloyatlarga Ikarus va Mers avtobuslar qatnardi. Pul tejash yoki ba'zida pul yo'qligidan shu avtobuslarda 700 km uzoqlikdagi uyimga borib kelardim, taksi qimmat. 50 ga yaqin odam sig'ardi, 10 yoki 12 soatda manzilga yetardik. U avtobuslarda o'tirib uxlab ketiladi, eng yomon ko'rganim o'tiravergandan oyoqlar shishib ketardi. Poytaxt shifoxonalariga davo izlab ketayotgan bemorlar o'tirib keta olmasa yoki operatsiyadan chiqib poyezdning kupe vagoniga puli yetmay qishlog'iga qaytayotgan bemorlar o'rindiqlar o'rtasidagi yo'lakda yotib ketishardi.

Goadan Maharashtra shtatining Puna shahriga avtobusda borib, hozir Goaga qaytib kelyabman. Avtobus sleeper (uxlaydigan) o'rindiqlardan iborat. O'rindiq emas, krovatlar desa ham bo'ladi. 2 xil: single (yakka) va double (ikki kishilik). Pardani tortib, telefoningizni zaryadkaga qo'yib 12 soatlik yo'lni bemalol konditsionerning tagida oyoqni cho'zib uxlab ketsangiz bo'ladi. Chipta narxi 800 rupiya (105 ming so'm). O'rindiqli o'tirib ketadigan avtobuslar ham bor, ularning narxi 500 rupiya (66 ming so'm).

Hozirda Eski Sobir Rahimov metro bekati yaqinidagi Avtovakzaldan viloyatlarga qatnaydigan lyuks avtobuslar qatnovi yana yo'lga qo'yilgan. Lyuks deyishgandi, hatto konditsioneri ham bor, lekin 10, 12 soatlik yo'lga o'tirib ketasiz. 30 yoki 40 ming qimmat narxi bo'lsa ham Hindistondagi shtatlararo qatnaydigan sleeper avtobuslarga o'xshash avtobuslarni ham qo'yishsa juda yaxshi bo'lardi. Bemorlarga, poyezdni shovqiniga bo'lmaydigan qariyalarga qulaylik bo'lardi, fikrimcha.

@javmirov
Aziz do'stlar, Youtubedagi kanalimni Javmirov Life deb qayta nomlab, Goada o'tayotgan hayotimdan video jamlanmalar qilib kanalga yuklab boshladim.

Hozirda Goadagi dam olish kunlarim:
https://www.youtube.com/watch?v=FYBUZtE2dZ0&t=119s

Afrikalik bolalar bilan ba'zi joylarga borganimiz:
https://www.youtube.com/watch?v=L8qPu2-BlHs&t=991s

va Puna shahriga safarim:
https://www.youtube.com/watch?v=HfCY-tlfIts

haqida qisqa videolar joyladim. Kanalimga a'zo bo'lib, vaqtingiz va mbingiz bo'lganda videolarimni ko'rib qo'yishingizni iltimos qilib qolaman. E'tibor uchun rahmat! @javmirov
​​#dhanyavaad

Markaziy Osiyo davlatlarining barchasi uchun "rahmat" so'zi umumiy, boshqa tillarda: rus tilidan "Спасибо", ingliz tilidan "Thank you" so'zini hamma biladi, ishlatadi. Fransuz tilini umuman bilmaydigan odamdan "Merci" so'zining ma'nosini so'rasa, javob bera olsa kerak.

Hind tilidan siz qaysi so'zni bilasiz? "Namaste"ni bilasiz, tog'rimi? Nega "rahmat" degan so'zning hindchasini bilmaysiz? Chunki ular bu so'zni ishlatishmaydi. Agar ishlatishganda yoshligidan hind filmlarini ko'rib katta bo'ladigan o'zbeklar "namaste"dek bu so'zni ham bilishgan bo'lar edi.

Hindlardan bu haqda so'rasam, biz hammani do'st deb bilamiz, yaqin do'stinga rahmat aytmaysanku - deb javob berdi. Bir-birini kss-kss deb chaqiradigan xalq do'stiga rahmat aytib minnatdorchiligini bildirish haqida umuman o'ylab ko'rmasa kerak degan fikrga keldim.

P.S. Hind tilida rahmat - धन्यवाद (dhanyavaad) ekan. (google tarjimon)

@javmirov
​​Hindistonga qanday qilib keldim?!

Hindiston hukumatining ICCR (Indian council for cultural relations) - "o'zbekchada - Hindiston madaniy aloqalar kengashi" turli davlatlarga bepul ta'lim uchun stipendiya ajratuvchi dasturi mavjud. Umuman bu butun bir xalqaro tashkilot, chunki Hindistonning har bir shtatida ofisi bo'lishidan tashqari juda ko'plab davlatlarda ham ofislari bor. Shuningdek, O'zbekistonda ham.

Xullas, ICCR O'zbekiston uchun har yili kamida 20 ta o'rin ajratadi, ya'ni 20 ta O'zbekiston fuqarosini talabalikka qabul qilib bepul o'qitadi. Dastur ta'lim sohasining barcha yo'nalishlari va barcha bosqichlarini o'z ichiga oladi. Ya'ni, aniq fanlar, gumanitar fanlar va tabiiy fanlar yo'nalishlarida; bakalavr, magistratura va PhD bosqichlari.

ICCR stipendiya dasturi bilan bog‘liq barcha harajatlar Hindiston tomonidan qoplanadi. Bularga nimalar kiradi: o‘quv kursi to'lovlari, turar joy, kitob puli va har oylik stipendiya (bakalavr-18 ming rupiya, magistratura-20 ming rupiya, PhD-22 ming rupiya), hatto sharoiti og'ir talabalar uchun yo'l chiptasi ham olib beriladi.

Talab qilinadigan asosiy narsa - ingliz tilini yaxshi bilish. Bundan tashqari, hujjat topshirish onlayn tarzda amalga oshiriladi va pasport, diplomlar skaner qilingan holda (pdf), rasm va tibbiy ko'rik ma'lumotnomasi (formasi saytdan olinadi) ni yuklash kerak. Bundan ham batafsil ma'lumot olishni xohlasangiz Toshkent shahri Mirzo Ulug'bek tumanida joylashgan Lal Bahodur Shastri nomli Hindiston madaniyat markaziga tashrif buyuring. Hujjat topshirish uchun esa quyidagi link👇

http://a2ascholarships.iccr.gov.in

Bu yilgi qabul allaqachon boshlanibdi va 29-fevralgacha davom etadi. Taxminan aprel oyida L.B.Shastri nomidagi Hindiston madaniyat markazida ingliz tilidan bilimingizni aniqlovchi imtihon topshirasiz.

Agar Hindistonda ta'lim olishni yoki o'qishingizni (magistratura va PhD bosqichlarida)da davom ettirmoqchi bo'lsangiz - bu sizning imkoniyatingiz!

O'tgan yili ana shu dasturga hujjat topshirib Hindistonning Goa shtatidagi Goa universitetiga o’qishga keldim. Goani tanlashni maslahat beraman, albatta!

P.S. Hozirgi kunda 20 ming rupiya 280 $ bo'ladi.

O'zimdan maslahat olish uchun: @javmirov
​​#sayohat

Shimoliy Hindistonga qorni ko'rmagan hindlar va ba'zi chet ellik talabalar bilan qor ko'rgani sayohatga chiqdik. Aslida yoz faslida rejalashtirilgan, to'lovlar to'lab qo'yilgan 10 kunlik sayohat. Eng qizig'i Goadan Dehligacha poyezdda boramiz.

14-dekabr kuni soat 23:00 da Goaning Markaziy vokzalida yig'ildik, 02:00 da poyezdimiz Dehliga qarab yo'l oldi. Bugun 16-dekabr haliyam yo'ldamiz🤷🏻‍♂
Aytishlaricha, soat 12:00 ga yaqin Dehliga kirib borar ekanmiz. Qaytishda yana shunaqa poyezdda qaytamiz🤦🏻‍♂

Sayohatning 6 kuni poyezdda o'tishini bilganimda kelmasmidim deb o'ylab ketyabman😀
Hammasi bo'lib 70 ga yaqin talabalar plastkart vagonlarda +10 gradus sovuqda qaltirab ketyabmiz. Goa +30, +35 gradus issiq edi-da.

Vagonlar yoz-issiq mavsum uchun mo'ljallangan, o'ylashimcha, chunki sovuqqa hech qanday sharoit yo'q. O'zbekistondagi plastkart vagonlarda har bir bo'limida 6 kishi (ichkarida-4 kishi, bakovoyda-2 kishi) yotib ketardi, Hindistondagi vagonlarda 8 kishi (ichkarida 6 kishi) yotib ketsa bo'larkan. Odam ko'p bo'ladi, shuning uchun joylari ko'p bo'lsa kerak. Matras, yostiq, pokreval degan narsalar berilmas ekan, hatto pravodnik ham yo'q. Ba'zilar o'zlari bilan odyol, yoping'ich va shunga o'xshash narsalar olib chiqishibdi (tajribalilar😒).

O'zbekiston temir yo'llari bilan o'xshash tomonlari ham bor ekan. Vagonlarda sotuvchilar juda ko'p, ovqatlanish vaqti bo'ldimi ovqat, choy sotib kelishadi baland ovozda baqirib. Sovuq hududga o'tgandik, issiq paypoq, shapka va sharf sotib yurganlar paydo bo'lishdi.

P.S. Gugllab ko'rsam masofa 2094 km va 29 soat yo'l yurishimiz kerak ekan. Sarguzasht izlashda davom etamiz. Sayohat davomida biror qiziq voqea bo'lsa, yozishga harakat qilaman.

@javmirov
​​Sayohat qilish baribir zo'rda. Qanchadan qancha yangiliklarni o'zingiz uchun kashf qilasiz. Masalan, yangi joylarni ko'rish, boshqa havodan nafas olish, yangi chuqurlik va balandliklar, boshqacha odamlar, boshqacha nigohlar, boshqa hayot o'lchovi, turli hayot darajalari, yangi ovqatlar va yana juda ko'plab yangiliklar.

O'ylashimcha, sayohat qilish inson hayoti va ruhiyati uchun juda foydali narsa. Sayohat qilarkansiz dunyoqarashingiz birdaniga o'zgarib qolmasligi mumkin, lekin ko'p narsalarni tushunib yetishingiz aniq. Eng asosiysi, boshqa jamiyatlarni ko'rib o'zingizniki bilan solishtirar ekansiz, hayotda faqat pul topish, mansab orttirish uchun yashash emas, balki qanday yashash keraklini, nimaga harakat qilish kerakligini, egalik qilayotgan narsalaringizni qadrlashingiz kerakligini anglaysiz.

Hayot tashvishlarini, muammolaringizni unutasiz yoki ularga yangi yechimlarni topasiz. Balki shu muammolar bilan hayotingiz qiziqligi, to'g'ri yo'lda ekanligingizga amin bo'lishingiz ham mumkin. Shuning uchun imkoningiz boricha sayohat qiling, do'stlar! Ma'lum qobiqdan chiqib, hayotga boshqa tomondan qarab ko'rishingiz kerak!

@javmirov ning avtobusdagi fikrlari...
​​Hindistonning shimoli Markaziy Osiyoga yaqin bo'lgani uchun ko'p jihatdan mintaqamizga o'xsharkan. Iqlimi, ko'pgina shaharlari, odamlari oqdan kelgan: erkaklar soqoldor, qizlari chiroyli, milliy kiyim va do'ppilari bor. Muzeylardagi qo'g'irchoqlari o'rta asrlarda ko'chalarda tomosha qo'ygan yoki hozirgi qo'g'irchoq teatrlarimizda ishlatiladigan qo'g'irchoqlar bilan deyarli bir xil.

Tarixdan Shimoliy Hindistonga juda ko'plab sarkardalar Markaziy Osiyodan bostirib kirgan va bosib olishgan. Bobur ham faqat Shimoliy Hindistonni zabt etgandi. Bular albatta hududda o'z ta'sirini ko'rsatgan.

Shimolga sayohatimiz davomida Himachal Pradesh shtatining Kasol degan joyida bo'ldik. Isroillik turistlar juda ko'p tashrif buyurgani uchun Mini Isroil deb atalarkan. Himalayda joylashgan tog'li hudud. Mahalliy aholining milliy libosi bor ekan (rasmda). Negadir turkmanlarning libosiga o'xshatdim. E'tiborimni tortgani, erkaklarning asosiy qismi milliy do'ppisini kiyib yurishibdi.

P.S. Sayohatdan videolar olganman, hozir montaj jarayonida. Tayyor bo'lsa Youtubega joylayman.

@javmirov
​​Goada yangi yilni nishonlashadimi?

Goa portugallarning mustamlakasi bo'lgani uchun tub aholining asosiy qismi xristianlarni tashkil qiladi. Hindu va musulmonlar ham ko'p, lekin ular boshqa shtatlardan ko'chib kelishgan. Vaqtida portugallar tub aholini xristianlashtirish uchun ibodatxonalarini buzib o'rniga cherkovlar qurishgan ekan, har doimgi joyiga ibodat qilgani keladigan aholi cherkovga kirib ham ibodat qilaverishgan va keyinchalik xristian bo'lib ketishgan.

Aholining asosiy qismi xristianlar bo'lgani uchun Goada 25-dekabr Kristmas bayrami qizg'in nishonlandi. Xristianlarda bu bayram Tugʻilish Bayrami yoki Muborak Tugʻilish deb bilinadi, ya'ni Iso payg'ambarning tavallud topgan kuni. Yangi yil esa O'zbekistonda nishonlanadigandek shukh yo'q. Harorat 30 gradusdan tushgani yo'q shukh qayerdan bo'lsin😁. Hech qayerda hech qanday yangi yilga tayyorgarliklar ham yo'q. Faqat disko va barlarda New year partylar bo'lar ekan. O'tgan yili ham Yangi yilni yolg'iz kutib olgan edim, bu yil ham yolg'iz kutib olaman shekilli😁🤷🏻‍♂️.

Barchangizga kirib kelayotgan yangi yil muborak bo'lsin, azizlar! Yangi yilni oilangiz, yaqin insonlaringiz va do'stlaringiz davrasida kutib olish nasib etsin! Barchangizga yangi yilda yangi muvofaqqiyatlar va imkoniyatlar tilab qolaman! @javmirov
​​Hindiston demokratik respublika. OAV erkin, har kim erkin fikr bildira oladi, bemalol davlat idoralarini tanqid qila olishadi. Inson huquqlari to'laqonli himoya qilinmagan bo'lsa-da, fuqarolar o'zlarini demokratik davlatda yashayabmiz deb hisoblashadi. Shuning uchun hukumatga qarshi protestlarda bemalol qatnashishadi.

Hozirgi kunda Hindistonning rasmiy aholisi soni 1 mlrd 400 mlnga yaqinlashib qoldi. Bundan tashqari mamlakat hududida noqonuniy, ya'ni fuqaroligi yo'q bo'lgan migrantlar ham juda ko'pchilikni tashkil qiladi. 90-yillardan buyon Bangladesh, Pokiston va Afg'onistondan bir necha mln noqonuniy migrantlar Hindistonga ko'chib kelishgan va hech qanday hujjatsiz yashashmoqda. Hozirda butun Hindistonda hukumatga qarshi qilinayotgan norozilik protestlarining asosiy sababi ham mana shu noqonuniy migrantlar masalasi.

Narendra Modi hukumatga qayta saylangandan so'ng, Hindiston faqat hinduslar uchun siyosatini olib borayabdi va noqonuniy migrantlarga ham fuqarolik bermoqchi, faqat musulmon bo'lmagan barcha migrantlarga. Hindistonning o'zida 200 mlndan ortiq musulmonlar yashashadi va asosan ular norozilik bildirishmoqda. Sababi, shu siyosat orqali kelajakda butun musulmonlarni mamlakatdan chiqazib yuborishadi degan qo'rquvda. Hukumat migrantlar asosan Bangladesh, Pokiston va Afg'oniston, ya'ni islom mamlakatlaridan kelishganligi va u yerlarda musulmonlar asosiy aholi ekanligini ta'kidlab, faqatgina hinduslar, sinxlar, jain, xristian va buddistlarni qabul qilish va fuqarolik berish, musulmon bo'lganlarni esa mamlakatdan chiqazib yuborish pozitsiyasida turibdi.

Namoyishchilar CAA (Fuqarolik to'g'risidagi qonun) va NRC (Fuqarolikni ro'yxatga olish to'g'risidagi qonun) ni bekor qilishni va hammaga birdek munosabat bildirishni hukumatdan talab qilishmoqda. Hatto hukumat rahbarlarini Gitler bilan taqqoslashmoqda. Protestlar eng ko'p bangladeshlik migrantlar bo'lgan Assam shtatidan boshlanib, Dehli, Meghalaya, Arunachal Pradesh va Tripura shtatlarida davom etdi va bir necha kundan so'ng butun mamlakatda bo'lmoqda. Hatto Goaning poytaxti Panjim shahrida ham namoyishlar bo'lmoqda, shaxsan o'zim guvohi bo'ldim.

P.S. Protestlar haqida keltirgan sabablarim mahalliy aholi vakillari bilan suhbat natijasida qilgan shaxsiy xulosalarim. Agar mavzu qiziq bo'lsa, batafsil ingliz tilida wikipediadan bilib olishingiz mumkin.

@javmirov
​​Eronda talabalar tomonidan hukumatga qarshi namoyishlar boshlanibdi. Butun dunyoda talabalarga juda katta siyosiy kuch sifatida qaraladi. Turli siyosiy partiyalar talabalarni o'qishini tugatmasidanoq partiyasiga a'zo qilib olishga harakat qilishadi. Xususan, Hindistonda ham shunday. Talabalar tez birlashishadi, hukumatga, davlat idoralariga, universitet rahbariyatiga qarshi namoyishlar ko'p uyushtirishadi va faol qatnashishadi.

Goaga endigina kelgan vaqtlarim, universitetga qabul qilishdagi imtihonlarga norozilik namoyishlari uyushtirayotgan talabalarni ko'rib hayron qolgandim. Mana bu yerda videosi ham bor. Keyin bilsam bunaqa protestlar oddiy xol ekan. Dehliga borganimda Javaharnal Neru universitetiga bo'ldim. Eng ko'p namoyishlar bo'ladigan hudud. Universitet hududidagi ba'zi binolarga namoyishlarga chaqiruvchi so'zlar yozib tashlangan, aktivistlar turli xil varaqalar tarqatib ham yurishibdi. Bittasi yonimga kelib mening ham qo'limga ana shunday varaqa tutqazib ketgandi (rasmda oq fonda).

Yaqinda ana shu Javaharnal Neru universiteti kampusiga niqobli politsiya xodimlari hujum qilgan. O'qituvchilar, talabalar va aktivistlarni tayoq (палка) va temir tayoq bilan do'pposlashgan. Bu esa butun mamlakatda qilingan hujumga qarshi talabalar namoyishlarining kelib chiqishiga sabab bo'ldi. 6-yanvar kuni Panjimdagi Azad Maidanda ham talabalar namoyish o'tkazishdi. Barcha talabalarni birlashishga chaqirishdi (rasmda). Qanday tarzda o'tishi qiziqish uyg'otdi, lekin bormadim. Universitetdagi professorlar ham borishni tavsiya berishmagan edi.

@javmirov
Yoshligimda tushimda juda ko'p marta uchganman. Hech qanday qanotsiz yoki boshqa asboblarsiz uchardim. Baland emas, faqat oyog'im yerdan uzilardi atrofni yuqoridan tomosha qilib aylanardim. Vaqt o'tib yoshim katta bo'lgani sari uchmay qo'ydim. Tushlarimni esa boshqa mavzular zabt etgan. Lekin o'sha qanotsiz uchgan tushlarimni sog'inaman, ularni yana qayta ko'rishni istayman. Buning uchun yana beg'ubor bolalikka qaytish kerakligini yaxshi bilaman. Bu esa imkonsiz, demak, uchishning boshqa yo'llarini qidiramiz.

https://youtu.be/yihtdXiJA80

Bunaqa istaklar har birimizda bo'lsa kerak. Uchish qurilmalarini o'ylab topgan ixtirochilarning motivatsiyasi ham shu bo'lgan o'ylashimcha.

@javmirov
​​Yana tush haqida. Hozirgi kunlarda ko'p uxlayabman, shuning uchun tushlar ko'p.

Tushlarimda tug'ilib o'sgan, bolaligim o'tgan joylarga boraman. Gohida yoshligimda uchrashgan, lekin katta bo'lganimdan keyin ko'rmagan insonlarim bilan ko'rishaman. Bilishimcha, ko'pchiligi vafot etgan. Ularning kimligini bilaman, lekin ismlarini eslolmayman. Nega tushimga kirishadi hayronman.

Inson qayerda, qay holatda yashamasin, tug'ilib o'sgan joyini sog'inmasa ham, u yerga borishni xohlamasa ham baribir tushlarida yoki hayolida u yerlarga borib, ko'rgan suhbatlashgan insonlari bilan yana gaplashar ekan. Balki bu ong ostida saqlanib qolgan, butunlay format bo'lib ketmagan bolalik xotiralarining tushlarda aks etishidir. Bilmadim. Lekin inson miyasi juda katta imkoniyatga va hajmga ega, hech narsani o'chirib yubormaydi. Balki kerakmas hisoblab asosiy xotiradan korzinkaga tashlab qo'yadi.

Xullas, ko'p uxlash foydali emas, aqliy mashg'ulot kam bo'lib, miya eski fayllarni ochib tashlashligi mumkin ekan.
Bu ilmiy asoslanmagan o'zimni shaxsiy farazlarim.
​​Goada bitta universitet bor Goa university. U Shimoliy tuman (North Goa)da Janubiy tuman (South Goa) bilan chegara joyda joylashgan, ya'ni shtat markazida. Universitetdan shtat poytaxti Panjim shahriga avtobusda yarim soatda, skuterda 15 minutda borsa bo'ladi.

Universitet kampusi 2  km² maydonni o'z ichiga oladi. Kampus ichiga administratsiya binosi, o'nga yaqin o'quv binolari, kutubxona, sport maydoni (barcha sport turlari uchun), yotoqxonalar (o'g'il bola, qiz bolalar uchun alohida, bundan tashqari magistr va PhDlar ham alohida. Chet ellik talabalar uchun alohida yotoqxona ta'mirlashda), 2 ta kichik mehmonxona (geust house), 3 ta joyda ovqatlanish mumkin bo'lgan oshxonalar, bank, magazin, klinika va trenajyor zali bor. Albatta, kampus yaqinida piyoda borsa bo'ladigan plyajlar ham mavjud.

Xullas Kampus xududidan chiqmasdan ham yashasa bo'ladi. Universitet haqida bilish qiziq bo'lsa keyingi postlarda batafsilroq yozishga harakat qilaman.
#Goa_news

Goa har doim chet elliklar uchun xavfsiz joy bo'lgan. Hozir ham shunday, lekin 19-yanvar yakshanba kuni bitta afg'on bola mahalliy 4 ta bezorilar tomonidan pichoqlandi. Hozir butun Goada Tv, gazeta, saytlarda, odamlarni og'zida shu gap. Endi boshqa chet ellik talabalar yolg'iz yurishga qo'rqib qolishgan.

Nima bo'ldi, nega pichoqlandi? Boshqa afg'on talabalarning aytishi bo'yicha, jabrlanuvchi o'sha kuni plyajda yolg'iz o'zi bo'lgan. Bezorilar yoniga kelib kimligini va qayerdanligini so'rashgan, Afg'onistondanligini bilib agressivlashgan va skuter kimnikiligi, Afg'onistonlik bo'la turib qanday skuterga egalik qilishini so'rashgan va kelishmovchilik kelib chiqqan. Afg'on bola ulardan qochgan, 2 km masofada orqasidan quvishgan va yetib olib old va orqa tomondan ikki marta pichoq sanchishgan. Boshqa afg'on talabalar yetib kelguncha bezorilar voqea joyidan ketib bo'lishgan.

Bu faqat bir tomonning aytishi bo'yicha, ya'ni talaba faqat Afg'onistonlik musulmon bo'lgani uchun hujum qilishgan. Bezorilarning 3 tasi politsiya tomonidan hibsga olindi va 4-si qidirilmoqda. Hozircha aslida nima bo'lganligi haqida ularning versiyasi aniq emas.

Talaba shifoxonada 3 kun reanimatsiyada yotdi. Axvoli yaxshi deyishmoqda, bugundan borib ko'rishimiz mumkin. Goa shtat hukumati, politsiya va universitet rahbariyati bu voqeaga jiddiy qarashmayabdi, shuning uchun afg'on talabalar va mahalliy talabalar tomonidan OAV bilan namoyishlar o'tkazildi. Qo'lga olingan bezorilar ham politsiyaga afg'on talabalar tomonidan taqdim etilgan skuter rasmi orqali ushlangan. To'rtinchi bezori ushlangandan keyingina ular so'roq qilishar ekan. Hozircha, politsiya bu oddiy jinoyat, nafaqat chet ellik, balki mahalliy aholi ham bunday hujumga uchrashi mumkin deyishmoqda.

P.S. Hukumatning bu voqeaga "beparvo"ligi oldingi postimda yozganimdek, mamlakatdagi hind-musulmon mojarolari, afg'on migrantlari masalalari tufayli deb o'ylayman. Agar talaba boshqa davlat fuqarosi bo'lganda, umuman boshqacha harakat qilishgan bo'lardi.