Java interview
265 subscribers
2 photos
2 files
20 links
Kanalda o'zbek tilida Java dasturlash tili haqida malumot berib boramiz

Author: @elbek_nurmatov
Blog: @nurmatov_elbek
Download Telegram
String objectni referenci qayerga bog'lanishi.

String objectni reference har doim Heapga yoki String Pool(Constant Pool)ga bog'langan bo'lishi mumkin.

O'zgaruvchi e'lon qilishda:

Agar literal ko'rinishda string o'zgaruvchi e'lon qilinsa, reference String Poolga bog'langan bo'ladi.

String o = "hello"; // shu holatda reference string poolda

Agar string o'zgaruvchi new keyword bilan yaratilganda, refrence Heapga bog'lanadi.

String o = new String("hello"); // shu holatda reference heapda


String objectlar + bilan qo'shilganda(concat qilinganda):

String poolda yaralgan constant string objectlarni bir biriga qo'shgandan hosil bo'lgan objectning reference'i string poolga bog'lanadi.

final String o = "hello"; // shu qatorda yaratilgan o'zgaruvchi constant va reference'i string poolda
System.out.println("hello2"); // shu qatordagi "hello2" ham constant va reference'i string poolda

String poolda joylashmagan yoki constanta bo'lmagan string objectni qo'shilishidan hosil bo'lgan objectni reference'i heapga bog'lanadi.


Note: stringlarni concat qilishda stringni o'rniga har qanday primitive tipni qo'yilganda ham stringdek ishlaydi

@Java_suhbat_savollari
👍5
Assalomu alaykum

Bugun 21:00 da mock interview qilib yuboramizmi java coredan?

Qatnashmoqchi bo'lganlar ismingizni komentda yozsangiz bo'ladi.
👍5
😐 Interview 22:00 ga suriladigan bo'ldi.
🤩2🤔1🗿1
Assalomu alaykum

Chorshanba (26-iyun) kuni interview qilamiz. Soat 21:30 da

Java coredan chuqurroq hamda SQL databasedan ham savollar bo'ladi.

Qatnashmoqchi bo'lganlar ismingizni komentda yozsangiz bo'ladi.
❤‍🔥8
😐 Bugungi ham 22:00 ga kochiriladigan bo'lib qoldi
👍7🏆1
2024-06-26 22-16-09.mkv
218.5 MB
bugungi interviewni videosi
🔥11👏1
Assalomu alaykum

Bugun interview qilamizmi 21:00 da?

Java core va database mavzularidan.

Qatnashmoqchi bo'lganlar komentariyaga yozsalaringiz bo'ladi.
👍13
Assalomu alaykum

Ertaga 21:00 da interview qilamizmi?

Qatnashmoqchi bo'lganlar komentariyaga ismingizni yozsangiz tanlab olamiz.
🔥1
🎲Java interview saralov” testi
🖊 8 ta savol · 30 soniya
Java interview via @QuizBot
🎲 “Java interview saralov” testi 🖊 8 ta savol · 30 soniya
Qatnashmoqchi bo'lganlarni shu orqali saralab olamiz.
Qatnashmoqchi bo'lganlar shu xabarni komentariyasida yozsangizlar.

Quiz natijasi eng baland bo'lgan kishini bugun 22:00 da tanlab olamiz

@J1ngoo olindi
Forwarded from Quiz Bot
🏆Java interview saralov” testidagi eng yuqori natijalar

🖊 8 ta savol
Har bir savolga 30 soniya
🤓 57 kishi testda qatnashdi

🥇 @J1ngoo8 (18.3 soniya)
🥈 @elbek_nurmatov8 (29.1 soniya)
🥉 @shamsiyevsaidalo8 (33.8 soniya)
4. @yasinoff8 (39.8 soniya)
5. Jahongir – 8 (45.3 soniya)
6. @dilyor_058 (57.4 soniya)
7. @Saidafzalxon_Doniyorov8 (1 daqiqa 8 soniya)
8. S S – 8 (1 daqiqa 13 soniya)
9. @azizjon_abdualiev8 (1 daqiqa 17 soniya)
10. Hayot – 7 (33 soniya)
11. @shoxruxdev7 (38 soniya)
12. @backend_java7 (44.4 soniya)
13. @wexad7 (52 soniya)
14. gulyamov – 7 (1 daqiqa 2 soniya)
15. @Akbar_Ahmad_ibn_Akrom7 (1 daqiqa 13 soniya)
16. @iamotabekpanoev017 (1 daqiqa 17 soniya)
17. @davronabdusalomov7 (2 daqiqa 32 soniya)
18. @Shahriyor6 (56.5 soniya)
19. @bekhzod016 (57.4 soniya)
20. @hasanboy_28_026 (59.6 soniya)
👍2
Assalomu alaykum

Interviewni 21:00 da boshlaymiz
👍2
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
Interview
Java interview
8👍6👏1
Hammamiz bilamizki, uyimizni elektr toki bilan ta’minlash uchun ko‘chalarimizdan o‘tgan elektr tarmog‘idan foydalanamiz. Uyni qayerida tok kerak bo‘lsa, shu tarmoq orqali elektrni olib kirib ishlatamiz.

Lekin hayotda hammasi reja bo‘yicha ketavermaydi. Masalan, elektr tizimida ikki tomondan ham nosozlik yuzaga kelishi mumkin:

Uyning o‘zida qisqa tutashuv bo‘lishi mumkin.
Elektr tarmog‘ida tok kuchlanishi haddan oshib ketishi mumkin.

Bunday nosozliklar natijasida xonadondagi elektr asboblar zarar ko‘radi. Zararni kamaytirish va asboblarni himoya qilish uchun avtomatik o‘chirish qurilmasi o‘rnatiladi. Bu qurilma nosozlikni sezishi bilan elektr tarmog‘ini avtomatik uzib qo‘yadi, natijada uy xavfsiz qoladi.

Endi tasavvur qiling, dasturlashda ham shunga o‘xshash vaziyatlar uchraydi. Circuit Breaker texnologiyasi xuddi o‘sha avtomatik o‘chirish qurilmasining dasturiy variantidir.

Masalan, sizda ikki xil xizmat bor: user-service va otp-service.

User-service foydalanuvchilar uchun ishlaydi, ularga xizmat ko‘rsatadi.
Otp-service esa foydalanuvchilarga tasdiqlash kodini jo‘natish bilan shug‘ullanadi.

Otp-service biror texnik muammo tufayli sekin ishlay boshlasa yoki so‘rovlaringizga timeout qaytara boshlasa, nima bo‘ladi?

User-service esa ularga yuborilgan har bir so‘rovga javob kutib, o‘z ishini sekinlashtiradi.
Oqibatda, na otp-service to‘liq tiklanadi, na user-service odatdagidek ishlay oladi. Bular bir-birini "down" holatiga o'tkazishi mumkin.
Bu muammoni oldini olish uchun Circuit Breaker ishlatiladi. Uning vazifasi:

- Nosozlikni sezish: Agar otp-service sekin javob bera boshlasa yoki ishlamay qolsa, Circuit Breaker so‘rovlarni o‘zi to‘xtatib qo‘yadi.
- Fallback ishlatish: Shu paytda foydalanuvchilarga muqobil javoblar qaytaradi, masalan: “Hozircha tasdiqlash kodini yuborolmadik, keyinroq urinib ko‘ring.”
- Tiklanishga imkon berish: Otp-service o‘zini tiklab olguncha hech qanday yangi so‘rov yuborilmaydi.
- Normal holatga qaytish: Tizim tiklanganidan so‘ng Circuit Breaker yana so‘rovlarni uzatishni boshlaydi.

Qisqasi, Circuit Breaker bu – tizimni haddan tashqari bosimdan himoya qiluvchi texnologiya. U muammolarni erta sezadi, resurslarni tejaydi va tizimingizni barqaror ishlashini ta’minlaydi.

Bu texnologiya orqali siz servicelaringizni “nosozlikka chidamli” (resilient) qilasiz.

@java_suhbat
6👍8🔥43💯1