Java interview
265 subscribers
2 photos
2 files
20 links
Kanalda o'zbek tilida Java dasturlash tili haqida malumot berib boramiz

Author: @elbek_nurmatov
Blog: @nurmatov_elbek
Download Telegram
Java dasturlash tilida dastur ishga tushgan ma'lumot qanday ko'rinishda kirib kelishi mumkin?

Java dasturlash tilida, ma'lumotlarni yozish o'qish bilan java.io package'ida kerakli classlar mavjud. Ma'lumot kirishi ikki xil ko'rinishda bo'ladi?

1. Character stream
2. Byte stream

Character stream: matn (text) ko'rinishidagi ma'lumotlar uchun ishlatiladi
Byte stream: dasturni ichiga kirishi va chiqishi (file system, database, socket, ...) mumkin bo'lgan barcha ma'lumot turlari bilan ishlaydi.

Character stream matn ko'rinishidagi ma'lumotlar bilan ishlash uchun moslangan. Matn ko'rinishidagi ma'lumotlar bilan byte stream bilan ham ishlash mumkin, lekin character streamda matn bilan ishlash uchun qo'shimcha metodlari mavjud.

Byte stream har qanday turdagi ma'lumot bilan ishlay oladi(matn, ovozli, rasm, ...).

Character stream bilan ishlovchi parent classlar:

Reader: character stream orqali ishlaydi, matn ko'rinishidagi ma'lumotlarni o'qish uchun ishlatiladigan, abstract class. Bundan voris olgan qo'shimcha classlar postfix sifatida Reader qo'shimcha bo'ladi masalan: BufferedReader

Writer: character stream orqali ishlaydi, matn ko'rnishidagi ma'lumotlarni yozish uchun ishlatiladi, abstract class. Bundan voris olgan qo'shimcha class postfix sifatida Writer qo'shimcha bo'ladi masaan: FileWriter

InputStream: byte stream orqali ishlaydi, har qanday turdagi ma'lumot turlarini o'qish uchun ishlatiladi, abstract class. Bundan voris olgan qo'shimcha class postfix sifatida InputStream qo'shimcha bo'ladi masaan: ObjectInputStream

OutputStream: byte stream orqali ishlaydi, har qanday turdagi ma'lumot turlarini yozish uchun ishlatiladi, abstract class. Bundan voris olgan qo'shimcha class postfix sifatida OutputStream qo'shimcha bo'ladi masaan: FileOutputStream

@Java_suhbat_savollari
๐Ÿ”ฅ3
Java core bo'yicha interview qilsak nima deysizlar?
Anonymous Poll
86%
Yaxshi bo'lardi
9%
Menga farqi yo'q
5%
Shart emas
Qatnashmoqchi bo'lganlar,

shu xabar komentida yozishingiz mumkin,

interview ertaga 20:00 da bo'ladi, hudo hohlasa
๐Ÿ‘1
Java Core bo'yicha berishilishi mumkin bo'lgan savollar:

JDK vs JRE vs JVM
String, StringBuilder, StringBuffer
OOP
Collection
Multithreading
Exceptions
IO
JDBC
Stream
Functional programming
๐Ÿ’ฏ1
Interview uchun shikoyatlar va takliflar bo'lsa shu xabarni koment qismida yozsalaringiz bo'ladi. Hammani fikri men uchun qiziq va muhim
Assalomu alaykum

Ertaga ham interview qilamizmi? Nima deysizlar?
Anonymous Poll
73%
Qilamiz
5%
Shartmas
23%
Yaxshi bo'lardi
Soat nechchida qilamiz
Final Results
25%
20:00
75%
21:00
Assalomu alaykum

Bugun Java Coredan 21:00 da interviw bo'ladi.
Qatnashmoqchi bo'lganlarni qanday tanlab olganimiz yaxshi deb o'ylaysizlar?

Keyingi safar shu usul bilan tanlab olamiz. Bu safar birinchi yozgan kishini olamiz
Java interview pinned ยซAssalomu alaykum Bugun Java Coredan 21:00 da interviw bo'ladi.ยป
Ertaga 21:00 da interview qilamizmi?

Qamrab olinadigan savollar doimgidek Java Core.
Anonymous Poll
95%
Qilamiz
5%
Kerakmas
Inteviewda kandidat bo'lmoqchi bo'lganlar shu post tagida ismingiz qoldirsangiz bo'ladi.
Ertangi suhbat kandidatini

https://t.me/iyman_java_n1/859

shu suhbatni boshida tanlab olamiz, qatnashmoqchi bo'lganlar bugungi suhbatga kirishlaringizni so'rardik.
Assalomu alaykum

Bugungi interviewni 21:30 ga ko'chirishga majbur bo'ldik,

21:30 da boshlaymiz hudo hohlasa
๐Ÿ‘4
#savol

String object hosil qilinganda qachon reference qayerga bog'lanadi?

1. String o'zgaruvchi e'lon qilinganda qachon reference qayerga bog'lanadi? (Heap/String pool)
2. String objectlar bir-biriga concat qilinganda + bilan reference qachon qayerga bog'lanadi? (Heap/String pool)
String objectni referenci qayerga bog'lanishi.

String objectni reference har doim Heapga yoki String Pool(Constant Pool)ga bog'langan bo'lishi mumkin.

O'zgaruvchi e'lon qilishda:

Agar literal ko'rinishda string o'zgaruvchi e'lon qilinsa, reference String Poolga bog'langan bo'ladi.

String o = "hello"; // shu holatda reference string poolda

Agar string o'zgaruvchi new keyword bilan yaratilganda, refrence Heapga bog'lanadi.

String o = new String("hello"); // shu holatda reference heapda


String objectlar + bilan qo'shilganda(concat qilinganda):

String poolda yaralgan constant string objectlarni bir biriga qo'shgandan hosil bo'lgan objectning reference'i string poolga bog'lanadi.

final String o = "hello"; // shu qatorda yaratilgan o'zgaruvchi constant va reference'i string poolda
System.out.println("hello2"); // shu qatordagi "hello2" ham constant va reference'i string poolda

String poolda joylashmagan yoki constanta bo'lmagan string objectni qo'shilishidan hosil bo'lgan objectni reference'i heapga bog'lanadi.


Note: stringlarni concat qilishda stringni o'rniga har qanday primitive tipni qo'yilganda ham stringdek ishlaydi

@Java_suhbat_savollari
๐Ÿ‘5