#dasturlash
Aynan dasturchilar uchun kuchli chellenj. Ushbu sayt orqali oʻzingiz biladigan dasturlash tilingiz bo'yicha kod yozib bilimingizni sinab ko'ring.
LINK 👉 codewars.com
#FOYDALI

Nomlash konvensiyasi
Dastlab nomlash konvensiyasi nima uchun kerakli ekanini bilib olishimiz kerak. Odatda katta dasturlar dasturchilar jamoasi bilan yoziladi. Siz yaratgan klass'larni, o'zgaruvchilarni, funksiyalarni va boshqalarni bir qarashda nima vazifa bajarishini va u nima ekanligini jamoaning har bir a'zosi oson tushuna olishi va undan bemalol foydalanishi uchun kerak. Agar dasturni bir o'zingiz yozgan taqdirda ham, dasturingiz kattalashib ketsa yaratilgan klasslar, o'zgaruvchilar nima vazifa bajarishini yoddan ko'tariladi. Bunday holatlarni oldini olish maqsadida nomlash standartlari ishlab chiqilgan.
CamelCase nomlash standarti Javada CamelCase nomlash standartidan class, metod, o'zgaruvchi, constant, interface'larni nomlashda foydalaniladi. Bu uslub ikkita so'zni bir biridan ajratib turadi. Bunda ikkinchi so'z har doim bosh harf bilan boshlanadi. Misol: actionPerformed(), firstName, ActionEvent, ActionListener, …

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Qanday qilib GitHub Akkount ni Kuchaytirish Mumkin? GitHub va Git Haqida O'zbek Tilidagi Dars.
#FOYDALI
#FOYDALI
Dasturlashni o'rganishga mablag' yo'qmi ?. Lekin IT kasblaridan birini o'rganishni judayam hohlaysizmi ?
Unda Sizga Hozirgi kunda eng ko'p dasturchilar foydalandigan saytlarni ulashishni hohladim.
1. Eng Sodda tuzilgan. Ko'plab mashhur dasturlash tillaridan o'quv dasturlarini o'zida jamlagan va o'zbek tilida ham o'rgansa bo'luvchi web sayt.
✅ https://www.w3schools.com/
2. Ko'plab dasturlash tillaridan o'quv dasturlarini o'zida jamlagan va o'zbek tilida ham o'rgansa bo'luvchi web sayt.
✅ http://geeksforgeeks.org/
3. Web Dasturlashni o'rganish uchun eng yahshi web sayt.
✅ https://developer.mozilla.org/en-US/
4. Eng sodda tuzilgan va yuqori kontentlarni o'zida jamlagan web sayt.
✅ https://www.freecodecamp.org/
5. Eng muhim savollarga javoblar topishingiz mumkin bo'lgan web sayt.
✅ https://stackoverflow.com/

W3Schools
W3Schools offers free online tutorials, references and exercises in all the major languages of the web. Covering popular subjects like HTML, CSS, JavaScript, Python, SQL, Java, and many, many more.
👍2
#FOYDALI
#CI/CD
CI/CD (Continuous Integration/Continuous Deployment), dasturlash jarayonida muhim bir qismini tashkil etadi. CI/CD, dasturlash jamoasining ishini avtomatlashtirish va tezlashtirish uchun xizmat qiladi.
Continuous Integration (Doimiy integratsiya): Bu qism, dasturlash jamoasi a'zolari tomonidan yozilgan kodni birlashtirish va tekshirishni o'z ichiga oladi. Har bir yangi kod qo'shilganda, avtomatik ravishda testlar bajariladi va kodning boshqa qismlari bilan moslashuvchanligi tekshiriladi. Bu, kodning to'g'ri ishlashini ta'minlayadi va muammolarini tez aniqlashga imkon beradi.
Continuous Deployment (Doimiy o'rnatish): Bu qism, kodni muvaffaqiyatli tekshirishdan o'tkazgandan so'ng, yangi kodni avtomatik ravishda ishlab chiqarish va o'rnatishni o'z ichiga oladi. Bu, yangi funksiyalarni va yangi yangilanishlarni tez va ishonchli tarzda foydalanuvchilar bilan ulashishga imkon beradi.
CI/CD, dasturlash jamoasining ishini avtomatlashtirish, xato va muammolarini tez aniqlash va tuzatish jarayonlarini tezlashtirishga yordam beradi. Bu esa dasturchilarga va jamoalarga ishlarini tezlashtirish, xato va muammolarni tez aniqlash va tuzatish imkoniyatini beradi.

👍1
Hali uxlaydigan vaqtlar keladi yotib zerikasiz
Muhammadali Eshonqulov
#FOYDALI
1.Aqliy rivojlanish
2.Ruhiy rivojlanish
3.Jismoniy(Tana) rivojlanish
4.Moddiy(Pul) rivojlanish
Audioni eshitib ko'ring
1.Aqliy rivojlanish
2.Ruhiy rivojlanish
3.Jismoniy(Tana) rivojlanish
4.Moddiy(Pul) rivojlanish
Audioni eshitib ko'ring
#FOYDALI #MAVZUDAN_TASHQARI
⚡️ Ўзини ҳурмат қиладиган, вақтини қандай ўтказаётганига эътибор қаратадиган киши телеграм каналларга шунчаки аъзо бўлмайди.
Чертиб-чертиб, энг яхшиларини, фойдали контент бера оладиганларини танлайди.
Ана шундай кузатувчилар учун сиёсат, ижтимоий ҳаёт, тил, адабиёт, спорт каби турли мавзуларда юритиладиган каналларни бир жилдга тўпладик. Бу саҳифалар муаллифлик услуби, нуқтаи назари, ёндашуви билан сизга манзур бўлади, деган умиддамиз.
Марҳамат, ўзингиз истаган каналга аъзо бўлинг:
👉 Каналларга аъзо бўлиш 👈

#Kompyuterning eng katta dushmani
#coremavzular
Kompyuterning eng katta dushmanini bilasizmi? Viruslar deysizmi? Yo’q! Bilimsiz foydalanuvchimi? Yo’q! Resurslar yetishmovchiligimi? Yo’q! Keling coremavzular turkumini shu qiziqarli savolga javob topishdan boshlaymiz.
Fizikaning ta’siri
Ha, Siz maktabda o’rgangan oddiy fizika kompyuterning eng katta dushmanidir. Aniqrog’i moddalarning o’tkazuvchanlik qonuniyati kompyuter tizimlarining aynan shunday holatga kelishiga sababchi bo’lgan. O’tkazuvchanlik hossasi umumiy olganda jismning vaqt o’tishi bilan elektr kuchlanishi natijasida ishlab chiqaruvchi issiqligiga ta’sir qiladi. Issiqlik esa o’z o’rnida jismning elektr tokining o’tkazuvchanligiga salbiy ta’sir qiladi. Demak, kompyuter tizimlarida eng katta dushman — bu issiqlikdir!
Qanday yechimlar qilishga urinishlar bo’lgan?
Kremniy. Eng birinchi bo’lib olim-muxandislar bir necha turdagi moddalarni tekshiruvdan o’tkazib, aynan kremniyda to’xtalishgan. Uning o’tkazuvchanligi yuqoriligi, issiqlikka nisbatan chidamliligi kompyuter tranzistorlarini ishlab chiqarishda hozirgacha eng asosiy modda sifatida turishini ta’minlamoqda.
O’lchamlar. Keyingi o’rinda issiqlikka qarshi kurash o’lchamlarni kichiklashtirish orqali bo’lgan. Ya’ni, fizika qonuniga asoslanib — yuzasi kichik bo’lgan jismning issiqlik ishlab chiqarish darajasi nisbatan past bo’lishi — tranzistorlar o’lchamlari kichiklashtirila boshlagan. Albatta bu zo’r yechim, ammo ayni damda 3 nanometr o’lchamga kelib, muxandislar oldida o’lchamlar chegarasi muammosi kelib qoldi. Chunki 3 nanometrdan kichik o’lchamda kremniyning o’zi o’z sifatlarini yo’qotishni boshlaydi.
Yadrolar. Keyingi o’rinda bitta protsessor ichida vazifalarni taqsimlovchi va mantiqan bir xil ishni bajaruvchi yadrolar (miya, oddiy qilib aytganda) joylana boshladi. Bu yechimning ikkita kuchli jihati mavjud — 1) vazifa taqsimoti ish bajarilish tezligini oshiradi; 2) issiqlikni yadrolar orasida boshqarish qulayligi (qizib ketgan yadro to’xtatib turiladi).
Throttling. Yadrolar yordam bermay qo’ygan holatda yangi protsessorlar o’z tezliklarini sun’iy ravishda sekinlashtirishni o’rganib oldilar. Bu hodisa Throttling deb ataladi, uning maqsadi issiqlik o’ta yuqori darajaga ko’tarilib ketgan taqdirda, ichki tizimga ta’sir bo’lmasligi uchun Boshqaruvchi Qurilma (Control Unit) yadrolar tezliklarini 20%dan 80%gacha sekinlashtirshi mumkin. Bu holatda bjariluvchi ishlar natijasi ham o’ta sekinlashishi kuzatilishi mumkin.
Energy-efficient Core. Yana bir zamonaviy yechimlardan biri — bu bitta protsessorda ikki turdagi yadrolardan foydalanish. Bu degani bitta protsessorda ham kuchsiz-effektiv (Energy-efficient Cores), ham kuchli yadrolar (Performance Core) o’rnatiladi. Oddity sodda vazifalarda effektiv yadrolar ishlaydi, biror o’yin yoki murakkab dasturlar ishga tushirilganda esa kuchli yadrolar ishlatiladi. Bu ham qizib ketish muammolarini kamaytiradi.
Ortiqcha qizib ketishning muammolari
Ortiqcha qizib ketish protsessorga salbiy ta’sir o’tkazadi. Birinchi o’rinda, albatta, fizik xossalarga ta’sir bo’ladi, ya’ni protsessor o’tkazuvchanligi sekinlashib, uning ishlashi ham sekinlashadi. Ikkinchi o’rinda, doimiy ravishda issiqlikda ishlagan protsessor tranzistorlari kuyib, erishni boshlaydi. Bu esa o’z o’rnida protsessorning ilgarigi tezlikka chiqa olmasligini ta’minlaydi.
Tavfsiyalar
- Kompyuteringiz uzoq vaqt yaxshi xizmat qilishi uchun uning ortiqcha qizib ketishining oldini oling.
- Haddan tashqari issiq muhitda ishlatmaslikka harakat qiling, yoki vazifalarni kamroq yuklating.
- Bir vaqtning o’zida o’ta og’ir vazifalar sonini kamaytiring.
- Sovutish tizimini 6 oyda bir marotaba tozalab turing.
P.S.: Agar ishlatilgan komputer olish niyatida bo’lsangiz, iloji boricha uzog’i besh yil ishlagan kompyuter oling. Undan ortiq ishlagan kompyuter protsessori kerakli kuchlanishda ishlab berishiga kafolat bo’lmaydi.
Ilm izlashdan to’xtamang!
@app_hbs