☕️ Java BACKEND developers </>☕️
185 subscribers
89 photos
148 videos
34 files
212 links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Qanday qilib GitHub Akkount ni Kuchaytirish Mumkin? GitHub va Git Haqida O'zbek Tilidagi Dars.

#FOYDALI
#SAVOL

break va continue ? Nima ish qiladi? Farqlari?


#JAVOB
Break so'zini o'zbekchaga tanaffus yoki sindirish deb tarjima qilsak bo'ladi. Javada break ni sindirish/to'xtatish ma'nosini ishlatsak ham bo'ladi.

Break switch yoki sikl (loop) lar bilan ishlatiladi.

Break sikl operatorlari bilan ishlatilganda hozirgi siql operato'rni to'xtatib shu operatordan chiqib ketish uchun ishlatiladi.


Continue so'zini o'zbekchaga davom ettirish deb tarjima qilsak bo'ladi. Sikllarda continue ni bu qadamni to'xtatib keyingi qadamga o'tish deb tushunsak bo'ladi

Continue sikl operatorlari bilan ishlatilganda siklning shu aylanishini (ko'rsatgichini ) to'xtatib keyingi aynalishga (ko'rsatgichga) o'tishni anglatadi.

Continue faqatgina siklning hozirgi qadamini to'xtatib keyingi qadamga o'tkazib yuboradi.
Break esa sikl ni to'xtatar edi.
Continue va breakning farqi shunda.
#SAVOL

Array nima?

#JAVOB

Array so'zini massiv deb tarjima qilinadi.
Array da bir vaqtni o'zida bir nechta qiymatni saqlasak bo'ladi.
Array ni shkafga o'xshatsak uning har bir javonida qandaydir ma'lumotni ushlab tursak bo'ladi.
Har bitta javon o'zining indeksiga (nomeriga) ega.
Indeks deganda o'sha javonning tartib raqami nazarda tutilyapdi.
O'sha indeks orqali shu javondagi qiymatni olish yoki qiymatni o'zgartirish mumkin.

Array yaratish
Sintaksis

type [] o'zgaruvchi_nomi = {qiymat_1,qiymat_2,qiymat_3,...}; // namuna_1

type [] o'zgaruvchi_nomi = new type [elementlar_soni]; // namuna_2

type [] o'zgaruvchi_nomi = new type []{qiymat_1, qiymat_2, qiymat_3,...}; // namuna_3

Asosiy 3 ta usul mavjud.
type bu tip (turi) degani. Yani Array yaratishdan oldin uni qaysi tip (int,long,doubl,float,char, String, va h.k) uchun yaratishni yozishimiz kerak. masalan int desak bunda butun sonlar uchun array yaratiladi.
[ ] bu ishora arrayning ishorasidir. Shu ishora yozilsa biz bu o'zgaruvchi array ekanligni bilib olsak bo'ladi.
o'zgaruvchi_nomi bu bizda qandaydir nom. Yani shu o'zgaruvchining nomi.
namuna_1 da {...} kovuslar orasiga qiymatlar yoziladi. Yani array yaratilganda unda shunday o'zgaruvchilar mavjud bo'ladi.
new bu javada kalit so'z hisoblanadi. Ma'nosi yangi ob'ekt yaratish uchun ishlatiladi. Array larda yangi array yaratish uchun ishlatiladi.
namuna_2 da elementlar soni nechidir songa teng bo'lgan bo'sh array yaratildi. Deylik elementlar_soni 10 ga teng bo'lsa demak elementlar soni 10 teng array yaratiladi. Yoki uzunligi 10ga teng desak bo'lgan array yaratildi.
namuna_3 da qo'shimcha tarzda array tipi yozilyapdi va qiymatlar berilyapdi bu huddi namuna_1 va namuna_2 ni aralashmasi deyilsa bo'ladi.

Maqolani davomini o'qish
#SAVOL
Ko'p o'lchovli array (matrix)?


#JAVOB
Multidimensional Array ni o'zbekchaga tarjima qiladigan bo'lsak ko'p o'lchovchi massive degani. Manosi array ichidagi array nazarda tutilgan. Oddiyroq qilib aytganda matritsa deb aytsak bo'ladi.

Multidimensional array da elementlar qator va ustunlarga bo'lingan.
Har bitta elementning o'zini ustini va qatori bo'ladi.
Qatorlar va Ustunlar 0 dan boshlanadi.
2 qator bor degani demak 0,1 qatorlar bor degani

x[qator][ustun]

Maqolani o'qish
👍1
☕️ Java BACKEND developers </>☕️ pinned «#java #dars Shu kungacha o'tilgan umumiy darslar ro'yxati: Birinchi dars. Ma'lumot turladi, if, switch Sikllar, massiv. Memory allocation(stack & heap) 1-qism Sikllar, massiv. Memory allocation(stack & heap) 2-qism Primitive, none-primitive, stack & heap…»
#SAVOL

Method nima?
U nimaga kerak?

#JAVOB

Method so'zi tarjima qilinmaydi. o'zbekchada ham method deb ishlatib ketaveramiz.

Method boshqa dasturlash tillarida function (funksiya) deb ataladi. Function ni funksiya deb tarjima qilsak bo'ladi.
Method chaqirilganda ishga tushadigan kodlar bloki (to'plami) hisoblanadi va ular qandaydir vazifani bajaradi.
Methodlar ma'lumotlarni parametr sifatida qabul qilib oladi.
Methodlar chaqirilgandan keyin qandaydir ma'lumotni return (qaytarishi) mumkin.
Methodlar class ichida yoziladi.
Har bitta methodni o'zini vazifasi bo'ladi. Shu method chaqirilganda o'sha vaziva bajariladi.
Java da juda ko'p foydali methodlar bor. Ularga qo'shimcha o'zimiz ham metodlar yozsak bo'ladi.

->Davomi<-
👍5
#SAVOL
Method overload nima?

#JAVOB

Method overload ni o'zbekchada metodga xaddan tashqari yuk yuklash deb tarjima qilsak bo'ladi. Ammo bu yaxshi tarjima emas. Shuning uchun tarjima qilmaymiz.Manosi: Method overloading deganda JAVAda nomi bir xil bo'lib qabul qiluvchi parametrlar soni yoki turi(type) har xil bo'lgan metodlar nazarda tutiladi va ular overloaded metods deyiladi.

Method overloading qoidalar.

-Metod nomi bir xil bo'lishi kerak
-Metod qabul qiladigan paramertlar soni yoki tiplari har xil bo'lishi kerak.
-Metod qabul qiladigan parametrlar nomi qanday bo'lishi ahamiyatga ega emas.
-Return type(qaytarish turi) bir xil yoki har xil bo'lishi mumkin.

->Maqolani o'qish<-
#SAVOL

OOP nima ?

#JAVOB

OOP - Object Oriented Programming ya'ni ob'ektga asoslangan dasturlash deb tarjima qilinadi. OOP bu qisqartmasi.

OOP bu Ob'ektga asoslanga dasturlash bo'lib dasturlash davomida asosan ob'yekt lardan foydalaniladi.

Code yozish uchun oson.
Yozilgan kodlarni tushunish , o'zgartirish oson.
Bitta yozilgan kodni qayta ishlatish mumkin.
Parallel dasturlashni imkonini beradi. Ya'ni loyihani qismlarga ajratib bir vaqtni o'zida qismlarni ishlash mumkin.
Xavsizlik tomonidan kuchliroq.
Vorislik, Polimorfizm , Inkapsulatsiya , Abstraksiya tamoyillaridan foydalanish imkonini beradi.

->MAQOLANI O'QISH <-
👍1
#SAVOL
Class nima?

#JAVOB

Class bu ob'ekt yaratish uchun shablon yoki qolipdir. Ya'ni Class ob'yekt yaratish uchun qoidalar to'plam desak ham bo'ladi.

Class da biz o'zgaruvchilar, metodlar ,..... qandaydir qonun qoidalar yozamiz va shu Class dan nusxa olib ob'yekt sifatida ishlatamiz.

Dehqonchasiga : Biz Class da qolibni/shablonni ko'rinishini yasaymiz va shu qolibdan nusxa olib uni ob'yekt sifatida ishlatamiz.

Maqolani o'qish
👍3
#SAVOL

Object nima va Object yaratish usullari?

#JAVOB

Object bu qaysidir classdan olingan nusxa. Bitta class dan bir nechta object olsak bo'ladi.



Ob'ekt yaratish usullari.
Javadan object yaratishning bir nechta usuli bor.

By new key word - new kalit so'zi orqali.
By newInstance() metod - newInstance() metodi orqali.
By clone() metod - clone metodi orqali.
By deserialization - deserializatsiya orqali.
By factory method - factory usuli orqali.

Ko'proq new keyword ishlatiladi.
👍1
#SAVOL

Constructor nima?
#JAVOB
Constructor so'zi tarjima qilinmaydi. O'zbekchasiga konstruktor deb o'qiladi.

- Konstructor bu classdan object olayotganda ishga tushadigan method dir.
-Konstruktor da return type bo'lmaydi va konstruktor hech nima return qilmaydi.
-Konstruktorni nomi class nomi bilan bir xil bo'ladi.
-Konstruktor odatda classdagi o'zgaruvchilarga boshlang'ich qiymat berish uchun ishlatiladi. Yani class variable larni initialize qilish uchun ishlatiladi.
-Konstruktorni ishlash prinsipi oddiy metod ishlashi bilan bir xil.

Davomi
👍2💯2
Dasturlashni o'rganishga mablag' yo'qmi ?. Lekin IT kasblaridan birini o'rganishni judayam hohlaysizmi ?

Unda Sizga Hozirgi kunda eng ko'p dasturchilar foydalandigan saytlarni ulashishni hohladim.

1. Eng Sodda tuzilgan. Ko'plab mashhur dasturlash tillaridan o'quv dasturlarini o'zida jamlagan va o'zbek tilida ham o'rgansa bo'luvchi web sayt.
https://www.w3schools.com/

2. Ko'plab dasturlash tillaridan o'quv dasturlarini o'zida jamlagan va o'zbek tilida ham o'rgansa bo'luvchi web sayt.
http://geeksforgeeks.org/

3. Web Dasturlashni o'rganish uchun eng yahshi web sayt.
https://developer.mozilla.org/en-US/

4. Eng sodda tuzilgan va yuqori kontentlarni o'zida jamlagan web sayt.
https://www.freecodecamp.org/

5. Eng muhim savollarga javoblar topishingiz mumkin bo'lgan web sayt.
https://stackoverflow.com/

#FOYDALI
👍2
#SAVOL

Static kalit o'zi nimaga kerak. ?

#JAVOB

Static kalit so'zidan asosan xotirani boshqarishda foydalaniladi. Biz static kalit so'zidan foydalanib o'zgaruvchilar, funskiyalar, blok(block)lar va nested klasslar yarata olamiz.

Javada static o'zgaruvchilar

Agar siz o'zgaruvchini static deb e'lon qilgan bo'lsangiz unda bu o'zgaruvchi satatic o'zgaruvchi bo'ladi.

Static o'zgaruvchilar hamma obyektlar uchun umumiy bo'ladi. Misol uchun firma nomi barcha hodimlar uchun umumiy, universitet nomi barcha talabalar uchun umumiy bo'ladi
Telegram
#SAVOL
Static variable ?

#JAVOB

Agar class da o'zgaruvchi static qilinsa bu o'zgaruvchi  shu classning barcha ob'ektlari uchun bir xil bo'ladi.  static o'zgaruvchi  ob'ekt bilan ishi bo'lmaydi. U class uchun bitta bo'ladi.
 Static o'zgaruvchilar  faqat global o'zgaruvchilar dir.  Local static  o'zgaruvchi  yaratib bo'lmaydi.
 Static block  va  static o'zgaruvchilar  class da yozilgan tartibi bo'yicha ishga tushadi. Ya'ni class birinchi marta ishlatilayotganda static block  va static o'zgaruvchilar bajariladi.
Davomi
#SAVOL
Static method nima?

#JAVOB

Static methodlar barcha objectlar uchun bir xil bo'ladi. Static methodlarni ishlatish uchun classning objecti kerak emas. Oddiy class ni nomi bilan ishlatsa bo'ladi.

Static methodlar oddiy methodlar bilan deyarli bir xil, quyidagilardan tashqari:

-static metoddan boshqa static metod chaqirilishi mumkin.
-static metoddan faqat class dagi static o'zgaruvchilarni to'gridan to'gri ishlatsak bo'ladi.
-static metoddan this, super kalit so'zlarini ishlatib bo'lmaydi.
👍2
#SAVOL
This keyword?

#JAVOB

Dasturlashda this kalit so'zi hozirgi ob'ektni nazarta tutadi.
Ya'ni class ichida turib shu classga murojaat qilinganda ishlatilgan object bilan amallar bajarsak bo'ladi.

this kalit so'zi quyidagi holatlarda ishlatiladi:

-class da turib shu classing o'zgaruvchilari yoki metodlarga murojaat qilsak bo'ladi.
-class da turib shu classing constructoriga murojaat qilsak bo'ladi.
-class da turib shu classga murojaat qilingan ob'ektga murojaat qilsak bo'ladi.
Davomi
Forwarded from CODE_UZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hozirda video tayyorlash ishlari bilan bantmiz. Unda parcha. Bu juda hom varianti.
👍1