☕️ Java BACKEND developers </>☕️
185 subscribers
89 photos
148 videos
34 files
212 links
Download Telegram
#SAVOL
Local vs Global o'zgaruvchilar nima?

#JAVOB
Global degani ommaviy degan ma'noni beradi. Global o'zgaruvchilar metoddan tashqarida yozilgan o'zgaruvchilar dir.
Local degani mahalliy degan ma'noni beradi. Local o'zgaruvchilar metodni ichida yozilgan o'zgaruvchilar dir.


Local o'zgaruvchilar metodni ichida yaratiladi.
local o'zgaruvchilar default qiymatini olmaydi.
local o'zgaruvchilar yaratilganda ularga qiymat berish kerak.

Agar global o'zgaruvchiga qiymat berilmasa u o'zining default qiymatini oladi.
default degani boshlangich degan ma'noni beradi. Ya'ni o'zgaruvchi yaratildimi demak u band qilgan xotirada o'sha tipni o'zini boshlang'ich qiymati bo'ladi.
Javada barcha primitive o'zgaruvchilarni o'zini default qiymati bor.


Default Qiymatlar.
boolean - false
byte - 0
char - \u0000
short - 0
int - 0
long - 0
float - 0.0
double - 0.0

MANBA
#SAVOL

Quyidagi main metodi ishga tushurilsa konsolga nima chiqadi?

#JAVOB

200dasturlash.uz
dasturlash.uz100100
dasturlash.uz50
10dasturlash.uz
#SAVOL

while bilan do while ning farqi?

#JAVOB

do while da oldin tana qismi bajariladi va keyin ifodasi tekshiriladi.

while da oldin ifodasi tekshiriladi va keyin tana qismi bajariladi
#SAVOL

break va continue ? Nima ish qiladi? Farqlari?


#JAVOB
Break so'zini o'zbekchaga tanaffus yoki sindirish deb tarjima qilsak bo'ladi. Javada break ni sindirish/to'xtatish ma'nosini ishlatsak ham bo'ladi.

Break switch yoki sikl (loop) lar bilan ishlatiladi.

Break sikl operatorlari bilan ishlatilganda hozirgi siql operato'rni to'xtatib shu operatordan chiqib ketish uchun ishlatiladi.


Continue so'zini o'zbekchaga davom ettirish deb tarjima qilsak bo'ladi. Sikllarda continue ni bu qadamni to'xtatib keyingi qadamga o'tish deb tushunsak bo'ladi

Continue sikl operatorlari bilan ishlatilganda siklning shu aylanishini (ko'rsatgichini ) to'xtatib keyingi aynalishga (ko'rsatgichga) o'tishni anglatadi.

Continue faqatgina siklning hozirgi qadamini to'xtatib keyingi qadamga o'tkazib yuboradi.
Break esa sikl ni to'xtatar edi.
Continue va breakning farqi shunda.
#SAVOL

Array nima?

#JAVOB

Array so'zini massiv deb tarjima qilinadi.
Array da bir vaqtni o'zida bir nechta qiymatni saqlasak bo'ladi.
Array ni shkafga o'xshatsak uning har bir javonida qandaydir ma'lumotni ushlab tursak bo'ladi.
Har bitta javon o'zining indeksiga (nomeriga) ega.
Indeks deganda o'sha javonning tartib raqami nazarda tutilyapdi.
O'sha indeks orqali shu javondagi qiymatni olish yoki qiymatni o'zgartirish mumkin.

Array yaratish
Sintaksis

type [] o'zgaruvchi_nomi = {qiymat_1,qiymat_2,qiymat_3,...}; // namuna_1

type [] o'zgaruvchi_nomi = new type [elementlar_soni]; // namuna_2

type [] o'zgaruvchi_nomi = new type []{qiymat_1, qiymat_2, qiymat_3,...}; // namuna_3

Asosiy 3 ta usul mavjud.
type bu tip (turi) degani. Yani Array yaratishdan oldin uni qaysi tip (int,long,doubl,float,char, String, va h.k) uchun yaratishni yozishimiz kerak. masalan int desak bunda butun sonlar uchun array yaratiladi.
[ ] bu ishora arrayning ishorasidir. Shu ishora yozilsa biz bu o'zgaruvchi array ekanligni bilib olsak bo'ladi.
o'zgaruvchi_nomi bu bizda qandaydir nom. Yani shu o'zgaruvchining nomi.
namuna_1 da {...} kovuslar orasiga qiymatlar yoziladi. Yani array yaratilganda unda shunday o'zgaruvchilar mavjud bo'ladi.
new bu javada kalit so'z hisoblanadi. Ma'nosi yangi ob'ekt yaratish uchun ishlatiladi. Array larda yangi array yaratish uchun ishlatiladi.
namuna_2 da elementlar soni nechidir songa teng bo'lgan bo'sh array yaratildi. Deylik elementlar_soni 10 ga teng bo'lsa demak elementlar soni 10 teng array yaratiladi. Yoki uzunligi 10ga teng desak bo'lgan array yaratildi.
namuna_3 da qo'shimcha tarzda array tipi yozilyapdi va qiymatlar berilyapdi bu huddi namuna_1 va namuna_2 ni aralashmasi deyilsa bo'ladi.

Maqolani davomini o'qish